Byudjet hisobi

Byudjet hisobi
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
Ma`ruza matni
Nashr etilgan yili:
2014
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-12 01:12:48
Davlat byudjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat byudjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun yo’naltiriladi. Bularning hammasi davlat byudjeti daromadlari o’z vaqtida to’la kelib tushishini va byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to’g’ri tashkil qilingan davlat byudjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin. Byudjet hisobi davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Byudjet hisobi davlat byudjeti ijrosi bilan bog’liq bo’lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida byudjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Byudjet hisobi orqali xalq xo’jaligi hamma tarmoqlarining davlat byudjeti bilan o’zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjetning pul mablag’lari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi mablag’lar, byudjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda byudjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Byudjetning daromadlari, xarajatlari va pul mablag’lari, byudjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda byudjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiymatliklari byudjet hisobining bevosita ob’ektlari hisoblanadi.

Дабавлено : 2021-04-12 01:12:48

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш