uvlarimni bartaraf etdim. Men bu saboqni hech qachon unutmayman. Hozir ham har gal vaziyat tufayli menda ozgarib bolmas tashvishlanish paydo bolsa, yelka uchirib qoyaman-da, ozimcha deyman: Ketdik. Qizigi shundaki, bu krekerfurushga ham qol kelarkan. Ura! Ura! Azamat krekerfurushga sharaflar bolsin!
Bashariyat tarixida, sirasini aytganda, faqat Suqrotning olimi oz fojiasi bilan Isoning xochga tortilishiga qaysidir darajada togri keladi. On ming yildan keyin ham odamlar Platon tasvirlab ketgan bu olmas voqeadan hayajonga tushgaylar. Bir qancha afinalik fuqaro oyoqyalang Suqrotga hasad qilib sud qildilar va olim hukmi chiqardilar. Dostona kayfiyatdagi qamoqxona qoriqchisi unga bir piyola zahar olib kelib: Taqdir yozuqlariga osongina tan berib qoya qoling, dedi. Suqrot taqdirga tan berdi ham. U olimini muqaddas, farahbaxsh bir narsaday mardona qarshi oldi.
Qoida 4:
Taqdirga tan bering.

X b o b
Tashvishlaringiz uchun zararli cheklash tartibi ornating

Uoll-Stritda qanday pul ishlash mumkinligini bilmoqchimisiz? Bolmasa-chi! Bizga qoshilib, buni yana millionlab boshqa odamlar ham bilmoqchilar. Ammo agar javobini bilganimda, ushbu kitobning har nusxasi 10.000 dollardan turgan bolardi. Darvoqe, omadli birja maklerlari qollaydigan bir yaxshi goya bor. Bu hikoyani menga Nyu-Yorklik Charlz Robertson aytib bergandi. U mablag qoyish boyicha maslahat xizmatlari korsatish bilan shugullanadi. U mana bunday hikoya qiladi:
Men Texasdan Nyu-Yorkka kelganimda, chontagimda yigirma ming dollar pulim bor edi. Bu pullarni aktsiya sotib olishga pul qoygani menga dostlarim ortada toplab berishgandi. Jamgarma bozori ishida ozimni ustasi farang deb oylagandim. Ammo barcha pulimni songgi tsentigacha boy berdim. Togri, ayrim bitimlarda talay pul ishladim. Biroq pirovardida hammasidan mahrum boldim.
Ozimning pulimni yoqotganimda bunchalik alam qilmasdi, ammo meni dahshatga solgan narsa shu ediki, bu pullar dostlarimniki edi. Togri, ular ancha boy odamlar bolib, uncha-muncha zarar ularga chot emasdi, baribir ham oylagan narsalarim chippakka chiqqandan keyin yurak hovuchlab ular bilan yangi uchrashuvga choglandim. Lekin, ajabo, ular pinaklarini ham buzmadilar, bu ham yetmaganday, mening konglimni kotarib, dalda berishdi.
Men yo ostidan, yo ustidan qabilida ish tutishimni bilardim, asosan boshqa odamlar fikriga tayanib, omadga umid qilgandim. X.I.Fillips aytganidek, notani bilmasdan eshitib chalardim.
Men xatolarim ustida mulohaza yurita boshladim va jamgarma bozoriga yana qaytib borishdan oldin uning qanday ishlayotgani haqida koproq narsa bilib olishga qaror qildim. Men oylarimni royobga chiqarish yollarini qidira boshladim va tezda bozorning butun tarixi davomida eng omadli birja oyinchisi bilan tanishib qoldim. Uning ism-sharifi Berton S.Kastl edi. Men undan kop narsa organa olaman, deb oylamagandim. Zero, u etiborli odam bolib, kop yillardan buyon jamgarma ishlarini muvaffaqiyat bilan olib bormoqda edi. Bu muvaffaqiyat unga osmondan tushmaganligiga fahmim yetib turardi.
U menga jamgarma bozoridagi oldingi ishlarim xususida bir qancha savollar berdi. Keyin u menga, nazarimda, biznesda asosiy qoida hisoblangan bir gapni aytdi. Ozimning birja ishlarimdan har biri uchun men zararlarni cheklash tartibini organdim. Agar men aktsiyalarni, deylik, bittasini ellik dollardan sotib olsam, zudlik bilan 4 dollar darajasiga zararlarni cheklash tartibini ornataman. Bu quyidagini anglatadi: agar aktsiyalar besh banddan koproq bahoga pasayadigan bolsa, ular oz-ozidan sotilib ketadi va shu tariqa mening zararlarim besh band bilan cheklanib qoladi.
 Asosiysi, aql bilan ishlash kerak,  davom etdi tajribali murabbiy,  shunda sizning ortacha foydangiz yigirma besh yoki hatto ellik bandni tashkil etadi. Binobarin, zararlaringizni yarmidan koprogiga xato qilgan bolasiz va baribir kop pul ishlab olasiz.
Men darhol shu yoldan foydalandim va hozirgacha shunday qilib kelyapman. Bu mijozlarimni himoya qilishimga va necha-necha ming dollar ishlab olishimga yordam berdi.
Asta-sekin men zararlarni cheklash tartibi jamgarma bozoridagina ishlatilmasligini anglab yetdim. Men boshqa mutlaqo moliyaviy bolmagan, meni bezovta qilgan holatlar uchun ham shu tartibni joriy qildim. Bezovtalik yo xafagarchilik jonimga tekkan har qanday holatda bu tartibdan foydalanadigan boldim. Bu tartib menga juda qol keldi.
Masalan, men kopincha doim kechikib keladigan bir dostim bilan birga ovqatlanaman. Ilgari uning kechikib kelishidan juda bolarim bolar edi, chunki u tushga yaqin ishga kelardi. Oxiri men unga tashvishlarga qarshi qollaydigan zararlarni cheklash tartibi togrisida sozlab berdim. Men dedim:  Bill, mening zararlarni cheklash tartibim uchrashuvimiz belgilangan vaqtdan on daqiqa otgach, amal qila boshlaydi. Agar kech kelsang, shartnomamiz bekor qilinadi va men ketaman.
Ey Xudoyim! Kop yillar oldin men ozim sabrsizligim, jizzakiligim, oz-ozimni oqlashim, afsus-nadomatlarimga, barcha aqliy va ruhiy iztiroblarimga nisbatan qollashim mumkin bolganda bu tartibga qanchalik muhtoj edim. Mening ruhiy osoyishtaligimga tahdid soluvchi har bir holatdan chiqib ketishim uchun yetarli darajada soglom fikr menda nega topilmagandi? Axir ozimga: Menga qara, Deyl Karnegi, bundan mana shu darajagacha tashvish qilish mumkin, xolos, deb ayta olar edim-ku. Nega men buni ilgari qilmagan edim?
Lekin biroz soglom aql bilan ish tutgan vaqtimda baribir ozimni maqtab qoya olaman. Bu hayotimdagi bir vaziyat edi, kelajakdagi kozlab tuzgan barcha orzu va rejalarim kunpayakun bolganini korganimdagi hayotiy bohron edi bu. Ish bunday bolgandi. Oshanda yoshim endigina ottizdan oshgan va men hayotimni romanlar yozishga bagishlashga qaror qilgandim. Men ikkinchi Frank Norris, Jek London, Tomas Xardi bolmoqchi edim.
Bu maqsadga intilganim shunchalikki, birinchi jahon urushidan keyin kuchli pul qadrsizlanishi vaqtida ozgina dollarim bolsa, jannatdagiday yashashim mumkin bolgan Yevropada ikki yil istiqomat qildim. Yevropada ikki yil yashab, ozimning asosiy asarimni yozdim. U Qor boroni deb atalardi. Asarimning nomi nashriyotlarda romanimga korsatilgan muzdek munosabatga juda-juda mos kelgandi, goyo qor boroni butun Dakota vodiysidan esib otgandek. Adabiy agentlik menga romanimning bir chaqaga qimmatligini, menda badiiy adabiyot uchun hech qanday layoqat yoqligini aytganda, yuragim urishdan toxtab qolganday his qilgandim ozimni. Agentim oldida karaxt ahvolda chiqib ketdim. Butunlay hangu mang bolib, boshimga bir chelak muzdek suv quyilganday sezmoqda edim. Men ozimni yoqotib qoygandim. Chorrahada turganimni va hayotimda eng muhim bir toxtamga kelishim kerakligini angladim. Nima qilishim, qayoqqa borib bosh urishim kerak edi?
Karaxtlikdan chiqib olgunimcha bir necha hafta otdi. Bu vaqtda tashvishlar uchun zararlarni cheklash tartibi haqida hech narsa qulogimga kirmagandi. Endi esa ortimga burilib qarar ekanman, men aynan shunday qilganimni tushunaman. Roman ustida zor berib ishlagan shu ikki yilni hisobdan chiqarib tashladim va uning uchun munosib orinni tayin qildim. Ha, yuksak sanat bilan shugullanishga urinish bolgan edi. Ammo men oldinga qarab harakat qilishim kerak edi. Men katta yoshdagilar uchun mashgulotlar tashkil etish va otkazish bilan bogliq ishimga qaytdim. Bosh vaqtlarimda tarjimai hol va hozir siz oqib turganga oxshash umumtalim kitoblarini yozdim.
Oshanda qabul qilgan qarorimdan xursandmanmi? Har gal shu haqda oylaganimda shunday sevinib ketamanki, kochaga chiqib, raqs tushib ketgudek bolaman. Ochiq-oydin etirof etib aytolamanki, ikkinchi Tomas Xardi bolmaganimdan biron marta afsuslanmadim.
Yuz yil muqaddam Uolden koli sohilida boyoglining mudhish hu-hulashi qulogimga chalinganda Genri Toro goz patini qolbola siyohga botirib, oz kundaligiga quyidagilarni yozgan ekan:
Har qanday narsaning qiymati men hayot deb atagan, bu narsaga endi va bundan keyin almashtirish talab etiluvchi substantsiyalar miqdori bilan belgilanadi.
Boshqacha sozlar bilan ifoda etilgan shu fikr mana bunday jarang kasb etadi: biror narsa uchun faqat nodonlargina bunga talab etiluvchi hayotiy kuch miqdoridan koproq haq tolaydilar.
Biroq Gilbert va Sallivan aynan shunday qilgan edilar. Quvnoq sher va musiqalar ijod qilishda ularning oldiga tushadigani topilmasdi, biroq oz hayotlarini quvonch bilan qanday toldirishlari haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Ular dunyodagi eng alo operettalar Chidam, Peshbandcha, Mikadolarni yozgan edilar-u, ammo ozlarini tutishga kelganda yoq edilar. Arzimagan gilam narxi deb ular bu yorug dunyoda bir-birlari bilan yuz kormas bolib ketgan edilar. Sotib olgan teatri uchun Sallivan gilamga buyurtma berdi. Hisob qogozini korganda Gilbertning kapalagi uchib ketdi. Ular bir-birlarini sudga berib, shundan keyin to umrlarining oxirigacha bir-birlariga bir ogiz soz demay otib ketishdi. Yangi asar uchun yozilgan musiqasini Sallivan Gilbertga pochtadan yuboradi. Musiqaga soz yozganda Gilbert ham shunday javob qaytarishiga togri kelgan edi. Ular sahnaga baravar chiqishi kerak boldi qoldi, ammo ikkalasi bir-biriga kozi tushmasligi uchun sahnaning har ikki chekkasidan turib olib, tazim qilar edi. Linkoln qilganidek, gina-kuduratga barham berish uchun zararlarni cheklash tartibi ornatishga ularning aql-zakovati musoida etmagandi.
Benjamin Franklin yetti yasharligida yol qoygan bir xatosini yetmish yil esdan chiqarolmay yurdi. Uning hushtak olgisi kelib yurardi. Azbaroyi hushtakka ishqibozligidan oyinchoqlar dokoniga bordi-da, narxini ham soramay yonidagi bor pulini tolab, hushtakni oldi. Uyga kelib,  deb yozgandi u bir dostiga yetmish yildan keyin,  uyni boshimga kotarib, xumordan chiqquncha hushtak chaldim. Biroq aka va opalarim hushtakka ozining narxidan ancha-muncha ortiq tolaganimni bilib, rosa ustimdan kulishdi. Benjamin Franklinning aytishicha, u yiglab yuboribdi.
Kop yillar keyin, osha vaqtda dunyoga taniqli davlat arbobi va AQShning Fransiyadagi elchisi Franklin hushtakni qimmatga olganini hanuz eslab yurgan va bu hushtak huzurdan kora koproq afsus-nadomat keltirgan.
Ammo mana shu hayotiy saboq uchun Franklin pirovard-oqibatda unchalik qimmat tolamagan. Franklin shunday degan: men osib, voyaga yeta borganim va odamlar bilan tanishganim sayin ularning xatti-harakatlarini kuzatar va hushtak uchun juda katta pul tolagan odamlarni uchratar edim. Xullas, odatda odamlar boshiga tushgan musibatlar u yoki bu narsani notogri baholashdan va hushtak uchun ortiqcha pul tolashdan kelib chiqadi.
Gelbert va Sallivan albatta oz hushtaklari uchun yaxshigina tolov tolashdi. Deyl Karnegi ham vaqti-vaqti bilan shunday nuqsonga yol qoyib turardi.
Hatto bu davraga olmas daho, Urush va tinchlik va Anna Kareninadek dunyoga taniqli romanlar muallifi Lev Tolstoy ham kirib qolganiga nima deyish mumkin?
Britaniya qomusida aytilishicha, Lev Tolstoy umrining songgi yigirma besh yilida harholda dunyodagi eng hurmatli odam bolgan. Vafotigacha yigirma yil davomida 1890 dan 1910 yilgacha uni loaqal bir karra oz kozi bilan korishga, ovozini oz qulogi bilan eshitishga yo bolmasa kiyimiga birrov qolini tekkizishga mushtoq sonsiz muxlislar kelar edi. Uning ogzidan chiqqan har bir jumlani osha zahoti yon daftarlariga yozib olishar va bamisoli muqaddas bitikday ezozlashardi. Biroq oddiy turmush haqida gap ketganida Tolstoy yetti yashar Franklinga qaraganda ham esi yoqroq bolgan! Bazi qiliqlaridan yoqa ushlaysiz.
Men nimani nazarda tutayapman? Tolstoy ozi jondan sevgan qizga uylangan. Ular chindan ham birga yashaganlaridan shunchalik baxtiyor edilarki, goho tiz chokardilar-da, shunday dorilamon va quvnoq hayotlarining uzun bolishini Xudodan yolvorib sorar edilar. Biroq qiz tushmagur oziga yetguncha rashkchi edi. U qishloqcha kiyinib olib, hatto eri ortidan ormonga yol olardi. Buning oxiri janjalga olib kelardi. Xotini uni hatto oz farzandlaridan ham qizganardi. Ish shungacha borib yetdiki, bir kuni xotini pistoletdan oz qizi suvratiga qarata oq uzadi. U yerda gujanak bolib yotgancha afyunli shishani ogziga olib borib, ozini oldirish bilan qorqitadi. Bu paytda bolalari otakalari yorilib, bir burchakda otirib, qorqqanlaridan yiglar edilar.
Xosh, Tolstoy nima qildi, deysizmi? Bordi-yu, u baqirib-chaqirganda, narsalarni yerga urib sindirganda men uni ayblamasdim. Lekin u bundan badtarroq ishni qilgan: u kundalik yoza boshlagan! Ha-ha, shaxsiy kundalik yoza boshlagan. Unda boshdan-oyoq oz xotini ustidan magzava agdargan. Bu uning hushtagi edi. Yozuvchi kelajak avlodning uni oqlab, xotinini yomonlashini istagan. Uning xotini jim qarab turganmidi? Qayoqda, u ozi haqida bolmagur gaplar yozilgan sahifalarni yirtib olib, yoqib tashlayvergan, bu ham yetmaganday, xotini ozining kundalik daftarini tuta boshlagan, unda tonkamijoz erini ahmoqdan olib, ahmoqqa solgan. U hatto bir hikoya yozib, unga Ayb kimda? deb sarlavha qoygan. Hikoyada u oz erini xonaki zolim, ozini mazluma deb atagan.
Buning oxiri nima bilan tugagan? Nima uchun bu ikki odam oz xonadonini, Tolstoyning oz sozi bilan aytganda, jinnixonaga aylantirgan? Ravshanki, buning uchun kop sabablar bolgan. Shulardan biri shundan iboratki, ular zurryodlarida taassurot paydo qilishni jon-jahdlari bilan xohlashgan. Ular aynan ozlari haqidagi fikrdan koproq tashvishlanganlar. Ammo ularning oilaviy muammolarida kim aybdorligi bugungi kunda qaysi birimizni qiziqtiradi? Hech kimni. Biz oz muammolarimizni hal etish bilan bandmiz. Tolstoylar oilasi haqida oylashga bir daqiqa ham fursatimiz yoq. Bu ikki bechora banda oz hushtaklari uchun qanaqangi katta haq tolamadi. Ellik besh yil dozaxda yashash, tagin bu shuning uchunki, ulardan hech birida bas deb aytish uchun farosat yetmagan. Kel, munosabatlarimizda tezlik bilan zararlarni cheklash tartibini joriy qilaylik, deb aytish uchun ularda bir chimdimgina soglom aql yetishmagan. Biz umrimizni isrof qilishga organganmiz. Keling, hoziroq bas deylik.
Men chin dildan aminmanki, narsalarning haqiqiy qadrini anglash shunday eng muhim sinoat hisoblanadiki, uni bilish ruhiy xotirjamlikka, jonning huzuriga olib keladi. Ozimizning oltin andozamizni yarata olsak, unga qarab hayotimiz uchun bu narsalarning nechogli muhim ekanini baholay olsak, biz oz tashvishlarimizning 50% yoqotishga qodirmiz, deb bilaman.
Shu bois, sizni yengmasidan oldin tashvishlanish odatingizni yengay desangiz, quyidagi qoidani bajaring.
Qoida 5:
Har gal malum darajadagi say-harakatlaringizni arzimaydigan maqsadlarga erishishga yonaltirmoqchi bolganingizda, toxtang va ozingizga uchta savolni bering:
1. Bu savol men uchun qay darajada muhim?
2. Unga nisbatan men zararlarni cheklash tartibidan qachon foydalanaman va uni qachon unutaman?
3. Bu hushtakning asl narxi qancha? Unga keragidan ortiqcha pul tolab yubormadimmi?

XI b o b
Qipiqni arralashga urinmang

Ushbu satrlarni yozar ekanman, derazadan qarayman va bog maysazorida bir qancha dinozavr izlarini kora olaman. Ular loy va toshga muhrlanib qolgan. Men ularni Yel universitetidagi Pibodi muzeyiga olib keltirdim. Menda shu muzey saqlovchisidan bir xat bor. Ushbu izlarning yoshi 180 million yil deyiladi. Bu izlarni ozgartirish uchun 180 million yil orqaga qaytib bolmasligiga uchiga chiqqan ahmoqning ham aqli yetadi. Biz 180 million yil orqaga qayta va uni ozgartira olmasligimizdan tashvishlanishimiz ham bundan kam ahmoqlik bolmas edi. Ammo oramizdan koplarimiz aynan shu bilan andarmonmiz. Albatta 180 soniya muqaddam sodir bolgan narsa oqibatlarini ozgartirish uchun biz biror narsa qila olarmiz, ammo bu voqea sodir bolishining ozini ozgartirish qolimizdan kelmaydi.
Yer yuzida otmish voqealaridan oshkoralik bilan foydalanishga imkon beruvchi birgina yol bor. U shundan iboratki, bemalol tahlil qilib, undan ozimiz uchun foyda undirish va uni unutib yuborish, vassalom.
Buning shundayligini men bilaman. Ammo shunday harakat qilishga menda har doim ham jurat va farosat yetarli bolarmikan? Bu savolga javob berish uchun men kop yillar ilgari boshimdan otgan bir ertaknamo voqeani sizlarga sozlab bermoqchiman. Gap shundaki, yonimda uch yuz ming dollardan koproq pul bor edi. Ammo men ulardan bir tsent ham daromad olmay, boy bergan edim.
Voqea mana bunday bolgandi: men katta yoshdagilar uchun talim sohasida yirik korxona tashkil qilgandim. Kop shaharlarda bolimlar ochgandim va qoshimcha xarajatlar hamda reklamani qoplashga katta mablag sarflagandim. Men dars berish bilan shu qadar band edimki, moliyani nazorat qilishga na imkoniyat va na xohishim bor edi. Men mutlaqo tajribasiz edim va menga chaqqon moliyaviy direktor kerakligini tushunmagan edim.
Biroq bir yildan song ishlarning haqiqiy ahvoli qandayligidan darak topdim. Bu meni hushyor qildi, sarosimaga ham soldi. Katta mablag qoyishimizga qaramay, biz hech qanaqa daromad olmaganimiz malum boldi. Shu narsa aniq bolgandan keyin men ikkita yoldan borishim lozim bolardi. Birinchidan, men jiddiy oylashim va qora tanli Jorj Vashington Karver qilgan ishni qilishim kerak edi. Bankda uning bir umrlik jamgarmasi yotardi. Kasod topganidan uning xabari bormi, degan savolga u bunday javob bergandi: Ha. Bu haqda eshitgandim. Shunday dedi-yu, mashgulotlarni davom ettiraverdi. U bu haqda unutib yubordi, tamom. U buni shunchalik ishonch bilan qildiki, sodir bolgan voqeani boshqa hech qachon esga olmadi.
Ikkinchidan, men mana bunday qilishim lozim edi: men xatolarimni tahlil qilishim va bir umrga undan saboq chiqarishim kerak edi.
Biroq ochigini aytganda, men na birinchi yolni qildim, na ikkinchisini. Buning orniga men tashvishga botdim, bir necha oy mobaynida tuman ichida yashaganday yashadim. Uyqu va ishtaham yoqoldi. Bu katta xatodan saboq olish orniga men indamay ketaverdim va bu xatomni sal kichikroq miqyosda takrorlayverdim.
Buning ustiga, kamchiliklarimga iqror bolishim menga malol kelardi, biroq kop yillar muqaddam shu narsaga amin boldimki, yigirmata odamni biron-bir qiyin holatda qanday yol tutishga orgatish va shunga organa oladigan yigirmata odamdan bittasi bolish osonroq ekan.
Bazi kitobxonlar bosh omon bolsa, qalpoq topiladi, yigit moli yerda, pul qolning kiri kabi mashhur maqollarga yaxshigina misol bolishini kopda etiborga olmaydilar.
Togri-da, bu chaynalgan va jonga tekkan haqiqat. Siz buni minglab marotaba eshitganingizni bilaman. Ammo shu narsani ham bilamanki, bu siyqasi chiqqan maqollar butun bashariyatning asrlar davomida jilo topgan hikmatini ozida namoyon etadi. Ular odamzodni kop asrlik tajribasidan tugilgan va yuz yillardan beri avloddan-avlodga otib kelgan. Bordi-yu, siz barcha asrlarning buyuk mutafakkirlari tashvish togrisida yozgan hamma narsani organa olganingizda edi, suvni kormaguncha etik yechma yoki aytilgan soz  otilgan oq kabi siyqasi chiqqan maqollardan kora muhimroq va teranroq bir narsa topa olmagan bolardingiz. Bordi-yu, shularni mensimaslik orniga faqat mana shu ikkitagina maqolni amalda qollaydigan bolganimizda, bizga qolimizdagi mana shu kitobning umuman keragi bolmasdi. Boz ustiga, bordi-yu, kohna maqollarning kopchiligini taomilga kiritganimizda edi, biz bekamu kost hayot tarzimizni yolga solib olgan bolardik. Ammo bilim amalda qollansagina kuch hisoblanadi va ushbu kitobning maqsadi sizga biron-bir yangilikni aytishdan iborat emas, balki sizga yaxshi malum bolgan narsalarni eslatish, ozingizni harakat qilishga undash va kohna haqiqatlarni amalda qollashga ruhlantirishdir.
Men doim Fred Fuller Shedd singari odamlardan hayratlanib kelganman. Ular bu kohna haqiqatni yangicha rangda yorqin korsata bilish istedodiga egadirlar. Fred Fuller Shedd Filadelfiya bulletin gazetasining muharriri edi. Kollej bitiruvchilariga qarata murojaat qilar ekan, u soradi: Orangizda hech yogoch arralagan kimsa bormi? Qolingizni kotaring.
Hozir bolganlarning kopchiligi qolini kotardi. Keyin muharrir yana soradi: Ichingizda hech qipiq arralagan bormi? Bitta ham odam qol kotarmadi.
Togri-da, qipiqni hech kim arralay olmaydi,  dedi mister Shedd. Ular arralab bolingan. Otmish ham shunaqa. Siz otib ketgan va umri tugab bolgan narsalar haqida tashvishlana boshlaganingizda qipiq arralash bilan band bolasiz.
Bir kuni men Sing-Sing qamoqxonasini borib kordim va meni eng kop hayron qoldirgan narsa shu boldiki, mahbuslarning qiyofalari qamoqxonadan tashqaridagi odamlarga qaraganda baxtiyorroq korinar edi. Men bu haqda osha vaqtda qamoqxona boshligi lavozimida ishlab turgan Lyus Ye.Louesga aytgan edim, u, jinoyatchilar Sing-Singga birinchi marta tushganlarida koproq xafa va dargazab boladilar. Biroq bir necha oydan keyin oralaridan eslari koproqlari taqdirga tan beradilar, ornashib oladilar va qamoqxona hayoti tartibiga jimgina rioya qilib, uni iloji boricha yaxshilashga harakat qiladilar, deb javob bergandi. Louesning aytishicha, bir mahbus bogbonlik qilar ekan, qamoqxona ichida turib ham ovozini baralla qoyib ashula aytar ekan.
Mana shu qoshiq shaydosi bolgan mahbus bizning kopchiligimizdan koproq soglom fikr yuritar edi. U bilar edi:

Parvardigor korsatkich barmogi bilan yozadi,
Yozib bolib, nari ketadi.
Sizning barcha taqvongizu aqlingiz
Tangri barmogini orqaga burib qoyishga
yoki yozganlarining bir satrini ochirishga
qodir emas.
Hatto selday oqqan koz yoshlari ham
bironta kalomni ochira olmas.

Shu bois koz yoshi tokmoqdan ne naf? Biz, albatta, qopol xatolarga va beoxshov qilmishlarga yol qoyamiz. Yol qoyganimizda-chi? Hatto Napoleon ozining eng yirik janglarining uchtadan bittasida maglub bolgan. Galaba va maglubiyatlarimiz nisbati Napoleonnikidan hecham yomon emas. Kim bilibdi?
Ammo nima bolganda ham butun qirollik suvoriylar qoshini ham, qirollik jang aravalari ham otmishimizni orqaga qaytara olmaydi.
Shu bois unutmang:
Qoida 6:
Qipiqni arralashga urinmang.

XII b o b
Hayotingizni ozgartiradigan toqqiz soz

Mendan bir necha yil muqaddam radio eshittiruv savoliga javob berishimni iltimos qilishdi: hayotingizdagi eng muhim saboq qaysi?
Bundan osoni bor ekanmi? Shu paytgacha men organgan asosiy saboq biz nima haqida oylasak, shuning muhimligini tushunishdan iborat bolib kelgan. Agar men sizning nima haqida oylayotganingizni bilsam, siz ozingizni qanday tasavvur etayotganingizni bilgan bolardim. Fikrlarimiz bizni yaratadi. Bizning aqliy kayfiyatimiz taqdirimizni belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi. Emerson aytgan edi: inson  bu uning kun davomida oylagan narsadir. U shundan boshqa nima ham bola olardi?
Endi menga shu narsa kunday ravshanki, biz toqnash keladigan eng katta muammo fikrlarimizni togri yonalishga solishdan iborat. Agar shuning uddasidan chiqolsak, barcha muammolarimizni hal qilishga imkon beradigan yolni topgan bolardik. Rim saltanatida hukmronlik qilgan buyuk faylasuf Mark Avreliy bu fikrni taqdirimizni ozgartira oladigan toqqiz sozga jam qilgan: bizning hayotimiz u haqda ozimiz qanday oylasak, shuning ozidir.
Togri-da, agar fikrlarimiz baxt bilan toliq bolsa, biz baxtli bolamiz. Bordi-yu, mung bilan toliq bolsa, biz mungli bolamiz va ozimizni baxtsiz his qilamiz.
Bordi-yu, fikrlarimiz qorquv haqida bolsa, biz qorqamiz. Agar kasallik haqida oylasak, rostdan kasal bolib qolishimiz hech gap emas. Bordi-yu, omadsizlik haqida oylasak, u boshimizga tushmay qolmaydi. Bordi-yu, biz juda shafqattalab bolib ketsak, hamma bizdan qochadi!
Norman Vinsent Pil degan edi: Siz ozingiz haqingizda oylagan narsa emassiz, balki nimani oylasangiz  oshasiz.
Siz meni, oson yolini tanlayapti va sizning barcha muammolaringizga nisbatan hayotbaxsh munosabatni nohaq ravishda himoya qilayapti, deb oylayotgan bolsangiz kerak. Afsuski, yoq. Hayot u qadar oddiy narsa emas. Biroq haqiqatan ham yomon emas. Yaxshi fikrlash zarurligini himoya qilayapman. Boshqacha aytganda, biz muammolarimiz bilan mashgul bolishimiz kerag-u, ammo ulardan tashvish tortmasligimiz zarur. Mashgul bolish va tashvishlanish sozlari ortasidagi farq nimada? Bir misol keltiraman. Har gal Nyu-Yorkning avtomobillarga tola kochasini kesib otganimda, qilayotgan ishim bilan band bolaman, ammo bundan tashvishda emasman. Muammo bilan band bolish uning mohiyatini tushunishni va uni bir yoqlik qilish uchun har tomonlama oylab ish tutishni anglatadi. Tashvishlanish deb shu muammo atrofida oylamaslikni va jonini berib kuymaslikni bildiradi.
Kishi jiddiy muammoni hal qilish bilan mashgul bolishi, ammo ayni vaqtda kochada boshini baland kotarib yurishi mumkin. Louell Tomas ozini shunday tutganiga kozim tushgandi. Bu men unga birinchi jahon urushi vaqtida Allenbi va Lourens komapaniyalari togrisidagi uning mashhur kinofilmlarini taqdim etishda yordamlashib yuborganimda roy bergandi. U va yordamchilari bu filmni kamida oltita frontda bolgan janglardan lavhalar olib suvratga tushirgandi. Bular ichida eng yaxshisi T.N.Lourens va uning rang-barang arab qoshini, shuningdek, Alenbining bu muqaddas zaminni zabt etgani muhrlangan hujjatli ashyolar togrisidagi tasmalar edi. Bu ashyolarni namoyish qilish barobarida aytgan hikoyalari Alenbi bilan Falastinda va Lourens bilan Arabistonda deb atalardi. Film Londonda va butun dunyoda shov-shuvlarga sabab boldi. Uning namoyishi munosabati bilan Londonda opera mavsumining ochilishi olti haftagacha surilib ketgandi. Bu Tomasga ozining mojizaviy sarguzashtlari haqidagi hikoyalarini davom ettirish va fotosuvratlari hamda filmlarini Konvent-Gardendagi qirollik opera teatrida namo-y