Ona tili barcha fanlarni bilishning kaliti sanaladi, shuning uchun ham uni yaxshi egallamasdan turib, boshqa fanlarni chuqur o`zlashtirish mumkin emas. Zero, nutq insonning ko`rkidir. lnsonning kimligi uning nutqiga qarab bilinadi. Nutqning ta’sir qilish quvvati kuchli bo`lganligidan jamiyatni boshqaruvchi kishilarning eng muhim sifatlaridan biri ham nutq mahoratiga ega bo`lishi hisoblanadi.