O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, boy milliy qadriyatlarimizni tiklash, ma’naviy merosimizni o`rganish dolzarb vazifa ekani davlat hujjatlarida o`z ifodasini topdi. Ma’lumki, ana shu boy manba’larning ma’lum qismi fors tilida bitilgan. Fors tili kursining asosiy maqsadi ana shu tilni mukammal egallagan, uni ilmiy izlanishlarda qo`llay oladigan, mazkur tilda bitilgan tarixiy manbalarni o`qib tadqiq eta oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.