Toshkentda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi qancha?
Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi, milliy daromadlarning oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi
omilidir.
Xizmatlarning yuqori sifati va xilma-xilligi, xodimlarning mehnat samaradorligini oshiradi, iste’mol xarajatlarini kamaytiradi, vaqtni tejalishiga olib keladi hamda bo‘sh vaqt samaradorligini oshiradi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 876,8 mlrd. so‘mga oshib, 27 997,5 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda 2021 yilning yanvar-mart oylariga (110,5 foiz) nisbatan o‘sish sur’ati 119,8 foizni tashkil etdi.
Shuni alohida aytish lozimki, 2022 yil yanvar-mart oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 271,6 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,5 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021 yil yanvar-martga nisbatan 91,0 foizni tashkil etgan. Sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi esa 2022 yilning yanvar-mart oylarida 560,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 2,0 foizni tashkil etdi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:49