plar bir pulga qimmat. Bordi-yu, meni maglubiyat kutayotgan bolsa, onta farishta mening haqligimga qasam ichib, guvohlikka otganida ham ahvolni ozgartirib bolmaydi.
Adolatsiz tanqidga duch kelganingizda, keling, bir qoidani eslaylik.
Qoida 2:
Sizga bogliq hamma ishni qiling, keyin esa yomgir tomchilari yoqangizdan ichingizga kelib tushmasligi uchun tanqidiy gaplar yomgiri yoqqanda soyaboningizni ochib boshingizni tutib oling.

XXI b o b
Mendan otgan ahmoqliklar

Shaxsiy arxivimda MOA nomi ostidagi bir jild bor. Bu mendan otgan ahmoqliklar iborasining qisqartirilgani edi. Bu jildga mendan otgan ahmoqona ishlarga taalluqli hamma narsani joylab qoyaman. Goho ularni kotibamga aytib turib yozdirsam, goho ular shu qadar xususiy, shu qadar ahmoqona boladiki, aytib turib yozdirishdan uyalaman, shuning uchun hammasini qolda yozib chiqaman.
Deyl Karnegiga qashi bir qancha tanqidiy nutqlarni eslayman, ularni MOA jildiga on besh yil muqaddam solib qoyganman. Agar men vijdonim oldida chindan pok bolganimda edi, MOA muhrli jildlarimni sigdirolmay javonim yorilib ketishi kerak edi. Shu orinda shoh Saulning ottiz asr muqaddam aytgan sozlarini takrorlamoqchiman: Oylamasdan ish qilib, juda kop gunohlarga yol qoydim.
MOA sarlavhali jildni ochganimda va ozim haqimda yozganim tanqidiy fikrlarni qayta mutolaa qilganimda men tinimsiz duch keladigan eng murakkab muammolarni hal qilishda ular menga yordam beradi: Deyl Karnegi nomi ostidagi korxonaga rahbarlik qilish muammolari.
Odatda, oz muammolarimda boshqalarni ayblar edim, biroq yoshim ulgayishi barobarida va umid qilamanki, donoroq bolganimda shunday xulosaga keldimki, pirovardida ozimning barcha omadsizliklarimda faqat ozimnigina ayblashim kerak ekan. Yoshim ulgayib, donolik rutbasiga yetishgach, juda kop odamlar ana shunday xulosa qilganlar.
Mening maglub bolishimda,  degan edi Napoleon avliyo Yelena orolida,  mendan boshqa hech kim aybdor emas. Ozimning eng yovuz dushmanim, fojiali taqdirimning sababchisi ozim edim.
Men sizga oziga baho berish sanatida va ozini ozi boshqarishda chinakam mahoratga erishgan bir tanishim haqida hikoya qilib bermoqchiman. Uning ismi X.P.Xauell edi. 1944 yil 3 iyulda Nyu-Yorkdagi Ambassador mehmonxonasi dorixonasida uning tosatdan olimi haqidagi xabar mamlakat boylab yoyilganda Amerikaning moliya dunyosi dahshatga tushgan edi. Gap shundaki, Xauell Tijorat milliy banki direktorlar kengashi raisi, shuningdek, kopgina yirik korporatsiyalar direktori edi. Yaxshi malumot olmay, oz mehnat faoliyatini u qishloq dokonida xizmatchilikdan boshlagandi, keyinchalik Yu.S.Stil kompaniyasida kredit aloqalari masalalari boyicha boshqaruvchi bolib ishlagandi. Shundan keyin baland lavozimlarga va koproq hokimiyatga ega bolgandi.
Kop yillar davomida kundalik yuritar edim, unda kun boyi bolib otgan ozimning barcha amaliy uchrashuvlarimni qayd etar edim,  deb hikoya qilgandi mister Xauell, uning muvaffaqiyatlari sababini tushuntirib berishni soraganimda.  Yakshanba oqshomiga oilam hech narsani rejalashtirmasdi, chunki bu vaqtda oz ishlarimning tahlili, bir haftada qilingan ishlarni korib chiqish va shu ishni baholash bilan shugullanishimni hamma bilardi. Kechki ovqatdan keyin tanho qolaman, uchrashuvlar kitobini ochaman va otgan haftadagi barcha suhbatlar, muhokamalar va yigilishlar ustida fikrlar yuritaman. Va ozimdan, bir hafta ichida qanday xatolarga yol qoydim, qanday togri ish qildim va oz faoliyatimni qanday yaxshilashim mumkin edi, deb sorayman. Bazan shunday boladiki, oz faoliyatimni shunday tahlil qilishim natijasida ozim haqimda goyat tashvishli xulosalarga kelaman. Goho ishda qopol xatolarimdan figonim chiqadi. Albatta, yillar otgani sayin bunday qopol xatolarim tobora kamroq sodir bola boshlardi. Ozimni tahlil etishning bu tizimiga men kop yillar rioya qildim va boshqa har qanday tashabbusimdan kora menga koproq foyda keltirdi.
Ehtimol, X.P.Xauell oz goyasini Benjamin Franklindan olgandir. Togri, Franklin yakshanbani kutib otirmasdi. U har kuni kechqurun bir kunda qilgan ishlarini jiddiy tahlil qilar edi. Bir kuni u bir ish kunida on uchta jiddiy xatoga yol qoyganini bilib qoldi. Shulardan uchtasi mana bunday: vaqtni yoqotish, arzimagan narsadan tashvish tortish, bahslar va kelishmovchiliklar. Agar shu nuqsonlardan qutulmasa, hayotda kop narsaga erishmasligini dono va keksa Franklin anglab yetgandi. Shu bois har haftada u oz kamchiliklaridan bittasi bilan kurash olib borar, kurash natijalarini kundaligiga qayd etib qoyardi. Kelasi hafta uchun u boshqa bemani qiligini tanlardi va bokschi qolqopini kiyib, ringga chiqqancha uni jangga chaqirardi. Franklin ikki yildan koproq ozining yomon qiliqlari bilan jang olib bordi. Uning eng kop dovrug qozongan va Amerikada zor etiborga sazovor bolgan odamlardan biriga aylangani taajjublanarli hol emasdi.
Elbert Xabber bunday degandi: Har bir odam bir kunda juda bolmaganda besh daqiqa girt ahmoq boladi. Shu meyordan oshib ketmasa, bilingki, u chinakam donishmanddir. Pastkash odam oz shaniga aytgan kichikkina tanqiddan qattiq dargazab boladi, ammo dono odam esa, uni qoralagan, ayblagan va uning yolini tosgan odamdan jon-jon deb aql organadi.
Faraz qilaylikki, kimdir sizni girt ahmoq deb atadi. Bunday holda siz qanday chora korgan bolardingiz? Tutaqqan bolarmidingiz? Azoyi badaningiz ot olganday bolarmidi? Bunday holda Linkoln nima qilganini bir koring.
Linkoln kabinetining mudofaa vaziri Edvard M.Stanton bir kuni uni girt ahmoq deb atadi. Linkoln uning ishiga aralashganidan Stantonning figoni chiqmoqda edi. Bu xudbin siyosatchining esini joyiga keltirib qoyish uchun Linkoln bir nechta polkni boshqa joyga kochirib otkazish haqidagi buyruqqa imzo chekadi. Stanton bu buyruqni bajarishdan bosh tortibgina qolmay, bunday farmoyish uchun Linkolnni girt ahmoq deb haqorat ham qildi. Keyin nima boldi deysizmi? Stantonning u haqda nima deganini Linkolnga malum qilganlarida, Linkoln bamaylixotir shunday javob qildi: Agar meni Stanton girt ahmoq degan bolsa, demak, men girt ahmoqman, zero, u deyarli har doim haq. Men bu haqda ozim oylab korishim kerak.
Linkoln haqiqatan ham Stanton bilan uchrashdi. U buyruqning notogri ekaniga prezidentni ishontirdi va Linkoln buyruqni ozgartirdi. Oz shaniga aytilgan tanqid samimiy dalillarga asoslangan va komak ruhi bilan sugorilgan bolsa, Linkoln uni ochiq chehra bilan qabul qilardi.
Zamonamizning eng teran mutafakkiri Albert Eynshteyn, Ilmiy xulosalarimizning atigi bir foizigina haqiqatdir, degan edi.
Dushmanlarimizning biz ozimiz haqimizdagi fikri,  degan edi Laroshfuko,  ozimiz haqimizdagi oz fikrimizga qaraganda haqiqatga yaqinroqdir.
Bu gaplar kopincha haqiqatga mos kelishini bilaman. Biroq meni tanqid qila boshlashganda va agar men ozimni tutolsam-da, hatto tanqidchim bir nima demoqchi bolib ogiz juftlashi bilanoq men osha zahoti beixtiyor himoyalana boshlayman. Har gal shunday qilganimda, ozimni yomon korib ketaman. Tanqid yoki maqtov qanchalik bolishidan qati nazar, barchamizda tanqidni yomon korish va maqtovni yaxshi korish moyilligi bor. Amallarimiz mantiqqa togri kelmaydi. Ular hissiyotga asoslangan. Bizning mantigimiz hissiyotlarimizning boronli tolqinlari u yoqdan-bu yoqqa itqitayotgan qayiqqa oxshaydi.
Bundan oldingi boblarda agar adolatsiz tanqid yomgiri ostida qolsangiz, ozimizni qanday tutishimiz lozimligi togrisida sozlab bergandim. Endi bunga quyidagilarni qoshimcha qilmoqchiman. Agar sizning nazaringizda nohaq qilingan tanqid tufayli dargazab bola boshlaganingizda, toxtab turib quyidagi gaplarni aytsangiz, nima qilibdi: Bir daqiqa. Men u qadar komil inson emasman. Agar Eynshteyn oz xulosalarining yuzdan bittasi haqiqat ekaniga iqror bolgan ekan, unda men, balki yigirmatasida haqdirman. Balki tanqid qilishayotgani orinlidir. Agar shunday bolsa, buning uchun men harakat qilishim kerak.
Tanqid tufayli bezovtalanishdan xalos bolay desangiz, quyidagi qoidaga rioya qiling.
Qoida 3:
Ozingiz qilgan ahmoqliklarni yozib qoying va ozingizni ozingiz tanqid qiling. Oliy darajada komil bolishga umid qilolmaganimiz uchun E.X.Littl qilganini qilaylik  bizni tusmolsiz, foydali, amaliy tanqid ostiga olishlarini otinib soraylik.

OLTINCHI QISM
TOLIQISH VA BEZOVTALIKDAN XALOS BOLISHNING OLTITA SIRI

XXII b o b
Faol hayotingizni bir soatga ozgartirish xususida

Nima uchun tashvish bilan kurashga bagishlangan kitobda toliqishdan xalos bolish haqidagi bobni yozayotirman? Javob goyat oddiy: gap shundaki, toliqish aksariyat bezovtalik paydo bolishiga olib keladi yoki juda bolmaganda, bezovtalik uchun sizni moyil qilib qoyadi. Har bir tibbiyot talabasi biladiki, toliqish vujudning odatdagi shamollashiga va yuzlab boshqa betobliklarga jismoniy qarshiligini susaytiradi va har bir ruhshunos shifokor etirof etadiki, toliqish, bundan tashqari, qorquv va bezovtalik singari hissiyotlar sizning qarshiligingizni susaytiradi. Shu bois, toliqishingizning oldini olish bezovtalikning oldini olish uchun sharoit tugdiradi.
Bezovtalikning oldini olish uchun sharoit tugdiradi, dedimmi? Tagin ham bu yumshoq qilib aytanim. Doktor Edmund Yakobson bundan kora jiddiyroq gaplarni aytadi. Doktor Yakobson bezovtalik haqida Bosqichli relaksatsiya va Siz dam olishingiz kerak degan ikkita kitob yozgan. U Chikago universiteti qoshidagi klinik fiziologik laboratoriyasining direktori edi va uzoq yillar relaksatsiyaning tibbiy maqsadlarda qollanilishini tadqiq qilgan edi. Qanday sabablar bilan kelib chiqqan bolmasin, agar odam tola tinchlik holatida bolsa, asab hissiy zoriqish holati goyib boladi. Boshqacha aytganda, agar vujudingizni tola tinchlik holatiga keltirsangiz, siz ortiq bezovtalanmay qoyasiz.
Shu bois, toliqish va tashvish paydo bolishining oldini olsangiz, birinchi qoidaga amal qiling, u tez-tez dam olib turish kerak. Charchashingizdan oldinroq dam olingdan iboratdir.
Nima uchun bu bunchalik muhim ahamiyatga ega? Gap shundaki, toliqish shiddat bilan toplanadi. AQSh armiyasidagi kop tajribalar shuni korsatdiki, hatto kop yillik harbiy tayyorgarlikdan otgan yigitlar ham, agar har soatda on daqiqa dam olsalar, ogir jangovar harakatlarda katta chidamlilik korsata olar ekanlar. Shu bois armiyada aynan shunday qilishga majbur etishadi. Yuragingiz buni mustaqil bajaradi. U har kuni temir yol tsisternasini toldirishga yetgulik qonni haydarkan. Yigirma tort soat ichida yurak uch fut balandlikdagi platformaga yigirma tonna komirni ortish uchun kifoya qiladigan quvvatni sarflaydi. Bu hayratomuz ishni yurak ellik, yetmish va balki toqson yil davomida bajarib turadi. Bunday ogirlikka yurak qandoq chidarkin? Garvard tibbiyot maktabi professori doktor Uolter B.Kennon buni quyidagicha izohlaydi. U deydi: Koplar yurakni tinimsiz ishlaydi, deydi. Haqiqatda esa har bir qisilishdan keyin u birmuncha muddat dam oladi. Agar yurak daqiqasiga ortacha yetmish marta urib qisqarsa, u aslida yigirma tort soatda faqat toqqiz soatgina ishlagan boladi. Umuman, yurak bir kunda on besh soat dam oladi.
Ikkinchi jahon urushida Uinston Cherchill yetmish yoshlarda edi. Biroq yoshi ulugligiga qaramay, u bir kunda on olti soat ishlar edi. Britaniya imperiyasi armiyasiga boshchilik qilar ekan, u bunday kun tartibiga butun urush davomida rioya qildi. Uning bu qadar favqulodda ish qobiliyati siri nimada edi? U gazetalarni qarab chiqish, buyruqlarni aytib turish, telefonda gaplashish va muhim uchrashuvlar otkazish bilan mashgul bolardi. Tushlikdan keyin bir soat dam olardi. Kechqurun ovqatlanishdan oldin ikki soat uxlardi. U hordiqdan davolanmasdi. Uni davolashning keragi bolmasdi, chunki u ozini charchatib qoymasdi. U doim tetik va gayratli edi hamda tez-tez dam olish sharofati bilan yarim tungacha ishlay olardi.
Jismoniy mehnat bilan shugullanuvchi ishchi, agar koproq dam olsa, katta hajmdagi ishni bajarishi mumkin. Frederik Teylor polat quyish kompaniyasida buni namoyish qilgan edi. Uning kuzatishicha, har bir yukchi taxminan 12,5 tonna choyanni mashinaga ortardi va tushga yaqin hammalari charchoqdan tappa-tappa tashlardi. U charchoq keltirib chiqaruvchi barcha omillarni ilmiy tadqiqotdan otkazdi va shunday xulosaga keldiki, ishchilar kuniga 12,5 tonna emas, balki 47 tonna choyan ortishlari mumkin ekan. Uning hisob-kitoblariga qaraganda, ishchilar oz ish samaradorligini qariyb tort martagacha oshirishlari, buning ustiga oldingidan kamroq charchashlari kerak edi! Ammo buni nima bilan isbotlash mumkin?!
Teylor Shmidt bir ishchiga oz ishini xronometrlab borishni taklif etdi.
Ish paytida unga mutaxassislar hamrohlik qildilar va u yoki bu jarayonni bajarish uchun qancha vaqt ketishini qayd etdilar. Ular unga bunday der edilar: Endi quymani kotar-da, jona, endi otirib dam ol, endi bor, dam ol.
Xosh, nima boldi? Shmidt kun boyi 47 tonna choyanni ortdi. Boshqa ishchilar esa atigi 12,5 tonnadan ortdilar. Haqiqatdan ham Frederik Teylor zavodda ishlab turgan vaqtda Shmidt jadvalda biron marta xato qilmadi. Shmidtning bunday natijalar korsatishiga sabab shunda ediki, u toliqishga ulgurmasdan turib dam olardi. U har bir soatda taxminan 26 daqiqa ishlardi, qolgan 34 daqiqa dam olardi. U ishlashdan kora koproq dam olardi, ammo boshqalarga qaraganda ishni tort barobar ortiq bajarardi.
Bular barchasi quruq gaplar emas. Siz ashyoviy malumotlar bilan Frederik Uinslou Teylorning ilmiy boshqaruv tamoyillari kitobida tanishishingiz mumkin.

XXIII b o b
Toliqishdan qutulish yoli

Aqliy faoliyat sizda ozidan-ozi toliqish paydo qilishi mumkin emasligi isbot etilgan. Garchi quloqqa galati eshitilsa-da, bu ajoyib va hayratomuz dalil. Biroq bir necha yil muqaddam olimlar inson miyasi oz ish qobiliyatini susaytirmasdan qancha vaqtgacha faoliyat korsatishini aniqlashga harakat qildilar. Hayron qoladigan joyi shundaki, olimlarning miyasi orqali otadigan qonda charchoq alomatlari kuzatilmaganini bildilar! Agar ishchi qonidan analiz olsangiz, unda charchoq toksinlari va charchoq mahsulotlari degan narsalarning talay miqdorini topasiz. Biroq bordi-yu, Albert Eynshteyn miyasidan bir tomchi qonni olsangiz, unda ish kunining oxirigacha charchoq toksinlaridan nom-nishon kormaysiz.
Miyaga kelsak, u ish boshlaganidan keyin on ikki soatdan song ham xuddi hozir ish boshlagandek yaxshi va aniq ishlashi mumkin. Miyaning ozi toliqish nimaligini bilmaydi. Unday holda sizni charchatayotgan narsa nima boldi ekan?
Ruhshunoslarning aytishicha, asosan bizning toliqishimiz ruhiy va hissiy holatimiz bilan belgilanadi. Eng yetuk ingliz ruhshunoslaridan biri J.E.Xellfild ozining Kuch ruhshunosligi kitobida bunday deb yozadi: Bizni qiynaydigan toliqish aksar holda ruhoniy tabiatiga ega. Sof jismoniy sabablardan kelib chiquvchi qattiq toliqish juda kam uchraydi.
Qanday hissiy omillar stolda otirgan aqliy mehnat odamida charchoq keltirib chiqarishi mumkin? Sevinchmi? Lazzatmi? Hech qachon! Zerikish, alam, mehnati munosib baholanmagani, kuyinish, sarf qilgan say-harakatlarining behudaligini his etish, shoshish, tashvish, bezovtalik  mana sizga aqliy mehnat xodimi charchoqligining hissiy sabablari. Mana shu sabablar uni shamollash kasalliklariga chidamsiz qilib qoyadi, mehnat unumdorligini pasaytiradi, ishni toxtatib qoyishga majbur etuvchi bosh ogriqlar keltirib chiqaradi. Ha, biz charchaymiz, chunki bizning hissiyotlarimiz tanimizda asabiy zoriqish keltirib chiqaradi.
Aqliy mehnat bilan mashgul bolar ekanmiz, nima uchun vujudimizda keraksiz zoriqishni paydo qilamiz? Josselin aytadi: Murakkab ishni bajarish uchun zoriqishni his etish talab etiladi, aks holda bu ishni bajarib bolmaydi desak, qariyb ommaviy etiqod asosiy tosiq hisoblanadi, deb oylayman. Aynan shuning uchun ham biron narsaga diqqatimizni jamlasak, xomraya boshlaymiz. Biz yetti bukilamiz. Mushaklarimizni taranglashishga majbur etamiz, bu esa miyamizning ishlashiga hech qanday yordam bermaydi.
Siz qanday yol bilan zoriqishdan xalos bolasiz? Miyadan boshlaysizmi yoki asabdanmi? Yoq. Siz har doim mushaklaringizdagi tanglikni bartaraf etishdan boshlaysiz!
Zoriqish va toliqish sizni juda tez qaritadi. Badaningizdagi selni quritib, tarovatingizni yoqotadi.
Endi uyda bajarishingiz mumkin bolgan bir qancha ishlar bilan tanishing. Bir hafta davomida bajarib boring-chi, keyin tashqi korinishingiz va kayfiyatingizda qanday ozgarishlar bolganini koramiz!
A. Charchoqni his qilganingizda, yerga uzula tushib chalqancha yoting. Bor kuchingiz bilan kerishing. Istasangiz, u va bu yoningizga agdariling. Kunda ikki martadan bajaring.
B. Kozlaringizni yuming. Professor Jonson maslahat berganidek, taxminan quyidagi sozlarni takrorlang: Quyosh boshimdan ozining kumush nurlarini sochmoqda. Moviy osmon charaqlab turibdi. Tabiat tinch nafas olmoqda. U dunyoni boshqarmoqda. Men  tabiat farzandiman va tabiat bilan hamnafas yashayman. Ammo, eng yaxshisi, duolar oqing.
V. Yotishga imkoningiz bolmasa, chunki duxovkada gosht dimlangan va mashgulotlar uchun vaqtingiz bolmasa, stulda otirib bajarsangiz ham boladi. Suyanchigi baland qattiq stul bolsa, undan yaxshi. Misr haykalidek tikka otiring, qollaringizni tizzalaringiz ustidan kaftlaringizni pastga qilib, qoyib oling.
G.Endi asta oyoq barmoqlaringizni kering, song asta-sekin taranglikni yoqotib, oyoq mushaklaringizni kering. Har bir mushak guruhi uchun shuni takrorlab, to boyinga yetmaguncha pastdan yuqoriga qarab harakat qiling. Keyin boshingizni futbol topidek yelkalaringizga eging. Tinchlaning, tinchlaning, degancha mushaklaringizga murojaat qilib turing.
D. Ohista ravon nafas oling, asablaringizni tinchlantiring, chuqurroq nafas olig. Bir maromda nafas olish  asablarni tinchlantirishning eng yaxshi yoli, deb hind yoglari aytishgan.
Ye. Yuzingizdagi ajin va tirishlar haqida oylang va xayolan ularni tekislang. Xomrayganingizda qoshlaringiz orasida paydo boladigan tirishlarni tekislang, buni kunda ikki martadan bajaring, yuzingizni uqalatish uchun pardozxonaga borishingizga hojat qolmaydi. Tashvish bilan birga ajinlar ham yoq bolib ketsa, ehtimol.

XXIV b o b
Tort foydali mehnat malakasi

Mehnat malakasi 1: Ish stolingizni hozir bajara olgan ishingizga bevosita aloqasi bolmagan barcha qogozlardan yengillating.
 Vashingtondagi kongress kutubxonasida bolsangiz, shiftga shoir Aleksandr Pop qalamiga mansub birgina satr sher yozib qoyilganiga kozingiz tushadi: Tartib  bu birinchi osmoniy qonun. Tartib biznesning birinchi qonuni bolishi kerak. Aslida ham shundaymikan? Hech ham unday emas. Odatda, biznesmenning stoli u haftalab qoliga olmaydigan turli qogozlarga komilgan boladi. Yangi Orleandagi gazeta noshiri menga hikoya qilib berishicha, kotiba uning stolini u yerda toplanib qolgan qogozlardan tozalaganda, tagidan ikki yil burun yoqotib qoyilgan yozuv mashinkasi chiqqan ekan!
Qogozlar, xatlar, maruzalar va xabarlarga komilgan stolga kozingiz tushgan hamon vujudingizni bezovtalik, tanglik va tashvish egallaydi. Ammo bu hali eng yomoni emas. Stoldagi tartibsizlik  bu bajarishga vaqt bolmagan millionta ishni qilish kerakligi haqida muttasil eslatib turish degani, bundan paydo bolgan tashvish qon bosimingiz oshishiga, yurak muammosi yoki oshqozon yarasi vujudga kelishiga sabab bolishi hech gap emas.
Asabi ishdan chiqqan bir bemor yordam sorab doktor Uilyam L.Selder qabuliga kiradi.
Bu odam dardini aytar ekan,  deb hikoya qiladi doktor Selder,  telefon jiringlab qoldi. Kasalxonadan qongiroq qilishayotgan ekan. Men osha zahotiyoq masalani bir yoqliq qilib berdim. Goshakni joyiga qoyishim bilan yana jiringladi. Ish shoshilinch bolib, talay vaqt muhokama qilindi. Uchinchi gal suhbatimizni bir mushkul voqea boyicha maslahat olishga kirgan hamkasabam boldi. U bilan gapni tugatib, nihoyat yana bemorga murojaat qildim. Uni kuttirib qoyganim uchun kechirim soray boshladim. Biroq uning chehrasi yorishib, mutlaqo boshqacha ifoda kasb etdi.
 Kechirim soramang, doktor,  dedi u,  mana shu on daqiqa ichida, nazarimda, kozim moshdek ochildi. Men idoramga qaytaman-da, ishdagi tartibimni qayta korib chiqaman. Biroq, eng avval, yoq demasangiz, sizning yozuv stolingizni bir korsam degandim.
Doktor Selder stoli tortmasini ochdi. U yerda yozuv-chizuv buyumlaridan boshqa hech vaqo yoq edi. Ayting-chi,  dedi bemor,  tugallanmagan ish qogozlaringizni qaerda saqlaysiz?
 Men hammasini tugallab bolganman,  javob berdi Selder.
 Hali javob qaytarilmagan xatlar qaerda?
 Hamma xatlarga javob qaytarganman,  dedi unga doktor Selder.  Javob berilmagan xatlarni bir chetga tashlab qoyadigan odatim yoq. Javobni osha zahoti kotibamga aytib yozdiraman.
Olti haftadan keyin shu bemor doktor Selderni idorasiga chaqirdi. U juda ozgarib ketgandi. Yozuv stolining korinishi ham ozgargandi. Tortmalarini ochib korsatganda ichida ishlov berilishi kerak bolgan hujjatlardan boshqa hech narsa yoq edi.
Olti hafta ilgari idoramda ikkita stol turardi. Ikkalasi ham qogozlarga komilib yotardi. Ish tugamaydigandek tuyulardi. Siz bilan bolgan suhbatdan keyin idoramga qaytdim-da, maruzalarning eski hisobotlarini bir mashina qilib chiqarib tashladim. Endi, mana, bitta stol kifoya qilmoqda. Endi ilgari mening gashimga tegadigan, tashvishga soladigan tugallanmagan ishlar yoq, hammasiga osha zahoti nuqta qoyayapman. Ammo hammadan ham butunlay sogayib ketganimdan hayratda qolayapman. Endi ozimni gijinglagan toyday his qilayapman.
AQSh oliy sudining sobiq bosh sudyasi Charlz Evans Xyuz degan edi: Haddan tashqari kop ishlash odam olimiga sabab bololmaydi. Olimga faqat kuchni behuda sarflash va tashvish sabab boladi. Ha, aynan shunday. Oz ishini hech qachon bajara olmaydigandek bolib koringanidan tashvishlanib va ortiqcha kuch sarflab oladilar odamlar.

Mehnat malakasi 2:
Vazifalarni ularning muhimligiga qarab hal eting.
Shahar xizmatlari umummilliy kompaniyasi aloqachisi Genri L.Doxerti aytgan ediki, tolanadigan ish haqi miqdori qanchaligidan qati nazar, xodimlarda ikki xislatni topish amri mahol: birinchisi, oylash qobiliyati va ikkinchisi, vazifalarni ularning mukammalligi tartibida hal etish. Ishni shu joyda boshlagan va on ikki yil ichida Pepsodent kompaniyasi prezidentigacha osgan yigit Charlz Lukman yiliga yuz ming dollar miqdorida ish haqi olar va bundan tashqari yana million dollar ishlab topar edi. Aynan shu yigitning aytishicha, u ozining Genri Doxerti aytganidek, topish amrimahol bolgan ikki xislatni rivojlantirish sharofati bilan muvaffaqiyatga erishgan ekan. Charlz Lukman bunday degan: Esimda, men har doim ertalab soat beshda turardim, chunki bu vaqtda hammadan yaxshi oylar, demakki, bir kunlik tadbirlarimni yaxshi rejalashtirar va muhimligiga qarab, qaysinisini qilishim kerakligini hal etib olar edim.
Agar Jorj Bernard Shou birinchi darajali ishlarni avval bajarishning yozilmagan qoidasiga rioya qilmaganida, u yozuvchi bola olmagan va bir umr bankda xazinabon bolib qolgan bolardi.
Uning bir rejasi bolib, unga kora bir kunda besh sahifadan yozib borishi kerak edi. Bu eng ogir reja toqqiz yil davomida uning joniga ora kirdi va u kuniga besh sahifadan yozib borganiga qaramay, bu vaqt ichida atigi ottiz dollar ishlab topar edi, xolos. Yani, kuniga bir pennidan1 togri kelardi. Hatto kimsasiz orolda yashagan Robinzon Kruzo ham har bir kunga soatbay reja tuzib olardi.

Mehnat malakasi 3:
Muammoga duch kelganingizda, agar sizda qaror qabul qilishga dalillar bor bolsa, uni zudlik bilan hal eting. Qaror qabul qilishda imillamang.
Sobiq tinglovchilarimdan biri X.P.Xauell menga kompaniya-laridagi majlislar juda uzoq chozilib ketishi haqida sozlab bergan edi. Ularda kop masalalar muhokama qilinar ekan-u, lekin qarorlar oz qabul qilinar ekan.
Bu shunga olib kelganki, boshqaruvning har bir azosi hujjatlarning kopchiligini uyda korib chiqishlari kerak bolgan.
Pirovardida, mister Xauell boshqaruv azolarini har bir majlisdan bittadan masalani korib chiqishga, ammo uning uchun kechiktirmay va sansalorlik qilmay aniq yechimlar topishga kondirishga muvaffaq bolgan. Qaror qabul qilish uchun zaruriy qoshimcha dalillarni toplash, qandaydir choralar korish yoki umuman hech nima qilmaslik  bor-yoq qaror shu. Biroq keyingi savolga otishdan oldin yechim, albatta, topilishi shart bolgan. Mister Xauell menga aytdiki, natijalar juda tez ozini bildirgan va ishning yaxshilanishiga olib kelgan: majlisning kun tartibiga kiritilgan barcha masalalari toliq korib chiqilgan, navbatdagi masalani korib chiqish chogida boshqa imillashlar bolmagan va dasta-dasta hujjatlarni uyga kotarib ketishga ortiq zarurat qolmagan. Hal etilmay qolgan muammolar tufayli hech kim boshqa tashvish tortmagan.
Bu yaxshi qoida, u kompaniya direktorlari kengashi majlislari uchungina emas, balki sizu bizning ishlarimiz uchun ham qol kelishi turgan gap.

Mehnat malakasi 4: 
Tashkil etishni, vakillar jonatishni va nazorat qilishni organing.
Kopgina biznesmenlarning barvaqt gorga kirib ketishlari sababi shundaki, oz vakolatlarini boshqalarga topshirishni organa olmaganlar. Natijada ular mayda-chuydalarga va noaniqliklarga oralashib qolganlar. Ular muttasil shoshganlar, tashvishlanganlar, hayajonlanganlar va zoriqqanlar. Vakolatini topshirishga organish goyat qiyin. Bunday qilish menga ham qiyin edi, juda ham qiyin edi. Men yana oz tajribamdan bilamanki, vakolat topshiriladigan odamni tanlashda agar xatolik otsa, natijasi chindan halokatli bolishi mumkin. Ammo vazifa har qancha ogir bolmasin, agar tashvishdan, zo