Тabiiy resurslar orasida yer ayniqsa katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo’mitasining ma’lumotlariga asosan mamlakatimizning umumiy yer maydoni 2006 yil 1 yanvar holatiga ko’ra 44410,3 ming. ga ni tashkil etadi. Ushbu maydonning 90 foizdan ortig’i davlat tomonidan egalik qilish, foydalanish, mulk va ijara asoslarida turli qishloq hamda noqishloq xo’jalik korxona va tashkilotlarga, shuningdek fuqarolarga biriktirilgan. Ular ushbu maydonlarda o’z faoliyatlarini to’liq amalga oshiradilar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida qayd qilinadiki, yer resurslari respublikaning milliy boyligidir. Ulardan oqilona va samarali foydalanish zarur. Bu esa ko’p jihatdan yerning eng muhim xossalari va xususiyatlari qanchalik chuqur va xar tomonlama o’rganilganligiga bog’lik. Bu eng avvalo, yerdan oqilona foydalanishga yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar majmuini ishlab chiqishga izchillik bilan yondoshish va amalda to’plangan tajribalarga suyangan holda tashkil etilishi mumkin