Ushbu lug`at maktab o`quvchilari, litsey va kollej, oliy o`quv yurti talabalariga mo`ljallangan. Lug`atda paronim (to`liq, noto`liq o`xshash va sal o`xshash talaffuzli) so`zlar juftligi, juftlikning bosh va ergash so`zlari, ularning ma’nolari izohlangan. Ma’noni tasdiqlovchi gaplardan namunalar berilgan, so`z birikmalari ilova qilingan. Ona tilining so`z boyligi, so`zlardagi shakliy va lafziy o`xshashliklar, farqlar bilan qiziquvchilar, ona tili muallimlari uchun ham ushbu lug`at foydalidir. Yosh yozuvchilar, jurnalistlar ham lug`atdan ish faoliyati uchun zarur bilimlar topishi mumkin.