Azamat Qorjovov. U yozuvchi bolmoqchi (hajviya)

Kimningdir yozganiga ofarin, kimningdir
yozmagani uchun rahmat.
Asqad MUXTOR.

Hech kutilmaganda, goyo bulutsiz osmonda
chaqmoq chaqqandek, tahririyatga
yigirmatacha hikoya qolyozmasini kotarib
keldi.
 Kimniki?  dedim hayron bolib.
 Meniki,  pinagini buzmadi u.  Hammasi
senga. Boshqa hikoyalarimni "Pinak",
"Sogindik", "Haftama-hafta" gazetalariga,
"Qasamxor" jurnaliga jonatdim.
Ogzim ochilib qoldi.
 Nima balo, hikoya ishlab chiqaradigan
fabrika qurdingmi?
 Yoq, hozircha oddiygina tsex,  dedi u. 
Xudoga shukr, gazeta-jurnallar kopayib,
hikoyaning narxi oshib ketdi. Bir sahifa hikoya
narxi eng kam ish haqining yarmiga teng.
Xasis tahririyatlar uchdan birini beradi. Ammo
menga chot emas, kursdoshjon. Bir sutkada
gazeta hajmicha kamida uch sahifa hikoya
yozaman. Bu degani  kimningdir bir oylik ish
haqini bir kunda uyda otirib ishlayman. Qolim
sog bolsa bas!
 Qoling?.. Haligi... sen oqib yurganimizda moy
sotarding, shekilli. Qanaqa qilib adabiyotga
kirib qolding?
Kursdoshimning kulgisi qistadi.
 Nega unaqasanlar-a?  deya kiftimga qoqdi.
 Senlarning fikringlarcha, moyfurush
moyfurushligicha qolishi kerak. Kim
universitetda tirishqoq bolsa, alo baholarga
oqisa, ijodkorlar togaragiga qatnashsa,
oshandan yozuvchi chiqadi.
 Lekin sen aqalli bitta kitob ham...
 Kitob oqimagansan, demoqchimisan?
Qoysang-chi, shunaqa "detskiy" gaplarni!
Avvallari kitobdan foyda yoq edi. (Tagin shu
gapimdan ham ilintiraman, deb oylama!) Endi
esa u xom ashyo bazasi. Axir, kitob oqimasdan
shuncha narsani qaerdan olib yozaman?!
Kochiramanmi?! Be-e...
Bildiradigan etirozlarimning yolini bir-bir
tosib, axiyri kiftimdan qolini oldi. Nazarimda,
biroz jiddiy tortgandek edi.
 Sahifasiga qanchadan tolayapsanlar? 
soradi u.
 Chop etsak, beramiz-da, el qatori,  dedim
mujmallanib.
 Mayli, hikoyalarim kop, gam yemayman.
Lekin kursdoshlik hurmati, iltimos,
boshqalarga qaraganda ming som ziyod yoz.
Gonorar olgan kunim oshga boramiz.
Ichasanmi?
 He, yoq...
 Tavba, mushtdan ham, goshtdan ham quruq
qolasan-a! Yozuvchi degani yeb-ichishni, sayru
sayohatni, pul topishni ham bilishi kerak.
Bolmasa, ozining etagiga chuvalashib
yuraveradi. Yeb turmasang qanday yozasan?!
 Yozuvchi bolsak, balki sen aytganday
yasharmiz.
 Yozuvchilar uyushmasiga azo emasmisan?
Esim qursin, azo bolish uchun kamida ikkita
kitob chiqarish kerak-ku, senda hali bironta
ham yoq.
Shu payt qolyozmalarning birini beixtiyor oqiy
boshladim. Sarlavhasi shunday edi:
"Qabristondan topilgan baxt yoxud narigi
dunyodan qaytgan qizning nikohi".
"Hikoya" quyidagicha boshlangandi: "Tun juda
ham zim-ziyo bolsa-da, qabristonning narigi
chekkasi zamona zayliga binoan doppayib-
doppayib kozga tashlanardi. Ogir, dahshatli
sukunat chokardi. Odamning yurak urishi
oziga eshitilardi. Tuman quyuqlashardi. Yarim
kechasi, buning ustiga qabriston bolishiga
qaramay, boron guvillardi. Qorqinch yanada
oshardi..."
Lanati "-ardi" qoshimchalari bir zumda
konglimni aynitdi. Zim-ziyo tunda
qabristonning narigi cheti korinib turishi-yu,
tuman quyuqlashayotganda boron guvillashi
umuman aqlga sigmasdi. Toshib kelgan
gazabimni bogzimda zorga jilovladim.
Rangim ozgarganini sezdi chogi, kursdoshim
norozilik bildirdi:
 E, yaxshilab oqidingmi yo tushunmasdan
aftingni bujmaytirayapsanmi?
 Nega?.. Yomon emas... faqat... chop etish
masalasini muharrir hal qiladi, men oddiy
adabiy xodimman.
 Diqqat bilan oqi-da, jora. Mana... manavi
hikoyam durustroq. "Fantastika" deyolmaysan,
axir bolgan voqea bu.
Sarlavhaga qaradimu dimogimga
qolyozmadanmi, muallifdanmi, badboy hid
urildi, allaqaerda qurtlar gimirladi. "Xotin
kimniki yoxud yarim kechasi ayol talashgan
erkaklar".
Vo darig, dahshatga tushib oqishga tutindim:
"Qosim aka ishdan yarim tunda kelardi.
Qarasa, chirogi yoniq turardi. Nima gap ekan,
deb chopib kirsa, uyining torida mahalla
oqsoqoli otirardi. Dasturxon yozilgan, xotini
esa choy-poy tashib xizmat qilib yurardi.
 Qosim,  dedi mahalla oqsoqoli,  xotining
menga yoqib qoldi, endi u meniki. Agar
sevsang, yur, hovliga chiqib, mushtlashamiz.
Kim golib chiqsa, xotin shuniki.
Azbaroyi jahli chiqqan Qosimning mushtlari
hind kinolaridagidek tugilardi.
 Mayli, yur! Songgi tomchi qonim qolguncha
xotinim uchun kurashaman!  dedi Qosim.
Ikkovi dahshat bilan mushtlashardi. Yerning
nafaqat changi, balki gongi ham chiqib
ketardi. Garchi dumlari va shoxlari bolmasa-
da, ikkovi bamisoli hokizga oxshardi.
Jang soatlab davom etardi. Axiyri, Qosim
havoga sakrab, mahalla oqsoqolining
opkasiga ikki oyoqlab tepardi. Mahalla
oqsoqoli yiqilardi. Qosim esa oyoq uchida
uning duch kelgan joyiga sharqona zarbalarini
yollardi. Nihoyat, Qosim havoga uch marta
sakrab, har gal tovoni bilan raqibining ustiga
tushish barobarida "iya-ya!" deb baqirardi.
 Dadasi, golib bolishingizni bilardim,  deb
Qosimning xotini yugurib chiqib, yiglab
boyniga osilardi. Qosim ham quvonchidan
yiglardi.
Shunda mahalla oqsoqoli ornidan turardi.
Ust-boshini qoqardi-da, tomoq qirib olgach,
kokka boqib, munojot qilardi:
 Yo tangrim! Nahotki, men yengildim?! Doim
yengilaveramanmi?.. Bevalik ham jonga
tegdi..."
Qolyozmani ortiq oqiyolmay stol ustiga
tashladim. Qarshimda kursdoshim hamon
tirjayib turardi.
 Qalay, zormi?  dedi u.  "Zagolovka" ham,
syujet ham "kommercheskiy". "Oblojka"da
elon qilinsa "lyuboy" odam oqiydi, tiraj oshadi.
Otvechayu!
Biroz tanqid qilishga jurat etdim:
 Badiiylik yetishmayapti, dostim.
 Qiziqmisan?! Bu davlat nashrlari uchun
yozilmagan-ku! Odamlar charchamasdan,
zerikmasdan, tez oqishlari uchun qisqa
gaplardan foydalanganman. Murakkab, uzun
gaplarning "vobshe" keragi yoq.
 Lekin...
 E, chap tomoning bilan turganmisan?! Nega
buncha injiqlanasan? Haqiqiy sanat asari
yozib kelsam, chop etasanmi? Yoq! Chunki
haqiqiy sanat asariga birinchi orinda falsafa
qoshaman, keyin psixologiya. Innankeyin
tabiat tasviri va lirika. Qani, ayt-chi,
falsafiylashib ketgan, psixologiya berilgan
hikoyani bozorda kim oqiydi?! Men senga
aytsam, adabiyot nazariyalaringning ozi
notogri. Hikoya qisqa bolishi kerak, qayta
ishlanishi kerak, bir necha oy tashlab qoyilib,
songra begona koz bilan qarab chiqish lozim
deyiladi. Buyam yetishmaydigandek
qolyozmani boshqalarga oqitib, fikrlarini olish
shart... Tuf-e! Bunaqada ijod qilib boladimi!
Masalan, men ozim yozgan hikoyani qayta
oqib chiqquncha yana bitta hikoya yozib
tashlayman. Eng ahmoqona tushuncha 
"qisqa yozishim shart" deb oylash. Qisqa
yozsang, birinchidan, qalam haqi kam boladi,
ikkinchidan, hozirgi odamlar tushunmay
qoladi. Bilsang, osha adabiyot nazariyasining
ozi qalin kitob. Nega qisqa yozmagan? Eng
qizigi, osha adabiyotshunoslar togri
maslahat bersa, nega bizdagilar yuz yildayam
Nobel mukofoti olisholmadi? He, hammasi
notogri! Odam qamoqdayam asar yozaveradi.
Agar qisqalik zarur bolganida, "Urush va
tinchlik" tanqidga uchrardi. Kinochilar bitta
hikoyadan ikki soatlik film ishlolmasdi. Hozirgi
zamonda qolyozmangni oqiyman, maslahat
beraman, deb qaysi yozuvchining kozi uchib
turibdi?! Bir necha oy tashlab qoyish haqida-ku
gap bolishi mumkinmas. Pul masalasini katta
xolam hal qiladimi? Yevropada yozuvchilarning
asarlari siyohi qurimasdan qolma-qol bolib
ketgan. Gapning qisqasi, dostim, sanat asarini
yozishga sharoit yoq. Kvartirada yuribman,
"dom" olishim kerak. Keyin mashina
deganday... Aytmoqchi, haligi masala. Menga
uy, mashina berib, ikki yil yuqori maosh tolab
boqadigan odam bormi?
 Yoq,  dedim ensam qotib.
 Demak, sanat asariyam yoq,  deya u qosh
qoqdi.  Bolalaring non deb tursa, hech kim
tushunmaydigan murakkab asar yozishga
qoling boradimi? Hecham-da.
 Baribir bu yaxshi emas. Xop, hikoya yoza
boshlabsan. Hech qurmasa bir marta tahrir
qilib chiq. Manavi jumlangga qara: "Chumchuq
juftakni rostlab qolardi". Uning yugurganini
hecham kormaganman.
Kursdoshim qol silkidi.
 Ozing togirlavor-da, jora, nega tahririyatda
otiribsan?! Yuz foiz tayyor asarning ozi yoq.
Muharrir, adabiy xodim, musahhih atalmish
jonivorlar matbuot ormonida bejiz paydo
bolmagan. Ularga ham ish qoldirish kerak
yozuvchi zoti.
Ancha vaqtdan beri kormagandim bu
ajabtovur kursdoshni. Darrov qopish odobdan
emas, degan xayolda zorga chidab otirdim.
Hamma narsaning mavridi bor. Ertaga hech
vaqosi chop etilmagach, qongiroq qiladi.
Oshanda yotigi bilan tushuntirarman.
Xayrlashar vaqtida ham tilimning uchidagi
gapni aytolmadim: "Iltimos, yozishni
tashlanglar! Tirikchilik uchun boshqa kasb
topinglar! Adabiyotni bulgash gunoh-ku,
birodarlar!.."
Ammo-lekin chuchvarani xom sanagan
ekanman. Oradan ikki hafta otar-otmas, bir
shotiri hovliqib keldi.
 Oka, materiallarni bering, ustoz hikoyalarim
bekor turib qoldi deb "nervnichit" qilayapti.
Ozingiz tushunasizu Toshkandagi tort-beshta
okaxonning gaziti yozgi "mertviy" sezonda
tashavorgan. Tirajni kotarmasak uyatli bop
qolamiz.
Hikoyalarni qaytarib berdimu, yengil nafas
oldim. Xuddi kabinetimdagi shkafda bir toda
chochqa bolasini qamab otirgan kabi bezovta
edim-da, axir.
Osha kursdoshimga ishi tushadigan
tahririyatlar bormikan, deb qattiq hayratda
edim. Hali bu holvasi ekan. Hikoyalari uch-tort
oy mobaynida biryola olti-etti gazetada chop
etilgach, mayda gazetalar avval chiqqan eski
hikoyalarini yarim narxida sotib olib, paydar-
pay bosa boshladi.
Bir yildan keyin uni tanimay qoldim. Buqadek
semirib ketibdi.
 Gonorarlaringni hisoblab kordim,  dedim
yarim hazil ohangda.  Haftasiga bir yuz ellik
minglar ishlayapsan. Bu  oyiga yarim
milliondan oshadi, degani. Yetadimi?
 Shuyam gapmi?  kerildi u.  Ishlagan odam
xor bolmaydi. Kunim faqat gonorarlarga
qolgani yoq. Moyfurushlikni qaytadan yolga
qoydim.
 Demak, bozordasan?
 Bozordaman. Yana bir qoshimcha daromad
manbaini topdim. Huzurimga mukofottalab
yoshlar, obrotalab oqituvchilar, shuhrattalab
qalamkashlar kop keladi. Ozlarining nomidan
hikoya, sher yozib, chop etishimni iltimos
qilishadi. Menda hikoya ham, sher ham tiqilib
yotibdi. Ottiz-qirq mingdan naqd
pullayapman. Zor yozib qoyganlarimni oz
nomimdan chiqaraman. Tort-besh yilda Nobel
mukofoti ham olsam kerak. Ma, oqi!
Sarlavhaga koz tashlayman: "Bokira kelinning
goyib bolgan iffati yoxud buzuq qaynotaning
mudhish qilmishi!"
Qayd qilib yuboraman.
 Ie, mazang yoqmi?  deydi kursdoshim. 
Yemaysan-da, yemaysan! Ranging
oppoqligidan sezgandim...
Shunda kallamga ajoyib fikr keladi:
dorishunoslik sohasida qayt qildiruvchi yangi
dori kashf etildi. Uning "asar"larini
dorixonalarda sotish kerak!

Telegram.me/Kitobxona