Bugungi investitsiyalar ertangi turmush tarzini belgilab beradi. Prezidentimizning “Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo`q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo`lmaydi” degan so’zlari fikrimizning isboti bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda ichki investitsiya manbalarining cheklanganligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni talab qiladi.