iga qarshi kinasi tagin bir necha qat ortqan, animo bu gal salom berguchiga bir qaraydir-da, "oglim, menga salom berib nima qilasan, margilonliq onangning duosini ol!" deb yuzini chetka oguradir. U1 onasining bu kinoyasini kulgulik bilan kechirib, yana eskicha arazda qolab- eradirlar. Otabek yana on besh kunni otkazib, tagin bir nozik sababni ortaga tashlab onasining ruxsatisiz Margilonga jonab soladir. Tagin ozbek oyimning rangi ochkan, qoni qochqan: tovoqni kosaga, chomichni piyolaga urib dod-u faryod: "Siz otamisiz, nimasiz axir, oglingizni tiyib olish sira esingizga keladimi? oglingizning bu ishi bechiz emas: margilonliq sehr qildimi, jodu qildimi, hay- tovur siz shu yosunda yuriy bersangiz, erta-indin oguldan ajralasiz. Bu kalvak2 oglingiz margilonliqning es-higida qul bolib yotib oladir..." Animo Yusufbek hoji xotinining sozini bu gal ham elamaydir, faqat: "Qoyaber, xotin, ozi sog bolsa, bir kun esini topar",  deb qoyadir. Bir yarim oylar vaqtni Margilonda otkazib, tagin Otabek Toshkandga keladir. Tagin ona-bola oralarida kina-ku- durat... Tagin araz... on besh kun otmasdan yana Andijon safari, yana ozbek oyimning figoni falakka...
... Bir oylab kechikkandan song Otabek qaytib keldi va bu kelishining vij- don azobi va tilamagan bir taklifni eshitish uchungina emas, balki qabul qilish uchun bolganligini payqadi. U1 bu gapni onasining ilgarigi achimsiq sozlarini va arazlarini tugalganidan va orniga chuchuk sozlar, silliq muomalalar bitib "eson- sog keldingmi, bolam"laridanoq sezgan edi. Bunday bolmagur taklifni eshitmas uchun ozini chetka olib, otasi, ayniqsa, onasiga yoliqishdan qochib yurishka majbur boldi. Ikki oradagi bu qochish-quvish ishi uzoqqa chozilmay, bir kech mehmonxonada ota-ogul sozlashib olturganning ustiga ozbek oyim kelib kiradi va olturmasdanoq hojiga imlab qoydi. Bu imqoqni Otabek payqamagan bolsa ham, lekin anuv gapni aniq shu majlisda ochilishiga kozi yetib, chiqib ketish- ning ilojini qilolmadi. ozbek oyim kelib kirgandan song Yusufbek hoji bir necha vaqt oylab qoldi. ozbek oyim depsinib-depsinib eriga qarab olar edi. Anchagina sozsiz olturgandan song hoji muloyimona soz ochdi.
 oglim, hali san eshitdingmi, yoqmi, haytovur biz saning ustingdan bir ish qilib qoydiq...
Otabek, ma'lumki, ularning "qilib qoygan yoki qilmoqchi bolgan ish- larini" albatta bilar edi. Shundoq ham bolsa bilmaganga solindi:
	Aqllik kishilarning ogullari ustidan qilgan ishlari albatta nomaqul bolmas,  dedi.
Hoji oglining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bil- may qoldi. Istehzo aralash xotiniga qarab oldi. Yana oraga jimjitlik kirdi. Bu sozsizlik manosiga ozbek oyim tushuna olmagan edi. Biroz qarab olturgach, yuragi qaynab ketkandek boldi:
	Biz saning uchun Olim ponsadboshining qiziga unashib qoydiq... Endi san bilan toy maslahatini qilishmoqchi edik...
Otabek onasiga bir ogiz soz demay, ma'nolik qilib otasiga qarab oldi. Hoji uyatliksumon "shundog" deb qoydi.
	Sizlarni ranjitib bolsa ham bir martaba uylangan edim-ku? Endi...
	San uylansang biz ranjirmidik? dedi kulib hoji.
	Ranjimasalaringiz...
Hoji tuzuklanib olturib oldi:
	Bu ranjishdan emas, hojatdan, oglim.
	Nima hojat?
	Hasanalining soziga qaraganda, qayin otang qizini Toshkandga yubor- mas ekan. ogil osdirib katta qilgan onangning bolsa oldiga kelin qaygusi keladir...
Otabek onasiga qaradi:
	Bu kungacha kelinsiz ham yashab keldingiz, bundan keyin ham shusiz turib bolardi-ku,  dedi.
ozbek oyim margilonliq tomonidan sihrlangan ogliga qarshi qizishib ket- di. Bir yillardan beri ichiga yigib kelgan kinasini tokib berdi:
	Man sani bu umid bilan boqib katta qilmagan edim. San bizning nasli- mizni kotarish orniga, yerga urib bulgading. Biz sani Margilon andisiga bunchalik mukkadan ketishingni oylamagan edik, adabsiz... ozingga qolsa shu margilonliqni xotinga hisoblab ketaberar ekansan-da, uyatsiz!..
Otabek ham qizishdi:
	Xotin bolmasa nima, axir?!
	Qoshliq, kozlik bir andi!
	Andi deganingiz nima ozi?
Yusufbek hoji oglini bosish orniga javob ber, degandek qilib iljaygan holda xotiniga qaradi. ozbek oyim "andi" manosini bildirib, andilarning sihrini rad qilish uchun biroz tutiliqib qiynaldi:
	Andi... andi... ozi xitoymi, nima balo... ozi qalmoqdan tarqagan bola- dir. Tushunmagan bolsang, lolilarning bir toyifasi...

Bu javobga Yusufbek hoji ozini xaxolab kulishdan toxtata olmaganidek, Otabek ham kulib yubordi. Xotinining tirnoq ostidan kir izlab va davosining isboti uchun goldirashidan ortiqcha kulib kayflangan Yusufbek hoji koziga chiqgan yoshlarni artar ekan, jiddiyat bilan ogliga dedi:
	oglim, san onangning gapiga achchiglanma. U1 har narsa desa faqat Margilondan uylanganingga qarshiligidan aytadir. Animo mendan sorasang, Margilondagi na qudamiz va na kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmay- man, balki bizga quda bolmoqqa eng muvofiq kishilar edi, balli oglim, deyman. Animo bizning hozirgi ba'zi bir raylarimiz sanga yotishib kelmas ekan, bunga haq- qing ham bor, lekin ikkinchi tarafdan bizni ham haqsiz tashlab qoyma. oglim, bizning sandan boshqa umid nishonimiz, hayot quvonchimiz yoq. Dunyoda korib otaturgan barcha orzumiz, havasimiz faqat sangagina qarab qolgan. Biz xudoi taologa minglab shukur aytamizkim, san boshqalarning farzandidek eslik-hushlik bolding; kishilardek sen bilan iftixor qilolmasaq-da, san orqalik xijolat chekmasi- mizga ishondik. Ayniqsa, onangning saning tufayli kechiraturgan umidlari tobora ortib bordi. Bu kun onang saning oldingga tiz chokib va onang kongli uchun men ham oraga tushib sandan soraymiz: san oz xohishing yolida uylangan ekansan, rafiqang sanga muborak bolsin. Eslilik davosida yurgan ota-onang tilagi, albatta, shundan boshqa bolmas. Shu bilan birga saning sababi vujuding bolgan bir kishi oz hayoti ichida bolasi orqaliq bir orzu-havas kechirmakchi... Uning bu orzusiga haq berasanmi, yoqmi yana ixtiyor ozingda...
Hojining bu sozi ozbek oyimga nechogliq yoqqan bolsa, Otabekni shu qadar yerga qaratqan edi. Hoji ozidan oshirib sozlagan bu sozlarini shu gap bilan tamomladi:
	Bilgan topib sozlar, bilmagan qopib, deganlaridek, onangning aytmakchi bolgan sozi faqat shu edi. Boyagi gaplari bolsa oz haqqini himoya yolida uning popisalarigina bolib, mendan ham kora onangning fe'lini ozing yaxshi bilasan...
Otabek hamon sukutda, ozbek oyim bolsa boshi bilan "shundog" ishora- sini berar edi. Ota-ona orzusini ifo etishdan1 bir soniya ham ozining koz ongidan xayoli ketmagan anuv ilohiy muhabbat uchun hech bir turlik kamchilik kelmasiga ishonsa ham hozir uning yuragini boshqa bir haqiqat tirnay boshlagan va vij- donini faqat shu masalagina orab olgan edi. Otabekcha, eng nozik sanalgan bu masala qarshidagi javob kutib olturguchilarni nihoyat zeriktirdi.
	Bizni kutdirma, oglim.
Otabek maglub bir boqish bilan bu sozni aytkuchi otasiga qaradi va yalin- choq bir ohangda javob berdi:
	Men sizlarding orzularingizni bajarishka  agar xursandchiligingiz shu bilan bolsa  har vaqt hozirman. Animo bir bechoraga kora-bila turib jabr ham xiyonat...
Hoji oglining maqsadiga darrov tushuna olmadi va soradi:
	Kimga, xotininggami?
	Yoq, sizning oladirgan keliningizga. oglingizning vujudi bilan orzuin- gizni qondirish oson bolsa ham keliningiz qarshisida meni bir jonsiz haykal ornida tasavvur qilingiz.
Yusufbek hoji yalt etib xotiniga qaradi. ozbek oyimning bolsa oladirgan keliniga e'timodi yuqoriligidan oylab-netib turmadi:
	Mayli, bolam, buyoqni hozir san oylamay qoy,  dedi.
Otabek bir ogiz soz aytmay sukut qildi. Yusufbek hojining esa oglining sozini togriligiga, keyindan yuz korsataturgan kongilsiz ishlarga aqli yetsa ham, animo bir mulohaza yuzasidan istiqbolning qorongi ishlarini hozir uncha mulohaza qilib kormadi:
	Juda togri aytasan, oglim, biroq onangning bir mulohazasizligiga boshdayoq men labimni tishiab qolgan edim. Hozirda ham shu holda qol- moqqa majburman,  dedi va:  Biz hozir andishaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qoygan, bizning oiladan lafzsizlik chiqishi menga maqul korinmaydir.
Otabek ota-ona orzusiga oz ta'biricha jonsiz haykal bolib rizoliq berdi. Animo oz rizoligining sharti qilib toydan ilgari Margilon borib kelishni va bir daraja ularga aytib otishni, shundan song toy boshlashni ahd qildi. Ishning yengil kochishiga soyingan ona Otabekning bu shartiga lom demasdan kondi va orzuliq toyni tez boshlash uchun oglini Margilon ketmakka qistay boshladi...
Ona oriusiga kora Toshkentdan ham uylanishga majbur bolgan Otabek Kumushni qolga kiritishga astoydil ahd qilgan yovuz Homidning hiylalari tufayli suyuklisining uyidagilar tomonidan quviladi. Ammo aybi nimada ekanini bilolmaydi. Nihoyat, tortgan barcha azpblarining sababchisi Homid ekanligini bilgach, yolgiz ozi dushmanlariga qarshi omonsiz kurashadi va uch nafar jinoyatchini oldiradi.

DUSHANBA KUN KECHASI
Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini ozining qora quchogiga olgan qorongi bir tun edi va bulardan qaysi birlarining song soatlari yetkanligi shu qorongi tun kabi qorongi edi. Otabek bu ikki hol- dan tabuy birisini bu soat ozining koz ongida korar va shunga hozirlanar edi esa-da, animo Homidning xayoli faqat gulgina iskar, gul sayriga oshiqinar edi...
Olti qarich kenglikda uzundan-uzoq tor kocha, tor kocha boshida kichki- nagina bir eshikcha bor edi. Shom bilan xuftan ortasida bu kocha boshiga bir yigit kelib toxtadi-da, tevaragiga kishi bilmas qilib razm soldi. Kichkina eshikcha yoniga yetkanda tagin haligidek orqasiga qarab qoydi. Biroz oylab toxtagach, eshikning ong tomonidagi devorning buzuq yeridan sekingina kotarilib may- donga moraladi. Eshikning qulf va zanjiri bolmay yuziga yopiq holda turgan bolsa ham ul eshikka taqilmadi, mashaqqatlanib devorga mindi. Oy shom yeb yaxshigina qorongi tushkan bolsa ham maydon ichining daraxtsizligi uchun tikkaygan chob ham ajraturliq edi. Maydonni kishidan holi bilgach, sekingina devordan ozini maydonga oldi.
Maydon ikki tanob kenglikda bolib, janubi qutidor va qoshnisining imo- ratlari orqasidan va boshqa uch jihati ham shunga oxshash binolardan iborat edi. Maydonga yozda nimadir ekilgan, chuqur-chuqur joyaklar tortilgan va yer yomgur bilan ivib, bokib oyoq kotarib bosishga imkon bermas, har bir oyoq uzganda uch chorak loy barobar kotarilur edi. Qiynala-qiynala maydonning janubiga otdi. Uning chap qoli tomonida bir uyning orqa devori bir boyra eni kesib tushirilgan bolib qorayib korinar edi. U1 bu kesilgan orinni otkan kun kechasi kelib korib ketkani uchun qaytadan qarab turmadi esa-da, lekin uning bu binoga iltifotsiz qarashi mumkin emas edi. Bu tegi kesilgan bino Kumushning oz uyi bolib, bu uy ichida Otabekning saodatlik kunlarining shirin xotiralari saqlanar va shu daqiqada ham uning hayot tiragi bolgan Kumushbibi olturar edi. Otabek kozini toldirib binoga qaradi, goyo bu qarashda ul dunyo malaki bilan vidolashar edi. Uzoqqina binoga qarab olgach, qoyniga qol solib bir qogoz oldi, xayol ichida qogozning taxlarini tuzikladi-da, qaytarib yana qoyniga tiqdi. Shundan song binoga yana bir koz tashlagach, maydonning kunbotariga yurib, on besh adimlab haligi joydan yiroqlashdi. Tom shuvogiga loy olingan zovur shekillik orinni kechagi kelishida biqinish uchun belgulab ketkan edi, kelib shunga tushdi-da, qolini chakkasiga qoyib yoni bilan yotib oldi. Garchi osti ke- silgan bino bilan Otabek tushib yotqan loyxona bir-birisiga robaro edi, ammo imoratlarning kolagasi va kechaning otacha qorongiligi orqasida loyxonada ki- shi bolganligini payqash qiyin edi.
* * *
Tun yarim bolib, oldingi uxlaganlar endi bir uyquni olgan edilar. Maydon eshigi ochildi. Biri orqasidan biri yurib ikki kolaga maydonga kirdi. Buni payqagan Otabek xanjarini qinidan chiqarib qoliga ushlagach, yuz tuban yer- ga uzandi... Ikki kolaga sozsizgina osti kesilgan bino yoniga kelib toxtadilar. Kelguchilarning biri Sodiq va ikkinchisi Mutal edi. Tumshugini yerga tirab yotqan mushukdek bolib Otabek ularni kuzatar edi.
Toxtagach, shivirlab Sodiq soradi:
	Teshilayozganmikin?
	Ozgina qolgandir, deb oylayman, negaki, paxsaning enidan bir gaz chamasi joy ochilgan!
Mutal tovshini baralla qoyib sozlar edi, shuning uchun Sodiq dedi:
	Tovshingni sekinroq chiqarsang-chi!
Mutal belidan teshasini olar ekan, unga javob berdi:
	Hali shundan ham qorqasanmi, balki hali ashulamni ham aytib yubo- rarman!
	Jinniligingni qoy, Mutal aka! Men ham yoningda turaymi?
	Turasanmi, yoqmi ixtiyor ozingda!
Mutal kovakka kirib kovlashka tutindi.
	Teshani qattig solma,  dedi Sodiq.
	Menga orgatma, ozim bilaman.
Sodiq Mutalning ehtiyotsizligidan qorqdi, shekillik, biroz Mutalning ishiga qarab turgach dedi:
	Bolmasa, men eshik yoniga borib turay, teshildi deguncha hushtak ber.
	Tuzik, hali Homid kuyaving qayogda qoldi?
	Kochaning boshida poylab olturgandir. Hushtagingni eshitkach, uni ham chaqiraymi?
	Chaqir,  dedi Mutal va shitir-shitir kesak tushira berdi.
Sodiq eshikdan chiqgan ham edi, Otabek sekingina boshini kotardi-da, Mutal sari shuviy  boshladi. Mutal esa yemirilib tushkan kesaklarni tashqariga surish bilan ovora edi... Shu vaqt uning qoltugi ostidan uzatilgan qol hiqildogidan ombir kabi siqib oldi... Mutal kuchlik edi, animo Otabek undan ham kuchlik edi. Sapchib hiqildogini ajratish uchun bolgan Mutalning birin- chi harakati boshka ketdi-da, chap biqiniga otkir xanjar garchcha botirildi... Animo ul hamon boshalishga kuchlanar edi va kuchlik qol battarroq uni siqar edi. Uch daqiqaliq kurashdan song Mutal boshashdi, ilgarigi kuchlanishlar- dan qoldi va bir-ikki daf'a tolganib jimgina jon berdi. Otabek eshik tomondan kozini uzmagani holda Mutalni sudrab ozi biqingan loyxonaga olib bordi va qorqibqina hiqildoqdan qolini oldi. Mutalning boshi shilq etib loyxonaga tushdi- da, mangulik uyquga ketkanligi ma'lum boldi... Otabek bitta-bitta teshilgan bino yoniga kelib eshik tomonga hushtak berdi, javob hushtagi eshitilgach, tes- huk ichiga kirib olturdi. Teshukning yuqorisidan biroz tuynuk ochilgan bolgani uchun ichkaridan quloqqa yengilcha pishillash eshitilar edi... Sodiq yaqin yetkan edi, kesmadan uzoqroqda turib shivirladi:
	Teshdingmi, Mutal?
	Teshdim, beri kel.
Sodiq kesma yoniga kelib engashdi. Engashgani hamono qol hiqildoqqa togri kelgan edi va xanjar qorniga botirilgan edi... Sodiq qolidagi xanjari- ni bir-ikki qayta solib korsa ham tegdirish uchun kesmaning tubanligi halal berdi, lekin ozi tetuk edi. Otabek sapchib kesmadan chiqdi va bor kuchi bilan Sodiqni bosib tushdi... Bosib tushishi hamono allaqaysi yeri achishkandek sezil- di... Sol qoli Sodiqning hiqildogida, xanjarlik qoli Sodiqning xanjarlik qolida edi... Biroz kuchini yigib olgach, hiqildoqni bor kuchi bilan siqa boshladi. Sodiq xirillar, shunday bolsa ham qolidagi xanjarni boshatmas edi. Eshik tomondan Homid ham korinib qoldi... Yaqt tang kelgan edi... Sodiqdan kokragini qochirib xanjarlik qolini boshatdi va Sodiqning xanjari bir-ikki qayta uning orqasiga kuchsiz-kuchsiz kelib tekkan edi. Xanjarini ikkinchi urishda Sodiq boshashdi va qolidan xanjari tushdi.
	Homid akangga juda ham mehribon ekansan, Sodiq!  dedi bosib yotqan joyidan Otabek.  Joningni ham unga qurbon qilding!
Sodiq ingranib qoydi.
	Kim xirillaydir?  dedi yaqinlashib kelgan Homid.
	Tezroq keling, Homid aka, Otabekni oldirdik! dedi shoshib Otabek.
	Ah!  deb yurib keldi Homid.
Otabek Sodiqni qoldirib, Homidning xanjarlik qolini ushlab oldi.
	Mutal oldi. Sodiq ham olim yoqasida. Endi siz bilan ikkimizgina qoldiq!
Homid qolini boshatishqa tirishar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi:
	Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarlik qolingizni boshataman hozir, animo shungacha ikki ogiz sozim bor!
Homid hanuz qolini boshatishga kuchanar edi.
	Kuchanmangiz, Homidboy!
	Mard yigit bolsang, qolimni qoy!
	Oshiqma, qoyaman,  dedi Otabek. Shu choqda oyoq ostida yot- gan Sodiq kotarilib-kotarilib ozini otmoqda edi. Otabek Sodiqdan nariroqqa Homidni boshladi. Homid tigizlik bilan surildi. Xanjarlik qoli bilan tuynukka ishorat qilib, Otabek soz boshladi:
	Siz mendan ham yaxshi bilasizki, shu uyda sizni allaqancha mashaqqatlarga solgan, cheksiz jonivorliqlar ishlatkan va hisobsiz tillalar tokdirgan, nihoyat shu daqiqaga keltirib toxtatqan birav uxlaydir. Agarda sizning manim tilimdan yozib bergan taloq xatingiz durust hisoblanmasa, bu uxlaguchi manim halol rafiqam bolib, ikki yildan beri man ham uning koykla sargardonman. Demak, siz bilan manim oramizda shu birav uchun kurash boradir. Lekin siz shu choqqacha manim ustimdan muvaffaqiyat qozonib keldingiz: qora choponchi, deb dor ostilarigacha olib bordingiz, Musulmonqul qoliga topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz chiqgach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillab rafiqamdan ayirib turishka 11111- vaffaq boldingiz, bu orada gunohsiz bir yigitni ham oldirdingiz. Nihoyat ogriliq yoliga tushib, ikki yigitingizni manim qolimda halok qildingiz... Endi menga javob beringiz-chi: bu yomonliqlaringizda haqlimi edingiz?
 Haqli edim! dedi Homid va siltab xanjarlik qolini boshatib, chalqan- cha yiqildi. U1 qolini boshatqan choqdayoq Otabek ishini togrilagan, ya'ni Homidning qornini shir etdirib, yorib yuborgan edi. Homid holsizlanib yotar ekan, uni besh qadam naridan kuzatib tek turguchi Otabek zaharxanda ichida: "Haqlimi eding?"  deb soradi. Kuchanib: "Haqli edim!"  dedi Homid va qolidagi xanjarni Otabekka otdi, xanjar Otabekning yoniga kelib tushdi...
Otabek kushxona ornidan eshikka qarab qozgalgan edi, Homiddan besh- olti qadam narida yotqan Sodiqning "hmmm" degan tovshi eshitildi. Otabekning kongli allanuchuklangani holda maydondan chiqdi...

Savol va topshiriqlar 
1.	Ozbek oyimning tabiatiga xos jihatlarga e'tibor qiling.
2.	Asar matnidan uning "dumbul"ligini anglatuvchi orinlarni aniqlab, sharh lang.
3.	Ozbek oyimning Otabek bilan munosabati tasviriga tayanib, uning shaxsi yati haqida toxtaling.
4.	Romandagi: "Aqllik kishilarning ogullari ustidan qilgan ishlari albatta noma'qul bolmas,  dedi. Hoji oglining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bilmay qoldi" tasviridagi ota holati sababini izohlang. 
5.	Ikkinchi marta uylanish haqidagi talabga konishga majbur bolgan Otabekning ruhiy holatini izohlashga urinnig.
6.	Yusufbek hojining: "Biz hozir andishaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qoygan: bizning oiladan lafzsizlik chiqishi menga ma'qul korinmaydir",  degan mulohazasini sharhlang. 
7.	Asarda qonli voqea roy bergan kecha qanday tasvirlanganiga asoslanib, yo zuvchi mahoratiga toxtaling.
8.	Asardagi: "...uning bu binoga iltifotsiz qarashi mumkin emas edi" tasvirini izohlang.
9.	"Otabek kozini toldirib binoga qaradi, goyo bu qarashda ul dunyo malaki bilan vVdolashar edi" sozlari qahramonning qanday holatini ifodalayotir?
10.	Mutal bilan Sodiqning suhbati tasviriga asoslanib, ularning shaxsiyatini tav siflang.
11.	Roman matniga tayanib, Homidning fe'liga xos xususiyatlarni izohlang.
* * *
Shaxsiy hayoti yoIga tushmagan Otabek yurtning notinchligi, elning abgor- ligini korib, yana azpb chekadi. Shunday kunlarning birida Toshkentda qipchoqlar ayovsiz qirgin qilinganini koradi va bu ishga ordaga yaqin kishilardan bolmish Yusufbek hoji ham qatnashgan deb oylab otasidan ranjiydi. Buni sezgan donish- mand ota mamlakatning ayanchli buguni va tahlikali ertasi togrisida ogli bilan flkrlashadi...
... Yusufbek hoji ertalab choyni Otabek bilan birga ichish uchun mehmon- xonaga chiqdi. Otabek tersaygancha kelib choyga olturdi, otasiga salom ber- madi. Chunki ul oz otasini qipchoq qirginining bosh omillaridan deb qaror qoygan edi. Choy yarimlay yozdi. Oradan churq etkan soz chiqmadi.
Nihoyat, ogliga yengillik berish niyatida hoji tilga keldi:
	Xafa bolma, oglim.
	Sizlarga oxshab,  dedi istehzolanib,  quvonaymi?
Hoji oglining qandog flkrda va nima uchun tersayganini bildi.
	Yanglishasan, oglim.
	Rajabbeknikidagi majlisda,  dedi zaharxanda bilan,  bu yirt- qichlarning rejachisi kim edi?
Hoji entikdi va:
	Rajabbeknikida bolgan majlisni sen bilasanmi?..  deb soradi.
	Bilaman.
	Bilsang,  dedi hoji,  manim ustimga mundog tuhmat orttirishdan uyal, bola!
	Rajabbeknikida bu kengash bolmaganmidi?
	Bolgan edi.
	Bolgan bolsa, tagin nega ozingizni quruqqa olasiz? Yusufbek hoji bo- ladan kulgandek qilib iljaydi.
	Ba'zi yengil muhokamalaring onangnikidan qolishmaydir, Otabek!  dedi.  Majlisdan xabaring bolgan bolsa, kim qaysi fikrda qolganini ham bilarsan?
	Yoq.
	Majlisda nimadan bahs qilinganini-chi?
	Majlisda nima muzokarasi bolganini ham bilmayman va lekin osha majlis faqat qipchoqlarga qatli 0111 uchun yigilgan ekan, deb kecha ishondim. Majlisingiz azolarining sizdan boshqasi nega yigit toplab, Qoqonga ketdilar va ular Qoqonga yetmaslaridanoq nega bu vahshat boshlandi?
	Bu muhokamang togri, animo otangni ham shu jonivorlar orasiga qoshib oltirishing qisqaligingdir,  dedi. Koziga yosh oldi.  ozing oylab kor oglim, oz qolimiz bilan ozimiznikini kesishimizdan mamlakat uchun qanday foyda bor? Basharti men bu vahshatka ishtirok qilgan bolsam, qaysi aql va qanday manfaatni kuzatib qoshilishqan bolaman? Agarda manim yurt soramoqqa va shu vosita bilan boylik orttirmoqqa orzum bolsa, boshqalardan ham kora oz oglimga  senga ma'lum bolmasmidi? Nega har bir narsaga yetkan aqling shunga qolganda oqsaydir. Nega yongan yurakimga yana sen ham zahar sochasan?!
Titralib va tolqunlanib aytilgan bu sozlar Otabekni okintirdi, olganning ustiga chiqib tepish qabilidan bolgan oz hujumining haqsiz ekaniga tushundi.
Yusufbek hoji bitta-bitta yotigi bilan majlis haqida bayon qilib, ozining qarshi tushkanini va ularga uqdira olmagandan keyin, majlisni tashlab chiqib ketkanini sozladi...
...Otabek ozining orinsiz gapidan uyalgannamo yerga qaradi va bir mun- cha vaqt fikrga ketib olturgandan song soradi:
	Yirtqichlarning bu qirgindan qanday muddaolari hosil bolarkin?
Maqsadlari juda ochiq,  dedi hoji,  bittasi mingboshi bolmoqchi,
ikkinchisi Normuhammad orniga minmakchi, uchinchisi yana bir shaharni oziga qaram qilmoqchi. Xon ersa Musulmonqulga bolgan adovatini qip- choqni qirib alamdan chiqmoqchi. Menga qolsa ortada shundan boshqa hech gap yoq, oglim,  dedi va biroz toxtab davom etdi:  Men kob umrimni shu yurtning tinchligi va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, ozimga azob- dan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolgiz oz manfaati shaxsiyasi yolida bir-birini yeb-ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprogidan yoqolmay turib, bizning odam bolishimizga aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirgan bolsaq, yaqindirki, orus istibdodi ozining iflos oyogi bilan Turkistonimizni bulgatar va biz bolsaq oz qolimiz bilan kelgusi naslimizning boyniga orus boyindirigini kiydirgan bolarmiz.
OY ETAK BILAN YOPILMAS
Choy tugalgan edi. Otabek fotiha oqub, ornidan qozgalmoqchi boldi.
	Turma!
Yusufbek hoji tarafidan berilgan amirona bu buyruq Otabekni qaytadan olturub qolishga majbur etdi va otasiga "nima xizmatingiz bor?" degandek qilib qaradi. Yusufbek hoji bir soz demasdan sallasini olib tizzasiga qoydi, bosh qashinib yana sallasini kiydi. Dadasining salla olib, bosh qashinishi keyinidan kopincha ozini bir tergav ostida korar edi. Shuning uchun yana bir martaba dadasiga qarab qoydi.
Chini bilan ham hojining tusidagi boyagi hasrat va qaygu alomatlari yoqolib, ularning joyini sharq otaligi vaziyati oldi.
	Margilonda nima ishlar qilding?
Kutilmagan bu savolga Otabek nima deb aytishni bilmay qoldi. Javob orniga havli tomonga qarandi.
	Sendan sorayapman, Otabek.
	Sizga xabar berguvchi nima ishlar qilganimni ham aytkandir...
	Jon odamlar qatorida odam oldirib yurdim, degin?
Otabekning yuzida kulimsirash bilindi.
	Jon odamlar qatorida emas,  dedi,  majburlar qatorida, zorlanganlar qatorida...
Hoji davom etdi:
	Kishining boshiga bir ish tushkanda, darrav biravdan kengash va yor- dam soraydir. Hatto, ota-onasidan ham sir saqlagan bir yigitni oz oglim bolib chiqgani menga qiziq korinadir. Qayin otang menga bir xat yozibdir, oqib-oqib mazmuniga tushunolmay hayron bolaman. Oy sayin Margilon borib turar edi- ku, deb oylayman. Xatni ikki-uch qayta oqib chiqgandan keyin, bilsam haqi- qat shul emish... Mirzakarimning yozganiga qaraganda bir muncha yanglishliq undan ham otkan korinadir va lekin sening bolaliging oldida uniki holvadir... Yaxshiki, bu aqlsizliging boshqalarning boshiga koringan... ozing ayt, agar menga shu kasalingni bir ogiz bildirsang, men qayin otangga xat yozmasmi edim, Hasanalini yuborib, haqiqatni ochmasmidim va bu taqdirda odam oldirib yurishlarga qanday hojat qolar edi?
Otabekning boshiga bu gaplarning bir harfi bolsin ornashmas va ozi kut- kan natijaga borib yetish uchungina qiynalar edi.
	Shuncha ishlarni qilib, nega oxirda qayin otangga yoliqmay kelding?
	Shunga ma