Bir qator jarayonlar qattiq jism sirtidan musbat va manfiy ionlarni yoki neytral zarrachalarning desorbsiyalanishiga olib keladi. Umumiy holda bu jarayonlarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. Qattiq jism sirtidan ionlarning issiqlik jixatdan muvozanatli emissiyasi;
2. Qattiq jism sirtidan ionlarning nurlanishi yoki zarrachalar oqimi kelib tushishi natijasida muvozanatli bo’lmagan desorbsiyalanishi, yani emissiyasi;
Birinchi guruh jarayonlarida zarrachalarning qattiq jism sirtida o’rtacha yashash vaqtlari yetarlicha katta va shu sababli bu davr ichida qattiq jism sirti bilan issiqlik muvozanati o’rnatiladi va issiqlik orqali uyg’otilishi natijasida zarrachalarning qattiq jism sirtidan bug’lanishi yuzaga keladi. Desorbsiyalanayotgan zarrachalarning energiya bo’yicha taqsimoti Maksvell-Boltsman qonuniga bo’ysunadi va temperaturalari emitter temperaturasiga bog’liq bo’ladi.