Ushbu o`quv-uslubiy qo`llanma iqtisodiy hamda noiqtisodiy ta`lim yo`nalishidagi tahsil olayotgan talabalarning "Kichik biznes va tadbirkorlik" fanini yanada chuqurroq o`rganishlari uchun hamda ularda mazkur fandan mustaqil ishlarni tayyorlash va rasmiylashtirish borasida amaliy ko`nikma hosil qilish maqsadida tayyorlangan bo`lib, "Kichik biznes va tadbirkorlik" fani doirasida uchraydigan atamalar, tushunchalar va tamoyillar iqtisodiy va noiqtisodiy yo`nalishlar talablari uchun sodda va ravon tilda, tushunarli qilib, turli chizma va sxemalar yordamida keltirilgan.