Pandemiya sabab malakali shifokorlarga bo`lgan e`tibor yanada oshdi.
Davlatimiz rahbari o`qituvchi va shifokorlarning maoshlari bosqichma-bosqich oshirilishini ta`kidlab, bu uchun 2022 yilda 350 milliard so`m ajratilishi ma`lum qilingan. 2022 yilda mo`ljallangan davlat byudjetidan ta`lim va tibbiyot tizimiga 58 trln. So`m ajratilishi ko`zda tutilgan. Bu esa soha vakillarini yanada o`z kasblariga bo`lgan e`tiborlarini oshirmasdan qolmaydi. Shunihisobga olgan holda mashaqqatli kasb egalari yiliga eng ko`p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishtirishni lozim topdik.
AQShda shifokorlarga e`tibor nihoyatda katta. Shtatlardagi shifokorlar soni ham mutaxassisligi va ish soatlari soniga bog`liq. Har bir davlat ish haqini mahalliy darajada oshirishi mumkin. Buning sababi, shifokorlarning ish haqi darajasi barcha davlatlar tomonidan qonunchilik darajasida tartibga solinadi. Muayyan vaziyatga qarab, minimal stavka ma`lum bir qiymatga oshirilishi mumkin. Xususan, o`rtacha oylik maosh 17 ming dollarni tashkil qiladi. Yuqori malakali mutaxassislarning yillik maoshi esa 240 000 dollar. Amerika Qo`shma Shtatlarida plastik jarroh, kardiolog va ortoped yuqori maoshga ega. Nyu-York, Vashington va Vermont shtatlarida boshqa mintaqalarga nisbatan ko`proq ish soati va maosh beriladi.
“Yashil qit`a”da ham shifokorlarga bo`lgan talab va ehtiyoj yuqori. Shunga monand yuqori maosh ham beriladi. Qizig`i shundaki, o`ta malakali tibbiyot mutaxassislari oylik maoshi 20 ming dollarni tashkil qiladi. O`rtacha oylik maosh 10 000 ming dollardan ziyod ekan. Koronavirus avj olishi natijasida bu o`lkada shifokorlar maoshi oshirildi, emlanganlarga yanada yaxshi sharoitlar yaratildi.
Evropa mamlakatlari orasida Niderlandiyada yuqori maosh to`lanadi. Qolaversa, bu o`lkada tajribali mutaxassislar qadrlanadi. Plastik jarrohlik operasiyalari, ortoped yo`nalishdagi shifokorlarga nisbatan yuqori maosh beriladi. Deylik, o`rtacha mutaxassislar yillik maoshi 117 000 dollarni tashkil qilsa, tajribasi yuqori bo`lganlar 230 ming dollarga qadar maosh olishadi. Yangi ishga kelgan yosh mutaxassislar oylik maoshi 4700 dollarni tashkil etarkan.
Osiyo mamlakatlari orasida Gonkong yuqori o`rinda turadi. Bu mamlakatga ham koronavirus o`z ta`sirini o`tkazdi va ko`plab shifokorlarning hayotiga zomin bo`ldi. Hukumat esa tajribali mutaxassislarni qadrlaydi. Asosan AQSh, Hindiston, Niderlandiya va Janubiy Koreya mamlakatlarida tajriba to`plashadi. O`rtacha maosh esa 12 000 dollarni tashkil qiladi. Yuqori maosh esa 15 000 dollarga to`g`ri keladi.
Ushbu mamlakatda o`rtacha maosh oyiga 9000 dollarni tashkil qiladi. Lekin mintaqalarga qarab maosh o`sib boradi. Deylik, poytaxtda o`ta tajribali mutaxassislar 12 000 dollarga qadar maosh olishi ko`zda tutilgan. Agarda siz bir vaqtning o`zida ikkita yo`nalishga ega bo`lgan shifokor bo`lsangiz, maosh shunga yarasha oshadi.
Barcha sohalarda rivojlanishga erishgan Belgiyada ta`lim sohasidagi kabi tibbiyotda ham rivojlanish yuqori darajada. O`rtacha yillik maosh 61 000 dollar bo`lsa, yuqori darajali mutaxassislar 188 000 dollar atrofida ish haqi olishadi. Bu esa Evropa mamlakatlari orasida 2-o`rinda turgan yuqori ko`rsatkich hisoblanadi.
Tibbiyot darajasi yuqori o`rinlarda turadigan Buyuk Britaniyada ham toifalarga qarab maosh to`lanadi. Ya`ni, ish soati, bilim darajasi e`tiborga olinadi.
Buyuk Britaniyada shifokorlarning o`rtacha maoshi oyiga 7500 dollarni tashkil qiladi. London, Manchester va Birmingemda boshqa hududlarga nisbatan biroz yuqori maosh to`lanishi ma`lum qilindi. Yuqori darajali mutaxassilar esa yiliga 150 000 – 180 000 dollarga qadar maosh olishi ko`zda tutilgan.
Ta`lim sohasidagi kabi tibbiyotda ham Shveysariya etakchi o`rinlardan birini egallaydi. Negaki, bu mamlakatda tibbiyotga e`tibor nihoyatda katta. Davlat tomonidan sohani rivojlantirish uchun har yili katta mablag`lar yo`naltiriladi.
MDH MAMLAKATLARIDA-ChI?
Rossiya. 2022 yilda shifokorlarning ish haqi oyiga 500-700 dollarni tashkil qilishi aytilmoqda. Agarda siz tajribali bo`lsangiz, maosh miqdori 1500 dollarga qadar bo`lishi mumkin. Krasnoyarsk, Moskva va Ekaterinburgda boshqa mintaqalarga nisbatan ko`proq maosh to`lanadi. Ayniqsa, siz terapevt, pulmonolog, stomatolog va pediatr bo`lsangiz, yaxshi maosh kafolatlanadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:58:36