"Prezidentimiz ta’kidlanganidek, “Yangi ish o`rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo`lib qolmoqda.Ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo`yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013 yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o`rinlarining 60,3 foizdan ortig`i qishloq joylarda yaratilgan. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka
tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o`rinlari tashkil etildi”