Fitratga qadar o’zbek adabiyotida qator dramatik asarlar yozilgan. Dramaturgiyamiz tarixida ular o’ziga yarasha o’rin tutadi. Biroq, jahon adabiyotidagi mezonlar talabiga javob bera oladigan milliy ruh va milliy g’oya bilan sug’orilgan, teran qahramonlar aks etgan bu turdagi yetuk asarlarning muallifi sifatida Fitrat o’zbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi.