Zoologiya fanlari sistemasi. Zoologiya (grekchadan zoon – hayvon, logos – ta’limot, fan) hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlari, ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o’rganadi. Zoologiya kompleks fan bo’ lib, bir qancha fanlarni o’z ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, o’zaro o’xshashligi yoki bir-biridan farqiga asoslanib turli sistematik guruhlar o’rtasidagi iyerarxik (tobe’lik) munosabatlarini o’rganadi. Morfologiya hayvonlarning tashqi tuzilishi, anatomiya esa ichki tuzilishi, solishtirma va evolyutsion morfologiya turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini tekshiradi. Embrio¬logiya hayvonlarning embrional rivojlanishi (ontogenezi), filogenetika hayvonot dunyosi evolyutsiyasini, hayvonlar ekologiyasi ularning tashqi muhit bilan va o’zaro munosabatlarini, etologiya hayvonlarning turq-atvorini solishtirib o’rganadi. Zoogeogra-fiya zoologiya va fizik geografiya fanlarining bir tarmog’i bo’lib, hayvonlarning tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan omillarni tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlar paleozoologiya, organizm funktsiyasi fiziolo¬giya fanlari tadqiqot ob′ekti hisoblanadi.