O‘tish bali to‘plolmagan abituriyentlar soni 2022
Joriy yilda 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagan. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq ma’lumotlariga tayanib yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyent test topshirgan.
Ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan.
O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz yanada og‘irlashgan. O‘tgan yili 36% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 51,2% ga chiqdi.
2022 yilda eng yomon ko‘rsatkich, xuddi o‘tgan yilda bo‘lganidek Toshkent viloyatida (55,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (45,2%) qayd etilgan.
9 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olishgan. Faqat 5 tagina hududda bu ko‘rsatkich 50 foizdan kamroqni tashkil qilgan: Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona, Xorazm va Samarqand viloyatlari.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:08