Ushbu masalalar to`plami institutning barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishlari uchun mo`ljallangan bo`lib, unga “Oliy matematika” fanidan aniqlovchilar, matritsalar, chiziqli tenglamalar sistemasi va ularni yechish usullari, tekislikda va fazodagi analitik geometriya elementlari, nuqtalar to`plami, yaqinlashishlar, hosila, integral, differensial, sonli va funksional qatorlar hamda funksiyani to`la tekshirish haqida qisqacha tushuncha kiritilgan. Har bir mavzuga oid asosiy tushuncha, formulalar, namunaviy masalalar yechimlari, mustaqil ishlash uchun masalalar, ularning javoblari kiritilgan.
Ushbu o`quv qo`llanma Toshkent Moliya instituti Ilmiy-uslubiy Kengashda muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2007 yil 25 avgustdagi 3- sonli Kengash qarori).