Bog`-park ishlari bo`yicha tayyorlangan ushbu o`quv qo`llanmada bog`-parklar hududida yer maydonlarini muhandislik asosida tayyorlash, yer osti va usti kommunikatsion tizimlari va drenaj tizimini qurish, bog`- park inshootlari va dam olish joylarini qurish, bog`-parklarda, xiyobonlarda manzarali o`simlik turlaridan kompozitsiyalar, yashil o`simlik turlaridan maysazor hududlar, gilamli-mozayika ko`rinishdagi klumbalar va gulzorlar yaratish uslublari keltirilgan. Bog`larda yo`l va yo`lakchalar, har xil ko`rinishdagi suv havzalari va ko`priklar qurish tizimlari va bog`-park ishlarining dendrorejasi berilgan. Ushbu o`quv adabiyoti oliy o`quv yurti va kolleji talabalari, shuningdek, bog`-park xo`jaligi ishchi-xodimlari uchun yozilgan.