Markaziy bankning Finlit loyihasi kundalik xarajatlarni kamaytirish va ko‘proq pul tejashga yordam beradigan 10 ta usulni sanab o‘tdi. Ular quyidagicha: Bugungi kunda kredit kartalari yurtimizda tobora ommalashib ketmoqda. Qanchalik takliflar yaxshi tuyulmasin, bunday kartalarni rasmiylashtirishga shoshilmang, chunki kredit kartalar ko‘pincha keraksiz narsalarni xarid qilishga undaydi. Shu bilan birga, kutilmagan daromadingizni ham saqlab qolishingizni tavsiya qilamiz. Masalan, ular mukofot mablag‘i, tug‘ilgan kunga berilgan pul yoki qaytarilgan qarz mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Mayda pullar, tanga va qaytimlaringizni aqchadoningizda saqlang, yil oxiriga kelib sezilarli darajadagi pul yig‘ilganiga ishonch hosil qilasiz. Dam olishga chetga chiqqaningizda «Barchasi mavjud» (all inclusive) tariflaridan foydalaning. Chunki mehmonxonalar tarkibiga kirmaydigan xizmatlar narxi qimmat bo‘ladi. Yuqoridagi tavsiyalar orqali kerak va muhim bo‘lmagan xarajatlaringizni aniqlab, oilaviy byudjetingizni samarali boshqarishingiz mumkin bo‘ladi. Yuqoridagi tavsiyalarga qo’shimcha tarzda quyidagi videoni tomosha qilgan hollarda pullarni tejash, ekonom qilish bo’yicha moliyaviy savodxonlikka ega bo’lasiz.