yaxshi his eta boshladim. Amerikaga qaytib kelganimda, ottiz kiloga semirgan edim va oshqozon yarasini deyarli unutgan edim. Umrimda ozimni hech qachon bunaqa yaxshi his qilmagandim. Men ishimga qaytdim va shundan buyon boshqa hech qachon hech nima bilan ogrimadim.
Erl Xeyni menga tashvish bilan kurashishim uchun Uillis X.Kerrier qollagan usuldan bilmay turib foydalanganini aytdi.
Birinchidan,  deb soradim ozimdan,  voqealar rivojining eng yomon varianti qaysi? Javob bitta edi  olim.
Ikkinchidan, men ozimni shunday qilishga choglagan edim. Shunday qilishim kerak edi. Men uchun boshqa yol yoq edi, zero, shifokorlar umid yoqligini aytishgandi.
Uchinchidan, men yuzaga kelgan ahvolni yaxshilashga urinib korgan edim. Shu bois qolgan vaqtimdan iloji boricha koproq lazzat olishga ahd qilgan edim. Bordi-yu, jahon boylab sayohatga yol olib ham tashvishlanishda davom etganimda edi, albatta, uni tobutda nihoyasiga yetkazgan bolardim. Ammo men tinchlandim va barcha muammolarimni unutdim. Bu xotirjamlik menga ikkinchi hayot bagishladi va shunday gayrat ato etdiki, qaytadan tirildim.
Shu bois quyidagi 2- QOIDAga rioya qiling.
Bordi-yu, Siz tashvish bilan tola muammoga duch kelsangiz, Uillis X. Kerrierning sehrli qoidasini qollang:
1. Voqealar rivojining eng yomon variantini aniqlang.
2. Agar boshqasi buyurilmagan bolsa, uni qabul qilishga hozirlik koring.
3. Ish ahvolini yaxshilash uchun xotirjamlik bilan harakat qiling.

III b o b
Tashvishning sizga tasiri  xususida

Tashvish bilan kurashishni eplay olmagan ishbilarmonlar yosh oladilar.
Doktor Aleksis Karrel

Birmuncha muddat ilgari kechqurun uyim eshigi taqilladi. Qoshnim chiqibdi, u hammamizni qizamiqdan emlashga astoydil unday boshladi. U odamlarni shunday chora korish zarurligiga ishontirgan, Nyu-York shahrida uyma-uy yuruvchi kongillilardan biri edi.
Kayfi uchgan odamlar emlash joylarida soatlab navbatda turar edilar. Emlash joylari barcha kasalxonalardagina emas, balki ot ochiruvchilar deposida, politsiya mahkamalarida va katta sanoat korxonalarida ham ochilgan edi. Ikki mingdan koproq shifokor va hamshira aholini emlab, tunu kun hormay-tolmay ishlar edilar. Bunday vahimaning sababi nima edi? Gap shundaki, Nyu-Yorkda sakkiz nafar odam qizamiq bilan ogrigan, shulardan ikkitasi olgan edi. Shaharning qariyb sakkiz million aholisiga ikki olim.
Men Nyu-Yorkda ottiz yetti yildan buyon istiqomat qilaman va biron marta ham hech kim eshigimni taqillatmagan va tashvish atalmish ruhiy kasallikka chalinish haqida ogohlantirmagan edi. Bu kasallik esa songgi ottiz yetti yil mobaynida qizamiqqa qaraganda on ming martadan koproq zarar yetkazgandi.
Bironta ham kongilli eshigimga kelib taqillatmagan va AQSh ning har oninchi fuqarosi odatda tashvish va ruhiy iztiroblar natijasida yuzaga keluvchi asab buzilishi qurboni bolganidan ogohlantirilmagan edi. Shu bois bu xatardan ogohlantirish uchun ushbu bobni yozayotirman. Eshigingizni taqillatgan men bolaman.
Tibbiyot boyicha Nobel mukofoti sovrindori doktor Aleksis Karrel shunday degandi: Tashvish bilan kurashishni eplolmagan ishbilarmonlar yosh oladilar. Bu uy bekalariga ham, faxriylarga ham, gisht teruvchilarga ham birday taalluqlidir.
Bir necha yil muqaddam tatilimni avtomobilda Texas va Nyu-Meksiko boylab sayohat qilib otkazgandim. Men bilan birga doktor O.F.Gober ham bor edi. U Santa Fe shahri temir yol kasalxonasida ishlar va Meksika qoltigi, Koloradi va Santa Fe tibbiyot muassasalari assotsiatsiyasining bosh terapevti lavozimini egallagandi. Oramizda tashvish oqibatlari haqida qizgin suhbat ketdi va u dedi:
Shifokor huzuriga kelgan bemorlarning yetmish foizi qorquv-larini yengib, tashvishdan qutula olsalar, tuzalib ketadigan holatdir. Ularning kasalliklarini yolgondakam deb oylash kerak emas. Xuddi tish ogrigi kabi bor kasalliklardir va goho juda ham xatarli hamdir. Men ruhiy iztirob natijasida oshqozonda ovqat hazm bolmasligini, oshqozon yarasining ayrim turlarini, yurak muammolarini, uyqusizlik, bosh ogrigi va falajning ayrim turlarini nazarda tutayapman. Bu kasalliklar korinib turadi va men ularni qulogim bilan eshitib emas, kozim bilan korib bilaman, axir ozim on ikki yil oshqozon yarasidan azob chekkanman-da.
Qorquv tashvishga sababchi boladi. Notinchlik asab zoriqishiga olib keladi, bu esa, oshqozon asab tolalariga tasir korsatadi va aslini olganda, oshqozon shirasi tarkibini ozgartiradi. Uning yaxshi ishlashiga xalaqit beradi va kopincha oshqozon yarasi paydo bolishiga olib keladi.
Darvoqe, sigaretalar xususida. Sigareta ishlab chiqarish bilan shugullanuvchi dunyodagi eng mashhur kompaniyalar sohibi yaqinda Kanada ormonlarida qisqa dam olish vaqtida yurak xastaligidan vafot etdi. U millionlab dollarlar jamgardi, ozi esa oltmish bir yil umr kordi. U oz hayotini bizlar ishdagi muvaffaqiyat deb gapirib organgan narsaga sotdi.
Mening nuqtai nazarimda bu sigareta magnati ozining barcha millionlari bilan Missuri shtatidagi fermer, sakson toqqiz yoshida bir dollar ham jamgara olmagan otamning ulushiga tushgan muvaffaqiyatning yarmiga ham yetolmagandi.
Mashhur aka-uka Meyolar aytar edilarki, kasalxonalarimizdagi joylarning yarmidan koprogini asab kasalligidan jabr koruvchilar egallaydilar. Ammo olganlaridan keyingi tibbiy koruv vaqtida bu odamlarning asablari alo ekanligi malum bolgan. Bu odamlardagi asab kasalliklari asab tizimining jismoniy buzilishidan emas, balki tushkunlik, tashvish, notinchlik, qorquv, ishdagi omadsizlik, gazab singari hissiyotlardan kelib chiqqan.
Platon aytgan ediki, shifokorlarning eng katta xatosi shundan iboratki, ular ruhni davolash chorasini kormay turib, badanni davolashga harakat qiladilar. Ammo jism va jon yaxlitdir, ularni bir-biridan ajratib bolmaydi!
Bu haqiqatni anglash uchun tibbiyotda yigirma uch asrlik vaqt otdi va endigina jonni ham, jismni ham davolaydigan psixomatika deb ataluvchi yangi yonalish vujudga kelmoqda. Buning uchun allaqachon vaqt yetib kelgan edi, chunki tibbiyot chechak, vabo, sariq, bezgak va necha-necha millionlab odamlarning bevaqt olib ketishiga sababchi bolgan bunday dahshatli yuqumli kasalliklardan forig bolishga yordam berdi. Ammo tibbiyot fani yuqumli kasalliklar emas, balki bezovtalik, qorquv, nafrat, tushkunlik va qahr-gazab kabi hissiyotlar keltirib chiqaruvchi ruhiy va jismoniy kasalliklarni davolay olmadi.
Ruhiy olamning bu buzilishlari qurboni soni hayratomuz darajada tezlik bilan ortib bormoqda. Shifokorlar shunday xulosaga keldilarki, hozirgi vaqtda yashayotgan amerikaliklarning har yigirmatasidan bittasi oz hayotining bir qismini ruhiy kasalliklarni davolash bilan shugullanuvchi tibbiy muassasalarda otkazmoqdalar. Ikkinchi jahon urushi vaqtida xizmatga chaqirilgan olti yigitdan bittasi ruhiy sogliq holati boyicha yaroqsiz deb etirof etilgan.
Ruhiy kasalliklar nimani keltirib chiqaradi? Bu savolga hech kim javob bera olmaydi. Ammo kop hollarda ularning yuzaga kelishiga imkon beruvchi omillar qorquv va notinchlik ekanligi koproq ehtimol tutilmoqda. Kuchli bezovtalikka duchor bolgan odam ogir hayotiy qiyinchiliklarga bardosh berolmaydi, buning natijasida voqelik bilan har qanaqangi munosabatni uzadi va oz orzulariga berilib, shu yol bilan muammolarini hal etgan boladi.
Ushbu satrlarni yozar ekanman, stolim ustida Edvard Podolskiyning Tashvishlanishni bas qiling va soglom boling kitobi yotardi. Mana shu kitobdagi ayrim boblarning nomi:
1. Bezovtalikning yurak faoliyatiga tasiri.
2. Bezovtalik kuchli bosimni keltirib chiqaradi.
3. Bezovtalik bodning sababchisi.
4. Tashvish qancha oz bolsa, oshqozonga shuncha yaxshi.
5. Bezovtalik shamollashni keltirib chiqaradi.
6. Bezovtalik va qalqonsimon bez.
7. Diabet kelib chiqishida bezovtalikning roli.

Bezovtalik bod yoki boginlar bodi qimirlashdan mahrum etib, sizni nogironlar aravachasiga mixlab qoyishi mumkin. Korneul universiteti tibbiyot fakulteti doktori va bogimlar bodi boyicha dunyoga taniqli doktor Rassel L.Sesil bu kasallikni keltirib chiqaruvchi eng keng tarqalgan tort sababni sanab otadi:
 omadsiz nikoh;
 moliyaviy falokat yoki musibat;
 yolgizlik va bezovtalik;
 birovga zimdan kek saqlash.

Albatta, bu tort hissiy omil bilan ushbu kasallikning yuzaga kelishidagi barcha sabablar barham topib qolmaydi. Bogim bodining koplab turlari va uni yuzaga keltiruvchi sonsiz sabablar bor. Ammo yuqorida sanab otilgan omillar, men bunga alohida etiboringizni tortaman, turli sabablar hisoblanadi. Masalan, mening bir dostim zoriqish natijasida goyat ogir moddiy ahvolga tushib qoldi, uning uyida gazni ochirib qoyishdi. Bank esa, uni uyga garov xati sotib olish huquqidan mahrum etdi. Qoqqisdan xotinining bogim bodi xuruj qilib qoldi va dori-darmonu parhezlarga qaramay, to dostimning ishlari joyiga tushmaguncha, kasallik davom etdi.
Tashvishdan hatto karies 1 paydo bolishi mumkin.
Qalqonsimon bez giperfunktsiyasining oshkora alomatlari bolgan odamni hech korganmisiz?
Men korganman va ayta olamanki, bunday odamlar dag-dag titraydilar, silkinadilar, xuddi birov olguday qorqitib qoyganga oxshaydilar. Ularda azoi badan ishi uchun javob beradigan qalqonsimon bez faoliyati buzilgan boladi. Natijada yurak faoliyati tezlashadi va azoi badani ot bolib yonadi, bamisoli gurillab yonib turgan pechkaga solib qoyganday boladi. Bordi-yu, oz vaqtida zaruriy choralar korilmasa, yani operatsiya amalga oshirilmasa, bemor ozini ozi yeb, olib qolishi mumkin.
Yaqinda men qalqonsimon bez faoliyati buzilgan bir dostim biln Filadelfiyada bolgan edim. U ushbu kasallik bilan ottiz sakkiz yildan beri shugullanib kelayotgan taniqli mutaxassis doktor Izrael Bramdan maslahatlar oldi. Unda quyidagi maslahatlar aniq-taniq qilib yozib qoyilgandi:
Yengillashish va hordiq.
Soglom etiqod, musiqa va kulgi eng kuchli tinchlantiruvchi va yengillashtiruvchi tasirga ega.
Xudoga ishoning, qattiq uxlashni organing.
Yaxshi musiqani seving. Hayotning quvnoq tomoniga koproq etibor bering.
Shunda siz soglom va baxtli bolasiz.
U dostimga birinchi savolni berdi: Qanday hissiy kechinmalar sizni bu ahvolga soldi? Keyin esa ogohlantirib, agar tashvishlanishda davom etaversangiz, yurak, oshqozon yarasi yoki diabet muammolari asorat qoldirishi mumkin, dedi. Bu barcha kasalliklar,  dedi u,  egizaklardir, yaqin qarindosh-uruglardir. Yaqin qarindosh-urug bolmay nima? Axir ularning sababchisi bitta  bezovtalik-ku.
Bugungi kunda Amerikada olimning asosiy sabachisi yurak kasalliklari hisoblanmoqda.
Ikkinchi jahon urushida janglarda qariyb uch yuz ming amerikalik harbiy xizmatchi olgan edi, ammo xuddi shuncha davr ichida yurak kasalliklaridan ikki million fuqaro vafot etgan, shulardan yarmi  notinchlik va zoriqishdan kelib chiquvchi yurak xastaliklaridan olgan. Ha, aynan shuning uchun ham doktor Aleksis Karrel aytgan edi: Notinchlik bilan kurashishni eplolmagan ishbilarmonlar yosh oladilar.
Qoshma Shtatlar janubidagi negrlar va xitoyliklar bezovtalik hisoblangan yurak kasalliklari bilan ogrimaydilar, chunki ular voqealarga xotirjamlik bilan munosabatda boladilar. Shifokorlar va fermerlar esa yurak yetishmovchiligidan yigirma marta koproq oladilar, chunki ularning hayoti juda keskin kechadi va buning uchun sogliqlari bilan tolov tolaydilar.
Gunohlarimizni xudo kechirar,  degan edi Uilyam Jeyms,  ammo asab tizimlarimiz hech qachon kechirmaydi.
Mana sizga aqlni lol qoldiradigan va mutlaqo hayratomuz dalil: har yili Amerikada odamlar beshta eng keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan olganlarga qaraganda koproq oz jonlariga qasd qilib oladilar. Nima uchun? Javob, asosan, bir narsaga kelib taqaladi: xavotirlik.
Shafqatsiz xitoy hukmdorlari asirlarni qiynoqqa solmoqchi bolsalar, asirlarning qol va oyoqlarini boglaganlar-da, boshlari uzra suvli qop osib qoyganlar, undan tinimsiz ravishda, bir zaylda kechasiyu kunduzi suv tomchilab turgan. Asta-sekin suv tomchilari asirlarning boshlariga bolga bilan urilgandek tuyula boshlagan va ular aqldan ozganlar. Xuddi shu usulni ispan tsivilizatsiyasi ham, Gitler paytida nemis kontsentratsion lagerlaridan ham qollashgan.
Bezovtalik mana shu muttasil tomib turuvchi suv tomchilariga oxshaydi. Doimiy notinchlik esa insonni telbalik va oz joniga suiqasd qilishgacha olib keladi.
Yosh bolalik paytimda va Missurida yashaganimda Billi Sandinning u dunyodagi dozax azoblari haqidagi yozgan hikoyalari meni olgudek dahshatga solar edi. Ammo u yorug dunyodagi tashvishlar bilan toqnashish inson kechiradigan dozax azoblari haqida hech qachon hech narsa gapirmasdi. Masalan, agar siz surunkali bezovtalikka moyil bolsangiz, siz hech bir qiyinchiliksiz stenokardiya bilan ogrishingiz va mutlaqo chidab bolmas ogriqni boshdan kechirishingiz mumkin.
Oh, bordi-yu, shunday ogriqni boshdan kechirishingizga togri kelganda, sizni qiynayotgan azobdan jon talvasasida ozingizni urgan bolar edingiz. Oh-vohlaringiz shunchalik kuchli bolardiki, ular oldida Dantening Dozaxidagi gunohlar faryodi bolalar hushtakchasi ovoziday korinib qolardi. Ey, Tangrim, bordi-yu, shuni boshdan kechirgudek bolsam, hech qachon, hech narsa haqida zinhor-bazinhor tashvish chekmagan bolar edim.
Siz hayotni sevasizmi? Uzoq yashashni va yaxshi sogliq lazzatini surishni istaysizmi? Siz buni hozirning ozida boshlashingiz mumkin. Mana sizga doktor Aleksis Karrelning dil izhorlaridan biri: Kimki hozirgi zamon shahri talotopi ichida oz qalbida teran osudalikni saqlay olsa, osha odam asab kasalliklaridan mosuvodir.
Hozirgi zamon talotoplari ichida oz qalbingizda teran osudalikni saqlashga qodirmisiz? Agar siz soglom odam bolsangiz, hech shubhasiz ha deb javob berasiz. Kopchiligimiz ozimiz oylaganimizdan kora koproq kuchliroqmiz. Biz, ehtimol, hech qachon foydalanmagan yashirin zaxiralarga egamiz. Toro ozining Uoldey degan olmas kitobida bunday degan:
Menga hech narsa inson ongi say-harakatlari asosida oz hayotini takomillashtirishga qodir, degan rad etib bolmas dalolatni bilishdek ilhom bagishlamaydi... Bordi-yu, siz oz orzuingizga erishish yolida olga harakat qilsangiz va ozingiz orzu qilgandek yashash uchun ozingizni otga-choqqa ursangiz, odatdagi harakat tarzingiz bilan erisholmaydigan muvaffaqiyatga, albatta, erishasiz.
Ushbu kitobning aksariyat oquvchilari Ogayo shtatilik Olga K.Jorvi singari oshanday iroda kuchi va oshanday pinhoniy imkoniyatga ega ekanliklari zarracha shubha tugdirmaydi. U hatto eng fojiali sharoitlarda ham tashvishlanmaslikka qodir ekanini anglab yetgan. Iymonim komilki, ushbu kitobda korib chiqilayotgan goyat kohna haqiqatlarni qollashdan erinmasak, siz ham, men ham shunga qodirmiz. Olga K.Jorvining menga yozgan maktublaridan bir voqeani etiboringizga havola etaman:
Sakkiz yarim yil muqaddam shifokorlar menga olim hukmi chiqarishdi: saratondan asta-sekin azobli olim. Uni mamlakatning eng nufuzli shifokorlari ham tasdiqlashdi. Men boshi berk kochaga kirib qoldim. Meni abadiyat kutardi. Men yosh edim. Olishni istamasdim. Dahshat ichida Kellogdagi shifokorimga qongiroq qildim va kozlarimdan duv-duv yosh tokib, yuragimda borini unga tokib soldim. U toqatsizlik bilan gapimni boldi-da, meni urishib berdi: Nima gap, Olga? Nahotki kurashishga kuching yetmasa? Albatta, yiglaydigan bolsang, olasan-da. Boshingga tushgan eng yomon korgilik tushib boldi. Haqiqat yuziga tik qara. Tashvishlanishni bas qil va biron chora topishga urin.
Shunda men ont ichdim. Shunday paytda ichgan ontim menga shu qadar kuchli tasir korsatdiki, tirnoqlarim terim ichiga chuqur botganini va badanimdan bir sovuq narsa jimirlab otganini his qildim. Men shu sozlarni tantanavor irod etdim: Men tashvishlanmayman. Yiglamayman! Biron narsa qilishim mumkin bolsa, shu narsani qilaman va yengib chiqaman. Men yashayman!
Odatda, bunday tavakkalli hollarda, radiyni qabul qilish mumkin bolmaganda, rentgen nurlanishi seansi ottiz kun mobaynida on yarim daqiqaga choziladi. Qirq toqqiz kun davomida men on tort yarim daqiqa nurlandim. Men qoq suyakka aylanib qolgandim, suyaklarim tekislikdagi tepaliklar singari bortib turardi, oyoqlarim esa qorgoshin etik kiyganday qilt etmasdi, shunday bolsa-da, men parvo qilmasdim! Biron marta ham yiglamadim! Men jilmayardim. Men tom manoda ozimni jilmayishga majbur etar edim.
Birgina jilmayish bilan saratonni yengib bolmasligini anglamaydigan darajada nodon emasdim. Ammo bari bir yaxshi kayfiyat vujudga kasallik bilan kurashishda yordam beradi, deb hisoblayman. Nima bolganda ham mojiza roy berdi. Men tuzalib ketdim. Songgi yillarda hech qachon ozimni hozirgidek yaxshi his qilmaganman. Bular bari kurashga davat etuvchi sozlar sharofati bilan boldi: Haqiqat yuziga tik qara. Tashvishlanishni bas qil va biron chora korishga urin.
Muhammad paygambarning mutaassib maslakdoshlari kopincha badanlariga igna bilan Quron oyatlaridan chekib olar ekanlar. Men har bir oquvchi quyidagi sozlarni badanlariga igna bilan chekib yozib qoyishlarini xohlar edim: Tashvish bilan kurashishni eplay olmagan ishbilarmonlar yosh oladilar.



IKKINCHI QISM

TASHVISHNI TAHLIL QILISHNING ASOSIY USULLARI


IV b o b

Tashvish bilan bogliq muammolarni tahlil qilish va hal etish xususida


Men egalik qilgan olti xizmatkor qolimdan kelgan hamma ishni qilishga undab keldi. Ularning ismlari: Nima va Nima uchun, Qachon va Qanday, Qaerda va Kim.
Kipling

Uillis Kerrierning ushbu kitobidagi ikkinchi bobning birinchi qismida tilga olingan sehrli qoidasi tashvish tufayli yuzaga keluvchi muammolarni hal etishga qodirmi? Albatta, yoq. Xosh, bunday holda nima qilish kerak? Bu savolga javob mana bunday: biz ozimiz uchun har qanday korinishdagi tashvishga qarshi turish imkonini beradigan uslublarni ishlab chiqishimiz kerak. Buning uchun muammolar tahlilining uch asosiy yoli bilan tanishish kerak boladi.
Mana ular:
1. Ashyoviy dalil toplang.
2. Uni tahlildan otkazing.
3. Qarorni ishlab chiqing va uni amalga oshirishga kirishing.

Hammasi sizga kunday ravshanmi? Ha, bu shunaqa. Bir vaqtlar Aristotel shunga oqigan va hayotida foydalangan edi. Bizga tashvish tugdirib, hayotimizni dozaxga aylantirgan muammolarni hal etish uchun siz ham, men ham shu qoidaga rioya qilmogimiz kerak.
Keling, 1-qoidani korib chiqaylik. Unda bunday deyiladi: ashyoviy dalil toplang. Nima uchun dalil toplash bu qadar muhim? Gap shundaki, agar bizda dalil bolmasa, hatto muammomizni oqilona hal etishga ham yol topolmaymiz. Ashyoviy dalilsiz biz faqat vahimaga tushamiz, xolos. Mening goyam nimadan iborat? Aniqrogi, bu goya Kolumbiya universiteti qoshidagi Kolumbiya kolleji dekani marhum Gerbert Yo.Xoksning goyasi. Yigirma ikki yil ichida u ikki yuz ming talabaga tashvish bilan bogliq muammolarni hal etishda yordam korsatdi, u menga sarosimaga tushish tashvish keltiruvchi asosiy sababdir, degan edi.
U bu fikrni quyidagi sozlar bilan ifoda etdi: Odamlarning yarmi zaruriy va yetarli dalillarga ega bolmay turib qaror qabul qilishga uringanlari uchun tashvishdan boshlari chiqmaydi. Masalan, u bunday degandi: Bordi-yu, men kelasi seshanbada soat uchda muammoga toqnash kelishim kerak bolsa, unda men bu vaqtgacha biron-bir chora korishga urinmayman. Hozircha butun etiborimni shu muammoga daxldor barcha dalillarni olishga qarataman. Men tashvish qilmayman. Ozimni turfa mulohazalar bilan qiynamayman. Men yaxshi uxlayman. Men dalillarni toplayman, xolos. Muammo yuzaga kelgan vaqtgacha bisotimda barcha zaruriy dalillar boladi va muammo oz-ozidan hal bolib ketadi!
Men dekan Xoksdan, bir narsa ozingizni tashvishdan butunlay xalos qilib olganingizni anglatadimi, deb soradim. Ha,  dedi u.  Nazarimda, hayotim endi bezovtalikdan forig boldi, men buni vijdonan aytayapman. Shu narsani bildimki, agar kishi dalillarni yigish bilan mashgul bolsa, buni zoraki emas, xolisona qilsa, bezovtalik tuygusi odatda bilimlar kuchi bilan goyib boladi.
Ammo kopchiligimiz nima qilamiz? Dalillar bilan tanishmoq uchun vaqt topolamizmi, say-harakat qilamizmi? Ishqilib, fikr qilishdan qochish uchun inson har qanaqangi ayyorlikka borishdan tap tortmaydi, deb jiddiy gapirganida Edison haq edi. Bordi-yu, baribir ham dalillar toplaydigan bolsak, allaqachon bizga malum bolgan narsalarnigina tasdiqlaydiganlar ketidan tushamiz, qolganlarni esa nazar-pisand qilmaymiz! Bizga faqat amollarimizni oqlayotgan dalillargina bizning taxminlarimizni oqlayotgan voqelikka emas, xohishlarimizga mos keladigan dalillargina kerak!
Andre Marua aytgan edi: shaxsiy xohishlarimizga mos kelgan narsa bizga haqiqat bolib korinadi. Unga zid keladigan hamma narsa esa gazabimizni qozitadi.
Menda dalillarni xolisona va aniq baholaydigan va oz muammolarimizga tashqaridan turib qarashga imkon beradigan ikki yol bor. Mana ular:
1.    Ashyoviy dalilni toplar ekanman, bu ishni ozim uchun emas, boshqa birov uchun qilayapman deb tasavvur etaman. Bu menga begarazlik va xolislikni saqlab qolishimga yordam beradi. Bu menga ushbu jarayondan hissiyotni bartaraf etishga komaklashadi.
2.    Meni bezovta qilayotgan muammo haqidagi ashyoviy dalilni toplar ekanman, men ozimni goho sudda raqibim tomonida turib gapirishga tayyorlanayotgan advokatday tasavvur qilaman. Boshqacha aytganda, men ozimga qarshi dalillarni toplashga harakat qilaman: bular xohishlarimga togri kelmaydigan va men yoqtirmaydigan dalillardir. 
Keyin men bu ishning har ikkala tomoni uchun dalillarni yozib olaman va odatdagidek, haqiqat mana shu ikki chetdagi nuqtai nazarlarning ortalarida yotgandek tuyuladi.
Ishning mohiyati shundaki, na siz, na men, na Eynshteyn yoki Qoshma Shtatlarning Oliy Sudi mazkur masala boyicha avval ashyoviy dalillarni toplamay turib, biron-bir muammoni oqilona hal qilish uchun bu qadar mukammal hisoblanmaymiz. Tomas Edison buni bilardi. Hayotining oxiriga kelib, uning bisotida ikki ming besh yuz qayd daftarchasi toplangan edi. Ularga uni tashvishga solgan muammolar boyicha dalillarni qayd etib borgan.
Shuning uchun muammoni hal etishning birinchi qoidasi ashyoviy dalilni toplashdan iborat. Keling, dekan Xoksdan ibrat olaylik-da, masalani xolis ashyoviy dalilni bir karra toplab olgandan keyin hal etishga otaylik.
Ammo dunyodagi mavjud ashyoviy dalilni toplaganimizda ham, agar uni tahlil va talqin etmasak, bundan tirnoqcha naf bolmaydi.
Kezi kelganda shuni aytishim kerakki, ozimga juda qimmatga tushgan tajribam asosida agar bir varaq qogozga oldindan yozib borilsa, dalillarni tahlil qilish ancha oson bolishini anglab yetdim. Haqiqatan ham, dalillarni qogozga tushirib borishimiz va muammolarni aniq bir shaklga solishimiz uni oqilona hal etish yolini topishda durustgina yordam beradi.
Charlz Kettring aytgan edi: agar aniq ifoda etilgan bolsa, bu muammo yarmiga hal boldi deganidir.
Bu tamoyillar amaliy ishini misollarda korsatishimga ijozat bersangiz. Xitoylarda, on mingta sozdan bitta suvrat afzal degan naql bor. Shu bois, keling, faraz qilaylikki, men sizga bu suvratni korsatayapman, unda siz tilga olgan tamoyillar asosida muaayyan qadamlar qoyilmoqda.
Geylen Litchfild boshidan shunday voqea otdi. Men uni bir necha yildan beri bilaman. U Uzoq Sharqdagi eng omadli amerika ishbilarmonlaridan biri, 1942 yilda mister Litchfild Xitoyda bolgan edi, ayni shu vaqtlarda yaponlar Shanxayni bosib olgan edi. Litchfild menikida mehmon bolganida quyidagi voqeani hikoya qilib bergan edi:
Yaponlar Perl-Xarborga zarba bergandan keyin kop otmay ularning qoshin qismlari Shanxayga bostirib kiradi. Oshanda men Shanxayda Osiyo sugurta kompaniyasi boshqaruvchisi bolib ishlardim. Kompaniyamizda admiral unvonidagi harbiy kushanda degan shaxs paydo boldi, u menga kompaniya aktivlarini tugatishda unga qarashib yuborishimni buyurdi. Menga xop, demasdan ilojim yoq edi. Men u bilan yo hamkorlik qilishim, yo boshqa yol tanlashim kerak edi. Bu boshqa yol muqarrar olimni anglatardi.
Men nima aytsalar, shuni bajarardim, chunki boshqa ilojim ham yoq edi. Biroq admiralga berganim aktivlarimiz royxatiga 750 ming dollarlik qimmatli qogozni kiritmagan edim. Bunday qilishimning sababi, ular bizning Gongkondagi filialimizga qarar va Shanxaydagi urush harakatlariga buning hech qanday aloqasi yoq edi. Shunday bolsa-da, buni yaponlar bilib qolishi mumkinligidan xavotirlanardim. Kop otmay ular buni bilib qolishdi ham.
Bu vaqtda men ofisda emasdim. Ammo u yerda kompaniyaning bosh hisobchisi bor edi. Uning aytishicha, admiral qattiq dargazab bolibdi. Yer tepib, meni ogridan olib ogriga, sotqindan olib, sotqinga solibdi. Men yapon armiyasining obroyini tokkan emishman. Buning nimani anglatishini bilardim: meni Brij Xausga jonatishadi.
Brij Xaus! Bu yapon istilosining qiynoqlar kamerasi. Mening yaqin dostlarim bolguvchi edi. Shu qamoqxonaga tushmaslik uchun bazilari oz joniga suiqasd qilib olib ketardilar, boshqalari esa on kuncha davom etgan soroq va qiynoqlarga bardosh berolmay, jon taslim etar edilar. Endi navbat menga kelgandi!
Nima qilish kerak edi? Men bu haqda yakshanba kuni tushda xabar topdim. Ahvol shu darajaga yetib kelgan ediki, men hamma narsadan umidimni uzishim kerak edi. Agar muammolarni hal etishning muayyan uslubiga ega bolmaganimda, bu shunday bolardi ham. Kop yillar badalida menda shunday odat yuzaga kelgan ediki, biron-bir narsadan gam-tashvishga botib qolsam, har doim shartta yozuv mashinkamga otirardim-da, ikkita savolni berib va ularga javobni yozishga kirishardim. 
Mana osha savollar:
1. Tashvishlanishning sababi nimada?
2. Bu borada qanday chora korsam boladi?
Avvaliga men bu savollarga 