Respublikamizda yoshlarning aqliy va ma’naviy salohiyatini oshirishda ta’lim va texnologiyalarni rivojlantirish ustuvor yo`nalishlardan biri ekanligini e’tiborga olgan holda, hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida kelajakda jamiyatimizga yetuk, raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tayyorlab berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa talabalardan mutaxassislik fanlarini mukammal o`zlashtirishi talab etiladi. Shu ma’noda aytib o`tish joizki, talabalarda nazariy olingan bilimlarni amalda qo`llay olish ko`nikmasi to`liq shakllangan bo`lishi, ya’ni o`zlashtirgan bilimlari asosida mazkur fanning asl mazmun va mohiyatini mukammal anglab etgan bo`lishlari lozim.