TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun ro‘yxatga olish 2022 boshlandi
👨🏻‍💻 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Bu haqda DTM xabar bermoqda.
📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 18-noyabrga qadar davom etadi.
🖥 Imtihonlar esa 21-noyabr kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.
📌 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
👩‍🏫 TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.
📞 Murojaat uchun: (95) 515 68 68, (95) 507 70 72, @dtm_ilmiy_markaz.
Mavzuga doir:
Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnashishi mumkin?
Ustama beriladigan sertifikatlar ro’yhati
Milliy test sertifikati o’qituvchilar uchunmi yoki abituriyentlar uchun?
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:19