Ma’lumki, seysmik tegralarda bunyod etiluvchi har qanday inshoot (jumladan muhandislik inshootlari) nafaqat ulaga ta’sir etuvchi oddiy kuchlar, balki zilzila jarayonida yer qobig’i bo’ylab tarqaluvchi elastik to’lqinlar bilan bog’liq inertsiya kuchlari ta’siriga ham chidamli va turg’un bo’lmoqligi zarur. Mazkur talab zilzila sodir bo’luvchi tegralarda quriladigan sun`iy inshootlar, ya’ni gidrotexnika, yo’l inshootlari, rezervuarlar, tirgovich devorlar va boshqalar uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.