ish etish imkonini berdi.
Londondagi mana shunday chinakam muvaffaqiyatdan keyin u koplab mamlakatlarda dovruq qozondi. Songra ikki yil davomida u Hindiston va Arabistondagi hayot togrisida film oldi. Biroq shundan keyingi koplab va mutlaqo xayolga kelmagan omadsizliklardan song chontagida hemirisiz Londonda paydo boldi. Osha vaqtda men u bilan birga edim. Layon Korner-Xauzdagi arzon oshxonada ovqatlanib yurganlarimizni eslayman. Mashhur aktyor Jeyms Makbi ismli bir shotlanddan pul qarz olganimizda, ozimizni bu koylarga solib qoyarmidik. Biroq hamma gap shunda ediki, qulogigacha qarzga botgan va omadsizlikka uchragan Louell Tomas bundan tashvishlanish orniga muammolarini hal etish bilan mashgul boldi. Agar qiyinchiliklarga boyin eggudek bolsa, oziga ham, kreditorlarga ham hech qanday foyda bolmasligini bilardi. Shu bois u kunni har tongda gul sotib olib, pidjagi ilmogiga qistirib olishdan boshlar va bardam, boshini baland kotargancha Oksford strit boylab yurar edi. U yaxshi narsalarni oylardi, ozini yoqotmasdi va omadsizlikka yon bermasdi. Uning nazarida, omadsizlik  oyinning bir qismi, oz ishida choqqiga yetishni istaydiganlar uchun foydali mashq edi.
Buyuk fransuz faylasufi Monten oz hayotining shiori sifatida quyidagi sozlarni tanlagan ekan: inson sodir bolgan voqealardan kora, bu haqda oylaridan koproq iztirob chekadi. Biron-bir voqea borasida nimalarni oylash esa siz bilan bizning ozimizga bogliq.
Bu bilan nima demoqchiman? Siz boshimizga noxos tushgan qiyin-chiliklardan ikki bukilib qolgan, asablarimiz ipday tarang tortilgan va rubob toridek jaranglab turgan bir vaqtda tikka yuzingizga qarab, mana shunday vaziyatda faqat iroda kuchi bilangina ruhiy kayfiyatingizni ozgartira olasiz, deb aytish uchun kishi qanaqangi surbet bolmogi kerak. Nahotki, ha, shunday, deydigan darajada battol bolsam? Ha, men aynan shuni nazarda tutayapman! Hali bu hammasi emas. Buni qanday ado etishni sizga korsatmoqchiman ham. Balki siz biroz harakat qilishingizga togri kelar, ammo buning siri juda oddiy.
Amaliyot ruhshunosligi sohasida tengsiz siymo bolmish Uilyam Jeyms bir kuni shunday hikoya qilgan edi: Tuygu ortidan amal keladigandek tasavvur tugiladi, ammo aslida tuygu bilan amal bir vaqtdagi hodisadir. Iroda vositasida boshqarish oson bolgan harakatlarni nazorat qilish yoli orqali biz iroda kuchi bilan boshqarish uncha oson bolmagan tuygularimizni bilvosita nazorat qilamiz.
Boshqacha aytganda, biz iroda kuchi bilan oz hissiy holatimizni koz ochib-yumguncha ozgartirolmaymiz, ammo amallarimiz tabiati va yonaluvchanligini ozgartirishimiz mumkin. Amallarimiz tabiati va yonaluvchanligini ozgartirganimizda, beixtiyor hissiy holatimizni ozgartiramiz.
 Shunday qilib,  deb izoh beradi Uilyam Jeyms,  sizni allaqachon yayratib yuborgandek ish qilish va gapirish uchun kayfiyatingizni chog qilib olish yagona yol hisoblanadi.
Nahotki shunday jon usul qandaydir samara bersa? Ozingiz qilib koring. Ogzingiz qulogingizga yetib jilmaying, kokragingizni kering, chuqur nafas oling va qandaydir kichik bir qoshiqni xirgoyi qiling. Qoshiq aytolmasangiz, hushtak chaling. Bu ham qolingizdan kelmasa, allanimalarni mingirlang. Uilyam Jeyms aytgan hamma gaplar haqiqatga muvofiq ekanini bilasiz-qoyasiz va agar ozingizni mutlaqo baxtli odamdek tutsangiz, jismoniy jihatdan ham hech qanaqangi zoriqishga duchor bolmaysiz.
Bu inson tabiatning eng oddiy va mustahkam xossalaridan biri bolib, u hayotimizda juda osonlik bilan mojizalar yarata oladi. Men kaliforniyalik bir xotinni bilaman  uning ismi sharifini aytib otirmayman  agar u mana shu sirdan voqif bolganida, u yigirma tort soat ichidayoq barcha musibatlaridan xalos topgan bolardi. Uning yoshi katta va beva ayol. Bu, albatta, kongilli gap emas, ammo shu narsa ozini baxtli odamdek tutib yurishiga xalaqit beradimi? Agar undan kayfiyatingiz qanaqa, deb sorasangiz, u hammasi joyida deb javob beradi. Ammo uning yuz ifodasiyu ayanchli ovozidan, Oh, boshimga ne musibatlar tushganini bilsangiz edi, deb turganini korasiz. Shunday taassurot paydo boladiki, uning oldida xushchaqchaq bir holatda paydo bolganingizda u sizni jinidan yomon korib ketayapti. Yuzlab boshqa ayollar bundan-da ogir sinovlardan otganlar. Zero, eri olganidan keyin bu ayolning bisotida ancha-muncha qor-qut qolgan, bu umrining oxirigacha kun korishiga bemalol yetib-ortar, farzandlari allaqachon oilalik bolib, ozlaridan tinchishgan va u ularnikiga borib tursa ham bolaverar ekan. Biroq shunday bolsa-da, uning hech ochilib-sochilib turganini kormaysiz. Garchi qizlarinikida qolib ketsa ham, u bari olguday ziqna deb, uchala kuyovidan tinmay nolirkan, goyo qizlari unga sovga-salomlar qilmas emishlar, holbuki uning ozi olimiga deb topganini tugib qoyarkan. U ozininggina emas, barcha farzandlarining turmushini zahar-zaqqumga aylantirardi! Shunaqa ham boladimi, axir? Afsuski, u ozini ozgartirishni va shorlik bandadan izzatlik va hurmatli oila azosiga aylanishni istamadi. Agar istaganida, bu uning qolidan kelmaydigan ish emasdi. Buning uchun u ozini baxtli odamday tutib yursa boldi edi. Ozini odamlarga muhabbati zorday qilib korsatsa olam guliston-ku. Buning orniga bor kuch-quvvatini baxtsizligiyu alamlarini saqlashga isrof qilardi.
Mana shu sirni bilgani uchun ham hozirgacha tort muchasi soppa-sog yurgan bir odamni taniyman. Uning ismi sharifi X.J.Englert, Indiana shtatining Tell shahridan. On yil avval qizilcha bilan ogrigandi. Tuzalganidan keyin buyragi kasal ekanligi malum bolgan. Uning qaratmagan joyi, qilmagan amali qolmagan, yangichasiga ham, eskichasiga ham kop korsatgan-u, ammo bundan foyda bolmagan.
Yaqinda bu unda asorat paydo qilgan: qon bosimi birdan kotarilib ketgan. U shifokorga borgan, shifokor unga arterial bosimi halokatli, kasallik esa  kuchayib bormoqda, shuning uchun zudlik bilan tayyorgarligingizni koravering, degan.
Men uyga qaytib keldim,  deb hikoya qiladi u,  sugurtamni tolab qoydim. Song bandalik yolida qilgan barcha xatoyu gunohlarimni magfirat qil deb Yaratganga iltijo qildim va mungli oylarga chomdim. Barcha yaqin qarindosh-uruglarim men bilan baravar iztirob chekar edilar. Men ozim ham juda yomon ahvolda edim. Biroq bir haftacha ozimni ayab yotganimdan keyin, ozimga dedim: bu nima qiliq, ey xom sut emgan banda! Balki hali bir yillik nasibang bordir, undan kora kozing tirikligida ikki kun bolsa ham oynab-kulib qolsang-chi.
Men qaddimni rostladim, jilmaydim va ozimni goyo hammasi joyidagidek tutdim. Avvaliga, togrisi, bu hiyla qiyin boldi, lekin baribir ozimni ochiqkongil va quvnoq tutishga harakat qilaverdim. Bu mening oilamgagina emas, hattoki mening ozimga ham yordam berdi.
Men his qilgan birinchi narsa bu kayfiyatni yaxshilash. Men ozimni xuddi tasavvur qilganimday yaxshi his qilar edim. Shundan yaxshilanib ketaverdim. Bugun esa men tirik va baxtligina emas, balki qon bosimim pasaydi ham. Men bir narsani aniq bilaman: bordi-yu, olaman deb oylayverganimda, hech shubhasiz doktorning aytgani bolmay qolmasdi. Lekin men fikrlarim tarzini ozgartirib, oz tanimning sogayib ketishiga imkon tugdirgan edim.
Sizga bir savol bersam, malol kelmasin. Bordi-yu, bir odam jangovar kayfiyatini yoqotmay, yaxshi narsalarni fikrlay boshlasa va u faqat shu bilan hayotini saqlab qolar ekan, unda nima uchun biz loaqal bir daqiqagina ozimizning yomon kayfiyatimiz va asabiylashuvimiz bilan murosa qilishimiz kerak? Ozimizning va atrofimizdagilarning hayotini xiralashtirish nechun? Axir, baxtimizni ozimiz yaratishga tayyor imkon bor-ku. Buning uchun bor-yogi ozimizni quvnoq va shodon tutsak  shuning ozi kifoya-ku.
Kop yillar ilgari bir kitob oqigandim, u menga kuchli tasir korsatgandi. Osha kitob Odam qanday fikrlaydi deb atalar, muallifi Jeyms Allen edi. U bunday deb yozadi:
Narsalarga va boshqa odamlarga oz munosabatini ozgartirgan zahoti bu narsaga va boshqa odamlar unga munosabatini ozgartirishini odam tushunadi. Inson oz fikrlarini tubdan ozgartirsin va u buning hayotidagi moddiy sharoitlarga qanday tez tasir korsatishidan hayratda qoladi. Odamlar ular xohlagan narsani emas, balki ular aslida nimani namoyon etsa, oshani ozlariga qarab tortadilar. Taqdirimizni bor qiladigan iloh ichimizda joylashgan. Bu bizning mohiyatimizning qoq yuragi... Inson yetishgan hamma narsa bu uning fikrlarining bevosita natijasidir. Fikrlari oldiga qoyilgan vazifalar darajasida yuksalgandagina inson jang qila olishi va oz maqsadlariga yetishishi mumkin. Bordi-yu, u fikrlarining yuksalishidan voz kechgudek bolsa, zaif, irodasiz va baxtsizligicha qolib ketadi.

BUGUNNING OZIDAYOQ

1. Bugunning ozidayoq men baxtli bolaman. Bu Avraam Linkoln aytgan gaplar togriligini bildiradi: bazi odamlar ozlarini qanchalik baxtli deb hisoblasalar, oshanchalik baxtiyordirlar. Baxt sarchashmasi ichimizda joylashgan, u tashqi olam bilan bogliq emas.
2. Bugunning ozidayoq bor narsaning oziga moslashishga harakat qilaman va hamma narsani oz xohishlarimga moslashtirishga urinmayman. Oilamni, ishimni va omadimni ular qanday bolsa, shundayligicha qabul qilaman va ozimni mavjud sharoitlarga moslashtiraman.
3. Bugunning ozidayoq oz badanimga gamxorlik qilaman. Jismoniy tarbiya bilan shugullanaman, unga gamxorlik korsatib, toyintiraman. Undan notogri foydalanmayman yoki undan nafrat qilmayman va shu tariqa u talablarim ijrosi uchun mukammal mashinaga aylanadi.
4. Bugunning ozidayoq aqlimni rivojlantirishga harakat qilaman. Bironta foydali narsani organaman. Aqliy yalqovlikka berilmayman. Say-harakat, mulohaza va etiborni talab etuvchi kitobni mutolaa qilaman. 
5. Bugunning ozidayoq barcha yonalishlarda ruhimni mashq qildiraman. Men kimgadir yaxshilik qilaman. Uilyam Jeyms taklif qilganidek, mashq sifatida men, hech bolmaganda, bajarishni xohlamagan ikki ishni qilaman.
6. Bugunning ozidayoq pok niyatli bolaman. Qolimdan kelgancha yaxshi kiyinaman va orasta bolib korinaman. Men past ovozda sozlashaman. Ozimni yaxshi tutaman, koproq boshqalarni maqtayman. Men umuman hech kimni tanqid qilmayman. Birovlarning oylari va ishlaridan xato qidirmayman, birovlarning kamchiligini togrilamayman.
7. Bugunning ozidayoq faqat bugungi kun bilan yashashga harakat qilaman va barcha hayotiy muammolarimni dafatanoq hal etishga urinmayman. On ikki soat mobaynida bironta ishni bajarish uchun kuchim yetadi, ammo bordi-yu, uni butun umrim doirasida qarab chiqadigan bolsam, bunga chiday olmayman.
8. Bugunning ozidayoq oz dasturimni ado etaman. Har bir soatda qiladigan ishimni qayd etib qoyaman. Ehtimol, uni miridan-sirigacha bajarishimga muvaffaq bolmasman, ammo u menda bolishi uchun qayd etib qoyaman. Men ikki dushmanimga: shoshma-shosharlik va sarosimalikka barham beraman.
9. Bugunning ozidayoq kunda yarim soatdan ozim bilan tanho qolib, osudalikda otkazaman. Hayotimga kengroq qarash uchun goho mana shu yarim soatda Xudo haqida oy suraman.
10. Bugunning ozidayoq qorquvni bas qilaman, ayniqsa, baxtli bolishdan, gozallikdan bahra olishdan, men sevgan odam meni sevishiga ishonish va sevilishdan chochimayman.

XIII b o b
Hisoblashish juda qimmatga tushadi

Kop yillar muqaddam Yellouston milliy bogiga turistik sayohat qilgan edim. Kechqurun sayyohlar ravogida otirgan edik, bu yerdan qaragayzor va archazorlar kaftdagiday korinib turardi. Biz ushbu ormonning sardori  ayiqpolvonning paydo bolishini kutayotgandik. Ana, u quyosh nurlariga tola maydonda tosatdan paydo boldi. Ayiqpolvon bu yerda qoldirilgan oshxona qoldiqlarini bemalol titkilashga tushdi. Mahalliy ormonchi mayor Martindeyl otda otirgancha hayajonli sayyohlarga ayiqlar haqida hikoya sozlar edi. Bu ayiq garbiy yarimshardagi boshqa har qanday hayvon bilan bemalol bas boylashar ekan, togri, faqat qotos bilan kadyak ayigini bundan mustasno etish mumkin. Darvoqe, yaqinda ochiq maydonda ayiq bilan yana qandaydir jonivor turganiga etibor qildim. Bu amerika sassiqkozani edi. Garchi sassiqkozanni panjasi bilan urib tinchitib qoya qolishi mumkin bolsa-da, ayiq unga beparvo edi. Nega u bunday qilmadi? Bunda hech qanday mano yoqligini u bilardi.
Buni men ham bilardim. Bolalik paytimda fermada yashaganimda Missuri qirgogidagi chakalakzorda tort oyoqli sassiqkozanni tutib olgandim. Katta bolgach, Nyu-York yolkalarida esa bir qancha ikki oyoqli sassiqkozanlarga duch keldim. Muomala qilishdagi mungli tajribam xoh tort oyoqli, xoh ikki oyoqli bolsin, bunday sassiqkozanlar bilan ilakishmaslik kerakligini uqdirar edi.
Dushmanlarimizdan nafrat qilar ekanmiz, ularning ustimizdan hukmronlik qilishlariga yol qoyib beramiz. Ular uyqumiz, ishtahamiz, qon bosimimiz, sogligimiz, baxtimiz ustidan hukmronlik qiladilar. Ular tufayli qanchalik iztirob chekishimizni, boshimizga ne-ne tashvishlar solishini bilganlarida edi, dushmanlarimiz doppilarini osmonga otardilar. Bu, albatta, ularning biz bilan orani ochiq qilishlari uchun ajoyib imkoniyat tugdirgan bolardi. Bizning qanchalik nafrat qilishimiz ular uchun bir pul, ammo bu nafrat hayotimizni boshdan-oyoq dozaxga aylantiradi.
Ammo dushmaningiz bilan orani ochiq qilishingizga urinishingiz ozingizga qanchalik salbiy tasir korsatishi mumkin? Aslida buning hisobiga yetib bolmaydi. Layf jurnali bu hatto sogligingizni ishdan chiqarishi mumkinligi haqida yozib chiqqandi: gipertoniklar, yani qon bosimidan jabrlanuvchilar tabiatining asosiy xususiyati xafagarchilikka moyillik hisoblanadi. Xafagarchilik chozilib ketsa, surunkali gipertoniya yuzaga keladi, songra yurak faoliyatida muammolar paydo boladi.
Yaqindagina men taniydigan bir xotin jiddiy yurak xurujini boshdan otkazdi. Shifokor uni toshakka yotqizdi va nima bolganda ham jahl qilmaslikni tayinladi. Agar yurakda chatoqlik bolsa, gazab qozishi hatto oldirishi mumkinligini shifokorlar yaxshi bilishadi. Oldirishi mumkin dedimmi? Bir necha yil burun toshib kelgan gazab Vashington shtati, Spokeyn shahridagi bir restoran sohibining joniga zomin boldi. Hozir oldimda shu shahar politsiya boshqarmasi boshligi Jerri Sourtautdan kelgan bir xat yotardi:
Bir necha yil oldin Uilyam Falkaber qattiq gazabi toshishdan oldi. U qahvaxona sohibi edi va oshpaz uning finjonidan qahva ichganidan qattiq gazabga kelgan. Gazabi toshgani shunchalikki, pistoletini qoliga olgan-da, oshpaz qani, deb izlashga tushgan, biroq shu payt yuragi xuruj qilib qolgan. U jon taslim etgan, qoli esa hamon pistoletni qisib turgan. Sud ekspertlari xulosasida yurak xurujining sababi  gazab deb qayd etilgan.
Men Shvetsiyaning Upsala shahrilik Jorj Ronadan xat oldim. Kop yillar davomida u Venada advokat bolib ishlagan, ikkinchi jahon urushi vaqtida Shvetsiyaga ketib qolgan ekan. U puldan siqilib, ish izlagan. Ozi bir qancha tillarda bemalol oqib-yoza olarkan va shu bois bironta tashqi savdo firmasiga ishga kirishga umid boglab yurarkan.
Urushni bahona qilib, kopgina firmalar unga ish yoq, deb javob berar, ammo ismingizni kartotekaga kiritib qoyamiz, deb vada qilar edilar. Darvoqe, bir odam unga shunday xat bilan javob qaytaribdi: siz mening ish jarayonimni notogri tushunibsiz. Biroq shu bilan bir qatorda, siz butunlay va qattiq adashasiz, buning ustiga nodon hamsiz. Menga muxbir kerak emas. Bordi-yu, kerak bolganida ham sizni zinhor ishga olmagan bolardim, chunki siz shved tilida juda yomon yozar ekansiz. Xatingizda xatolar gij-gij.
Bu xatni oqib, Ronaning chaparsta jahli chiqibdi. Menga shvedchada yozolmaysiz deb bu nimani nazarda tutayapti? Ozining yozuvida gij-gij xato. Shu bois Jorj Rona bu biznesmenning obroyini bir pul qilishga choglanib, javob xati yozibdi. Biroq sal nariga borib oylanib qolibdi: shoshma, bu odamning nohaqligini sen qayoqdan bilib otiribsan? Men shved tilini organdim, ammo bu mening ona tilim emas-ku, shuning uchun xato qilgan bolsam qilgandirman, buni ozim bilmagandirman.
Modomiki, xato qilgan ekanman, unda albatta tilni yaxshiroq organishim kerak, ish olish niyatida yuribman-ku. Ehtimol, bu odam ozi xohlamagan holda menga yaxshilikni soginib aytgandir. Uning menga qilgan qopol muomalasi esa uning xatidan keladigan foyda oldida hech narsa. Demak, korsatgan hurmati uchun men undan minnatdor bolishim kerak.
Shundan keyin Jorj Rona xatni yirtib tashlabdi-da, boshqasini yozibdi:
Sizga muxbir kerakmasligini hisobga olib, xatimga javob yozganingizdan goyat minnatdorman. Firmangiz faoliyati yonalishini notogri tushunganim uchun uzr sorayman.
Kompaniyangiz meni qiziqtiruvchi faoliyat sohasida yetakchi kompaniyalardan biri ekanligi haqida olgan malumotga asoslanib, oz sorovimni yozib yuborgan edim. Xatimda bir qancha grammatik xatolarga yol qoyganimni bilmabman. Etiborsizlik qilganim uchun uzr sorayman va shu munosabat bilan ozimni goyat noqulay his qilayapman. Endi shved tilini mukammal organishga kirishaman va grammatikadagi xatolarimni yoqotishga harakat qilaman. Mening oz bilimimni takomillashtirishimda yordam berganingiz uchun sizga minnatdorchilik bildirmoqchi edim.
Bir necha kundan keyin Jorj Rona shu odamdan javob xati oldi. Unda suhbat uchun bir kelib ketishi soralgandi. Rona keldi va ishli boldi. Rona oz tajribasida shunga amin boldiki, kamtarlik gazabni daf etar ekan.
On toqqiz asr muqaddam Epiktet, biz ekkanimizni oramiz, shunday vaqt boladiki, sodir etgan barcha yovuzliklarimiz uchun taqdir bizni javob berishga majbur qiladi, degan edi.
Oxir-oqibatda,  degan edi Epiktet,  har bir odam oz qilmishi uchun javob beradi. Buni yodida tutgan odamning hech kimdan jahli chiqmaydi, hech kim uning gazabiga duchor bolmaydi. U hech kimni aybdor qilmaydi, hech kimni haqoratlamaydi va yomon kormaydi.
Ehtimol, Amerikaning butun tarixida hech kim Linkolnchalik haqorat va nafrat botqogiga botmagan bolsa kerak, biroq, Xerdon ozining mumtoz bolib qolgan asari  Linkoln tarjimai holida yozganidek, hech qachon ozining yaxshi yo yomon korishiga asoslanib odamlar haqida fikr yuritmagan.
Bordi-yu, nimadir qilinishi kerak bolsa, buni dushmani boshqalardan yaxshiroq bajarishga qodirligi uni tashvishga solmagan. Bordi-yu, birov uni shaxsan haqorat qilgan bolsa, ayni vaqtda, u mazkur lavozimga eng yaxshi nomzod hisoblanib turgan bolsa, Linkoln aynan shu odamni lavozimga xuddi oz dostini tayinlagandek tayinlagan... Shaxsiy adovati borligi tufaylidan qachondir va kimnidir lavozimdan chetlashtirganiga hech kozim yetmaydi.
Linkoln masul lavozimlarga aynan ozi tayinlagan odamlarning hujumlariga tez-tez duchor bolib turardi. Masalan, Maklelan, Styuard, Stenton, Cheyz. Bundan tashqari, Xerdon sozi boyicha Linkoln odamni qilgan ishi uchun koklarga kotarish yoki faoliyati yo faoliyatsizligi uchun qoralash kerak emas, chunki bizlarning barchamiz taomil va merosxorlikdan olingan sharoitlar, hissiyotlar, talim darajasining farzandlarimiz, xolos.
Linkolnning haqligiga shubha qilmasa boladi. Bordi-yu, biz dushmanlarimizning jismoniy, aqliy va hissiy sifatlarini meros qilib olsak va bordi-yu, hayot sharoitlari biz uchun xuddi dushmanlarimizdagidek tashkil topgan bolsa, biz ham oshalardek ish tutgan bolar edik. Biz bundan boshqacha yol topa olmasdik ham. Shu bois, dushmanlarimizni fosh qilish va ulardan qasd olish orniga, yordam berishingizni, kechirishingizni, ular uchun duolar qilishingizni his etishlariga imkon tugdiring.
Mana shunday ruhiy holatga yetishmoq, tinchlik va baxtga ega bolmoq uchun quyidagi qoidani yodda tuting.
Qoida 2:
Hech qachon dushmanlaringiz bilan orani ochiq qilishga urinmang, chunki agar shunday qilsak, ozimizga zarar yetkazamiz.


XIV b o b

Agar shunday qilsangiz, oqibatsizlik tufayli hech qachon ozor chekmaysiz


Yaqinda men texaslik bir biznesmen bilan tanishib qoldim, uning gazabining cheki yoq edi. Men u bilan tanishganimdan keyin on besh daqiqa otgach, hammasini sozlab beradi, deb ogohlantirishgandi.
U shunday qildi ham. Uning gazabini keltirgan voqea on bir oy muqaddam sodir bolgan ekan, ammo u hamon shundan figoni falakda ekan. U shundan boshqa hech narsani gapira olmasdi. U ozining ottiz tort nafar xodimiga Rojdestvoga mukofot tarzida on ming dollar, yani kishi boshiga uch yuz dollarga yaqin beribdi. Ammo ulardan birontasi bir ogiz rahmat demabdi. Ularga umuman pul berganimdan, deb takrorlardi u yakkash, ming-ming pushaymonman.
Uning mudom zaharga tolib turganidan, mening unga rostdanam rahmim kelib ketdi. U oltmish yoshlarda edi. Sugurta kompaniyalarining hisob-kitoblariga kora, u hozir sakson yoshda bolsa, yana qanchagina umri qolgandi, deysiz. Shunday bolgach, bu odam, agar omadi kelsa, ehtimol, yana on tort-on besh yil yashar. Bundan tashqari, u on bir oy muqaddam zaharga aylangan umrining bir yilini deyarli yashab bolgandi. Bu muddat qaytmas bolib otdi-ketdi. Men unga qattiq achindim. Xafa bolib va oziga ozi achinib yurganidan kora, u balki ozidan bir sorab korsa bolarmidi: nima uchun odamlari undan minnatdor bolmadi? Ehtimol, ular Rojdestvo mukofotini sovga deb oylagandir va buning uchun ishlab qoyganmiz deb hisoblagandir? Balki, u xodimlariga azbaroyi qattiq turganidan ularni ozidan bezdirib qoyganu rahmat aytgani huzuriga kirishga yuraklari dov bermagandir? Balki baribir foydaning kattagina qismi soliqqa ketadigan bolgani uchun u shunday qilgan, deb hisoblagandir?
Boshqa tomondan esa, balki uning xodimlari xudbin, yaxshilikni bilmaydigan nonkor odamlardir. Balki unisidir, balki bunisidir. Siz kabi men ham bu voqea togrisida boshqa hech nima bilmayman. Ammo doktor Samuel Jonson nima deganini bilaman: Oqibat  bu inson taraqqiyoti oliy darajasi natijasidir. Yaxshi tarbiya kormagan odamlarda uni uchratmaysan. Sizga aytmoqchi bolganim shu: bu odam tez-tez uchrab turadigan, ammo noxush xatoga yol qoygan. U inson tabiatini bilmagan, vassalom.
.
Deylik, siz bir kishining hayotini qutqarib qoldingiz, bunga javoban undan minnatdorlik umidvor bolasizmi? Siz umidvor bolarsiz, ammo Samuel Leybovits unday qilmaydi. Sudya bolguncha u jinoiy ishlar boyicha oqlovchi bolib ishlagan. U yetmish yetti odamni elektr kursida qatl etishdan saqlab qolgan! Nima deb oylaysiz, ulardan nechtasi Samuel Leybovitsga tashakkur aytgani fursat topa olgan yoki Rojdestvo bilan tabriklab, unga xat yollashdan erinmagan? Nechtasi? Oylab koring-chi. Togri, ulardan birontasi ham bunday qilmagan.
Bir kuni Iso Masih on nafar moxovni tuzatib yuboradi. Ulardan nechtasi unga minnatdorchilik bildirishga vaqt topgan? Faqat bittasi. Shunda Iso Masih ogirilib, shogirdlaridan soraydi: qolgan toqqiztasi qani? Ularning barchasi bir ogiz shukrona soz aytmay qochib qolgan ekan! Endi sizga bir savol bermoqchiman: nima uchun siz, men yoki texaslik anoyi biznesmen ozimizning mayda savob ishlarimiz uchun Iso Masihga bildirilgan shukronalikdan koproq minnatdorlikdan umidvor bolishimiz kerak ekan?
Bordi-yu, ish pulga borib taqaladigan bolsa, unda nima boladi? Unda ahvol beshbattar boladi. Charlz Shvabning hikoya qilishicha, bir kuni u jamgarma bozorida bankka qarashli pullar bilan oynagan xazinabonni qutqarib qolgan ekan. Shvab bu pulni unga bergan va u maglubiyat tovonini tolagan. Bu xazinabonni qamalib ketishdan saqlab qolgan. U minnatdor bolganmi? Ha, sal-pal. Keyin u Shvabga qarshi gaplar gapirib, tuhmatlar qilib, ayblay boshlagan. Tagin kelib-kelib Shvab qamoqqa tushishdan saqlab qolgan odam shunday qilgan.
Agar bir million dollar pulni meros qilib qoldirsangiz, qarindoshingiz sizdan minnatdor bolarmidi? Endro Karnegi xuddi shunday qilgan. Biroq sal otib u goridan tirilib chiqqanda, qarindosh-uruglari unga ayamay lanatlar yogdirayotganini korib, ozmuncha taajjubga tushmasdi. Nima uchun? Chunki qariya Karnegi 365 million dollarni xayriya ehtiyojlariga vasiyat qilgandi. Ozining eng yaqin qarindosh-uruglariga esa, uning soziga qaraganda, bir million dollardan sal ortiq pul qoldirgan ekan.
Bular bari mana bunday sodir boladi. Inson tabiati har doim inson tabiati bolib qolaveradi va ehtimol, butun umringiz davomida bu borada hech narsa ozgarmas. Unda nima uchun shunga iqror bolib qoya qolmaymiz? Rim saltanatining eng dono hukmdorlaridan biri keksa Mark Avreliy tutgan yolni tutsak, osmon uzilib, yerga tusharmidi? Oz kundaligida u quyidagilarni yozgandi: bugun shallaqi odamlar bilan uchrashaman. Ular xudbin, ochkoz va noinsofdir. Ammo bu meni hayratga ham, tashvishga ham solmaydi, zero, dunyoni bunday odamlarsiz tasavvur etib bolmaydi.
Bunda mantiq yoq emas, togrimi? Bordi-yu, biz faqat odamlarning noinsofligidan yozgirish bilangina mashgul bolsak, unda kimni ayblamoqchi bolamiz? Hamma gap inson tabiatida yoki bu tabiatni yaxshi bilmasligimizda. Keling, hech kimning bizdan minnatdor bolishini kutmaylik. Bordi-yu, tuyqus shunga muyassar bolib qolsak, u bizga kongilli hech nima bolmaganday yuraveramiz.
On ming yillardan buyon ota-onalar farzandlarining nobakorliklaridan sochlarini yulib keladilar. Hatto Shekspirning qirol Liri ham xitoban deydi: farzandning nobakor bolgani ilon chaqqandan ham alamliroqdir. Modomiki, ularga oqibat korsatishga ozimiz vaqt topolmas ekanmiz, sirasini aytganda, nima uchun farzandlarimiz bizdan minnatdor bolishlari kerak ekan? Beoqibatlik tabiiydir va shu bilan birga u xas-xashakka oxshaydi. Oqibatni gulga qiyos qilish mumkin. Uni ogitlab turish, sugorish, parvarishlash, sevish va himoya qilish kerak.
Bordi-yu, farzandlarimiz solih bolmasa, kimni ayblash kerak? Balki bizning ozimiznidir? Agar biz ularni boshqalardan minnatdor bolishga orgatmasak, bizdan minnatdor bolishini kutmoqdan ne naf?
Men chi