likka nomzod bolgan edi. Kolumbiya va Garvard universitetlari bilan birgalikda olti eng yirik universitet loaqal orta malumotga ega bolmagan odamga ilmiy daraja taqdim etdi.
Odamlarning muvaffaqiyati sabablarini qancha kop organganim sayin shunga ishonchim koproq amin boladiki, oz hayot yolining boshida ular duch kelgan qiyinchiliklar tufayli koplari muvaffaqiyatga erishganlar. Bu qiyinchiliklar ularni ajoyib natijalarga olib kelgan zaruriy say-harakatlar qilishga undagan. Uilyam Jeyms bunday degandi: Muammolarimiz bizga tosatdan yordam beradi.
Ha, kor bolgani uchun ham Milton yaxshi asarlar yozgani, karligi tufayli Betxoven ham yaxshi musiqiy asarlar yaratgani bejiz emasga oxshaydi.
Agar Chaykovskiy hayotda xotinidan yolchimay, bu taxlit tushkunlikka tushmaganida va sal bolmasa oz joniga qasd qilishgacha borib yetmaganida, shuningdek, agar shaxsiy hayoti fojialar bilan tolib-toshmaganida, ehtimol, u hech qachon olmas Pitetik simfoniyasini yozmagan bolardi.
Agar Dostoevskiy va Tolstoylarning hayoti azob-uqubatli voqealarga toliq bolmaganida, ehtimol, ular hech qachon ozlarining olmas romanlarini yozmagan bolishardi.
 Agar men mana shunday katta jismoniy kamchiliklarga ega bolmaganimda,  deb yozgandi Yerdagi hayot tugilishining ilmiy tushunchasini ozgartirgan inson,  men bunday ulkan ishni qilolmagan bolardim. Shunday yozgandi Charlz Darvin, jismoniy kamchiligi hayotda unga mutlaqo kutilmagan tarzda yordam berganini oshkor etirof etib.
Angliyada Darvin tugilgan osha kunda Kentukki ormonlaridagi yogoch kulbada boshqa bir chaqaloq ham dunyoga keldi. Unga ham qiyinchiliklar yordam berdi. Uning ismi Avraam Linkoln edi. Agar u zodagonlar oilasida tugilib osganida va Garvardda huquqshunoslik bilimi olganida, oilaviy hayotda baxtli bolganida, ehtimol, yuragining chuqur qarida u Gettsburgda abadiyatga muhrlab qoyilgan hayrotomuz sozlarni hech qachon topmagan bolarmidi. Ikkinchi marta prezidentlik lavozimini bajarishga kirishgan osha kunda dastlabki ezgu sozlarni irod qila olmagan, odamlar hukmdori qachonlardir irod etgan: Nafratsiz, ammo jumlai olamga muruvvat ila... degan eng gozal va ilohiy sozlarni topib aytolmagan bolarmidi.
Faraz qilaylikki, biz mutlaqo sarosimaga tushib qolganmiz va oz limonimizni limonadga aylantirish uchun zarracha umid yoq, shunday bolsa-da, nima uchun biz shunday qilishimiz kerakligiga ikkita sabab mavjud. Har qanday holatda ham bu ikki sabab mavjud, zero, biz yutib chiqishimiz, ammo hech narsa yoqotmasligimiz mumkin.
Birinchi sabab: biz muvaffaqiyatga erisha olamiz.
Ikkinchi sabab: garchi biz muvaffaqiyatga erishmasak ham minuslarni plyusga aylantirishga say-harakatlarimizning oziyoq shunga olib keladiki, biz orqaga emas, oldinga boqamiz va salbiy fikrlarimiz ijobiyga almashadi. Bu ijodiy quvvatni xalos etishga majbur qiladi va oz ishlarimizga boshimiz bilan shongib, abadiy otib ketgan narsa haqida shikoyat qilishga na vaqt, na xohish bolmasligi tomon undaydi.
Hayotga nisbatan qalbimizga osudalik va baxt jo etaylik va shunday munosabatni ozimizda bunyod etish uchun quyidagi qoidaga amal qilaylik.
Qoida 6:
Taqdir sizga limon ato etsa, undan limonad qilishga urining.

XVIII b o b
Ikki hafta ichida xafaqondan xalos bolish xususida

Men ushbu kitobni yozishga kirishganimda, Tashvish ustidan galaba qozonish xususida mavzusida eng ibratli va hayotbaxsh haqqoniy hikoya uchun ikki yuz dollarlik mukofoti bilan tanlov elon qilishga qaror berdim. Hayat azosi bolganligim uchun uch odamni taklif qildim. Bular Sharq havo yollari kompaniyasi prezidenti Eddi Rekkenbaker, Linkoln xotirasi muzeyi direktori doktor Styuart K.Makkeland, radiosharhlovchi X.V.Kaytenborn edilar. Biroq biz shu qadar ajoyib hikoya oldikki, hayat azolari ulardan qaysi biri yaxshi ekanligini aniqlay olmadi. Shu bois, biz mukofotni taqsimladik. Birinchi mukofotni olgan hikoyalardan biri quyidagicha edi. Uning muallifi S.R.Berton (firmada ishlaydi, Uizzer avtomobillari sotuvchisi, Missuri shtati, Apringfild shahri).
Toqqiz yoshimda onasiz qoldim, on ikki yoshimda esa otadan ajraldim. Otam halok bolgan edi, onam esa on toqqiz yil burun uydan chiqib ketgan, uni boshqa korganim yoq. Yana ikki singilchamni ham korganim yoq, onam ularni ozi bilan olib ketgandi. Faqat yetti yildan keyingina undan xat oldim. Onam ketganidan uch yil otgach, otam halok bolgandi. U Missuri shtatidagi bir kichikroq shaharda qahvaxona sotib olgandi, otam ish safarida bolgan vaqtda uning sherigi qahvaxonani sotgan-da, pulni olib, qochib qolgan. Bir dosti otamga telegramma yuborgan va zudlik bilan shaharga qaytishni soragan. Otam shoshib yolga chiqqan va Kanzas shtatining Salinas shahrida avtomobil halokatidan halok bolgan. Otamning ikkita opasi bolgan. Ular kambagal, kasalvand xotinlar edi. Ular oilamizdagi uch bolani ozlariga olganlar. Biroq men va ukam ortiqchalik qilganmiz va shahar ahli qaramogida qolganmiz. Bizni yetimlar deb atashlari va bizga yetimlardek muomala qilishlaridan juda qorqardik. Kop otmay xuddi qorqqanimizday bolib chiqdi ham. Birmuncha vaqt men bir kambagal oilada turdim. Ogir zamonlar edi, oila boshligi ishini yoqotgach, ular meni ortiq boqa olmas edilar. Shundan keyin meni er-xotin Loftinlar ozlariga olishdi. Biz shahardan on bir mil naridagi fermada yashar edik. Mister Loftin yetmish yoshda edi, u temiratkining ogir turi bilan ogrir va toshakdan turmasdi.
U, agar men yolgon gapirmasam, ogrilik qilmasam va bezorilik qilishga urinmasam, ularnikida qolishim mumkinligini aytdi. Bu mening injilim bolib qoldi. Men mana shu sozlarga mutlaqo muvofiq tarzda yashay boshladim..
Men maktabga qatnay boshladim, biroq bir haftadan keyin u yoqqa bormay qoydim, uyda qolib, yosh boladay yiglar edim. Maktabda bolalar meni yetimcha deb masxara qilar va uzun burnimni kalaka qilib kular edilar. Meni shunchalik qattiq xafa qilishdiki, ular bilan mushtlashishga tayyor edim. Biroq fermer Loftin menga: Shuni bilki, mushtlashmaslik mushtlashishning ozidan kora koproq matonatni talab etadi,  dedi. Men maktabdagi bir bola yuzimga tovuq axlati bilan solib qolmaguncha mushtlashuvdan ozimni tiyib yurdim, men uning boplab tazirini berdim va ikkita dost orttirdim. Ular menga, bezori shunga munosib edi, deyishdi.
Men mister Loftin olib bergan yangi qalpogimdan gururlanib yurardim. Bir kuni yuqori sinfdagi bir qiz qalpogimni boshimdan yulqib oldi. Uni suvga botirib, ivitib tashladi. Keyin u, Sening mis manglayingni hollab, yumshatish uchun shunday qildim, bolmasa tovuq miyang qurib qolgan edi,  dedi. Maktabda men hech qachon yiglamasdim, lekin uyga kelgach, hongrab yigladim. Shunda missis Loftin menga bitta nasihat qildi, shu nasihat barcha tashvish-oylarimni yoqqa chiqarib, dushmanlarimni dostga aylantirdi: Ralf, agar sen ularga qiziqib qarasang va ular uchun nimadir qilishing mumkinligini oylasang, ular seni boshqa masxaralamay qoyishadi va seni yetimcha deb atashmaydi, dedi. Men uning nasihatiga kirdim, qunt bilan oqiy boshladim va kop otmay eng yaxshi oquvchiga aylandim. Lekin hech kim menga kek saqlamay qoydi, chunki men hammaga yordam berishga harakat qilardim.
Bir necha bolaga bayon va matn yozishda yordamlashardim. Boshqalariga esa bahslar uchun nutq yozib berar edim. Bir bola uy vazifalarini tayyorlashda mening yordamim tegayotganini togri ozimga aytdi. Shuning uchun u onasiga kalamush tutgani ketayapman deb, uning orniga mening oldimga kelardi. U kuchuklarini saroyga boglab qoyardi-da, biz bilan birga dars tayyorlar edik. Bir bolaga kitoblarga sharhlar yozib berdim, buning uchun bir nechta oqshomning bahridan otishimga togri keldi. Yana bir qizga esa matematikadan qarashib yubordim.
Mana, on uch yildirki, meni hech kim yetimcha deb atamaydigan boldi.
Yashasin S.R.Berton! Qanday dost orttirishda uning oldiga tushadigani yoq. Bundan tashqari, tashvishni qanday yengishni va hayotdan qanday lazzatlanishni ham biladi.
Buyuk ruhshunos qalami ostidan chiqqan eng ajoyib gap quyidagidek edi, uni Alfred Adler aytgan edi. Xafaqondan aziyat chekkan mijozlariga u odatda bunday derdi: Agar maslahatimga kirsangiz, ikki haftaga qolmay tuzalib ketasiz. Har kuni odamlarga qanday huzur bagishlash mumkinligi haqida oylashga harakat qiling.
Bu gap shu qadar ehtimoldan yiroq tuyuladiki, men doktor Adlerning Sizningcha hayot nimani anglatishi kerak? degan ajoyib kitobidan ikki betni kochirib, izohlashga harakat qilish zaruratini his etib turibman.
Xafaqonlik,  deydi u oz kitobida,  boshqalarga nisbatan pinhoniy gazab va tanani esga soladi, biroq bemor oz aybidan ezilganday taassurot uygotadi. Holbuki, uning maqsadi atrofdagilarning unga etibor berishi, hamdard bolishi va qollab-quvvatlashiga erishishdan iborat. Xafaqonlik esga soladigan birinchi narsa taxminan quyidagi sozlar bilan ifoda etilishi mumkin: Esimda, akam kushetkada yotgan edi va men qancha xohlasam ham u bunday qilishga yol bermagandi. Men qattiq yiglay boshlagan edim. U yonidan joy berishga majbur boldi.
Xafaqonlik bilan ogriganlar kopincha oz jonlariga qasd qilish yoli bilan qasos olishga moyil boladilar, shu bois shifokorning birinchi vazifasi bunday qilishga yol qoymaslikdan iborat. Muolajaning birinchi qoidasiga rioya qilishni taklif etib, men ozim keskinliklarni yumshatishga harakat qilaman: Hech qachon istamagan narsangizni qilmang. Bu maslahat haddan tashqari oddiy bolib tuyuladi, ammo mening nazarimda, u kasallikning eng asosiy sababini bartaraf etishga qaratilgan. Bordi-yu, xafaqonchi u istagan hamma narsani qilishga qodir bolsa, u kimni ayblay oladi? Bordi-yu, siz teatrga bormoqchi yoki tatilga chiqmoqchi bolsangiz, shunday qiling deyman. Bordi-yu, birdaniga borgingiz kelmay qolsa, unda toxtang. Bu kishi tushishi mumkin bolgan eng yaxshi holatdir va u uning intilishini afzallik tomonga qondirishga imkon beradi. U ozini Xudoga qiyos qiladi va nima xohlasa, hammasini qilishi mumkin. Boshqa tomondan, bunday xulq-atvorni uning hayot uslubi bilan biriktirib yuborish unchalik oson emas. U buyruq berishni va boshqalarni ayblashni istaydi, bordi-yu, ular u bilan hamjihatliklarini izhor etsalar, unda u buyruq berishga bolgan oz intilishini amalga oshirish imkoniyatidan mahrum boladi. Bu qoida kasallik maromini ancha yengillashtiradi va mening bemorlarim orasida biron marta ham oz joniga qasd qilish hodisasi sodir bolgan emas.
Odatda bemor mana bunday javob beradi: Axir men qilishni xohlaydigan hech vaqo yoq. Bu holda, chunki men bunday fikrlarni tez-tez eshitaman, menda oldindan tayyorlangan javob bor: Unda sizga yoqmaydigan narsani qilishdan ozingizni tiying. Goho u shunday javob berishi mumkin: Men uzzukun karavotda uzala tushib yotishni xohlar edim. Ammo bilamanki, agar men imkon bergudek bolsam, u boshqa bunday qilishni xohlamaydi. Agar unga xalaqit bergudek bolsam, u rosmana qiyomat qilishini bilaman. Shu bois men har doim rozi bolaman.
Bu bitta qoida. Ikkinchi qoida, ular hayot uslubining oziga bevosita qarshi qaratilganidir.
Men ularga deyman: Agar maslahatimga rioya qilsangiz, on tort kun ichida tuzalib ketishingiz mumkin. Har kuni odamlarga qanday huzur bagishlashingiz haqida oylang. Ular uchun bu nimani anglatishini bir koring-a. Odatda, ular mana bunday fikrdan tashvish tortadilar: Birovlarni xafa qilishga qanday konglim bolsin? Ularning javoblari goyat qiziq: Bu juda oson, axir men binoyidek bir umr shunday qilib kelyapman. Aslida ular hech qachon bunday qilmaganlar... Boshqalari javob beradilar: Hech qachon bunday qila olmasligimdan tashvishdaman. Men ularga deyman: Tashvishlanishdan toxtamang, ammo shu bilan bir vaqtda goh-goh boshqalar haqida ham oylang. Koplar aytishadi: Nima uchun men boshqalarga huzur bagishlashim kerak ekan? Ular menga huzur bagishlashga harakat qilishmayapti-ku? Men javob beraman: Siz oz sogligingiz haqida oylashingiz kerak, boshqalar keyinroq ogriydilar. Juda kam hollardagina bemor bunday javob beradi: Men sizning taklifingizni obdon oylab kordim. Mening barcha say-harakatlarim bemorning ijtimoiy manfaatlarini faollashtirishga qaratilgan. Uning kasalining haqiqiy sababi boshqalar bilan munosabat ornatish chogida hamkorlik yetishmasligidan iborat ekanini bilaman, ammo bemorim buni tushunishini xohlayman. Tenglik va hamkorlik asosida boshqa odamlar bilan munosabat ornatgani hamon u tuzalib ketadi... Eng muhim diniy vazifa har doim oz yaqiniga muhabbat qoyishdan iborat bolib kelgan... Atrofidagi odamlar bilan ish tutmaydigan odamgina hayotida juda katta qiyinchiliklarga duch keladi va boshqalarni koproq xafa qiladi. Aynan shunday odamlar ichida eng omadsizlari uchraydi... Biz boshqa inson zotidan talab qiladigan hamma narsa va unga biz berishimiz mumkin bolgan hamma narsa uning ishda yaxshi safdosh, atrofidagi odamlarga dost va sevgi hamda nikohda vafodor sherik bolmogidan iborat.
Doktor Adler bizni har kuni savob ishlar qilishga chaqiradi. Savob ish degani nima ozi? Savob ish,  deydi Muhammad paygambar,  quvnoq tabassum bilan boshqa odamlarning chehrasini yoritishdan iborat.
Nima uchun har kuni savob ish qilish savob ish qilayotgan odamga bu qadar kuchli tasir korsatadi? Gap shundaki, boshqalarga lazzat bagishlashga harakat qilar ekanmiz, ozimiz haqimizda oylashdan toxtaymiz. Aynan ozini oylash bezovtalik, qorquv va xafaqonlikning bosh sababidir.
Agar erkak kishi bolsangiz, ushbu abzatsni tashlab oting. Uning siz uchun qiziq joyi yoq, chunki unda bir notavon shorlik qizning bir necha yigit iltifotiga muyassar bolgani hikoya qilinadi. Bu qiz hozir buvi bolib qolgan. Bir necha yil avval men u eri bilan turadigan uyda tunab qoldim. Men shu shaharda maruzalar oqiyotgandim va ertasiga tongda meni Nyu-Yorkning markaziy vokzaliga qatnaydigan tezyurar poezdiga ilinishim uchun ellik mil naridagi stantsiyaga olib borib qoydi. Yolda qanday dost ottirish ustida gap sotib ketdik. U dedi: Mister Karnegi, men sizga hech qachon, hech kimga, hatto oz erimga aytmagan bir narsani hikoya qilib bermoqchiman (har tugul, bu hikoya siz oylaganchalik qiziq emas).
Qiz Filadelfiya jamiyatining oliy tabaqaga mansub oilada osgan ekan. Bolaligim va balogat yoshimdagi fojia shundan iborat ediki,  dedi u,  biz kambagal edik. Atrofimdagi qizlar yashagandek yashashga mening qurbim ham, imkonim ham yoq edi. Yaxshi kiyina olmasdim. Vaqt otgani sayin kiyimlarim tor kelib, urfdan ham chiqib ketdi. Azbaroyi xorlanganimdan va uyalganimdan kopincha qon-qon yiglardim. Oxiri alamimdan bir ish qilishga jazm etdim. Yigitlarimdan ularning hayoti, goyalari, kelajakdagi rejalari haqida sozlab berishni iltimos qilishga tushdim. Bunday savollar berishimning sababi undan qanday javob olish emasdi. Bundan maqsadim bitta edi: ishqilib, ularning nigohini egnimdagi libosdan chalgitish. Biroq galati hol sodir boldi: yigitlarimning hikoyalarini tinglar ekanman, ular haqida koproq narsalar bila boshladim. Suhbatga berilib ketganimdan hatto ozimning korimsiz libosimni ham unutib qoyardim. Ammo meni boshqa narsalar hayratga solgandi: yaxshi tinglovchi bolganim va yigitlarga koproq ozlari haqida gapirishga qoyib berganim bois men davramizdagi eng kozga yaqin qizga aylana boshladim. Shunda bir emas, birvarakayiga uch yigit qolimni sorasa boladimi (kordingizmi, qizlar qanday bolishi kerak).
Bu bobni oqib, ayrimlar aytishlari mumkin: Boshqa odamlarga nisbatan qiziqish haqidagi bu barcha suhbatlar  puchak va xurofiy safsatadan boshqa hech narsa emas! Ularning menga nima keragi bor! Menga chontagimda mullajiring bolsa, bas. Puling bolsa changalda shorva. Quruq qoshiq ogiz yirtadi.
Nachora, modomiki, siz shunday oylar ekansiz, bunga tola haqqingiz bor. Ammo, bordi-yu, siz haq bolsangiz, bashariyat tafakkurining ilk yozma yodgorliklaridan tortib, barcha buyuk faylasuflaru ustozlargacha hato qilar ekanlar-da? Men Iso Masih, Konfutsiy, Platon, Aristotel, Sokrat, Fransiskolarni nazarda tutayapman. Bordi-yu, bu diniy siymolar nomini eslash sizda nafratomuz kinoya uygotar ekan, keling, unda maslahat bilan dahriylarga murojaat qilaylik. Yigirmanchi asrning eng mashhur amerikalik dahriysi Teodor Drayzer bu borada nimalar deganini eshiting-a. U barcha dinlar ustidan kulgan edi, ularni ertaklar deb atab va bu hayot jinnilik, baqirib va gazab bilan hikoya qilib bergan hech narsani anglatmovchi tarixdir, degandi. Ammo Drayzer Iso Masih orgatgan bir buyuk tamoyilni himoya qilib chiqqandi: odamlarga xizmat qilish tamoyili. Bordi-yu, u oziga ajratilgan muddatdan zavqlanishni istasa,  deb yozgandi u,  ozinigina emas, u boshqalarning ham holatini qanday yaxshilashi togrisida mulohaza yuritishi kerak, chunki uning quvonchini uning boshqalar uchun va boshqalarning uning uchun qanchalik sevinishini belgilaydi.
Drayzer takidlaganidek, agar biz ozimiznigina emas, boshqalarning ham hayotini yaxshilashni istar ekanmiz, shoshmaslik va vaqtni zoe ketkazmaslik kerak. Modomiki, shu yolni ixtiyor etdikmi, hoziroq karomat korsatish yoki savob ish qilishga izn ber. Shu yoldan qaytmaslikka va savob ish qilish imkoniyatini boy bermaslikka izn ber, zero, bu yoldan ikkinchi marta yurish nasib etmagay.
Qoida 7:
Boshqalarni oylab, ozingizni unuting. Har kuni tabassum bilan inson chehrasini yoritadigan savob ish qiling.

BESHINCHI QISM
TANQIDDAN TASHVISH TORTMASLIK XUSUSIDA

XIX b o b
Olgan itni hech kim urmaydi

1929 yilda barcha maorif xodimlari orasida chinakam shov-shuv keltirib chiqaradigan voqea sodir boldi. Faoliyatning bu sohasi vakillari misli korilmagan bu voqea guvohi bolish uchun Amerikaning barcha burchaklaridan Chikagoga intildilar. Bir necha yil ilgari Robert Xatchins ism-sharifli bir yigit qattiq mehnat bilan Yel universitetiga yol topib kirdi. Bungacha u ofitsiant, ormon kesuvchi, retseptor va kiyimfurush bolib ishlagandi. Endi esa, oradan atigi sakkiz yilgina otib, u Chikago universiteti rektori lavozimiga kotarilgan edi. Bu universitet Amerikaning barcha universitetlari orasida tortinchi orinda turardi. Yigitning yoshi nechada edi deysizmi? Ottizda. Bu mutlaqo koz korib, quloq eshitmagan voqea edi! Sochlari oqargan professorlar qattiq norozilik bildirdilar. Bir yosh bolakayga tanqid dolday yogila boshladi. Unga har tomondan hujum qilar edilar. Uni yoshlikda va tajribasizlikda ayblardilar, Talim haqida bilimi haminqadar der edilar. Hatto gazetalar Xatchinsga qashi faqat tanqidiy maqolalar chop etar edi.
Lavozimni bajarishga kirishadigan kuni Robert Xatchinsning bir dosti uning otasiga dedi: Bugun ertalab oglingizni tanqid qilib chiqqan bosh maqolani oqib, esimni yoqotib qoyay dedim.
Ha,  uning gapiga qoshildi ota Xatchins,  tanqid juda qattiq bolibdi, ammo bilib qoy, hech kim hech qachon olgan itni tepmaydi.
Bu shunday, nima bolganda ham it qanchalik muhim bolsa, uni tepganlar shuncha koproq maza qiladilar. Keyinchalik qirol Eduard XIII (undan keyin Vindzor gertsogi) bolgan Uels valiahdi buni oz boshidan otkazib bildi. Osha vaqtda u Devonshirdagi Dartmut kollejida oqir edi. Angliyada bu xuddi Annapolisdagi harbiy dengiz akademiyasidek bir gap. Oshanda valiahd on tort yoshda edi. Bir kuni dengizchi zobitlardan biri uni yiglab turganda korib qoladi va nima boldi, deb soraydi. Avvaliga valiahd gapirishdan bosh tortdi, biroq keyin baribir gapirishga kondi-da, haqiqatni aytdi. Malum bolishicha, bilim yurti oquvchilari uni mushtlab ketishgan ekan. Kollej kompodori oquvchilarni huzuriga chorladi va ularga valiahd hech qanday shikoyat qilmaganini, ammo u valiahdga nima uchun bunday qopol va yaramas tarzda munosabatda bolganlarini bilmoqchi ekanini aytdi.
Kursantlar hech narsa aytishni istashmadi, ogirliklarini u oyoqlaridan bu oyoqlariga solib turar, ozlaricha bir nimalar deb mingirlar edilar, biroq oxiri bari bir ham iqror bolib aytdilarki, ular kelajakda qirol frontining kapitanlari bolishganida biz qirolning ozini dopposlab urganmiz, deb maqtanib yurishni xohlaganlar.
Shu bois, esingizda bolsin, sizga qarshi qaratilgan tanqid kopincha shuni anglatadiki, tanqid qiluvchi ozini ustunroq his etadi. Bu aksar shundan darak beradiki, siz etiborga loyiq bir narsa qilayotibsiz. Koplar ozlaridan malumotliroq yoki katta muvaffaqiyatlarga erishgan odamlarni tanqid ostiga olganlarida qandaydir yovuzona lazzatni his etadilar.
Agar siz adolatsiz tanqiddan chidayolmay tashvishga botsangiz, quyidagi qoidaga rioya qiling.
Qoida 1:
Esingizda bolsin, adolatsiz tanqid kopincha yashirin takalluf hisoblanadi. Hech kim hech qachon olgan itni urmasligini esdan chiqarmang.

XX b o b
Shunday qilsangiz, tanqid sizga zarar yetkazmaydi

Bir gal men Kozi Teshar Chol laqabli general-mayor Smedli Batler bilan suhbatlashib qoldim. Jahannam Shaytoni Batler Chol! Esingizdami, bu AQSh dengiz piyoda askarlariga qomondonlik qilgan generallarning eng oziga xos va dovyuraklaridan biri edi.
U menga yoshlik choglarida taniqli va hammada yaxshi taassurot qoldiradigan bolishni juda qattiq orzu qilganini sozlab bergan edi.
Osha paytlarda shaniga aytilgan zigircha tanqidga ham chidayolmas ekan, ammo dengiz piyoda qoshinidagi ottiz yil uni obdon toblaydi.
Meni qollaridan kelgancha kalaka qilar va haqoratlar edilar,  tan olib dedi u.  Meni sariq koppak ham, ilon ham, kalamush ham dedilar. Sokishda ustasi faranglar xumordan chiqquncha sokar edilar. Ingliz tilida kitobda yozib bolmaydigan qanaqangi sokish turlari bolsa, hammasi menga ishlatilgan. Meni bularga etibor berar edi, deysizmi? Hech-da! Bordi-yu, hozir birov meni soksa, unga boshimni burib ham qaramayman.
Ehtimol, Koz Teshar Chol oz shaniga aytilgan tanqidga haddan tashqari beparvo qarardi. Ha, balki shundaydir. Ammo bir narsa aniq: ichimizda koplarimiz mayda-chuyda tahqiru gina-kuduratlarga keragidan ortiqcha etibor berib yuboramiz. Esimda, kop yillar ilgari San gazetasi sharhlovchisi kurslarimdagi korgazmali saboqqa keldi va keyin men va ishim togrisida achchiq tanqidiy maqola yozdi. Gazabdan ozimni qoygani joy tomolmay qoldimmi? Qayoqda, men uni shaxsiy haqorat deb qabul qildim. Men osha zahoti San gazetasi ijroiya qomitasi raisi Jil Xojersga qongiroq qildim va sharhlovchi bolmagur toqima gaplar emas, dalillar bayon etilgan maqola bosishini rasman talab etdim. Jazo jinoyatga yarasha bolishi uchun qatiy turib oldim.
Oshanda shunday qilganimdan endi uyalayapman. Ushbu gazetani sotib olgan odamlarning yarmi ham haligi maqolani umuman oqimaganini endi tushunayapman. Uni oqiganlarning yarmi esa begaraz maqsadda ermak uchun oqishgan, qolgan yarmi ichqoralik bilan qol ishqab, bir necha haftadan keyin unutib yuborgan.
Odamlar siz haqingizda, men haqimda oylamasliklarini va biz togrimizda nima deyayotganlari ularga bari birligini endi bilayapman. Sizning yoki mening olimim haqidagi xabardan kora, ozlarining arzimagan bosh ogriqlaridan ming baravar koproq tashvish qiladilar.
Bordi-yu, siz yoki men aldasak, kulgiga qolsak, chuv tushgan bolsak, orqadan pichoq yesak, sotilsak va bular barini olti nafar eng yaqin dostlarimizning bittasidan korgan bolsak, ozimizga ichimiz battar achib otirmasligimiz kerak. Buning orniga Iso Masihning ham boshiga shunday kunlar tushganini bir eslab qoysak, maqul bolardi. Uning on ikki nafar dostlaridan biri sotqin bolib chiqdi va uni hozirgi hisob bilan on toqqiz dollarga sotadi. Uning yana bir shogirdi Iso musibatga duch kelganida undan shartta yuz ogiradi va men sizni tanimayman, deb uch karra qaytaradi, qasam ichadi. Bular Iso Masihning boshiga tushganlari.
Garchi shanimga aytilgan adolatsiz tanqiddan odamlarni toxtatib qola olmasam-da, kop yillar ilgari shuni bildimki, men mislsiz darajada kop ishlar qila olar ekanman: men bu tanqidning menda tashvish tugdirishga imkon berish-bermasligimni hal eta olar ekanman.
Ochigini aytib qoya qolay: men tanqidni umuman rad etish tarafdori emasman. Bunday fikrdan juda uzoqman. Men faqat adolatsiz tanqidnigina rad etish togrisida gapirayapman. Bir kuni Eleonora Ruzveltdan, adolatsiz tanqidga qanday qaraysiz, deb soradim. Uning chekiga bunday tanqidlarning qanchasi tushgani bir Allohga malum. Oq uyning har qanday bekasiga qaraganda, ehtimol, samimiy dostlari va dushmanlari eng kopi u bolsa kerak.
U aytdiki, bolaligida otaketgan tortinchoq bolgan va odamlarning gaplaridan juda qorqqan. Azbaroyi tanqiddan dahshatga tushganidan bir kuni maslahat sorab, ammasi Teodora Ruzveltga murojaat qilgan.: Ammajon, men falon-falon ishlarni qilmoqchiman, ammo buning uchun meni tanqid qilishlaridan qorqyapman.
Teddi Ruzveltning opasi jiyanining koziga tik qarab dedi: Agar togri ish qilayotganingga yurakdan ishonsang, odamlarning nima deyishiga parvo qilma. Eleonora Ruzaeltning menga aytishicha, bu maslahat unga Oq uyda yashagan barcha yillar davomida uning uchun bukilmas tayanch bolgan. U aytdiki, tanqiddan qutulishning yagona yoli  Drezden chinnisidan ishlangan haykalga aylanish va tokchada turishdir. Yuraging nimani aytsa, shuni qil, zero, seni baribir tanqid qilishadi. Sen nimadir qilasanmi, qilmaysanmi, har qanday holda ham seni lanatlaydilar. Ammaning maslahati ana shunday edi.
Linkoln aytgan edi: Shanimga aytilgan barcha tanqidlarga javob bermaslikka emas, bor-yogi oqib chiqishga harakat qilganimda ham baribir nima qilib turgan bolsam, shuni qilavergan bolardim. Barcha bilimimdan foydalangan holda harakat qilaman va ozimga bogliq hamma ishni qilaman, to abadul-abad shunga amal qilish niyatidaman. Bordi-yu, meni galaba kutayotgan bolsa, menga qarshi gapirilayotgan ga