Ma`lumki, informatika fani ma`lumotlar (axborotlar) ustida ish olib boradi, ya`ni bir ma`lumotdan (ma`lumotlardan) boshqa bir ma`lumotni (ma`lumotlami) hosil qiladi. Masalan, ixtiyoriy programmalashtirish tillari yordamida boshlang`ich ma`lumot asosida yangi ma`lumotlami hosil qilishni ko`rgansiz. Kvadrat tenglama koeffitsiyentlari a, b, s berilgan deb, yangi ma`lumotlar: kvadrat tenglamaning ildizlari X va X2 larni hosil qilishni har birimiz o`rta maktabdan bilamiz.