Ayrim maktab oʻquvchilari muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi
Bugun 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan bir qator maktab oʻquvchilariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilish uchun imtiyoz berildi.
Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi
xabar bermoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi 914-sonli qarori asosida har yili 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan har bir hududdan 1 nafardan jami 14 nafar tashabbuskor va ijtimoiy faol yoshlarga imtiyoz beriladi.
Eslatib oʻtamiz, 2018-2021-yillar mobaynida mazkur imtiyozdan 19 nafar maktab oʻquvchilar foydalandi. Joriy yilda ham ushbu imtiyozdan 10 nafar umumtaʼlim maktab oʻquvchilari foydalanib muddatidan avval talabalikka tavsiya etildi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:22