«Kurash va yakka kurash» o`quv qo`llanmasi jismoniy tarbiya dasturi talablariga mos ravishda kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlangan. Ushbu o`quv qo`llanmada milliy kurashning kelib chiqishi tarixi, «Xalqaro milliy kurash assotsiatsiyasi»ni tashkil etish, umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarlik, kurash uslublarini o`rgatish, himoyalanish, hujumga qarshi usullarni qo`llash, shuningdek, kurash uslublarini o`rgatishda harakatli o`yinlardan foydalanish keng yoritildi. Mazkur o`quv qo`llanmadan akademik litsey, maktab o`quvchilari va jismoniy tarbiya o`qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.