Deyl Karnegi. Imkonni boy bermang!



BIRINCHI QISM



TASHVISH HAQIDA NIMALARNI BILISH KERAK


1 b o b

Bugungi kun bolmasida yashang

1871 yil bahorida bir yigit qoliga kitobni oldi-da, uning butun kelajakdagi hayotiga chuqur tasir qilgan yigirma ikkita sozni oqidi. Bu yigit Monreal shahar kasalxonasida tibbiyotni organgan talaba edi. Uning tashvishlanishi uchun sabablar kop edi: u bitiruv imtihonlari topshirish borasida tashvishlanar, ke-yin nima qilishi kerakligini oylab tashvishlanardi, qaerga bosh urib borish, ozining tibbiyot amaliyotidan qanday foydalanish, qanday tirikchilik qilish  hammasi bir dunyo tashvish bolib boshida turardi.
Ammo mazkur talaba 1871 yilda oqigan yigirma ikkita soz uning joniga oro kirdi va u zamonasining mashhur terapevt vrachi bolib yetishdi. U butun dunyoga mashhur Jon Xopkins tibbiyot maktabini tashkil etdi. Britaniya imperiyasi shifokorga berishi mumkin bolgan eng oliy unvonga sazovor boldi va Oksforddagi tibbiyotning qirollik professoriga aylandi. Angliya qirolining ozi uni dvoryanlik unvoni bilan sarafroz qildi. Uning olimidan keyin u haqidagi hajmi 1466 betdan iborat ikki jildlik tarjimai hol asari yozildi.
Bu odamning ismi ser Uilyam Osler edi. 1871 yil bahorida u oqishga musharraf bolgan sozlar quyidagilar bolib, ularni Tomas Karleyl yozgandi va ular umrni tashvish bilan otkazib, uni isrof qilmasdan yashashga yordam bergandi. Mana osha sozlar: Ayni vaqtda iloji bolgan va yaqqol korinib turgan ishni qiling. Bizning vazifamiz shundan iborat, naryogi nomalum bolgan mavhum narsani korishga behuda urinmang.
Qirq ikki yildan keyin bahorning iliq oqshomida, universitet shaharchasidagi chamanzorda lolalar chogday tovlanib turganda ser Uilyam Osler Yel universiteti talabalari huzurida nutq qildi. U aytdiki, u, tort universitet professorini, yani ommabop kitob-lar muallifini alohida xislatli zakoga ega bolsa kerak deb hisoblaydilar. Ammo u bunday emas deb aytdi. Uning sozlariga kora, dostlari uning aqliy qobiliyati juda cheklangan deb bilar ekanlar. Unda uning muvaffaqiyatlari sababi nimada? Professorning aytishicha, bugungi kun bolmasida yashagani sharofati bilan erishgan. Bunda u nimani nazarda tutgan? Shu nutqidan bir necha oy oldin ser Uilyam Osler katta bahri muhit kemasida Atlantika bahri muhitini kesib otgandi. Shu kema dargasi supachada turgancha tugmachani bosishi va shu zahoti mexanizmlar shovqini quloqqa chalinishi, kemaning turli qismlari bir-biridan ajralib, suvotmas bolmalarga tar-qalib ketishi mumkin edi.
Har biringiz,  degan edi doktor Osler talabalarga,  oz holingizcha bu ulkan kemadan kora yanada mukammalroq mexanizmsiz va sayohatingiz yanada uzoqroq boladi. Bugungi kun bolmasida yashash uchun sizni mana shu mexanizmni ana shunday boshqarishni organishingizga astoydil davat etaman. Darga supachasidagi oz orningizni egallang va hech bolmasa, asosiy qismlar joyida ekanligini tekshirib koring. Hayot yolingizning har bir bosqichida tugmachani bosing va temir eshiklar otmishingizni, hayotsiz yashagan barcha kunlaringizni sizdan ajratib qoyayotganini eshiting. Yana bir tugmachani bosing va madan parda hali dunyoga kelmagan kelajagingizni yashirib qoyadi. Shunda bugungi kuningizga hech narsa tahdid solmaydi! Olik otmish kunlar oz murdalarini dafn etsin... nodonlarga qabr yolini yoritgan otmish kunlardan ozingizni panaga oling... Hatto eng serbardosh odamlar ham otmish va kelajakning ogir yukini yelkasida kotarib yura olmaydi. Kelajakni mana shunday otib bolmas tosiq bilan ajratib qoying. Kelajak  bu sizning buguningiz. Ertaga yoq narsa. Inson ozini hozir qutqaradi. Kelajak borasida tashvishlangan odam oz quvvati, ruhiy iztiroblari va bezovtaligini behuda zoe etishga mahkumdir... Oshanda barcha kema bolmalarini havo otkazmaydigan qilib yoping, ha, yoping va ozingizda bugungi kun bolmasida yashash odatini ishlab chiqishga harakat qiling.
Nahotki, doktor Osler kelajakka tayyorlanish uchun say-harakat qilish kerak emas, demoqchi bolsa? Yoq, zinhor unday emas. Ammo oz nutqida ertangi kunga tayyorgarlik korishning eng yaxshi yoli bor, aqlu zakovatingiz, bor ishtiyoqingiz bilan bugun zimmangizda turgan ishni astoydil ado etishdan iboratligini takidlagan edi.
Ser Uilyam Osler talabalarni kunni Xudoga: Rizq-rozimizni ozing ulug qilgin degan duo bilan boshlashga chaqirar edi. Shuni unutmangki, duoda gap faqat bugungi rizq-roz haqida ketmoqda. U yerda kechagi qotgan nondan shikoyat qilish yoq, zero, u yerda E, Xudo, bu yil yoz issiq keldi, bugdoy ildizigacha qurib ketdi. Kelasi yil ham shunday qurgoqchilik bolsa, unda nima qilamiz? Kelasi hosilga donni qaerdan olamiz? Yoki, faraz qilaylik, men ishimdan ayrildim, ey, Xudo. Non sotib olish uchun ishni qaerdan topaman?  degan sozlar yoq.
Bunday sozlar duoda yoq, faqat bugungi kun noni haqidagi iltijo bor, zero, faqat shunday nonni yeyish mumkin.
Kop yillar muqaddam bir tilanchi faylasuf mamlakat boylab daydib yurarkan, toshloq va hosilsiz yerda odamlar qora terga botib, ozlariga rizq topayotganlarini koradi. Bir kuni bir tepalikda u xalq oldida nutq qiladi, hozirda eng kop iqtibosni shu nutqdan olishmoqda. Bu nutqda kop asrli hikmat mujassamlangan bir ibora mavjud: Shunday qilib, ertangi kunni oylamang, zero, ertangi kun tashvishini ertangi kun tortadi; har kunning tashvishi oziga yetarli.
Koplar bu sozlardagi hikmatni tan olmay kelmoqdalar: Shunday qilib, ertangi kunni oylamang. Uni sharqona mutasavvuflik hodisasi deb hisoblab, inson ozini barkamollashtirishi uchun bu ogitdagi hikmatni inkor etadilar. Ular deydilar: Men ertangi kun haqida tashvish chekishim kerak. Men keksalikka pul yigib qoyishim kerak. Men kasbimni rivojlantirish chorasini korishim kerak.
Bolmasam-chi, siz shunday qilishingiz kerak! Gap shundaki, uch yuz yildan ham koproq ilgari tarjima qilingan Isoning bu sozlari shoh Iakov zamonidagi manosidan kora bugun boshqacha mano kasb etadi. Uch yuz yil avval gam chekmoq sozi tashvish tortmoq degan manoni anglatardi. Injilning hozirgi zamondagi talqini aniqroq tarjimani beradi: Shunday qilib, ertangi kundan tashvish tortmang.
Ertangi kun haqida oylash, qunt bilan reja tuzish va tayyorgarlik korish shartligi oz-ozidan ayon. Ammo bular barchasini amalda qilar ekansiz, siz tashvish chekmasligingiz kerak.
Urush vaqtida sarkardalar ertangi kunga reja tuzganlar, ammo ular ozlarini tashvishga botirib qoymaganlar.
Menda yaxshi odamlar bor va ular yaxshi texnika bilan taminlanganlar,  degan edi AQSh harbiy-dengiz floti qomondoni admiral King,  va men alo darajada tayyorlangan operatsiya rejasini berdim. Mening qolimdan kelgan bor-yoq ish  shu. Bordi-yu, kema choktirib yuborilsa, men uni dengiz tubidan chiqarolaman. Bordi-yu, uni choktirib yuborishmoqchi bolishsa, men buning oldini olishdan ojizman. Kecha bolib otgan narsadan tashvish tortib otirishdan kora ertangi kun muammolarini hal etish ustida ishlar ekanman, men oz vaqtimdan yanada samaraliroq foydalana olaman. Bundan tashqari, agar ozimni iztiroblarga komib yuborsam, uzoqqa bormayman. Urush vaqtida ham, tinchlik vaqtida ham tafakkurning togri va notogri usullari ortasidagi farq quyidagilardan iboratdir: togri fikrlash voqealar sababi va natijalari bilan bogliq, u mantiqiy va amaliy rejalashtirishga olib keladi, notogri fikrlash esa kopincha asabiy zoriqish va uzilish keltirib chiqaradi.
Yaqinda men jahondagi eng mashhur Nyu-York Tayms gazetasi noshiri Artur Xeys Zaltsberger bilan suhbatlashish sharafiga muyassar boldim. Mister Zaltsberger menga Yevropada birinchi jahon urushi boshlanganda, u azbaroyi hayajonlanganidan kelajak haqida tashvish tortganini, qariyb uxlay olmaganini sozlab berdi. U dam-badam yarim tunda karavotdan sakrab turib ketar, boz va boyoqlarni qolga olar, kozguga qarar va ozini tasvirlashga harakat qilar ekan. U mutlaqo rasm chiza olmasdi, ammo shunday bolsa ham bezovtalikdan qutulish uchun rasm chizar ekan. Mister Zaltsbergerning menga aytishiga qaraganda, u tashvishini yenga olmagan, bir odam uchun mukofot degan cherkov madhiyasidagi sozlarni ham ozi uchun shior sifatida qabul qilib olmaguncha ruhi orom topmagan ekan.
Taxminan shu vaqtlarda harbiy libosdagi bir yigit Yevropaning allaqaerida muammoga toqnash keladi. Uning ismi Ted Bengermino edi. U Merilend shtati, 5716 Nyu-Xoli roud, Baltimor shahrida yashardi. Uning muammosi shunda ediki, urush vaqtidagi kechinmalar va ruhiy iztiroblar uning ruhiy sogligiga putur yetkazadi va unda harbiy harakatlar asabiyligi degan kasallik kuchli darajada namoyon boladi.
1945 yilning aprelida,  deb yozadi Ted Bengermino,  shu qadar asabiylasha boshladimki, shifokorlar kuchli ogriq beruvchi kondalang yogon ichak sanchigi deb ataladigan xastalikka giriftor boldim. Agar urush tugamaganda, sogligim butunlay ishdan chiqishi hech gap emasdi.
Men butunlay holdan toygandim. Safdan tashqari, xizmat zobiti sifatida 94-piyoda diviziyasining qabr va dafnlarni hisobga olish bilan shugullanuvchi bolinmada xizmat qilardim. Mening vazifamga jang harakatlari vaqtida oldirilgan, bedarak ketgan yoki gospitalga yotqizilgan barcha harbiy xizmatchilarni hisobga olish kirar edi. Bundan tashqari, bizning bolinmamiz jang harakatlari davomida shoshilinch komilgan ozimizning hamda dushman tomonning askarlarini eksgumatsiya qilish bilan shugullanardi. Men olganlarning shaxsiy buyumlarini toplash, bu buyumlar kim uchun katta ahamiyat kasb etsa, osha qarindoshlari yoki ota-onalariga qaytarishni nazorat qilish bilan shugullanardim. Biz muttasil yanglishib ketishdan va manzilni adashtirib qoyishdan xavotirlanardik. Men bularning barchasiga bardosh bera olamanmi, yoqmi, shundan koproq tashvishlanar edim. On olti oylik bolgan ogilchamni korish nasib etadimi, yoqmi, shundan jonim halakda edi, men oglimni hali biron marta kormagandim.
Tashvishlarim shunga olib keldiki, 34 funt vaznimni yoqotdim. Men ruhiy inqiroz yoqasiga kelib qolgandim. Qollarimga qarayman: qoq suyak. Uyga quruq jasadimni olib borarkanman-da, degan oy dahshatga solardi va yosh boladay yiglab yuborardim. Bir ozim qoldim deguncha yiglardim. Ardendagi jangdan song men yana shunday tez-tez yiglab yurgan vaqtimda tinch hayotga qaytishdan butunlay umidimni uzgan edim.
Hammasi harbiy gospitaldagi karavot bilan nihoyasiga yetdi. Harbiy shifokor menga bergan bir maslahat hayotimni tubdan ozgartirib yubordi. Meni obdon tibbiy korikdan otkazishdi, shundan keyin u menga kasallik sababi ongda ekanini aytdi.
 Ted,  dedi u,  hayotingga qaragin-da, uni qum soat deb faraz qil. Yuqori qismida minglab qumlar turadi. Tor bogizdan ular asta va bir maromda pastga tushib turadi. Bogizdan faqat bitta qum otadi. Aks holda soat buzilishi mumkin. Siz ham, men ham va boshqalar ham shu soatga oxshaymiz. Ertalab uygonganimizda oldimizda qiladigan mingta ishimiz boladi, ammo agar biz ularning birini izchil ado etib bormasak, bogizdan otayotgan qumlar singari ishlarimizni kunimiz orqali sekin-asta va bir maromda otkazib turmasak, biz jismoniy va ruhiy qudratimizni barbod etamiz.
Harbiy shifokor bilan bolgan osha mashhur suhbatdan keyin men shu falsafaga amal qilib kelayapman. Bir qum zarrasi ortidan bosh-qasi tushadi. Bir ishning ortidan boshqasi paydo boladi. Mana shu maslahat meni urushda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan saqlab qoldi. Endi urushdan keyin ham u menga Edkrafterz Printing end Ofset kompaniyasida jamoatchilik bilan munosabat va reklama boyicha direktorlik ishimda yordam bermoqda. Biznesda men urush vaqtida ham yuzaga keladigan muammolar bilan toqnash keldim. Bir vaqtning ozida onlab ishni qilishingga togri kelardi, buning ustiga bari uchun ozginadan vaqt berilardi. Birjada aktsiyalarimiz kotirovkasi tushib ketmoqda edi. Biz oz faoliyatimizni boshqatdan tartibga solib, yangi aktsiyalar chiqarar edik, boshqa joyga kochib otardik. Vakolatxonalarimizning birini ochib, birini yopardik va hokazo. Biroq tashvishga tushish va asabiylashish orniga men harbiy shifokorning sozlarini eslardim: Bir qum zarrasi ortidan boshqasi tushadi. Bir ishning ortidan boshqasi paydo boladi. Shu tamoyilga rioya qilib, men oz vazifamni urush vaqtida bor-yogimni qariyb barbod etgan zoriqishu salbiy hissiyotlarsiz goyat oqilona tarzda ado etmoqdaman.
Kishini hammadan xafa qiladigan narsa shuki, bugungi kunda kopgina kasalxonalarning yarmidan kopini ruhiy va asab kasalliklaridan jabr koruvchi, kechagi kunlarini barbod etuvchi yuki va kelajak oldidagi qorquvga bardosh berolmaydigan kasallar bilan band. Bordi-yu, Iso Masihning: Ertangi kun gamini yemang sozlariga yoki ser Uilyam Oslerning Bugungi kun bolmasida yashang, degan maslahatiga rioya qilganlarida, bu odamlar bugungi kunda baxtli va mazmunli hayot kechirgan bolarmidilar. Siz ham, biz ham hayotimizning har bir soniyasida ikki abadiyat: ulkan, abadiy mavjud otmish va nihoyasiz oldinga intiluvchi kelajak ortasida turamiz. Biz, albatta, bir vaqtning ozida unisida ham, bunisida ham yashay olmaymiz, hatto soniyaning bir ulushicha ham u yerda, ham bu yerda bola olmaymiz. Boz ustiga, bunday qilishga urinib, vujudimiz va ongimizni barbod etamiz. Shu bois, keling, biz faqat yashay oladigan vaqtdagi hayot bilan qanoatlanib qoya qolaylik: bu hozirdan tortib to uxlagunimizgacha bolgan vaqtdir.
Quyosh botgunga qadar har bir odam oz yukini kotarib bora oladi,  deb yozgandi Robert Luis Stivenson.  Bir kun mobaynida har bir odam har qanday murakkab ishni bajarishga qodir. Quyosh botgunga qadar har bir odam quvnoq, sabr-toqatli, sevuvchan, pok bola oladi. Bular barchasi esa hayot sozi anglatgan narsalarning ozidir.
Ha, hayotda bizdan talab etiladigan narsalar mana shulardir. Darvoqe, Michigan shtati, Santino shahri Kurt-strit, 815 da istiqomat qiluvchi miss E.K.Shild kun botguncha yashash tamoyili boyicha yashashni organishdan oldin oz joniga qasd qilish holatigacha keltirib qoyilgan hayotdan umidini uzib qoya qolgan edi.
1937 yilda erimni yoqotdim,  deb hikoya qiladi miss Shild.  Men ezilib, adoi tamom bolgan edim. Ilgari ishlagan Rouch Fauler firmasi egasi mister Leon Rouchga xat yozdim va meni qayta ishga olishini soradim. Ilgari qishloq va kichik shaharlardagi maktablarga jugrofiya xaritalari sotib kun korar edim. Ikki yil avval erim yotib qolganida, mashinani sotdim, biroq kreditga tutilgan mashina sotib olish uchun pul orttirishga va yana kitob sotish bilan shugullanishga muvaffaq boldim. Tinimsiz yurishlar bilan bogliq ish meni chalgitar, asabiy zoriqishlarimni qaytarar deb oyladim. Biroq mashinada yurish va yolgiz ovqatlanishlar turgan-bitgani chidab bolmas sinovlar ekan. Bundan tashqari, garchi u qadar katta bolmasa-da, mashina badalini tolab borish uchun yetarli pul ishlayolmasdim.
1938 yil bahorida Missuri shtati Versal tumanida ishlardim. U yerdagi maktablar garib, yollari yomon edi. Men ozimni shu qadar yolgiz va bechorahol his etar edimki, bir kuni hatto ozimni oldiraman, deb oyladim. Bundan keyin yaxshi bolishiga umid yoq. Pul degani anqoning urugi bolib ketgan. Ertalab qorquv bilan uyqudan koz ochaman. Men yashashdan qorqardim. Mashina badalini, turgan joyim haqini tolayolmayman, oziq-ovqat ololmayman deb qorqardim. Shifokorga borgani pulim yoqligidan ogrib qolishdan qorqardim. Meni jonimga qasd qilishdan toxtatib qolgan narsa  agar olsam, singlim meni qaysi puliga komadi, degan oy boldi.
Ammo bir kun qandaydir maqolani oqib qoldim-u, meni u tushkunlik girdobidan olib chiqdi va bundan keyin yashashda davom etgani jasorat baxsh etdi. Meni larzaga solgan va ruhlantirgan fikrni aytgani uchun muallifdan umrbod minnatdorman. U bunday degandi: Dono uchun har bir kun yangi hayotdir. Men bu hikmatli sozni mashinkaladim-da, yurgan vaqtimda har doim korinib turadigan joyga yopishtirib qoydim. Faqat bir kun bilan yashash unchalik qiyin emasligini bildim. Men otmish kunlar haqida eslashni tashladim va ertangi kunni oylamay qoydim. Har kuni ertalab ozimga derdim: Bugun yangi hayot boshlanayapti.
Yolgizlikdan qorquvni va kambagallik oldidagi qorquvni muvaffaqiyat ila bartaraf etdim. Hozir baxtiyorman va ishlarim unchalik yomon ketmayapti. Yuragim ishtiyoq va hayot sevgisiga limmo-lim. Endi, kelajakda meni nima kutib turishidan qati nazar, hech qachon qorqmayman. Kelajakdan qorqish kerakmasligini bilaman. Endi faqat bir kunlik tashvishim bilan yashay olishimni bilaman, chunki donolar uchun har bir kun  yangi hayotdir.
Shunday qilib, eng asosiy narsa shundan iboratki, agar hayotingizda tashvishdan xoli bolishingizni istasangiz, ser Uilyam Osler qilgan ishni qiling.
Ozingizni otmish va kelajakning temir devorlari bilan tosing. Bugungi kun bolmasida yashang.
Oldingizga bir qancha savollarni kondalang qoyishga harakat qiling va ularga yozma javob qaytaring:
1. Kelajak borasida tashvishlanish va ufqdan naryoqda boglari chappor urib gullagan qandaydir mamlakatni izlab topish uchun bugungi kunni unutish xayoli menda bormi?
2. Otmishda sodir bolgan, otib ketgan va tugallanib bolganlardan afsuslanish bilan ozimning hozirimni yomonlashtirayapmanmi?
3. Oz imkoniyatimni boy bermayman va oldindagi yigirma tort soat haqini olaman degan qatiy niyat bilan har tong ornimdan turamanmi?
4. Bugungi kun bolmasida qanday qilib hayotdan koproq narsa olaman?
5. Bular hammasini qachondan boshlashim kerak? Kelasi haftami, ertagami, bugunmi?

II b o b
Tashvish bilan bogliq vaziyatlarni hal etish uchun sehrli qoida xususida

Tashvish bilan bogliq vaziyatlarni hal etish uchun tez va ishonchli yoriqni bilishni istaysizmi? Ushbu kitobni oqimasdan turib, siz hozirning ozida qollashingiz mumkin bolgan uslubga muhtojmisiz? Unda Nyu-York shtati, Sirakuza shahridagi dunyoga mashhur Kerrier korporatsiyasiga rahbarlik qilayotgan, konditsionerlar ishlab chiqarishga asos solgan, ajoyib istedod sohibi Uillis X.Kerrier uslubi haqida hikoya qilib berishga izn bergaysiz. Tashvish bilan bogliq muammolarni hal etishdagi uning texnologiyasi men ilgari eshitganlarim ichida eng yaxshilaridan biridir. Nyu-Yorkdagi muhandislar klubida bolib otgan ziyofatda u haqda uning ozi menga hikoya qilib bergandi.
Yigitlik chogimda Nyu-York shtati, Buffalo shahridagi Buffalo Forj kompaniyasida ishlar edim. Menga Missuri shtati, Kristal-Siti shahridagi pittsburg Pleyg Glass kompaniyasi zavodida gaz tozalash tizimini ornatish topshirilgandi. Bu zavod bir necha million dollar turardi. Gaz tozalashning biz taklif etgan uslubi yangi va faqat bir marta, shunda ham mutlaqo boshqa sharoitlarda sinab korilgan edi. Kristal-Sitida ishlab turgan vaqtimda koz korib, quloq eshitmagan qiyinchiliklar kelib chiqdi. Umuman, jihoz yaxshi ishlab turgan edi, ammo tayyorlovchi zavodning kafolat majburiyatlariga muvofiq bolish uchun yetarli emasdi.
Ishim chappasiga ketganidan hangu mang edim. Ozimni xuddi boshimdan qattiq zarb yeganday his qilardim. Qornim, butun ichim chidab bolmas darajada ogrir edi. Bezovtalik ancha vaqtgacha menga uyqu bermadi.
Nihoyat, bezovtalikning oxiri xayrli bolmasligini eslatuvchi oqilona nasihatga rioya qildim. Shunda tashvish tortmasdan muammoni yechishga imkon beruvchi uslubni ishlab chiqdim. Bezovtalik bilan kurashishning bu uslubini men ottiz yildan koproq vaqtdan beri qollab kelaman. U juda oddiy. Undan har kim foydalansa boladi. U uch bosqichdan iborat:
1.    Barcha bolib otgan ishlarni qorqmasdan baholab, vaziyatni haqqoniy tarzda tahlil qilib chiqdim va agar vaziyat men uchun eng yomon tarzda rivojlanadigan bolsa, yana sodir bolishi mumkin deb taxmin qildim. Meni qamoqqa tiqmaydilar va otmaydilar. Bu mutlaqo aniq edi. Shuningdek, biz jihozni qayta sozlashimiz kerakligi va bunga qoyilgan yigirma ming dollarni yoqotishimiz ehtimolligi ham mavjud edi.
2.    Muvaffaqiyatsizlik oqibatlarining salbiy imkoniyatlarini aniqlagandan keyin men bunga tan berdim. Bu muvaffaqiyatsizlik mening obroyimga zarar yetkazadi va ehtimol, ishimni yoqotishimga olib kelar. Agar shu hol roy bersa, men har doim boshqa joy topaman. Men ishlagan firma uchun vaziyat ancha xunuk bolishi mumkin. Albatta, biz gaz tozalagichning yangi uslubi boyicha tajriba otkazayotganimizni tushunishadi va agar bu tajriba ularga yigirma ming dollarga tushsa, bunga chidaydilar. Zararni ular tadqiqot faoliyatiga urib yuboradilar. Oqibatning eng yomon ehtimolliklarini aniqlab, ularga iqror bolgandan keyin, haddan tashqari muhim narsa sodir boldi: men darhol tinchlandim va bu barcha kunlari his qilmagan xotirjamlikni sezdim.
3.    Shu vaqtdan boshlab men oz gayratimni voqealarning eng yomon rivojlanishiga yol qoymaslikka harakat qilishga yonaltirdim. Endi men yol va vositalar qidirishga tushib ketdim, toki bular yordamida 20 ming dollarlik taxminiy zararimizni kamaytirish imkoniga ega bolaylik. Men bir qancha vaqt sinov otkazdim va aniqladimki, agar biz qoshimcha jihozga yana besh ming dollar sarflasak, oldimizda turgan muammoni hal etar ekanmiz. Biz shunday qildik va 20 ming dollar zarar orniga 15 ming dollar foyda oldik.
Agar tashvishlanib yuravergan bolganimda, men hech qachon bunday natijaga erishmagan bolar edim, chunki tashvish keltirish mumkin bolgan eng yomon narsa  bu fikrni bir joyga jamlashga qobiliyatsizlikdir. Biz tashvishlanganimizda, fikrlash qobiliyatini yoqotamiz. Biroq, bordi-yu, biz ozimizni xayolan voqealar rivojini kozda tutgan sirlaridan eng yomoni bilan toqnashishga majbur bolsak, biz xira tuygulardan xalos bolamiz va diqqatimizni muammoni yechishga qaratish holatida bolamiz.
Men hikoya qilgan voqea kop yillar ilgari bolgandi. Usulim shu qadar yaxshi ish berdiki, shunday buyon men uni boshqa holatlarda ham qollab kelayapman.
Xosh, psixologiya nuqtai nazaridan Uillis X.Kerrierning bu sehrli qoidasi nechuk bu qadar bebaho, amaliy jihatdan bu qadar maqsadga muvofiq? Gap shundaki, u biz tashvishlar yuki oldida kozimiz hech narsani kormay, botib qolgan mayus hislar botqogidan chiqib olishimizga yordam beradi. Biz qaddimizni adl tutish imkoniyatiga ega bolamiz. Biz qanday ahvolga tushib qolganimizni aniq tushunamiz. Bordi-yu, bunday tushuncha bolmaganida, unda, umuman, bizning biron narsaga aqlimiz yetar edimi? 
Bordi-yu, Uillis X.Karrier katta muammolar bilan toqnashgan deb oylasangiz, demak, siz haqiqiy katta muammolar qanaqa bolishini bilmas ekansiz. Massachusets shtati, Vinchester shahridan Erl P. Xeyni voqeasini olaylik. Biz u bilan 1948 yil 17 noyabrda Bostondagi Statler otelida uchrashgan edik. Ancha ilgari, yigirmanchi yillarda,  deb hikoya qilgandi u,  muttasil tashvishlanish oqibatida oshqozon yarasi orttirib olgandim. Bir kuni tunda qop-qora qon qusa boshladim va meni zudlik bilan Chikago universiteti qoshidagi kasalxonaga yotqizishdi. Ozib, chop bolib ketdim va qirq kilo ham kelmaydigan bolakayga aylanib qoldim. Holbuki, oldin naqd yetmish kilo tosh bosar edim. Betobligim shu darajaga bordiki, qolimni kotarolmasdim. Oralarida oshqozon yarasi kasalliklari boyicha goyat taniqli bir mutaxassis bolgan shifokor kelib, meni tuzalmaydigan xiliga giriftor bolgan degan xulosaga keldi. Men ishqorli dorilar va har yarim soatda bir osh qoshiqdan qaymoqli sut ichar edim va shuning sharofatidan olmay turgandim. Hamshira ertalab va kechqurun rezina naycha orqali oshqozonimdagi narsani sorib chiqarib tashlardi.
Shu zayl kop oylar otdi... Oxiri ozimga dedim: Menga qara, Erl Xeyni, modomiki, oldingda muqarrar olimdan boshqa hech nima yoq ekan, qolgan hayotingdan imkoning boricha haqingni olib qolsang-chi. Sen har doim dunyo boylab sayohat qilishni xohlarding va bordi-yu, umuman, shunday sayohat qilish niyating bor ekan, hozir ayni payti.
Doktorimga jahon boylab sayohat qilmoqchi ekanimni va rezina naychani ozim eplashimni aytganimda, hammalari anqayib qolishdi. Bu sira mumkin emas! Ular bunaqasini hech eshitishmagan edi. Agar jahon boylab sayohatga chiqadigan bolsam, meni ochiq dengizga dafn etishlarini ogohlantirishdi. Yoq, dafn etmaydilar,  deb javob berdim men,  qarindosh-uruglarimdan meni Nebraska shtatining Broksi Bou shahrida joylashgan qabristondagi bizga taalluqli xilxonaga qoyishlari vadasini olganman. Shu bois safarimga, har ehtimolga qarshi, tobut ham olib ketayapman.
Tobut sotib oldim, uni kemaga yukladim va kema kompaniyasi bilan olib qolgan taqdirimda tobutimni muzxonaga solib qoyishlarini va shu holatda uni uyga qaytarib yuborishlarini kelishib oldim.
Los-Anjelesda sharqiy yonalishda suzib ketgan Prezident Adams kemasiga kotarilishim hamonoq men ozimni bardam his qila boshladim. Asta-sekin ishqorli kukun ichish va naychadan foydalanishni tashladim. Kop otmay meni hatto kafolatli tarzda tugatib qoya qolishi mumkin bolgan tansiq taomlarni ham tanovul qila boshladim. Vaqt otishi barobarida men hatto uzun sigaralar chekib va uncha-muncha achchiq limonaddan icha boshladim. Ana buni lazzat desa boladi. Biz ochiq dengizda boronga duch keldik, tayfunlar bilan olishdik, aslida ular meni tayyor tobutga tiqib qoya qolishlari kerak edi. Ammo bu barcha sarguzashtlar menga katta quvonch bagishlamoqda edi. Men hech nimadan qorqmay qoygandim.
Kemada men qarta oynar, qoshiq aytar, dostlar orttirar va goho tong otguncha otirib, ular bilan xushchaqchaqlik qilar edim. Biz Xitoy va Hindistonga yetib kelganimizda, men chekkan tashvish va gamlar bu mamlakatlarda hukm surgan qashshoqlik va ochlikka nisbatan bogi eramdagi halovat ekanini angladim. Men bemani tashvishlarimni bir chetga surib qoydim-da, ozimni juda 