KIRISH
Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi.
Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar – benzin, kerosen, dizel va qozonxona (mazut)
yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari
ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlari orqali olingan mahsulotlar
plastmassalar, sintetik kauchuk va smola, sun`iy tola va yuvish vositalari, dori–
darmonlar va shu kabi bir qator halq ho’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab
chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi.