Ma`lumki, metrologiya o`lchashlar xaqidagi fandir. O`lchashlar esa fan va ishlab chiqarishning barcha sohalarida amalga oshiriladi. O`lchashlarni bajarish, o`lchash vositalari va asboblaridan amalda foydalanish uchun albatta ular bilan yaqindan tanish bo`lish va ularning tuzilishi, ishlash prinsipini o`rganish, o`lchash jarayonini amalga oshirish bo`yicha malakaviy ko`nikmaga ega bo`lish talab etiladi.