himizni angladim. Yorug dunyoda yashashimiz uchun bir necha on yillikkina ato etilgan, biz esa yillar otib, ozimiz ham, boshqalar ham unutib yuboradigan narsalar ustida tashvishlanib va xafa bolib, qimmatli soatlarimizni boy beramiz. Yoq, bunga yol qoyib bolmaydi. Keling, hayotimizni munosib ishlar va orzularga, buyuk goyalarni ijro etishga, pok tuygular va kolamdor rejalarga bagishlaylik. Zero, umrimizni goyat qisqa, mayda ishlarga sarflab, zoe ketkazmaylik.
Hatto Redyard Kiplingdek istedodli shaxs ham umrimiz goyat qisqaligini, uni mayda-chuydalarga isrof qilmaslikni goho unutib qoyar edi. Buning natijasida u oz qaynisi bilan sudlashgandi, bu sud jarayoni Vermont tarixidagi eng mashhur sudlardan bolib qoldi. U jamoatchilikda shunday kuchli taassurot qoldirdiki, bu voqea munosabati bilan hatto Redyard Kiplingning Vermontdagi sud jarayoni degan kitobi ham chiqdi.
Ishning mohiyat-mazmuni esa mana bunday edi. Kipling vermontlik Karolina Belester degan qizga uylandi, Bratlboroda shinam uy qurdi va qolgan umrini shu yerda otkazishga ahd qildi. Uning qaynisi Bitti Balester Kiplingning eng yaxshi dostiga aylandi.
Keyin mana bunday voqea yuz berdi. Kipling Balesterdan yer sotib oldi, ammo shu shart bilanki, Balester har yili yerdagi pichanni orib, yigib olishi mumkin. Biroq bir kuni Balester qarasaki, Kipling pichan bosishga moljallangan joyni agdarib, gulzor qilishga kirishib ketibdi. Gazabdan qaynisining chaparasta jahli chiqib ketdi. Kipling ham undan past kelgani yoq. Vermontning yam-yashil toglari uzra bulut quyuqlasha bordi. Bir necha kundan keyin mana bunday boldi.
Kipling odatdagidek velosipedda ketayotgandi. Shu payt qoqqisdan ot qoshilgan usti yopiq arava uning yolini kesib otdi. Orindiqda Balester otirardi. Kipling ozini tutolmay, yiqilib tushdi. Mana shu odam: Sergulu xaloyiq orasida ozingni tut, kongillariga gulu solganing bu xaloyiq seni lanatlagay, deb yozgan shu odam ozini yoqotdi-da, Balesterni hibs etishlarini soradi. Shov-shuvga sabab bolgan sud jarayoni boshlandi-ku. Shaharni yirik gazetalarning muxbirlari bosib ketdi. Xabar butun dunyoga tarqaldi. Mana shu sud Kipling va xotinini butunlay Amerikaga ketishga majbur qildi. Bular bari arzimagan narsa  bir bog pichan tufayli sodir boldi.
Bundan yigirma tort asr muqaddam Periks bizlarni ogohlantirgandi: Ahli dunyo, toxtang, endi mayda-chuydalar bilan shugullanishni bas qiling. Aftidan, biz aynan shu narsa bilan shugullanayapmiz, chogi.
Bir necha yil muqaddam Vashington shtatining katta yol noziri Charlz Seyfred va yana bir qancha dostlar bilan birgalikda biz Teton milliy bogida sayr qilar edik. Biz Jon D.Rokfellerning bog hududida joylashgan mulkiga borishni moljallab qoygandik. Biroq avtomobil u yol qolib, adashib boshqasidan yurib ketdi, natijada biz osha joyga boshqalardan yarim soat keyin yetib bordik.
Darvoza kaliti mister Seyfredda edi. Ammo u bizni jaziramadan kuygan va chivinga talangan holda ormonda kutardi. Chivinlar shunaqangi kop ediki, ularning chaqishiga anov-manov odam chidayolmasdi. Biz yetib kelgach, Seyfredning ogzidan bezori chivinlar shaniga lanatlarni eshitdik dersiz? Qayoqda, bizni kutib, u togterak shoxidan hushtak yasabdi-da, hushtak chalib otiraveribdi.
Hayotimizda tolib-toshib yotgan ikir-chikirlardan qanday baland kelish kerakligini bilgan shu hushtak egasidan esdalik sifatida men uni asrab kelaman.
Sizni yengmasidan oldin tashvishni yengishingiz uchun quyidagi qoidaga rioya qiling.
Qoida 2:
Yomon korishimiz va unutib yuborishimiz lozim bolgan mayda-chuydalardan jahlingiz chiqishiga yol qoymang. Esingizda bolsin, mayda-chuydalar bilan mashgul bolishga umrimiz goyat qisqalik qiladi.

VIII b o b
Tashvishlar kuchini qirquvchi qonun

Men Missuri shtatidagi fermada osganman. Bir kuni olchani danagidan tozalashda onamga yordam berayotgan edim, tosatdan kozlarimda yosh tirqiradi. Onam soradi: Ey, Xudoyim, Deyl, nima boldi? javobiga gudranib dedim: Meni tiriklay komishlaridan qorqayapman.
Osha kunlari tashvish naq jonimni sugurib olayotgandi. Momaqaldiroq vaqtida yashin urishidan qorqardim. Boshimizga ogir kunlar tushganda yeyishga hech narsa bolmasligidan qorqardim. Olganimdan keyin dozaxga tushishdan qorqardim. Akam Sem Kayt ozi popisa qilganidek, quloqlarimni kesib tashlashidan olguday qorqardim.
Qizlarga ozgina etibor berib qaraganim uchun ularning ustimdan boplab kulishlaridan qorqardim. Bironta ham qiz bola menga xotin bolishga rozi bolmasligidan, toydan keyin xotinimga nima deyishimni bilmasligimdan qorqardim. Bironta kichikroq qishloq cherkovida nikohdan otgach, shokilalar bilan bezatilgan aravaga otiramiz-da, xotinim bilan fermaga yol olamiz, deb tasavvur qilardim. Shunda yolda nima deyman? Nima deyman, xosh, nima deyman? Yer haydar ekanman, bir necha soat davomida ana shunday savollar bilan boshimni qotirganim-qotirgan edi.
Biroq yillar otib bildimki, meni qiynagan tashvishlarning toqson foizi hech qachon amalga oshmas ekan.
Maslan, boya aytganimday, yashindan olgudek qorqardim. Ammo endi bilamanki, qaysi bir yilda meni yashin urishi Xavfsizlik boyicha milliy kengash hisob-kitoblariga kora, uch yuz ellik mingdan bittasini tashkil etar ekan.
Meni tiriklayin komishlaridan xavfsirashim esa undan ham bemaniroq bolib chiqdi. Hatto osha olis zamonlarda, olganlarni hali momiyolab dafn etish rasm bolmagan vaqtlarda ham on milliondan bir odamni tiriklayin komishgan ekan. Ammo shundan qorqib yiglagan paytlarim bolgan. Har sakkiztadan bir odam saratondan oladi. Agar tashvish qiladigan bolsam, meni yashin urib ketishi yoki tiriklayin komishlari emas, balki men saratondan olib ketishim kerak edi.
Albatta, shuni nazarda tutish kerakki, bu yerda gap mening bolaligim yoki osmirligimda paydo bolgan tashvish haqida ketmoqda. Ammo katta yoshdagi odamlarda paydo boladigan tashvishlarning kopchiligi u qadar bemani emas. Balki katta sonlar qonunini belgilab qoyish imkoniyatiga ega bolmoq va tashvish hamda xavotirlarimiz uchun aniq asoslarga xotirjam inonmoq uchun ancha muddat xotirjam yashay olsakkina tashvishlarimizning ontadan toqqiztasini bartaraf etgan bolardik, balki.
Londonda joylashgan eng mashhur Lloyd sugurta kompaniyasi kopgina odamlarning har zamonda sodir boladigan narsalardan tashvishlanishga moyilliklaridan foydalanib, necha-necha millionlab dollar ishlab olgandi. Sirasini aytganda, Lloyd oz mijozlari bilan oziga xos bitim tuzdi: ehtimolligidan tashvishlanayotgan halokat sodir boladimi? Ammo ular buni bitim emas, balki sugurta deb aytadilar. Haqiqatda esa bu katta sonlar qonuniga asos solgan chinakam bitim-ku. Bu kompaniya ikki yuz yildan beri gurkirab kelmoqda va bordi-yu, bashariyat tabiati ozgarmasa, u yana ellik asrlik istiqbol bilan taminlangan deyavering, bu vaqt davomida u katta sonlar qonuni boyicha odamlar odatda oylagandek, hech ham tez-tez sodir bolavermaydigan halokat chogida ilgarigidek poyabzal, kemalar yoki surgun sugurtasi bilan shugullanib kelaveradi.
Agar katta sonlar qonunini batafsilroq qarab chiqadigan bolsak, kashfiyotimzdan ozimiz yoqa ushlaymiz. Masalan, kelajakdagi besh yilda, xuddi Gettsburgda bolganidek, qattiq va qonli jangda ishtirok etadigan bolsam, bu meni dahshatga solishini bilar edim. Olish ehtimoliga deb barcha sugurta qogozlarini tartibga solgan bolardim. Vasiyat yozgan va ishlarimni tartibga keltirgan bolardim. Shunday degan bolardim: bu jangda olib ketishim hech gap emas, shuning uchun qolgan vaqtimni juda yaxshi otkazishim kerak. Biroq katta sonlar qonuni boyicha tinchlik vaqtida odam umri ellikdan ellik besh yoshgacha, xuddi Gettsburgdagi jangda ishtirok etgandagi kabi, har lahzada olim xavf solib turadi. Bu bilan aytmoqchimanki, tinchlik vaqtida har ming odamga ellikdan ellik besh yoshgacha shu jangdagi 163000 ishtirokchidan har mingtasiga togri kelganchalik olim togri keladi.
Bir kun men mister Gerbert X.Selinjer va xotini missis Selinjer bilan tanishib qoldim. Ular San-Fransiskodan kelishgan ekan. Menga missis Selinjer hech qachon hech narsadan tashvish chekmaydigandek bolib tuyuldi. U ozini xotirjam va vazmin tutardi. 
 Hech gam-tashvish chekkanmisiz?  soradim men undan.
 Ham-tashvish deysizmi?  jilmaydi xonim.  Binoyi umrim tashvishu gamlardan chiqmay kelaman-ku. Tashvish bilan kurashishni organgunimga qadar on bir yilni men oz qolim bilan yaratgan dozaxda otkazdim. Men ozimga yetgancha jonsarak va qiziqqon edim. Dunyo kozimga tordek korinib ketardi. Har haftada ozim yashaydigan San-Mateodan San-Fransiskoga xarid qilgani borar edim. Ammo hattoki dokonda ham yoq joydan tashvish tugdirib olardim. Ishqilib, dazmolni sugurib qoygan bolay-da, ishqilib xizmatkor bir yoqqa chiqib ketib, bolalar qarovsiz qolmasin-da, velosipedni minib, kochaga chiqib ketishmasin-da, mashina urib yuborib, olib-netib qolmagan bolsin-da, deb oylayverardim. Xaridimning yarmini qilar-qilmas tashvishimning zoridan naq qora terga tushardim. Tinch-omonlikni kozim bilan koray deb avtobusga chiqardim-da, uyga jonavorar edim. Birinchi erim bilan nega ajrashganimga ajablanmasa ham boladi.
Ikkinchi erim huquqshunos. U vazmin, yetti olchab bir kesadigan odam, dunyoni sel bossa topigiga chiqmaydi. Men bir narsadan tashvishlanib, bezovtalana boshlasam, u menga deydi: tinchlan, azizam, kel, buni oylab koraylik. Xosh, qani, sen ozi nimadan buncha tashvish chekayapsan? Kel, katta sonlar qonunini ishlataylik-da, vahimang qanchalik togriligini bilib olaylik.
Masalan, bir narsa esimda, bir kuni mashinada Nyu-Meksiko shtati, Al-Bukeke shahridan Karlsbad magoralari tomon ketib borardik. Tuproq yolda edik, birdan kuchli boron kotarildi. Mashina yurolmay qoldi, ivigan yolda gildirak chirillab aylanar va sirpanar edi, xolos. Rulni sira boshqarib bolmasdi. Boron bizni yol chetiga uchirib yuborishiga amin boldim. Lekin erim faqat bitta gapni gapirardi. Men juda sekin yuraman, hech bir yomon narsa bolishi mumkin emas. Hatto boron mashinani uchirib yuborgan taqdirda ham, katta sonlar qonuniga kora biz jabrlanmaymiz. Undagi xotirjamlik va ishonch menga otardi.
Bir kuni yozda Kanada toglariga safarga chiqdik. Tunda dengiz sathidan yetti ming fut balandlikda chodir tikdik. Shu payt boron qozgolib qolsa boladimi? Shamol chodirimizni tilka-tilka qilib tashlagudek kuchli esardi. Arqonlar bilan yerga qoqilgan xodalarga mahkamlangan bolishiga qaramay, birdan chodir shamolga dosh berolmay, chayqala boshladi. Dahshat ichida chodirning uchib ketishini kutardim. Ammo erim yakkash derdi: tashvishlanma, jonim, yonimizda Bryuster yetakchilari bor, ular ozlarining ishlarini yaxshi bilishadi. Ular oltmish yildan buyon bu toglarda chodir tikib kelayaptilar. Shuncha yildan buyon bitta ham chodirni boron qozgatolmagan. Buning ustiga, katta sonlar qonuniga binoan, bu tunda chodirni boron uchirolmaydi. Uchirganda ham biz boshqasiga otib olamiz. Shuning uchun tinchlan, ozingni bos...
Bir necha yil muqaddam Kaliforniyaning biz yashaydigan qismida poliomielit (asab falaji) tarqadi. Ilgari bolganda, albatta, vahimaga tushgan bolardim. Ammo erim meni ozimni bosishimni aytdi. Biz barcha ehtiyot choralarini kordik: bolalarni odam top bolib turgan joylarga yaqin yolatmadik, na maktabga, na kinoga yuborardik. Sogliqni saqlash mahalliy departamentidan bildikki, hatto Kaliforniyada qachonlardir sodir bolgan dahshatli olatda hammasi bolib 1835 nafar bola kasalga chalingan, odatda ogriganlar soni 200300 atrofida bolar edi. Bu raqamlar qanchalik dahshatli bolmasin, katta sonlar qonuniga binoan bolalarimizning kasallikka chalinish ehtimoli juda oz edi.
Katta sonlar qonuniga kora, bunday bolmaydi. Tashvishlarimning 90 foizidan xalos bolishim va hayotimning songgi yigirma yilini barcha dadil orzularim ushalgan mana shunday tinch va osuda otkazishga yordam bergan sehrli ibora shu boladi.
Tashvishlanish odatidan xalos bolish uchun quyidagi qoidaga rioya qiling:
Qoida 3:
Keling, ishning mohiyatini korib chiqaylik va ozimizdan soraylik: menda notinchlik keltirib chiqaruvchi voqea haqiqatan ham sodir bolishi ehtimoli qanday?

IX b o b
Taqdirga tan bering

Bolaligimda Missurining shimoli-garbidagi eski tashlandiq yogoch uyning chordogida bolalar bilan oynayotgan edim. Chordoqdan tushayotib, bir lahza oyogimni deraza rahiga qoydim va pastga sakradim. Chap qolimning korsatkich barmogida uzugim bolardi. Sakrayotgan vaqtimda u mix qalpoqchasiga ilinib qoldi va barmogim uzilib tushdi.
Ogriqdan qichqirib yubordim. Azbaroyi dahshatga tushganimdan olishimga chippa-chin ishongan edim. Biroq yaram bitib ketganidan keyin bu borada boshqa biron marta ozor chekmadim. Bunda qanday mano bor edi? Men haqiqatni tan olgan edim. Endi chap qolimda atigi tortta barmogim borligiga oylab etibor bermayman.
Bir necha yil muqaddam Nyu-York markazidagi ofis binolaridan birida yukchi liftda nozim bolib ishlaydigan bir odam bilan tanishib qoldim. Uning chap qolining panjasi yoqligini kordim, bu uni tashvishga soladimi, deb soradim.
He, yoq,  dedi u,  men buni deyarli oylamayman. Uylanmaganman va ninaga ip otkazayotganimdagina panjam yoqligi esimga tushadi.
Bordi-yu, biz nochor ahvolga tushib qolsak, hayratomuz tezlik bilan qariyb har qanday vaziyatga konamiz. Biz unga moslashamiz va uni esdan chiqaramiz.
Men kopincha bir bitikni oylayman, uni Gollandiyaning Amsterdam shahridagi XV asr Jomesi xarobalaridan oqigan edim: Bu shunday. Boshqacha bolishi mumkin emas.
Siz ham, men ham oz hayotimizda necha martalab ozgartirib bolmaydigan noqulay vaziyatlarga tushib qolamiz. Ular boshqacha bolishi mumkin emas. Biz tanlash imkoniga egamiz: yo haqiqatni qabul qilishimiz va yangi vaziyatga moslashishimiz yoki isyon kotarib, oz hayotimizni barbod etishimiz mumkin va ehtimol, bu asablarimiz bardosh berolmasligi bilan tugaydi, vassalom. 
Mana sizga Uilyam Jeymsning dono maslahati: bor narsani hozirjavoblik bilan qabul qiling, degan edi u. Roy berganni qabul qilish har qanday musibat oqibatlarini bartaraf etish tomon qoyilgan birinchi qadam hisoblanadi.
Origon shtati, Portland shahridan Elizabet Kaniley ozining qayguli tajribasida bu fikrning togriligiga ishonch hosil qildi. Men undan yaqindagina ushbu maktubni oldim.
Amerika Shimoliy Afrikadagi qurolli kuchlarimiz galabasini bayram qilgan kunda,  deb yozadi xonim,  menga maxsus xabarnoma keldi. Unda dunyodagi hamma narsadan ortiq sevuvchi jiyanimning harbiy harakatlar vaqtida bedarak ketgani aytilgandi. Kop otmay yana bir xabarnoma keldi. Unda jiyanimning halok bolgani aytilgandi.
Men qaygudan tamom boldim. Shu vaqtgacha hayotim juda yaxshi ketayapti deb hisoblab kelar edim. Ozim sevgan ishda ishlardim. Jiyanimni katta qilishda yordam berardim. U yoshlikka xos bolgan barcha fazilatni ozida mujassam etgandi.
Say-harakatlarim zoe ketmaydi, qancha qilgan bolsam, ikki baravar bolib ozimga qaytadi, deb umid qilardim. Tosatdan, mana bu telegramma. Men yashayotgan dunyo ostin-ustun boldi. Men ishimni tashladim. Dostlarim bilan uchrashmay qoydim. Badgumon bolib qoldim. Nima uchun kelib-kelib mening jiyanim boshiga bunday qismat tushadi? Nima uchun qarshisida butun boshli hayot lang ochilgan shunday yaxshi bola nobud bolishi kerak? Men bu bilan murosa qila olmasdim. Gam-anduhim shu qadar ulkan ediki, ish-pishni yigishtirib qoyib, koz yoshlarimu alamli xayollarga komilib yotishga qaror qildik.
Men stolimni tartibga solib, endi ketishga hozirlanayotgan ham edimki, birdan kozim unut bolgan bir maktubga tushdi. Bu xatni endilikda halok bolib ketgan jiyanim yozgan edi. U bu xatni menga bir necha yil muqaddam onam vafotidan keyin yozgandi. Albatta, bu barchamiz uchun ogir yoqotish boldi,  deb yozgandi u.  Ayniqsa, siz uchun. Ammo bilaman, siz ruhingizni tushirmaysiz. Men bu xatni qayta-qayta oqidim. Nazarimda, u yonginamda otirganday. Nazarimda, u menga nima uchun orgatgan narsalaringizni ozingiz qilmaysiz? Nima bolganda ham bardosh bering va ruhingizni tushirmang. Gam-qaygungizni tabassum bilan yashiring-da, olga boring, deganday tuyuldi.
Song men ishga qaytishga qaror qildim. Isyon kotarish va gam-anduh chekishni toxtatdim. Oz-ozimga dedim: Bolar ish boldi. Men buni ozgartira olmayman. Ammo jiyanim istagandek bola olaman va olga yura olaman. Ozimning bor bilimim va gayratimni ishga qaratdim. Men askarlarga, boshqa odamlarning bolalariga xatlar yozar edim. Kechqurun kurslarga qatnardim.
Yangi mashgulotlar va yangi dostlar topdim. Menda shunday ozgarish sodir bolganiga ozim ham ishonardim. Men otmishdan afsuslanmay qoydim va oshandan buyon begidir yashab kelayapman. Xuddi jiyanim iltimos qilganidek, mening har bir kunim shodlikka tola. Hayot bilan murosaga kelib oldim. Taqdirimga tan berdim. Endi men har doimgidek yanada mazmunliroq, yanada tokisroq hayot kechirayapman.
Origon shtati, Portland shahridan Elizabet Kannley bizlar ertami, kechmi organishimiz kerak bolgan narsaga organdi: muqarrarni qabul qilish va u bilan hisoblashish. Bu shunday. Boshqacha bolishi mumkin emas. Bunga organishning ozi bolmaydi. Hatto qirollar ham haqiqatni ozlariga muttasil eslatib turishlari kerak. Bukingem saroyidagi marhum Georg V kutubxonasining devoridagi ramkada shunday sozlar osib qoyilgan: Menga imkoni bolmagan narsani orzu qilmaslikni va sodir bolgan narsadan kuyib-yonmaslikni orgat. Xuddi osha fikrni Shopengauer quyidagi sozlar bilan ifodalagan. Hayot boylab qilingan safar uchun musofirning bisotida itoatkorlikning kattagina zaxirasi bolmogi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Togri, bizning baxtimiz yoki baxtsizligimiz faqat muayyan vaziyatlargagina bogliq emas. Tuygularimiz aynan ularga qanday moljal qilgan bolsak, oshani aniqlaydi. Iso aytgan ediki, Arshi alo qalbimizdadir. Binobarin, Xudo ham qalbimizda joylashgan. Bordi-yu, biz mana shunday zaruriyatga ato etilgan ekanmiz, barchamiz halokatu fojialarni boshdan kechirishimiz ham mumkin, ular ustidan galaba qilishimiz ham mumkin, shu birinchi imkoniyatlarimizdan ustunlik qila oladiganday bolib korinishi mumkin, ammo bizda shunday hayratomuz botiniy kuchlar yashirinki, agar biz ulardan foydalansak, hammasiga barham berishimizda qol keladi. Biz ozimiz oylagandan kora ham kuchlimiz. Marhum But Tarington yaxshi korgan bir gap bor edi: Dunyoda faqat bir narsa  korlikdan boshqa hamma narsaga chiday olaman. Korlikka aslo toqatim yoq.
Tarington yoshi oltmishdan oshganda bir kuni yerdagi gilamga qarab turib, gilam ornida chaplashib ketgan bir dogni koradi. U gilam gullarini ajratolmadi. U shifokorga bordi va fojiadan xabardor boldi. U kor bolmoqda ekan. Kop otmay ikkinchi koziga navbat kelarkan. U hammadan kora koproq qorqib yurgan narsa sodir bolgandi.
Xosh, bu barcha ehtimol tuyulgan musibatlar ichida eng yomoniga Tarkington qanday munosabat bildirdi? Ana, xolos. Bu tamom degani, deb taqdirga tan berib qoya qoldimi? Yoq. Quvnoq kayfiyati saqlanib qolganiga uning ozi ham hayron qolgan bolsa, ne ajab. U hatto askiya qilar edi. Koz oldidagi doglar uning gashiga tegardi. Doglar nigohi oldida suzib yurar va kozlarini qoplab olardi. Biroq hammasidan yirigi paydo bolganda u derdi:  Salom! Yana bobomiz marhamat qilibdilar-da. Qiziq. Bunday ajoyib tongda u qayoqqa yol oldiykin?!
Qayta korishga umid qilib, Tarkington bir yilda on ikki martadan ortiq operatsiyani boshidan otkazishiga togri keldi, tagin ogriqni oldirish yoli bilan. U bundan nolirmidi? Shunday bolishi kerakligini u bilardi. Bundan qochib bolmaslikni u bilardi, shu bois azobni kamaytirishning yagona yoli  uni mardona turib qarshi olish edi. U yolgiz bolmada yotishdan voz kechdi va boshqa bemorlar bilan munosabatda bolishi mumkin bolgan umumiy bolmaga otkazishlarini iltimos qildi. U bemorlar ruhini kotarishga harakat qilardi. U birin-ketin yangi-yangi operatsiyalarni otkazishi kerak bolgan, hushi hali tamoman ozida bolgan vaqtda uning juda omadi kelgani haqida oziga eslatib qoyishga harakat qilardi. Gap yoq,  derdi u,  Gap yoq, hozir fan hatto inson kozidek nozik azoni ham operatsiya qilishga qodir. Boshqa odam bolganda on ikki marta operatsiyani boshdan otkazgandan va korlik bilan toqnashgandan keyin qattiq asabiy holatga tushgan bolar edi. Tarkington esa bunday derdi: Ozimning bu tajribamni boshqa baxtliroq tajribaga alishmagan bolar edim. Tajriba uni hayotni qabul qilishga orgatgan edi. Tajriba uni yana shu narsaga orgatgan ediki, hayot unga inom etishi mumkin bolgandan boshqa hech bir narsa uning irodasidan ortiq emas. Tajriba yana shu narsani orgatgan ediki, Milton sozlari bilan aytganda, Kor bolib qolgan odam baxtsiz emas, korlikka chiday olmagan odam baxtsizdir.
Sara Bernerni kim tanimaydi  uni ilohiy ayol deyishardi, bundan tashqari, u boriga baraka deya taqdirga tan berguvchilar uchun yorqin misol hamdir. Yarim asr torttala qita teatr sahnalarining qirolichasi bolib keldi. U dunyodagi eng ezozli aktrisalardan biri edi. U yetmish bir yoshga kirganida bor-yogidan ajraldi  xonavayron boldi, uning shifokori, parijlik professor Patstsi esa uning oyogini kesishga togri keladi degan xabarni elon qildi. Atlantika orqali sayohat qilayotganida boron payti yiqilib tushgan va oyogini qattiq lat yedirib olgandi. Lat flebitga aylandi. Oyogi shishib ketdi. Ogriq kuchaygandan-kuchayib borardi va doktor unga oyogini kesish zarurligini aytdi. Shifokor qiziqqon ilohiy Saraga bunday operatsiya zarurligi haqida gapirganida ozi qandaydir dahshatga tushgandi. Bu xabarni eshitib, artist xonim qattiq talvasaga tushsa kerak, deb oylagandi. Biroq Sara xotirjam tusda dedi: Agar shunday qilish kerak bolsa, mayli, shunday qilishsin.
Uni operatsiyaga olib kirib ketishayotganda uning ogli yiglardi. Onasi esa unga quvnoq qol silkitib tetik ovozda dedi: Ketmay tur, men darrov chiqaman.
Aktrisani operatsiya xonasiga olib kelishar ekan, u sahnadagi qaysidir bir rolini takrorlab borardi. Kimdir undan: Ozingizga dalda berish uchun ataylab shunday qilayapsizmi?  deganida, u: Men doktorlar va hamshiralarga dalda berish uchun shunday qilayapman, degan.
Operatsiyadan keyin tuzalgach, Sara butun jahon boylab kezib chiqdi va yana yetti yil tomoshabinlar olqishiga sazovor boldi.
Nima uchun avtomobil shinalari yolda ketayotib, barcha zoriqishlarga bardosh beradi? Avval-boshda pokrishka ishlab chiqaruvchilar harakat paytida yuzaga keluvchi kuchlarga chidamli pokrishkalar ishlab chiqarganlar. Ammo bunday shinalar uzoq chidamagan va yirtilib ketgan. Keyin ular zarbalarni yutuvchi pokrishkalar ishlab chiqara boshlaganlar.
Agar zarbalarga, hayot yolimizga toshalgan toshlarga urilishlarni yutishga organsak, biz koproq chidaymiz va hayotdagi harakatimiz yanada tinchroq kechadi.
Biz koplab ichki ziddiyatlarga toqnash kelamiz. Biz hayajonlanamiz, asabiy holatdan zoriqamiz. Bordi-yu, qaysarlik qilsak, hayotimizning achchiq-chuchuklariga tan berishdan boyin tovlasak, avvaliga ozimiz yaratgan sarob dunyosiga kirib yashirinamiz-da, keyin aqldan ozamiz.
Urush vaqtida millionlab otakalari yorilgan askarlar yo taqdirga tan berishlari, yo zoriqishga tan berolmay sinishlari kerak bolgan. Misol tariqasida Uilyam X.Kassemus boshidan kechirgan voqeani olaylik. Nyu-Yorkdagi mashgulotlarimiz vaqtida mukofot olgan uning mana bu hikoyasiga quloq bering.
Sohil muhofazasida xizmat qila boshlaganimdan kop otmay, meni Atlantika okeani qirgogidagi eng olovli joyga yuborishdi. Meni portlovchi moddalar noziri etib tayinlashdi. Buning nima ekanini tasavvur qila olasizmi? Meni-ya? Krekerfurushdan portlovchi moddalar noziri bolsam-a!
Ming-ming tonnalab trotil bilan ishlashni oylagandayoq qonim muzlab ketardi. Oqish kursi ikki kun vaqtni oldi. Bilganlarimning ozidanoq dahshatga tushar edim. Birinchi topshiriqni hech qachon yodimdan chiqarmayman.
Nyu-Jersi shtati, Beyonna shahridagi Keyven-Poynt bandargohida tumanli, sovuq va qorongi kunda kemadagi besh raqamli tryumga masul edim. Besh nafar yukchi bilan birga men Tyurmga tushishim kerak edi. Bu yukchilar mushakdor yigitlar edi, ammo ular portlovchi moddalar haqida hech narsa bilmasdi. Ular ogir va juda ogir bombalarni yuklar edilar, har bir bomba ichida bir tonnadan torotil bor. Mana bu shaloq rodaponi qipiqday uchirib yuborish uchun shuning ozi bemalol kifoya qilardi. Bombalar ikkita arqonda tushirilardi. Men ozimcha tinimsiz takrorlardim: arqonlardan biri uzilib ketsa, tamom! Ey, Xudo! Qorquvdan adoyi tamom bolgandim. Xuddi terak bargidek titrardim. Ogzim qurib ketgan. Tizzalarim bukilib-bukilib ketardi. Yuragim qinidan chiqqudek bolardi. Ammo qochib keta olmasdim, bu qochoqlik men va ota-onam uchun sharmandalikni anglatardi. Meni otib tashlashlari mumkin edi. Qochib keta olmasdim. Men qolishga majbur edim. Yukchilar ajal yuki bilan juda etiborsiz muomala qilayotganlarini korib turardim. Har daqiqada kema havoga uchib ketishi mumkin edi. Men bir soatmi yoki undan koproqmi, ana shunday dahshatli holat ichida boldim, keyin esa hushimni joyiga qoyib, mulohaza yurita boshladim. Ozimga-ozim dedim: menga qara, portlab ketsa, xosh, nima boladi? Sen hech narsani sezmaysan. Bu eng oson olim. Esingni yig. Abadiy yashab qololmaysan. Sen yo shuni bajarishing kerak, yo seni otib tashlaydilar. Undan kora durustroq narsalarni oylasang-chi.
Shu tariqa men soatlab ozim bilan ozim gaplashdim va oxiri yengil nafas oldim. Nihoyat, shunday palla yetib keldiki, ozimni taqdirga tan berishga majbur qilib, tashvish va qorq