Barqarorlik har doim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim negizi bo`lib kelgan. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik mintaqa xalqlari o`rtasida ijtimoiy hayotning qator sohalarida hamkorlik qilish, iqtimodiy munosabatlarni yo`lga qo`yish, madaniy sohada hamkorlikni doimo ta’min qilib kelgan. Shu sabab mintaqada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, xalqlar o`rtasida do`stona muhitni vujudga keltirish, turli diniy konfessiyalararo bag`rikenglikni tarbiyalash ustuvor ahamiyat kasb etib kelgan.