kagolik bir odamni bilaman, uning noshud asrandi ogillaridan yozgirishiga chindan sabablar bor edi. U qogoz fabrikasida ishlar va haftasiga bazor qirq dollar topardi. U bir beva xotinga uylangandi, xotini uni qarz kotarishga va ogillarini kollejga joylashtirishga kondirdi. Haftasiga oladigan mana shu 40 dollardan u ovqatga, uyga, otinga, kiyim-kechakka tolashi, bundan tashqari, zayomga ham tolab borishi kerak edi. Tort yil u shu tariqa eshakday ishladi va biron marta ogzidan shikoyat sozi chiqmadi.
Xosh, undan minnatdor bolishdimi? Yoq. Uning xotini shunday bolishi kerak, deb bilishardi. Hammasi uchun ogay otadan minnatdor bolish ularning tushiga ham kirmasdi, bir ogiz rahmat aytib, konglini kotarish yoq. Kimni ayblash kerak endi? Bolalarnimi? Ha, ammo ularning onalari koproq aybdor. Norasidalarni mehnatda ezib qoysak uyat boladi, deb hisoblardi u. Farzandlarining ishni qarz tolashdan boshlashini xohlamasdi. Bolalarim, sizlarni kollejga joylashtirib, ogay otangiz ulug ish qildi, deb bir ogiz aytishga yaramadi ona. Buning orniga u, qolingizdan kelibdi, qilibsiz, deb qoya qolardi, xolos.
Bu bilan u bolalarini qutqarib qolaman, deb oylardi, aslida esa dunyo ulardan qarzdor degan mashum xayol bilan hayotga yollagan edi. Ha, bu rostdanam xatarli oy edi. Ogillaridan biri xojayindan pul qarz oldi-da, qamoqqa tushdi.
Shuning uchun, keling, eslab qoyaylik: solih farzandlar yetishtirish uchun avval ozimiz solih bolaylik. Shu narsa yodingizda bolsinki, bolajonlarimiz mitti bolsalar ham, quloqlari katta boladi, ogzimizdan chiqqan gapni bitta qoldirmay eshitib turishadi. Bolalaringiz borida bironta odamning yaxshiligini kamsitish konglingizga kelib qolgudek bolsa, taqqa toxtang. Zinhor-bazinhor: Syu xola Rojdestvoga yuborgan mana bu salfetkalarni qarang. Ularni uning ozi toqigan, yonidan bir tsent ham ketmagan, demang. Sizga kunda boladigan gapday tuyulishi mumkin, ammo farzandlaringiz ularni diqqat bilan eshitishadi. Buning orniga Syu xola Rojdestvoga yuborgan mana bu salfetkalarga qarang. Juda ajoyib-a ular? Erinmay tikkanini qaranglar! Kelinglar, unga tashakkurnoma yuboraylik, deganimiz yaxshi emasmi? Shu tariqa farzandlarimiz boshqalarni maqtash va ulardan minnatdor bolishni ozlari bilib-bilmay organib olishlari mumkin.
Oqibatsizlik tufayli tashvish va alam chekmaslik uchun quyidagi qoidani ato eting.
Qoida 3:
A. Birovning oqibatsizligi tufayli tashvish tortish orniga, keling, undan qolni yuvib, qoltiqqa suring.
B. Esingizda bolsin, baxtli bolishning yagona yoli qilgan yaxshiligingiz evaziga minnatdor bolishlarini kutishdan emas, balki shu savob ishni bajarishdan keluvchi gasht va lazzatdan iborat.
V. Esingizda bolsinki, oqibatni tarbiyalash mumkin. Shu bois agar farzandlarimiz oqibatli bolishlarini istasangiz, biz ularni oqibatli bolishga orgatishimiz kerak.

XV b o b
Bisotingizda bori uchun on besh million dollar olarmidingiz?

Men Garold Ebbot bilan kop yillardan beri tanishman. U Missuri shtatidagi Uebb-Siti shahrida yashardi va bir vaqtlar maruzalarni tashkil etish bilan shugullanardi. Bir kuni biz Kanzas-Sitida uchrashib qoldik va u meni mashinada Beltondagi fermamga olib borib qoydi. Shu sayohatimiz asnosida undan tashvishdan qanday xalos bolish haqida soradim. Javobidan u menga goyat qiziqarli bir voqeani hikoya qilib berdi, uni bir umr esdan chiqarmayman.
Ilgari men tez-tez tashvishlanar edim, deydi u, biroq bir kuni Uebb-Sitidagi Uest-Douerti kochasidan ketayotib, bir manzaraga duch keldim, ana shu narsa barcha tashvishlarimdan bir yola forig bolishimga turtki boldi. Hammasi on soniya ichida roy berdi, ammo mana shu on soniyadan umrimning otgan on yili ichidan qanday yashashim kerakligi haqida koproq narsalar bilib oldim. Ikki yil davomida Uebb-Sitidagi boqqollik dokonini yurgizdim. Barcha yiqqan-terganlarimni boy beribgina qolmadim, balki shunchalik qarzga botdimki, uni tolab qutulishim uchun rosa yetti yil kerak boldi. Otgan yakshanbada dokonimni yopdim, osha kunning ozida ish qidirgani Kanzasga borish uchun qarz olaman deb, Savdo va Tog bankiga yol oldim.
Suvga tushgan lattaday shalvirab ketib borardim. Tosatdan roparamdan bir oyoqsiz odam chiqib qoldi. U ixchamgina aravada otirardi. Qolidagi yogoch kaltakchalarga tiralib itargancha shu aravachada kochadan ketib borardi. Men u kochani kesib otib, tosiq toshi ustiga chiqib kelayotganida unga duch kelgan edim. Aravachasi xiyol burilib, kozlarimiz toqnash kelgach, uning yuzi tabassumdan yorishib ketdi. Xayrli tong, ser! Ajoyib erta, shunday emasmi? quvnoq ohangda dedi u. Men unga qaradim va shu zahoti qanchalik boy ekanimni angladim. Mening ikkala oyogim bor. Men yura olaman. Bir necha daqiqa avval ozimga qanchalik rahmim kelib turganidan uyalib ketdim. Modomiki, oyoqsiz mana bu odam baxtli, xursand va oziga ishongan ekan, unda ikkala oyogim butun bola turib men ham shunday baxtli bolishimga aslo shubha yoq, dedim ozimga. Vujudim tetiklashib ketayotganday his eta boshladim. Men bankdan 100 dollar miqdorida qarz soramoqchi edim, endi ikki baravar kop sorayman, deb oyladim. Bankdagilarga Kanzasda ish topishga harakat qilyapman, deb aytmoqchi edim, endi esa ish olgani borayapman, deyman, tamom. Men pulni oldim va ishni ham topdim.
Gulliver sayohatlarining muallifi Jonatan Svift ingliz adabiyotidagi eng katta pessimist odam bolgan. U dunyoga kelganidan shu qadar pushaymon bolganki, faqat qora kiyib yurgan va tugilgan kunini motam kuni sifatida nishonlagan. Ammo baribir aynan u, shu onglanmas oychi ham shodlik va xushchaqchaqlikning tetiklashtiruvchi kuchini maqtagan. Dunyodagi eng yaxshi doktorlar,  degan edi u,  doktor Togri ovqatlanish, doktor Xotirjamlik va doktor Shodlik hisoblanadi.
Biz doktor Shodlik xizmatlaridan qatorasiga necha marta bepul foydalanishimiz mumkin, faqat ozimizda bor bolgan boyliklarga etiborimizni qaratsak bolgani. Bu boyliklar Ali Boboning barcha afsonaviy xazinalaridan ham avlo turadi. Ikkala kozingizni bir million dollarga sotar edingizmi? Ikkala oyogingiz narxini necha pulga qoygan bolardingiz? Qollaringiz-chi, quloqlaringiz-chi? Farzandlaringiz-chi? Oilangiz-chi? Bisotlaringizni bir joyga toplasangiz, bilar edingizki, ularni Rokfellerlar, Morganlar va Fodlar birgalikda toplagan barcha oltinlarga sotmas edingiz.
Ammo biz shu boylikning qadriga yetayapmizmi? Afsuski, yoq. Shopengauer aytganidek, ozimizda bori haqida kam oylaymiz-u, ozimizda yoq narsa xayolimizdan nari ketmaydi. Ha, aynan ozimizda bori haqida kam oylashga moyillik hayotdagi eng katta fojiadir. Ehtimol, bashariyat tarixidagi barcha urushlaru barcha olatlarga qaraganda kattaroq musibatlar ana shulardir.
Lyusi Bleyk ism-sharifli menga bir tanish ayol olim toshagida yotardi. To ozida yoq narsadan qaygurish emas, balki ozida boridan quvonishni organmaguncha ahvoli onglanmadi.
Men Lyusi bilan kop yillar ilgari tanishganman, biz Kolumbiya universiteti qoshidagi jurnalistlar maktabida kichik hikoyalar qanday yoziladi mavzusidagi oquv kurslarida birga oqir edik. Toqqiz yil muqaddam bir baxtsizlik roy beradi-yu, uning hayoti agdar-tontar bolib ketadi. Bu vaqtda u Arizona shtatidagi Tukson shahrida yashardi. U menga quyidagilarni hikoya qilib berdi:
Osha vaqtda men faol hayot kechirardim. Arizona shtatida organ chalishni organardim, nutqdagi nuqsonlarni tuzatish boyicha shahar klinikasiga mudirlik qilardim va Dezert-Uillou-Ranchda musiqa madaniyatidan dars berardim, oqshomlarda, dangsing1 larda qatnashardim, tunda ot minib, kongil ochardim. Bir kuni ertalab hushdan ketib qoldim. Yuragim xuruj qilib qolgandi. Doktor butunlay sogayib ketishim uchun bir yil toshakka mixlanib yotishim kerakligini aytdi. Ammo yana oldingidek, hech narsa kormagandek bolib ketasiz, degan gaplarni aytmadi.
Bir yil toshakda mixlanib yotish. Men dahshatda edim. Nogiron bolib qolamanmi yo olib ketamanmi? Nega bunday bolib qoldim? Bunday qora kunlarga qolishimga qay yozugim sabab boldiykin? Men qismatimdan yiglar va oh-vohlar qilar, kuyib-yonar va hasrat qilar edim, ammo baribir doktor aytganidek, toshakka mixlandim. Artist qoshnim mister Rudolf menga bunday dedi: Hozir sen bir yil toshakda yotish fojia, deb oylayapsan. Ammo bunday emas, sen ozing haqingda oylashing va ozingni bilib olishing uchun fursatga ega bolasan. Mana shu bir necha oy ichida otgan butun hayotingga qaraganda manaviy jihatdan koproq osasan!
Men tinchlandim va hayotiy qadriyatlarni yangicha tushunishga harakat qila boshladim. Fikrni ishlatish uchun kerak boladigan kitoblarni oqishga kirishdim. Bir kuni radiodan bunday sozlar qulogimga chalinib qoldi: Siz shuuringizda bor narsanigina ifoda eta olasiz. Bunday sozlarni ilgari kop martalab eshitgandim. Ammo bu gal ular haqida chuqur oyladim va ular ongimda mahkam muhrlanib qoldi.
Men yashashimga yordam beradigan narsalar: sevinch, baxt, sogliq haqidagina oylashga ahd qildim. Har kuni ertalab uygonganimdan keyin men ozimni hayotimda nimadan minnatdor bolishim kerakligini eslashga majbur etaman. Hech qanaqa ogriq yoq. Radiodan taralayotgan musiqa goyat yoqimli. Kitob oqish uchun vaqt tolib-toshib yotibdi, taomlar bir-biridan totli. Dostlarning yaxshiligini aytmaysizmi: men ana shunday alo kayfiyatda edim va meni shuncha kop odam korgani kelar ediki, doktor korgani kelganlar maxsus tuzilgan jadval boyicha navbat bilan kirsinlar, degan elon osib qoyishga majbur boldi.
Oshandan buyon on yil otdi. Hozir ishlarim boshimdan oshib-toshgan; osha yili kasalxona toshagidan menga inom etgan narsasi uchun taqdirimga qayta-qayta shukronalar aytaman. Bu hammasidan qadrli va baxtli davr edi. Oshanda taqdirga shukronalar aytishdek yangi odatim tufayli orttirgan martabam umrbod ozim bilan qoldi. Bu mening eng qimmatli boyliklarimdan biri edi. Olimdan chinakamiga qorqmagunimcha qanday yashashni bilmaganimdan hanuzgacha uyalaman.
Azizim Lyusi Bleyk! Balki ozing bilmassan, ammo sen ikki yuz yil muqaddam Samuel Jonson olgan saboqlarni olgansan. Otmish voqealarning yaxshi jihatini korish odati,  degan edi doktor Samuel Jonson,  yiliga ming funtdan foyda korishdan koproq ahamiyat kasb etadi.
Bir narsaga etibor qiling, buni hayotni jonidan sevgan va kopni korgan odam aytmagan, balki uni yigirma yillik umri mobaynida tashvishlar, alamlar va haddan tashqari muhtojliklar korgan, pirovardida oz davrining eng mashhur yozuvchisiga aylangan shaxs ogzidan eshitib turibsiz.
Logan Pirs Smit sozlarida ham teran mano bor. Hayotda ikkita asosiy maqsad bor: birinchidan, istagan narsasiga yetishish. Ikkinchidan esa bundan lazzat ola bilish. Ikkinchisi faqat eng donolargagina nasib etadi.
Agar biz tashvishlanishni bas qilib, yashay boshlamoqchi bolsak, quyidagi qoidaga rioya qilishimiz lozim.
Qoida 4:
Muammolarni emas, omadlarni hisoblab boring.

XVI b o b
Ozingizni toping va ozingizdan qolmang: yer yuzida tengsiz odamga aylanasiz

Oldimda Shimoliy Karolina shtati, Maunt-Ayri shahridan missis Edit Olredning xati yotibdi. 
Bolaligimda men juda tasirchan va tortinchoq edim,  deb yozadi u,  buning ustiga tiqmachoqdekkina edim. Loppi yuzlarim meni battar semiz qilib korsatardi. Onam ancha eski usuldagi xotinlardan bolib, meni chiroyli kiyintirishni nodonlik deb hisoblardi. Uning topgan gapi shunday edi: keng koylaklar uzoq chidaydi, torlari esa bir yoqdan kiyding, bir yoqdan sokilib turibdi. Men kechki oqshomlarga bormas, oyin-kulgi nima bilmasdim, maktabga qatnay boshlagach esa, darsdan keyin sinfdoshlarim bilan hech qachon hech qayoqqa bormasdim. Sport bilan shugullanmasdim. Men otaketgan tortinchoq edim. Men boshqalardan nimam bilandir ajralib turishimni, hech kimga keragim yoqligini his etardim.
Katta bolgach, meni ozimdan bir necha yosh katta kishiga erga berishdi. Ammo bu ham meni ozgartirmadi. Erimning oilasi motadil va oziga ishongan odamlardan iborat edi. Ular oz qadrlarini bilar edilar. Men ham ularday bolishim kerak edi-yu, biroq bu qolimdan kelmadi. Rosa tirishdim, biroq hech gap chiqmadi. Qilgan barcha urinishlarim shunga olib keldiki, men battar ichimdagini top bolib qoldim. Dostlardan qochar edim. Ahvolim shu qadar yomonlashgandiki, eshik jiringlasa, yuragim qinidan chiqquday bolardim! Hayotim zaharga aylangandi. Men buni bilardim va bir kun kelib erimning voqif bolishidan dahshatga tushardim. Shu bois, har gal kocha-koyga chiqqanimizda, men quvnoq bolib korinishga harakat qilardim va kopincha bu ishni qoyil qilib dondirardim. Qoyil qilayotganimni bilardim, ammo shundan keyin kop kunlar davomida ich-ichimdan rosa ezilardim. Ozimni shunday badbaxt his eta boshladimki, tirik yurishimda hech qanday mano qolmagan edi va oz jonimga qasd qilishni oylay boshladim.
Bu shorpeshona ayolning qismatini nima ozgartira olar edi: bor-yogi bir ogiz gap, xolos.
Mana shu bir ogiz gap,  deya iqror boldi missis Olred,  butun hayotimni tubdan ozgartirib yubordi. Bir kuni qaynonam menga farzandlarini qanday ostirganini gapirib berib otirgandi.
Atrofda nimalar bolayotganiga qaramay,  dedi u,  men har doim ularga ozingdan qolma derdim. Ozingdan qolma. Mana shu bir ogiz ogit butun hayotimni ozgartirib yubordi. Osha asnoda tushundimki, mening barcha baxtsizliklarimga sabab ozimga mutlaqo togri kelmaydigan allaqanday niqobni kiyishga urinishdan kelib chiqayotgan ekan.
Men bir kechadayoq ozgardim. Men ozimday bola boshladim. Oz shaxsiyatimni tadqiq etishga va ozimning nimaga arzishimni aniqlashga harakat qildim. Ozimning kuchli jihatlarimni organdim va kiyim rangi va urflari haqida qolimdan kelgancha bilib oldim, ozimning nazarimda hammadan yaxshi korinadigan bolib kiyindim. Uncha katta bolmagan jamoat tashkilotiga azo bolib, dostlar orttirdim. Menga maruza qilishni topshirganlarida shunday qorqib ketdimki, qoyaverasiz; biroq sozga chiqqanim sayin juratliroq bolib boraverdim. Bunga ancha vaqt ketdi, biroq hozir shunchalik baxtiyor yashamoqdamanki, ilgari buni xayolimga ham keltirolmasdim. Farzandlarimni tarbiyalar ekanman, men har doim ularga achchiq tajribamni gapirib beraman. Nima bolganda ham, ne gaplar otganida ham kishi ozidan qolmasligi, hech kim soxta narsaga qul bolmasligi kerak ekan.
Bir qiz ozining achchiq tajribasida shu sozlarning togriligiga amin bolgandi. U tramvay haydovchisining qizi bolib, qoshiqchi bolishni juda xohlar edi. Biroq husn tushmagur unga pand berar edi. Uning ogzi katta, kurak tishlari oldinga turtib chiqqandi. U Nyu-Jersidagi tungi klubda birinchi marta sahnaga chiqqanida latofatli bolib korinishi uchun yuqorigi labi bilan pastki tishlarini yashirishga harakat qildi. Natija qanday boldi deysizmi? U kulgili tus olib, haydaladigan boldi.
Biroq tungi klubda bir tomoshabin ham bor edi. U bu qizning qoshiq aytishini kordi-da, unda ajoyib istedod borligini payqab qoldi. Menga qara,  dedi u qizga,  sening chiqishingni kordim va yashirinmoqchi bolganingni ham bildim. Sen tishlaringdan uyalayapsan! Qiz xijolatdan churq etmasdi, biroq haligi kishi davom etdi: Xosh, shunga nima bopti? Bundaqa tish bolishi jinoyatga kirmaydi-ku! Sen ularni yashirishga harakat qilma! Ogzingni keng och va tomoshabin seni yaxshi korib qoladi, chunki u sening uyalmayotganingni koradi-da. Bundan tashqari,  sinchkovlik bilan qaradi u,  sen yashirmoqchi bolgan mana shu tishlar seni badavlat qilib yuborishi mumkin. Kes Deyli bu odamning maslahatiga kirdi va tishlarini esidan chiqardi. Shundan buyon qiz faqat ozining tomoshabini haqida oylab keladi. U ogzini katta ochadi-da, shu qadar ehtiros va ishtiyoq bilan kuylaydiki, radio va televideniening yulduziga aylandi. Endi boshqa xonanda qizlar unga taqlid qilishga tirishar edilar.
Elga mashhur Uilyam Jeyms har bir odam oz aqliy qobiliyat-larining atigi on foizinigina rivojlantira oladi, deb hisoblaydi. U bu gapni ozlarini topish qolidan kelmaydigan odamlar xususida aytgan. Ozimizning aslidagimizga nisbatan,  deb yozgandi u,  biz yarim uyqudamiz. Biz jismoniy va manaviy kuchlarimizning faqat kichik ulushidangina foydalanamiz. Keng manoda esa insoniyat individualligi rivojlanishi uchun juda katta imkoniyatlarga ega.
Inson, odatda, foydalanmayotgan turli xildagi kuchlarni ozida mujassam etgan.
Modomiki, shunday imkoniyatlarga ega ekanmiz, keling, boshqa odamlarga oxshamaganimizdan tashvishlanib, umrimizni zoe ketkazmaylik. Siz  bu dunyoda yangi mavjudotsiz, yorug dunyo bino bolgandan buyon hech qachon sizga butunlay oxshagan zot bolmagan edi va to davri qiyomatgacha ham hech qachon sizga mutlaqo oxshaydigani bolmayajak.
Irsiyatdagi yangi kashfiyotlarning shohidlik berishicha, biz kop darajada ozimiz bilan 24 ta ota va ona uruglarining ozaro hamkorligi natijasini namoyon etar ekanmiz. Mana shu 48 ta urugning butun avlodi ajdodimiz haqidagi malumotlardan iborat ekan. Har bir urugda,  deydi Aroan Sheynfild,  yigirmatadan to yuztagacha irsiy moddalar joylashgan boladi, shu bilan birga insoniyat taraqqiyoti yonalishini butunlay ozgartirib yuborish uchun goho bitta irsiy moddadagi ozgarish ham kifoya qiladi. Darhaqiqat, biz dahshatli va mojizakor tarzda bino etilganmiz.
Hatto ota-onamiz nikohdan otib, qovushganlaridan keyin aynan sizning dunyoga kelishingiz ehtimolligini 300.000 milliarddan bittani tashkil etarkan. Boshqacha qilib aytganda, agar siz 300.000 milliard aka-ukayu opa-singilli bolganingizda ham, ulardan sizga oxshagani kam bolarkan. Siz buni ichidan toqiyapti deb oylamang, yoq, bu ilmiy dalil.
Biz  ushbu yorug olamda qandaydir yangi narsamiz. Bundan suyuning. Tabiat sizga inom etgan nematdan tola foydalaning. Pirovardida butun sanat tadrijiydir. Siz faqat ozingiz haqingizda kuylashingiz va faqat ozingizning rasmingizni chizishingiz mumkin. Tajribangiz, hayot sharoitlaringiz va merosiyligingiz sizni qanday bino etgan bolsa, oshanday bolishingiz kerak. Bu yaxshimi yo yomonmi, ammo siz oz shaxsiyatingizning jajjigina bogini barpo etishingiz kerak. Emerson ozining oziga ishonch essesida yozadi: Har qanday insonning oz taraqqiyot jarayonida shunday palla keladiki, u hasad  bu jaholat, takrorlash  oz joniga qasd qilish ekanligini, inson yaxshimi yo yomonmi, ushbu hayotdagi oz ornidan qanoat hosil qilishi kerakligini, garchand olam keng va mamur bolsa-da, inson undan faqat ozi yetishtirgan hosilni tabiat unga ato etgan malum joydagina mumkinligini axiyri anglab yetadi. Har bir insonga ato etilgan kuch mohiyatan yangidir va uning ozidan boshqa hech kim u nima qila olishini bilmaydi, to ozi sinab kormaguncha buni hatto uning ozi ham bilmaydi.
Qoida 5:
Boshqalardan nusxa olmang. Ozingizni toping va ozingizdan qolmang.



XVII b o b
Limoningiz bolsa, undan limonad tayyorlang

Ushbu kitobni yozayotganimda, bir kuni Chikago shahri universitetida bolgan va uning rektori Robert Meynard Xatchinsdan tashvish bilan qanday kurashayotganini soragan edim. U javob berdi:
Men har doim bir vaqtlar Sirs, Roubak va Kompani firmasining prezidenti bolgan marhum Julius Rozenvald maslahatiga amal qilishga harakat qilaman. U: Agarda senda limon bolsa, undan limonad qil,  derdi.
Talim sohasidagi taniqli mutaxassis ana shunday ish tutardi. Ammo ahmoq odam buning aynan teskarisini qiladi. Agar hayot unga limon topshirsa, u taslim boladi-da, deydi: Yutqazdim. Bu taqdir. Men tamom boldim. Keyin u dunyoning bevafoligidan nolib, betoxtov shikoyat qilishga tushadi. Biroq limon donishmandning qoliga tushsa, u deydi: Bu omadsizlikdan men qanday saboq olsam ekan? Mavjud ahvolni qanday qilib yaxshilasam ekan? Limonni qanday qilib limonadga aylantirsa boladi?
Buyuk ruhshunos Alfred Adler, insoniyat hayratomuz sifatlaridan biri shundan iboratki, u minusni plyusga aylantirishga qodir, degandi. Xuddi shunday qilgan Telma Tompson ismli bir ayol haqidagi qiziqarli va zavqli hikoyaga quloq tuting.
Urush vaqtida,  deb sozlaydi ayol,  erim Kaliforniya shtatidagi Mohave sahrosidan sal narida joylashgan harbiy mashqlar lagerida xizmat qilardi. Uning yaqinida bolish uchun yashagani osha yoqqa bordim. Bu joyni juda yomon korib qoldim. U turgan-bitgani rasvo joy ekan, men ozimni garib va notavon his eta boshladim. Erimni mashq qilgani sahroga jonatishardi, men esa kaftdekkina shaharchada bir ozim tanho, yakka qolardim. Jazirama chidab bolmas darajada yondirardi  kaktuslar soyasida harorat 50 S ga yetardi. U yerda faqat hindilar va meksikaliklar istiqomat qilardi, men gaplashadigan bironta zot yoq edi, chunki ulardan birontasi ham inglizchani bilmas edi. Tinmay shamol guvillardi. Ovqatlar va hatto havo ham qumga tola. Qayoqqa qaramang qum, qum, qum...
 Men ozimni shu qadar xokisor sezar va ozimga shunchalik rahmim kelib ketar ediki, oxiri ota-onamga, ortiq chidolmayman, uyga qaytaman, bu yerda ortiq bir daqiqa qolishga majolim yoq, deb xat yozdim. Bundan qamoqda bolganim durust. Otam menga atigi ikki satr javob xati yollabdi va mana shu ikki satr shunday tasir korsatdiki, hayotimni butunlay ozgartirib yubordi:

Ikki mahbus bor edi, qamoqxona ichida
Biri korar yerda loyni, biri kokda yulduzni.

Bu satrlarni qayta-qayta oqir va uyatdan yerga kirguday bolar edim. Shu ahvolimda biron-bir yaxshi narsa qidirib topishga azmu qaror qildim. Men yulduzni qidirishga tushdim.
Men mahalliy aholi bilan dostlashib oldim va ularning munosabatidan hayratda qoldim. Ularning mato va sopol buyumlariga qiziqib qarayotganimni korib, ular menga oz ishlarining sayyohlarga sotishni istamagan eng yaxshi namunalarini sovga qildilar. Men kaktuslarning ajoyib va garoyib shakllarini, yukki va daraxtsimon turlarini organdim. Otloqzor kuchuklari hayoti haqida kop narsalar bilib oldim. Sahroda quyosh botishidan zavqlarga toldim, sahro qushlari, okean tubidagi uch million yildan beri yotgan dengiz chiganoqlarini topladim.
Nima uchun bunday hayratomuz ozgarishlar sodir boldi? Sahroning ozi ozgargani yoq. Hindilar ham osha-osha. Ammo men ozim ozgargandim. Men sodirliklarga munosabatimni ozgartirgan edim. Shu narsani qilib, men dozaxni hayotimning eng maroqli sayohatiga aylantirgan edim. Ozimga yangi olam eshigini ochib, sevinch va hayajonga tolgan edim. Hayajonim shunchalik kuchli ediki, bu joy haqida kitob yozdim, olam yuzini korgan bu romanni Jilvagar manzillar deb ataganman...
Men ozimni qamab qoygan qamoqxonadan moralab, yulduzlarni korgan edim.
Telman Tompson, siz kohna haqiqatni kashf etgansiz, Iso Masihdan besh yuz yil avval Yunonistonda shuni organganlar: hammasidan qiyini eng yaxshi narsani yaratishdir.
XX asrdayoq Garri Emerson Fodik buni tagin takrorladi: Baxt, bundoq olib qaraganda, lazzat hisoblanmaydi. Bu aslini olganda galabadir. Albatta, bu shunday galabaki, u oldinga qoyilgan maqsadga yetish natijasida qolga kiritiladi, u limonni limonadga aylantirish galabasidir.
Songgi ottiz besh yilda men Nyu-Yorkdagi katta yoshdagilarni oqitish kurslarini olib bordim va oquvchilarimning kopchiligi ularda oliy malumotning yoqligidan tashvishda ekanliklarini bildim. Ular, oliy malumotning yoqligi ular uchun hayotda tosqinlik yaratadi, deb oylar ekanlar. Men bu unchalik togri emasligini bilaman, chunki muvaffaqiyatga erishgan minglab odamlar bilan tanishligim bor. Shu bois bunday talablarga kopincha hatto orta malumotga ham ega bolmagan bir tanishim haqidagi voqeani hikoya qilib beraman. U qattiq muhtojlikda osgan. Otasi olganida tobut sotib olishga uning dostlari pul toplashgan. Otasining olimidan song onasi soyabon chiqaradigan fabrikaga ishga kirgan. Shorlik ayol kunda on soatdan ishlagan, bu ham yetmaganday, ishni uyiga olib kelgan va tungi soat on birgacha ishlagan.
Shanday sharoitda voyaga yetgan ogil cherkov qoshidagi teatr togaragida shugullana boshlagan. U aktyorlik oyiniga shu qadar berilib ketganki, notiqlik sanatini organishga qaror qilgan. Bu uni siyosatga olib kelgan. Ottiz yoshida uni Nyu-York qonunchilik yigini azosi qilib saylaydilar. Ammo u bunday ishni bajarish uchun mutlaqo tayyor emasdi. Boz ustiga, u menga ochiq-oydin aytardiki, ozi nima ish qilishini ham tasavvur eta olmas ekan. U ozi ovoz berishi kerak bolgan uzun-uzun murakkab qonun loyihalarini oqir ekan, ammo uning uchun ular shu qadar tushunarsiz bolganki, goyo ular ingliz tilida emas, hindilarning qandaydir chaktou degan tilida yozilganday. Uni ormon va ormon xojaligi boyicha qomitaga saylaganlarida u qattiq tashvish va sarosimaga tushib qolgan. Axir u ormon haqida hech nima bilmas edi-da. Uni banklar boyicha davlat qomitasi azosi qilib saylaganlarida u juda ham tashvish va sarosimada qolgan. Axir bank hisobi degan narsaga umrida ishi tushmagan ham, kormagan ham ekan-da. Uning ozi menga aytishicha, u shunaqangi sarosimaga tushib qolganki, agar maglubiyatiga iqror bolganidan onasi oldida uyalishdan andisha qilmaganida, shartta istefoga chiqib ketar ekan. Alamidan u kuniga olti soatdan oqishga va jaholat limonini bilim limonadiga aylantirishga jazm etgan. U shu bilan shugullanib yurar ekan, uning ozi mahalliy ahamiyatdagi siyosatchidan butun mamlakatga taniqli siyosiy siymoga aylangan va hatto Nyu-York tayms gazetasi uni Nyu-Yorkning eng hurmatli kishisi deb atagan.
Men El Smit haqida gapirayotgan edim.
On yil otgach, El Smit ozining siyosiy oz-ozini tashkil etish dasturini amalga oshirishga kirishganidan keyin u Nyu-York shtati hukumatida eng katta nufuzli shaxsga aylandi. Uni tort marta Nyu-York gubernatorligiga saylashdi. Bu rekordni hech kim takrorlamagan. 1928 yilda u demokratlar partiyasidan prezident