Respublikamizda yiliga chorvachilik va parrandachilkda asosiy qismi hayot faoliyati mahsulotlari bo’lgan organik chiqindilar to’planadi ya’ni hayvonlarning go’ngi va qushlarning tezagi 100 mln tonnani tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko’ra, parrandachilik suyuq oqova tezagidagi oziqa moddalarining hajmi ekvivalentlarda 1.2 mln tonna azot, 1 mln tonna fosfor va 1 mln tonna kaliyni tashkil etadi. Taqqoslash uchun ko’rsatish mumkinki, bu yiliga hajmi 12.4 mln.m3 bo’lgan oziq – ovqat, sanoat, maishiy – xo’jalik oqova chiqindilaridan 3 barobar ko’pdir.