yozuvsiz javob berishga harakat qilardim. Ammo kop yillar boldiki, bu odatni tashlab yuborgandim. Savollarning ham, javoblarning ham yozuvini fikrlash, tafakkurni ravshanlashtirishini bildim. Shu bois osha yakshanba kuni tushda togri yosh nasroniylar assotsiatsiyasi Shanxay bolimi menga olib bergan oz xonamga kirdim-da, mashinkani olib, yoza boshladim:
Nimadan bezovtalanayapman?
Meni Brij Xaysga jonatishlaridan qorqayapman
Song navbatdagi savolni yozdim:
Shu munosabat bilan qanday choralar korishim mumkin?
Bu borada kop soat bosh qotirdim. Ehtimol tutilgan amallarning tortta variantini, shuningdek, ehtimol tutilgan oqibatlarni yozdim.
1. Men ozi ishlarimni yapon advokatiga tushuntirib berishga harakat qila olaman. Ammo u inglizcha gapirmaydi. Bordi-yu, u men bilan tilmoch yordamida gaplashadigan bolsa, u yana dargazab bolishi mumkin. Bu esa, olimni anglatishi mumkin, chunki u shu qadar berahmki, men bilan qiynalib gaplashishdan kora meni Brij Xausga jonatib qoya qoladi.
2. Men qochib ketishga harakat qilishim mumkin. Buning iloji yoq. U muttasil ortimdan poylaydi. Bordi-yu, qochib ketishga harakat qilsam, unda meni tutib olishlari va otib tashlashlari tayin.
3. Men shu yerda qolishim va idorada korinmasligim kerak. Bordi-yu, shunday qilsam, yapon admirali mendan shubhalanadi va ehtimol, meni hibsga olgani va Brij Xausga jonatgani askarlarni yuboradi. Men, odatdagidek, dushanba kuni ertalab ishga borishim mumkin. Agar shunday qilsam, admiral goyat band boladi, mening nima qilganim borasida oylamaydi, bunga mening ishonchim komil boladi. Shunda ular bilan gaplashishga menda imkoniyat bolmaydi. Hatto u buni eslaganda ham, ehtiol, u tinchlangan va meni oz holimga qoygan bolardi.
4. Shu bois, agar ertaga idoraga borsam va ozimni hech narsa bolmagandek tutsam, bu menga Brij Xaysdan qochish uchun ikki qulaylik paydo qiladi.
Yuzaga kelgan ahvolni har tarflama oylab korib, tortinchi variant boyicha ish tutishga qaror qabul qilib bolganimdan keyin idoraga kelganimda admiral osha yerda edi. U otirib sigara tortardi. U, odatdagidek, menga tikilib qaradi, ammo hech nima demadi. Yarim yildan keyin esa Xudoga shukrki, u Tokioga qaytdi va mening tashvishlarim nihoyasiga yetdi.
Oldin aytganimdek, osha yakshanbada ozimning barcha ehtimol tutgan amallarimni va ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini qayd etib, xotirjamlik bilan bir toxtamga kelib, hayotimni saqlab qolgan edim. Bordi-yu, bunday qilmaganimda, nima qilishimni bilmay, iztirob chekkan va ehtimolki, shoshilinchda xatoga yol qoygan bolardim. Butun yakshanba oqshomida tashvish-tahlikadan ozimni qoygani joy topolmasdim. Tunni mijja qoqmay va hayajonlangan holda otkazardim. Dushanba kuni idoraga sarosimada va hayajonlangan holda kelgan bolardim va mana shuning oziyoq yaponning mendan shubha qilishiga va meni jazolashga turtki bolar edi.
Oz tajribamdan qayta-qayta ishondimki, qaror qabul qilish holatlarining ozi katta qiymatga ega. Aynan malum qaror qabul qilishga layoqatsizlik va shubhayu gumonlarning jirkanch doirasidagi manosiz harakatlarni bas qilish odamlarning asabini qattiq qaqshatadi va ular hayotini chinakam dozaxga aylantiradi.
Aniq bir toxtamga keldim demaguncha tashvishlarimning yarmi beiz goyib bolishini bildim. Toxtamga kelgan narsani bajara boshlaganingda yana qirq foizi yoqoladi.
Shu tariqa, quyidagi tort amalni ado etar ekanman, tashvishlarimning toqson foizidan forig bolaman:
1. Yozma ravishda tashvishlarim boisini aniq ifoda etaman.
2. Ehtimol tutilgan amallarning variantlarini yozib qoyaman.
3. Aniq bir toxtamga kelaman.
4. Uni bajarishga darhol kirishaman.
Hozirgi vaqtda Geylen Litchfild Starr Prak end Frimen kompaniyasi Uzoq Sharq bolimi direktori lavozimida ishlamoqda. U yerda yirik sugurta va moliya firmalari manfaatlarini namoyon etadi. Darhaqiqat, oldin aytib otganimdek, u Osiyodagi eng omadli biznesmenlardan biri hisoblanadi. Oz muvaffaqiyatlari uchun tashvish kelib chiqishi sabablarini tahlil etishdagi oz uslubidan va muayyan toxtamga kela bilishidan minnatdor ekanini etirof etdi.
Gap uslubning muvaffaqiyat qozonishining siri nimada? Gap shundaki, u samarali, aniq, bevosita muammoli mohiyatni hal etishga yonaltirilgan. Bundan tashqari, uchinchi muqarrar qoida eng muhim tarkibiy qism hisoblanadi: yuzaga kelgan muammoni hal etish uchun qandaydir chora koring. Bordi-yu, biron-bir chora kormasak, ashyoviy dalil toplash boyicha bizning barcha faoliyatimiz bu  shamolga sovurish demak.
Tashvish bilan bogliq muammolarimizni hal etish uchun nimaga Geylen Litchfild usulini hozirning ozida qollab bolmas ekan?
Savol 1. Ayni vaqtda meni nima bezovta qilmoqda? (Javobini qalamda yozing).
Savol 2. Bu borada men qanday chora koraman? (Oz javobingizni yozing).
Savol 3. Mening songgi qarorim.
Savol 4. Uni amalda qachon qollay boshlayman? 

V b o b
Ishingizda yuzaga kelgan tashvishning  yarmidan qutulishingiz siri

Agar siz biznes bilan shugullanayotgan bolsangiz, hozirning ozidayoq ozingizga bunday deng:
Bu bobomning nomi mutlaqo nobop. Men on toqqiz yildan beri shugullanaman va albatta buni mendan yaxshi biladigan odam bormikan?
Kimdir menga kelib, ishimda yuzaga kelgan bir ishbilarmonning tashvishlarining 50 foizdan qutulgani emas, balki odatda turli muammolarni hal qilishga bagishlangan yigilishlarga sarflaydigan vaqtning 75 foiz tejab qolgani togrisida hikoya qilib beraman.
Men qandaydir Mister Jons yoki mister X yoxud Ogayolik bir tanishim kabi nomalum odamni tanishtirmoqchi emasman. Gap Leon Shimkin degan muayyan shaxs ustida bormoqda. Kop yillar davomida u Simon end Shuster nashriyot uyining direktori edi va hozirda u Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazi Poket buks kompaniyasining raisi lavozimini egallab turibdi.
Mister Shimkin bizga quyidagilarni sozlab berdi.
On besh yil davomida ish vaqtimning yarmini yigilishlarda otkazdim. Ularda biz muammolarni muhokama qilar va u yoki bu ishni qilishga yoxud umuman hech narsa qilmaslikka ahd etar edik. Biz asabiylashar, orindiqlarimizda tipirchilar, zalda u yoqdan-bu yoqqa yurar, bahslashar edig-u, hech narsani hal etolmay, yana dastlabki mushohadalarga qaytar edik. Men kechga borib ozimni mutlaqo behol his etardim. Qolgan umrimni nuqul shunaqa yigilishlardan boshim chiqmay otkazishimni bilib turardim. On besh yil shunday qildim va muammoni hal etishning bundan durustroq yoli boriligini tasavvur qilmasdim. Bordi-yu, kimdir menga yigilishlarga sarflagan vaqtimning tortdan uch qismini tejab qolishim mumkinligini aytgudek bolsa, uni hayotdan orqada qolgan sodda odam deb oylardim. Darvoqe, aynan men kuchim yetmaydigan yukni itqitib tashlashga imkon beruvchi uslubni ishlab chiqdim. Ishimning samaradorligi hayratomuz darajada osdi. Bu usuldan sakkiz yil davomida foydalandim. Sogligim yaxshilanib, ozimni gijinglagan toychoqdek his etar va eng baxtli inson hisoblardim.
Bu sehrga oxshardi, ammo barcha sehr ishlari kabi mening uslubim haddan tashqari jon edi. Uning mohiyati quyidagidek edi. Eng avvalo, yordamchilarim avval-boshdanoq hammasini miridan-sirigacha bir-bir sanab chiqib, ularni tashvishga solgan muammo haqida hikoya qilgan va oz sozlarini Nima qilmoq kerak? degan savol bilan tugatgandi. Men yigilishlarda yashab kelgan on besh yillik amaliyotimdan shartta voz kechdim. Bundan tashqari, men yangi qoida joriy qildim. Bu qoida shundan iborat ediki, men bilan biron muammoni hal etmoqchi bolgan har qanday odam quyidagi savollarga javob berilgan maxsus malumotni taqdim etishlari kerak edi:
Savol 1. Muammo nimadan iborat? 
(Ilgari biz, odatda, mohiyatini ichimizdan hech kim aniq bilmaydigan muammoni muhokama qilishga bir yo ikki soat vaqtimizni sarflardik. Biz tashvishga solgan muammolar haqida qizgin bahslashardik, ularning mohiyatini yozma ravishda aniq bayon etishga hatto harakat qilmasdik).
Savol 2. Muammoni keltirib chiqargan sabablar nimadan iborat? 
(Orqamga qayrilib qarar ekanman, koplab soatlarimni muammolarni muhokama qilishga behuda sarflab, ular sababini aniq bilib olishga zarracha harakat qilmaganimni anglab, vujudimni dahshat kemirardi).
Savol 3. Muammolarni hal etishning qanday imkoniyatlari mavjud?
(Ilgari yigilish vaqtida, odatda, bir odam qarorni taklif etardi. Boshqalar u bilan bahsga kirishib ketardi. Asablar junbushga kelardi. Muhokamalarimizda kopincha masala mohiyatidan uzoqlashib ketardik. Yigilish songida esa muhokama paytida yuzaga kelgan xilma-xil takliflarni hech kim yozib bormagani malum bolardi).
Savol 4. Siz qanday yechimni taklif qilasiz? 
(Kopincha yigilishlarda mazkur muammo bahonasida uzoq vaqt davomida jabr chekkan, ammo biron marta uni hal qilish imkoniyatlari haqida oylamagan va men mana bunday yechimni taklif etaman deb yozib qoyishni ep bilmagan odam bilan munozara qilar edim).
Endi muammolarni muhokama qilish uchun xodimlar bilan kam uchrashaman. Nimaga? Gap shundaki, mening tort savolimga javob berish uchun barcha dalillarni toplashlari va ahvolni atroflicha muhokama qilishlari kerak bolardi. Bu narsalar qilib bolingach esa torttadan uch holatda har kim bilan maslahatlashishlari shart bolmasdi, chunki zaruriy yechim bodroq donasi kabi sakrab ketaverar edi. Bordi-yu, baribir men bilan shunday maslahat qilish shart bolib qolsa, unda uning muhokamasiga ilgari shu maqsadda sarflangan vaqtning uchdan bir qismidan ozroq vaqt ketardi, chunki muhokama batartib, mantiqli olib borilib, biz har doim oqilona yechim topar edik.
Endi kompaniyamizda tashvishlar va muammolar haqidagi suhbatlarga kamroq vaqt sarf bolmoqda, ahvolni oylash uchun koriladigan zaruriy chora-tadbirlarga koproq etibor berilmoqda.
Sugurta biznesi sohasida yetakchi korchalonlardan biri, dostim M.Frenk Betjer menga shunday usul yordamida oz ishlari borasida kamroq tashvish chekishgina emas, balki oz daromadlarini ikki baravar kopaytirib olgani haqida hikoya qilib berdi:
Kop yillar muqaddam, sugurta polislarini endi-endi sota boshlaganimda, oz ishimga jon-jahdim bilan kirishib ketgan edim. Keyin nimadir sodir boldi, hafsalam pir bolganini his etdim, ishimdan butunlay konglim sovidi, boshqa ish bilan shugullansam qanday bolarkin, deb oylay boshladim. Agar bir gal yakshanba kuni ertalab miyamga bir fikr kelib qolmaganida, balki shunday qilgan ham bolardim. Men bemalol otirib, tashvishlarim boisini bilishga harakat qildim.
1. Eng avvalo ozimdan soradim: muammo ozi nimadan iborat? Javob: mening sonsiz ishbilarmonlik uchrashuvlarim durustroq samara bermayapti. Mijoz, ehtimol, mendan sugurta polisini sotib olaman deb aytib turganida hammasi joyalikkina ketayotgandek bolib turgandi, ammo qarabsizki, bitim buzilib turibdi... nazarimda, mister Betjer, keling, boshqa vaqt uchrashaylik,  der edi mijoz. Aynan mana shu takroriy uchrashuvlar mening hafsalamni pir qilar edi.
2. Ozimdan soradim: muammoni hal etishning qanday ehtimol tutilgan yollari bor? Ammo bu savolga javob aytishdan avval men dalillarni organishim kerak edi. Men keyingi yigirma yildagi ishbilarmonlik qogozlarimni oldim-da, raqamlarni tahlil etishga kirishdim.
Men ajoyib kashfiyot qildim! Aynan osha yerda aniq-taniq qilib yozib qoyilgandiki, ozimning savdo-sotiqlarimning 70 foizini birinchi uchrashuvimda amalga oshirgan ekanman, 23 foizini ikkinchi uchrashuvda, amalga oshirgan ekanman, faqat 7 foizinigina keyingi uchrashuvlarda amalga oshirishga muvaffaq bolgan ekanman. Xuddi mana shu songgilari meni nari olib borib, beri olib kelayotgan edi va xuddi mana shu uchrashuvlarga vaqtim koproq isrof bolgan ekan. Boshqacha aytganda, men ish kunimning yarmini mijozlarning sotilgan sugurta polislari umumiy miqdoridan faqat 7foiz bergan qismiga behuda sarflar ekanman.
3. Bunday ahvolda nima qilish lozim boladi? Javob mutlaqo ravshan edi. Men zudlik bilan birgina mijozning oldiga qatnashni toxtatdim, ortib qolgan vaqtni istiqboldagi mijozlar bilan ishlashga bagishladim. Natija hayratomuz edi. Qisqa muddat ichida mijoz bilan har bir uchrashuvdan tushadigan moliyaviy foydani qariyb ikki baravar oshirishga muvaffaq boldim. 
Avval aytib otganimdek, bugungi kunda Frenk Betjer  mamla-katdagi eng yaxshi sugurta agentlaridan biri. U Filadelfiyadagi Fideliti mitchuel kompaniyasida ishlaydi va har yili bir million dollarga sugurta polislarini sotadi. Ammo u bir vaqtlar bu ishni tashlamoqchi bolib yurardi. U yengiltakligini tan olishga tayyor edi, ammo vaziyatni tahlil etib, oz ishida olga siljib oldi va muvaffaqiyatga erishdi.

UCHINCHI QISM
SIZNI YENGMASDAN OLDIN TASHVISHNI YENGISH XUSUSIDA

VI b o b
Tashvish xayolini miyadan haydash

Bir qancha yillar muqaddam tunda bolib otgan bir suhbat sira esimdan chiqmaydi. Mister Marion J.Duglas mashgulotlarimga qatnab yurardi: (uning shaxsan otinchi bilan uning haqiqiy ismini tilga olmayman). Ammo bu voqea rostdan bolib otgan va men uni mister Duglas qanday hikoya qilgan bolsa, oshanday tasvirlayapman. U xonadoni boshiga bir emas, ikki marta tushgan fojiani gapirib berdi. Birinchi gal uning jondan ortiq sevuvchi besh yasharlik qizaloqi nobud boladi. U va xotini bu gamni kotarolmasak kerak, deb oylaydi. On oy otgach,  deb hikoya qiladi u,  xudo bizga yana bir qizaloqni hadya etdi, ammo besh kundan song bu qizaloq ham bizni tashlab ketdi.
Bu qoshaloq musibat zarbiga chidashimiz amri mahol edi. Men na uxlar, na ovqat yer, na hordiq chiqara olardim. Asab tizimlarim butunlay ishdan chiqib, sababsiz qorquvlar vujudimni kemirardi.
Oxiri u shifokorga murojaat qildi. Ulardan biri uyqu dori iching, boshqasi  sayohatga chiqing, deb maslahat berdi. U ikkalasini ham qildi, lekin bular ham yordam bermadi. Nazarimda,  deydi u,  vujudimni nimadir iskanjaga olib, tobora kuchliroq qisib kelayotganday. Bordi-yu, ogir musibat tushgan bolsa, buning qanaqa bolishini ozingiz bilasiz.
Ammo Xudoga shukrki, mening yana bir bolam qolgandi: tort yashar ogilcham. Muammoni qanday yechishni menga mana shu bolam aytdi. Bir kuni kechga yaqin orindiqda otirgancha qismatim shorligidan Xudoga nola qilardim. Oglim asta kelib, dada, menga kema yasab bering, deb iltimos qilib qoldi. Togrisi, qolim hech narsaga bormay qoygandi. Ammo farzand  farzand ekan-da, uning moltirab turishidan yurak-bagrim ezilib ketdi.
Kemani yassashga uch soat vaqt ketdi. Kemani yasab bolgach, mana shu otgan uch soat ichida band bolganimdan, songgi koplab oylardan keyin birinchi marta men uchun odat bolib qolgan asabiy zoriqishni his etmaganimni va ozimni xotirjam tutganimni angladim.
Bu kashfiyot kozimni moshday ochdi va biroz oylashga majbur etdi. Songgi vaqt davomida men chinakamiga oylandim. Rejalashtirish va fikrlashni talab etuvchi biron-bir ish bilan band bolsang, tashvishga orin qolmasligini tushundim. Mendagi holatda oglimga kemacha yasab berish bahonasi yordamida miyamdan tashvish xayolini chiqarib tashlagandim. Shu bois muttasil nima bilandir shugullanishga qaror qildim.
Ertasiga kechqurun uyda u xonadan-bu xonaga otib yurar ekanman, qilishim kerak bolgan ishlar rejasini tuzar edim. Onlab buyumlarning siniq va chiqiqlarini sozlash lozim edi. Kitob javonlari, zinapoya pogonalari, deraza darchasi, deraza pardasi, qulflar, suv jomraklari  bari tamirtalab bolib yotardi.
Hayron qoldim: bir hafta ichida oz emas, kop emas, naqd 242 banddan iborat zaruriy ishlar royxatini tuzdim.
Ikki yil ichida ulardan kopchiligini bajarib boldim. Bundan tashqari, menga kuch bagishlovchi ishlar bilan hayotimni toldirdim. Haftasiga ikki marta kechqurunlari Nyu-Yorkdagi kechki maktabga qatnardim. Ona shahrimda ijtimoiy faoliyat bilan shugullana boshladim va hozirgi vaqtda maktab kengashi raisiman. Onlab yigilishlarda ishtirok etaman. Qizil Xoch uchun pul toplashda yordam qilaman va yana koplab ishlar bilan mashgul bolaman. Shu qadar band bolamanki, tashvishlanish uchun menda vaqt bolmaydi.
Oramizdan kopchiligimiz osongina ish bilan andarmon bolamiz, chunki har doim ish va kundalik yumushlardan sira boshimiz chiqmaydi. Ammo xatar ishdan keyingi vaqtda boshlanadi. Biz ish bilan mashgul bolmagan va bosh vaqtdan lazzatlanishimiz mumkin bolgan vaqtda ozimizni baxtiyor his etishimiz kerakday tuyuladi, biroq ayni shu paytda tashvishdan kelib chiquvchi qora kuchlar balo-qazoday yopirilib keladi. Ayni shu pallada hayotda togri yolni tanlay olmaganimiz fikrlari bizga azob bera boshlaydi, boshligimiz tomdan tarasha tushganday aytgan iboradan pinhoniy fikrni olib-tirilib qidiramiz yoki sochimiz tokilayotganidan iztirob chekamiz.
Biron-bir yumush bilan band bolmaganimizda miyamiz boshliq deb ataluvchi holatga intiladi. Har qanday fizik talaba tabiat boshliqqa toqat qilolmasligini biladi. Boshliqning eng oson tushunarli misoli  bu oddiy elektr chirogi. Uni sindiring, tamom, tabiat bu nazariy bom-boshliqni havo bilan toldirishga majbur etadi.
Agar biron-bir faoliyat bilan band bolmasa, tabiat xuddi oshandayin ongimizdagi boshliqni toldirishga intiladi. Nima bilan toldiradi? Odatda, hissiyotlar bilan toldiradi. Nima uchun? Chunki tashvish, qorquv, nafrat va hasad singari hissiy holatlar yovvoyilikning ibtidoiy kuchlari va joshqin quvvati bilan harakatga keladilar. Bu hissiyotlar shu qadar kuchliki, ular barcha dunyoviy hamda baxtiyor fikr va tuygularimizni shuurimizdan siqib chiqarib tashlashi mumkin.
Kolumbiya pedagogika kolleji professori Jeyms L.Mitchell bu fikrni juda yaxshi ifodalagan. U quyidagilarni aytgan: kundalik yumushlaringizdan xoli paytingizda tashvish sizni ayniqsa koproq holdan toydirishi mumkin. Ixtiyoringiz qoldan ketishi va boshingizga turli balolarni yogdirishi, arzimagan ehtiyotsizligingiz tufayli pashshadan fil yasashi mumkin. Bunday vaqtda miyangiz bor kuchi bilan ishlab turgan motorga oxshaydi. U aql bovar qilmas tezlikda chirillab aylanadi, podshipniklar eriy boshlaydi, motor ana-mana bolaklarga bolinib, har tomonga sochilib ketadigandek bolaveradi. Bu tashvishni yengish uchun siz ozingizni darhol qandaydir yaratuvchilik faoliyati bilan band qilishingiz kerak.
Ammo bu haqiqatni anglash va uni amalda qollash uchun kollej professori bolish shart emas. Urush vaqtida men chikagolik bir uy bekasini uchratganman va u menga tashvishni yengish uchun darhol ozini bironta yaratuvchanlik faoliyati bilan band etish zarurligini anglashga muvaffaq bolganini sozlab bergandi. Yonida eri ham bolib, ular poezdning restoranli vagonida Nyu-Yorkdan Missuridagi mening fermamga ketishayotgan edi. 
Ularning aytishicha, Perl-Xarborga hujum qilishganining ertasiga ogillari armiyaga jonatilgan. Ogillarini oylayverib, bechora xotin adoyi tamom bolibdi. Qaerda u? Tan-joni sogmikan? Yo jandamikan? Yarador boldimikan? Olib ketdimikan?
Tashvishingizni qanday yengdingiz, deb bergan savolimga u: boshim bilan yumushlarga komilib ketdim, deb javob berdi. U eng avvalo chori yollashni bas qilibdi va uydagi yumushlarni ozi tindira boshlabdi. Ammo bu ham aytarli dardini yengillatmabdi.
Hamma balo shundaki, dedi u, men yumushlarimni deyarli beixtiyor bajarar edim, miyam hech narsa bilan band bolmasdi. Shu bois korpa-toshaklarni yiqqanda va idish-tovoqlarni chayganda tashvish meni sira tark etmasdi. Shunda faqat jismoniy emas, aqliy jihatdan ham meni band qilib turadigan boshqa bir ish qilishim kerakligini angladim. Keyin katta universal dokoniga sotuvchi bolib ishga kirdim.
Shu yordam berdi. Men darhol xilma-xil ishlar gidobiga shongib ketdim: oldiniga xaridorlar kelardi, narxini sorardi, buyum olchamlari va ranglarini tanlardi. Oz muammomni oylashga bir soniya ham vaqt bolmasdi. Tunlari esa oyogimdagi ogriqni oylardim, xolos. Kechlikni yerdimu tappa tashlab uxlardim. Tashvishlanish uchun na vaqtim bolardi, na majolim.
Ayol ozi uchun kashfiyot yasadi va Jon Kaunger Poups ozining Tashvishni unutish sanati kitobida yozgan quyidagi gaplar bilan nimani nazarda tutganini oz tajribasida tushunib yetdi: Inson zoti unga topshirilgan ish bilan band bolganida uni xavfsizlikning allaqanday yoqimli tuygusi, teran xotirjamlik va sirli baxtiyor tuygu qamrab oladi.
Shunga qodirligimizning ozi bir baxt emasmi?
Odamzoddagi baxsizlik sirini bir jumlada umumlashtirib, bosh vaqtingiz bolishiga erishish va undan baxtiyormisiz yoki yoqligini oylash uchun foydalaning deganida Jorj Bernard Shou mutlaqo haq edi. Shu bois tashvish haqida oylamang. Yeng shimarib ishga kirishing. Siz osha zahoti tomiringizda qon josha boshlaganini, miyangiz ishlay boshlaganini va hayotiy quvvatning qudrat oqimi sizni tashvish balosidan xalos qilganini his etasiz, ishga kirishing. Ishlang. Bu yer yuzidagi eng arzon va eng yaxshi dorilardan biridir.
Tashvishlanish odatidan qutulish uchun quyidagi qoidaga rioya qiling.
Qoida 1:
Ishga kirishing. Tashvishga botgan odam boshi bilan ishga shongishi kerak, aks holda, tushkunlik uning sogligini yeb bitiradi.

VII b o b
Qorqqanga qoshaloq korinadi

Bu hayratomuz voqeani bir umr esdan chiqarmasam kerak. Uni menga Nyu-Jersi shtati, Memplvud shahridan Robert Mur hikoya qilib bergandi.
1945 yil martida 276 fut chuqurlikda Hindi-Xitoy sohillari yaqinida hayot menga zor saboq bergandi. Men Baya SS 318 suvosti kemasining sakson sakkiz kishilik komandasida edim. Radarlar yapon kemalarining uncha katta bolmagan qoriqchi guruhi biz tomon kelayotganini korsatib turardi. Tongda biz suv ostiga tushib ketdik va hujumga tayyorlana boshladik. Periskopda yapon esminetsi, tankeri va minonosetsini kordim. Esminetsdan otilgan uchta torpedo yonimizdan otib ketdi. Bu torpedolarning mexanik qismidagi nosozlikdan shunday boldi. Hujumni sezmagan esminets oz yolidan harakat qilib kelardi. Kemalar qatorining oxirida kelayotgan minonosetsga hamla qilishga shaylandik. Biroq u tosatdan burildi-da, togri biz tomonga qarab yol oldi. Bizni yapon samolyoti oltmish fut chuqurlikdan payqab qolgandi va bu axborot kemaga uzatilgandi. Dushmandan yashirinish uchun biz 150 fut chuqurlikka tushdik va chuqurlikdan otiluvchi bombalar bilan hujumga otishga shaylana boshladik. Qoshimcha boltlar bilan lyuklarni mahkam berkitdik va tola sukunat saqlash uchun barcha parraklarni, sovutish tizimini va elektr tizimini ochirib qoydik.
Uch daqiqadan song biz dozax otashgohiga tushib qoldik. Atrofimizda chuqurlikda otiluvchi olti bomba portladi va portlash kuchi bizni naq dengizning tubiga, 276 fut chuqurlikka itqitib yubordi. Bizni dahshat qamrab oldi. Suvosti kemasi uchun 1000 fut chuqurlikda hamlaga uchrash xatarli boladi, 500 futdan kamroq chuqurlikda esa har doim olimga duch kelinadi. Biz esa 250 futdan sal koproq chuqurlikda hamlaga duch kelgandik, xavfsizlik nuqtai nazaridan biz bamisoli tizzamizda suvda turardik. Yapon minonosetsi bizga 15 soat mobaynida bomba yoglirib turdi. Suvosti kemasidan on yetti fut radiusda bomba portlashi uning korpusida yoriq paydo bolishini anglatardi. Onlab bombalar biz turgan joydan ellik fut narida portlardi. Biz ehtiyot choralarini korish va koykalarda tinchgina yotishga buyruq oldik. Mening qorqqanim shunchalikki, zorga nafas olardim.
Ajalim yetdi,  tinimsiz takrorlardim men,  ajalim yetdi. Suvosti kemasidagi barcha parraklar va elektr tizimi ochirib qoyilganidan kema ichidagi harorat 100 darajadan oshib ketgandi, biroq men qorquvdan shunday qaltirardimki, sviter va moyna nimchamga oranib oldim, baribir sovqotganimdan tishlarim takirlardi. Badanim muzday, yopishqoq terdan jiqqa hol. Hujum on besh soat davom etdi. Keyin birdaniga portlashlar toxtadi. Aftidan, yapon esminetsi zaxiradagi barcha chuqurlikdan otiluvchi bombalarni otib bolgan va ketgandi. Mana shu on besh soat menga on besh yilday tuyulib ketgandi. Men onadan qayta tugilganday boldim. Men qilgan barcha yomon ishlarim, meni tashvishga solgan barcha behuda qiliqlarimni esladim. Flotdagi xizmatgacha bankda klerk1 bolib ishlardim. Meni bir narsa tashvishga solardi  ish kuni juda chozilib ketardi, oladigan maoshim esa arzimagangina bolardi, boz ustiga xizmatdagi olga siljishim uchun yaxshi istiqbol ham yoq edi. Uyim yoqligi, yangi mashina sotib ololmasligim, xotinimga yangi kiyim olib berolmasligimni oylab, ich-etimni yerdim. Oh, mudom hammadan xafa bolib yuradigan tund boshliq cholni shunaqangi yomon korardimki. Kech xuftonda sillam qurigan holda uyga qaytib kelganimda xotinim bilan jiqillashlarimni esladim. Avtomobil halokatida orttirgan peshonamdagi xunuk chandiqni oylab, xafa bolib ketardim.
Bular bolib otgani qachonlar edi! Chor atrofingda chuqurlikda bombalar portlab, har lahzada narigi dunyoga ketishim mumkin bolib turgan bir paytda bu muammolar shunchalik bachkana korinib ketardi. Agar quyosh va yulduzlarni korish tagin nasib etsa, boshqa hech qachon gam chekmayman, deb ozimga soz berdim. Hech qachon! Hech qachon! Sirakuza universitetida oqigan tort yildan kora mana bu on besh soat ichida yashash sanati haqida koproq narsa bilib oldim.
Ozi tez-tez shunday bolib turadi: jiddiy hayot sinovlarini mardonavorlarcha qarshi olamiz-da, umuman bir chaqaga arzimaydigan turmush ikir-chikirlariga bardosh berolmaymiz.
Bizga tashvish keltiruvchi koplab mayda-chuyda narsalar xususida ham shunday deyish mumkin. Biz ularni yoqtirmaymiz va ularga haddan tashqari kop ahamiyat berib yuborganimizdan gashimiz keladi.
Dizraeli: Mayda ishlar bilan shugullanish uchun umrimiz goyat qisqalik qiladi, degandi. Bu sozlar,  deb yozgandi Andre Morua Shu haftada jurnalida,  juda kop sinovlardan muvaffaqiyatli otishimga yordam bergandi. Aslida biz yomon korishimiz va unutib yuborishimiz lozim bolgan mayda-chuyda narsalardan jigibiyron bolishga ozimiz yol qoyis