Laboratoriya ishlari “Tizimli dasturiy ta’minot” kursini o`rganish jarayonida belgilangan tematik reja asosida bajarilib boriladi va quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
1. Tizimli dasturlarni tuzishda asosiy vosita sifatida assembler (istalgan versiya) yoki Si (istalgan versiya) dasturlash tillarining biridan foydalanish mumkin.
2. Tuziladigan dastur xususiyati va kompilyatsiyalash talabidan kelib chiqqan holda TASM, TASM5, MASM32, WASM, Turbo C.2.0, Borland C++ Builder 6 kabi dastur muharrirlarini ishlatish mumkin.
3. Ayrim hollarda DOS yoki Windows operatsion tizimidagi jarayonlarni tahlil qilish bilan bog`liq masalalarga duch kelganda, ixtiyoriy vizual dasturlash tizimlarining biridan foydalanish mumkin.