Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatning xarakterini tadqiq qilish faqatgina nazariy jihatdan emas, balki katta amaliy ahamiyatga ham ega. Har bir sohada band bo’lgan xodimlar
mehnatining xarakterini o’rganmasdan shu sohaning xalq xo’jaligida tutgan o’rnini, davlatimizning ichki yalpi mahsulotiga va yalpi milliy - mahsulotiga qo’shgan hissasini aniqlash qiyin. Qaysiki bu ko’rsatkichlar shu davlatning iqtisodiy qudratini, aholining ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy o’sish darajasini, boshqa davlatlar o’rtasida tutgan o’rnini ifodalovchi ko’rsatkichlardir.