Bugun biz yashayotgan zamon shiddat bilan rivojlanayotgan, axborot olish va axborotlar kurashi ketayotgan zamondir. Bu o`zgarishlarga tezlik bilan moslashish, zamon shiddatidan orqada qolmaslik uchun bizga bugun mustaqil fikrlaydigan, tez va to`g`ri qaror qabul qila oladigan, o`z oldiga maqsad qo`yib, unga erishish yo`llarini ishlab chiqa oladigan, yo`lda uchragan muammolarni hal qila oladigan, chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan, zamonaviy axborot- kommunikatsiya vositalarini to`liq o`zlashtirgan avlod zarur. Faqat shunday ko`nikmalarga ega bo`lgan avlodgina davlatimizni dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqa oladi.