Axborot tizimi belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakl va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish,
ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsiplari, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o’zaro bog’langan majmuidir. Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iborat.