Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha DTM axboroti
👨🏻‍💻 Ma’lumki, 15-iyuldan transfer.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.
📌 Hozirda onlayn ariza topshirgan talabalarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:
ℹ️ Onlayn ariza berilganda – “Yangi”.
✅ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelsa – “Qabul qilindi”.
❌ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa – “Rad qilindi”.
🖥 Ariza rad etilgan taqdirda, buning sababi ham ko‘rsatiladi va talabalar qayta onlayn ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.
☎️ Agar arizaning rad etilganlik holati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz mumkin.
Bu haqda DTM ma’lumot berdi.

👨🏻‍💻 Как вы знаете, с 15 июля сайт transfer.dtm.uz начал прием заявок на перевод обучения из зарубежных стран.
📌 Данные студентов, подавших заявление онлайн, в настоящее время проверяются Министерством высшего и среднего специального образования и высшими учебными заведениями, и им присваивается 3 разных статуса:
ℹ️ При подаче заявки онлайн — «Новая».
✅ Заявка на перевод соответствует требованиям — «Принято».
❌ Если заявка на перевод не соответствует требованиям — «Отклонено».
🖥 Если заявка будет отклонена, будет указана причина, и студенты смогут повторно подать заявку онлайн.
☎️ Если у вас есть вопросы по статусу заявки, вы можете обращаться напрямую в Министерство высшего и среднего специального образования и высшие учебные заведения.
Об этом сообщает ДТМ.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:57:45