ar vafo ahli qolmayin tutib savsan , 
Kiydi kok qilib sunbul zulfini parishonlar.
Kuymasun bu savdoda ne uchun dimogimkim, 
Ranj-u gussada dono, kechsa shod nodonlar.
Savol va topshiriqlar
1.	Matla'dagi "zimiston" sozi qaysi ma'noda qollangan va mazkur ma'no uchun nega aynan shu soz ishlatilgan?
2.	Ikkinchi va uchinchi baytlarga diqqat qiling. Ifodadagi gozallik, mayinlik va musiqiylikni yuzaga keltirayotgan vositalarni aniqlang.
3.	"Bir sahar edim uygoq: ot tutoshti olamga, Toglar chekib larza, titradi biyobonlar" baytini tahlil qiling. Qaysi tabiat hodisasi tasvirlanayapti?
4.	Qumri va bulbullarning sayrashini shoir nima bilan boglaydi? Bu qushlar she'riyatda kimlarning ramzi sifatida keladi?
5.	"Bulbul oqugoch yiglab subhidam xazon faslin, Guncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar" misralarini sharhlang. Bu gozal satrlarda qaysi tabuy jarayon tasvirlanmoqda?
6.	Gazal maqtasida ifodalangan fikrga munosabat bildiring. Fasl gozalligiga bagishlangan she'rning ijtimoiy ruhdagi fikr bilan yakunlanishini qanday izohlaysiz?
* * *
Surmadin kozlar qaro, qollar hinodin lolarang, 
Gozadin2 yuzlarda tob-u3, osmadin qoshlar tarang.

Za'faroniy koylak uzra arguvoniy4 kamzihur, 
Roymol ogushidin peshonaning ahvoli tang.

Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok5,
Qol bilakuzukdin muzayyan6, nuqradin ogizda chang.

Gavhar osqon halqalar siymin banogoshinda7 band, 
Korinur zulfi tunida subhi sodiqdek arang.

Gamza birla olturur, gah jilvalar birla yurur, 
Turfa bir noz, ofarin, purishva tannoz-u satang.

Aql-hush eltar agar tursa, paritek silkinib, 
Odamizod ichra ham mundog bolurmi shox-u shang1.

Yoq qutulmoqlig manga, ul ofati jon dastidin, 
Qasdima qoshlar kamon, payvasta mujgonlar xadang2.

Ul parivash ishqidin goh telbadurman, goh sog, 
Chunki bordur oramizda gohi sulh-u gohi jang.

Javrlarkim, Furqat, ul shoxi jafojo3 ayladi, 
Muncha bedod-u sitam4 qilmas musulmonga farang5.
Savol va topshiriqlar 

1.	Gazal matlasini sharhlang. Ayollarning milliy oroyish ashyolariga diqqat qiling va bugungi kundagi chiroy berish vositalariga taqqoslang. Siz qaysi birini afzal bilasiz?
2.	"Zofaroniy koylak uzra arguvoniy kamzihur, Roymol ogushidin peshonaning ahvoli tang" baytidagi tasvirdan kelinchakning qanday kiyinganligini izohlang.
3.	"Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok, Qol bilakuzukdin muzayyan, nuqradin ogizda chang" baytiga suyanib, ozbek kelinchagining nafosati togrisida fikr yuriting.
4.	Gazaldan olgan tasavvurlaringiz asosida kelinchakni oz sozlaringiz bilan tasvirlab bering. Uni albatta yod oling.
5.	"Ozbek kelinchagi Furqat tasvirida" deb nomlangan quyidagi jadvalning har bir xonasini gazaldagi ularning mazmuniga mos keladigan soz va birikmalar bilan toldiring.

Milliy oroyish ashyolari va zeb-ziynatlar	Tashqi korinishi va kiyimlari	Ma'naviyati va xarakter xususiyatlari
Surma..., oltun uzuk....	Kozlar qaro..., za'faroniy koylak...	Nuqradin ogzida chang.., gamza birla oltumr...

MUSADDAS
Sayding qoyaber sayyod, sayyora ekan mendek, 
Ol domini boynidin, bechora ekan mendek, 
Oz yorini topmasdan ovora ekan mendek, 
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, 
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mendek, Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek,
Kes rishtanikim: qilsun chappaklah otub jasta , Hajrida alam tortib, boldi jigari xasta. 
Toglarga chiqib bolsun yori bilan payvasta, 
Kel, qoyma balo domi birla oni pobasta2, 
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mendek, 
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Besh kun seni davringda bechora xirom3 etsun, Ohular ila oynab, ayshini mudom etsun, 
Yomgur suvi tolganda, tog lolani jom etsun, Haqqingga duo aylab, umrini tamom etsun, 
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mendek, 
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Sargashta bu vodiyda bir boshiga rahm etgil, 
Yoq toqati bandingga, bardoshiga rahm etgil, 
Rahm etmasang oziga, yoldoshiga rahm etgil, 
Yiglab senga termulur, koz yoshiga rahm etgil, 
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mendek, 
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Bechorani zulm aylab, qol, boynini boglabsan, 
Har sori chekib-sudrab, oldurgali choglabsan, Koksini jafo birla lola kabi doglabsan, 
Sot menga, agar qasding olguvchi soroglabsan, Hijron oqidin jismi kop yora ekan mendek, 
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Yoq hushi, pari tekkan devonaga oxshaydur, 
Koz yoshi yana tolgan paymonaga oxshaydur, 
Gam seli bilan kongli vayronaga oxshaydur, Furqatda bu Sa'dullo4 hayronaga oxshaydur, 
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mendek, 
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Savol va topshiriqlar
1.	Musaddasning tola matnini oqib, unda ifodalangan voqea mazmunini sozlab bering. Unda qanday ruh, kayfiyat yetakchilik qiladi? 
2.	She'rda qaysi obrazlar ishtirok etmoqda? Ularga ta'rif bering.
3.	"Ozyorini topmasdan ovora ekan mendek" misrasini sharhlang. Nima uchun shoir sayd  ohuni oziga oxshatayapti?
4.	Sayd obrazi faqat ovlangan ohuni ifodalaydimi yoki ramziy ma'nosi bormi? 
5.	Sayyod obraziga munosabat bildiring. U kimlarning timsolini gavdalantiradi? 
6.	Lirik qahramon Sizda qanday taassurot qoldirdi? Ohuga munosabatiga kora uni ozingizga yaqin sezyapsizmi?

Nazariy malumot
GAZAL VA MUSAMMAN
Gazal arabcha soz bolib, oshiqona soz, ayollarga xushomad kabi manolarni anglatadi. Bu janr Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan hamda eng kop qollangan she'r shakli bolib, otmishda gazal yozmagan ijodkor bolmagan. Gazal dastlab arab she'riyatida paydo bolgan. Islom dini tarqalishi bilan bogliq holda boshqa hududlar, jumladan, orta Osiyo xalqlari adabiyotiga otgan. Turkiy adabiyotdagi ilk gazal "Qisas ar-Rabguziy" asarida uchraydi. Rabguziy bilan deyarli bir vaqtda yashagan Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sida ham gazalning goyat gozal va nafis namunalari bor. Mana, yetti asr otdiki, gazal adabiyotimizdan mustahkam joy olib, xalqimiz uchun qadrli va suyukli she'r shakli bolib kelmoqda.
Ishqiy kechinmalar ifodasi sifatida vujudga kelgan gazalning mavzu doirasi asrlar otishi bilan kengayib bordi. Shoirlar ozlarining ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa qarashlarini, tabiatga munosabatini bu kohna janrda ifodaladilar.
Gazal baytlardan tashkil topadi. Bayt arabcha "uy" deganidir. Bayt ikki misradan iborat boladi. Gazalning birinchi bayti matla' (arabcha "boshlanma"), oxirgi bayt maqta' (arabcha "tugallanma") deyiladi. Gazal oziga xos qofiyalanish tartibiga ega. Birinchi bayt  matla'dagi misralar bir-biri bilan ozaro qofiyalangan boladi (shartli ravishda a-a deb belgilanadi). Qolgan baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralari matlaga qofiyadosh bolib keladi (v-a, d-a, e-a...). Ananaga kora, maqta'da shoirning taxallusi keltirilgan. Ilmiy adabiyotlarda gazalning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha bolishi qayd etiladi.
Musamman ham Sharq, jumladan, ozbek mumtoz adabiyotida qollanib kelayotgan she'riy janrlardan biri. Bu atama arabcha soz bolib, sakkizlik degan manoni anglatadi. Musammanning har bir bandi sakkiz misradan iborat boladi. Dastlabki banddagi misralar ozaro qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a-a-a), ke- yingi bandlarning avvalgi yetti misrasi bir-biri bilan qofiyalanadi, oxirgi misrasi esa birinchi band  matlaga qofiyadosh boladi (b-b-b-b-b-b-b-a; d-d-d-d-d- d-d-a...). Musammanda kechinmalar tasviri, fikr va holatlar bayoni boshqa janrlarga qaraganda keOngroq, batafsilroq ifodalanadi.

YANGI OZBEK ADABIYOTI
ABDULLA QODIRIY
(1894-1938)
Hayot va ijod yoli. 1894- yil 10- aprelida Toshkent shahrida bogbon oila- sida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy oz davrining maktab va madrasalarida oqiganligi, ilrnga chanqoqligi va ulkan iste'dodi tufayli zamonasining eng bilim- don kishilaridan biriga aylandi.
Oiladagi yoqchilik tufayli mahalladagi maktabga kechikibroq borgan Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon boldi. Lekin muhtojlik oz ishini qildi: on ikki yashar osmirni bir boyga yugurdaklikka berishga majbur boldilar. Tijoratchilik tufayli ruslar bilan ham savdo aloqalari qiladigan bu boy rus tilini biladigan, shu tilda ish yurita oladigan xizmatchiga muhtoj edi. Shu sabab zehnli va tirishqoq Abdullani u rus-tuzem maktabiga berdi.
1912- yilda muvaffaqiyatli tugallangan rus-tuzem maktabi bolajak adib es- tetik qarashlari va ijodiy qiyofasi shakllanishida muhim ahamiyatga ega boldi. Negaki, Abdulla bu yerda rus tili va u orqali dunyo adabiyotini organish imkoni- yatiga ega bolgandi.
Ikki yildan oshiqroq vaqt mobaynida oilaga yordam berish uchun tirikchi- lik yolida urinib yurgan bolajak yozuvchi 1914- yilda Abulqosim madrasasiga oqishga kirdi. Madrasada u shariat ilmi, islom falsafasi, arab va fors tillarini organdi. Bu hol kop oqiydigan, Kunchiqish(Sharq) adabiyoti bilan chuqur tanish bolgan Abdullaga islomiy-turkiy estetikaning nazariy asoslarini ham egal- lash imkonini berdi. XullaS, Abdulla Qodiriy 1917- yillarda ham dunyoviy, ham diniy bilimlarni puxta egallagan, olam hodisalarini teran idrok etadigan ziyoli sifatida shakllangan edi.
Bolajak yozuvchi rus-tuzem maktabini tugatib, tirikchilik koyida yurgan kez- larida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qolida ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, intiluvchan kishilarni hurmatlaydigan odam edi. Abdulla uning dokonlarida ishlab yurib, zamonasining bir qator ilgor fikrli kishilari bilan ta- nishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib, Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud ismli farzandlar kordi.
Qodiriyning ijodiy faoliyati ham shu yillarda boshlandi. "Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirgon gazetalarni oqib, dunyoda gazeta degan gap borligiga imon keltirdim. 1913- yilda ozbekcha "Sadoyi Turkiston", "Samarqand", "Oina" gazetalari chiqa boshlagoch, menda shularga gap yo- zib yurish fikri uygondi",  deb yozadi adib keyinchalik. "Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914- yil 1- aprel sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan "Yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy yozuvchilik faoli- yatiga birinchi qadamni shu tarzda qoygan. Oradan kop otmay, "Millatimga", "Ahvolimiz" she'rlari, "Baxtsiz kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi chiqdi. Jadidchilik goyalari bilan sugorilib, jamiyat azolarini ma'rifatli, oqimishli va ilgor fikrli qilishga qaratilgan bu asarlar baduy jihatdan puxta bolmasa-da, za- moni uchun dolzarb edi.
Yosh yozuvchi bu asarlarida davrning muhim masalalarini kotaradi, millat- ning ahvolini yaxshilashni astoydil istashini korsatadi. Lekin niyat bilan baduy ifodaning orasida hali ancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini ochiq aytish, goyani yalangoch ifodalash yolidan bordi.
Millat baxti uchun kuyib-yongan Qodiriy Oktabr ozgarishlaridan keyin qator shoro idoralarida xizmat qildi. Jumladan, 1918- yilda Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistlika bilan faol shugullandi. Bu hol unga yangi hayotni ichdan bilish, uning ogriqli, soglom aqlga togri kelmaydigan, xalqimiz manfaatlariga zid keladigan jihatlarini bevosita korish imkonini berdi.
Har qanday ishda bolgani singari asarlarini yozishga ham goyat puxta tayyorgarlik koradigan yozuvchi 19171918- yillardan boshlab asosiy asari bolmish "otkan kunlar" romani uchun material yigishga kirishdi. U xalq- ning hayoti, ahvoli-ruhiyatini yirik baduy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. ozbekning qanday xalq ekanligini korsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919- yildan yoza bosh- ladi. 1922- yilda birinchi ozbek romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning bolimlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa "otkan kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi.
1928- yilda adibning ikkinchi romani "Mehrobdan chayon" nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli ozbeklar hayotida roy bergan ozgarishlarni aks ettiradigan "Obid ketmon" qissasini yozdi. Bulardan tashqari, adib necha onlab publitsistik maqolalar, baduy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi.
Qodiriy "Amir Umarxonning kanizagi", "Namoz ogri", "Dahshat" singari ro- manlar yozmoqchi bolib, materiallar toplagan. Animo qonsiragan shorolar tu- zumi adibning bu rejalarini amalga oshishiga tosqinlik qildi.
Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga ozini tanitayotgan, uning gururini uygotayotgan yozuvchi olkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahal- liy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq "Mushtum" jurnalining uchinchi sonida bosilgan "Yigindi gaplar" maqolasi uchun adib "...aksil inqilobiy maqsadda shoro rahbarlarini matbuot orqali obrosizlantirdi" degan ayb bilan qa- moqqa olindi. Qodiriy oziga qoyilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e'lon qildi. Uzoq chozilgan tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til tekkizganligi bilan chochitmoqchi bolgan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh etdi. oz qarashlari- dan qaytmay, ijodkorlik va insonlik sha'nini mardona himoya qildi. Uning: "Men togrilik orqasida bosh ketsa, "ih" deydirgan yigit emasman",  degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni toliq aks ettiradi. osha vaqtdagi Respublika Oliy sudi yetarli asos bolmasa ham Abdulla Qodiriyni ikki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Lekin dalillarning uydirmaligi korinib turgani uchun ham ozbekning eng mashhur adibini qamoqqa tiqishga jurat etishmadi. Bu sud orqali shorolar yozuvchini oziga xos yosinda "ogohlantirdi". Lekin adib bu ogohlanti- rishdan "togri" xulosa chiqarmadi, ya'ni haqiqatga xiyonat qilmadi.
Oz asarlari bilan nafaqat Ozbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma'naviyati ravnaqiga hissa qoshgan adibni 1937- yilning 31- dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatagon mashinasi shitob bilan ishlar va uning toxtamay yurmogi uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning kochasidan ham otmagan hukumatning uchlik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr ozbek nasrining eng yirik vakilini, asri- mizdagi ozbeklarning eng fidoyilaridan birini olimga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya'ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar xalqimizning chin iste'dodlarini yoqotishga shoshilishgandi.
OTKAN KUNLAR
(romandan boblar)
KIROYI KUYAVING SHUNDOG BoLSA
...Havlining kun chiqarida kun botishga qaratib solingan, uncha maxtarliq bolmasa ham animo zamonasining oldingi binolaridan hisoblangan bir ayvon bi- lan bir uyga koz tushadir. Sahn va binolar kishi zotidan bosh, shuning uchun bu havli oilaning tashqarigi qismi  mehmonxona ekanligi onglashilur.
Endi biz tashqari havlini qoyib, mehmonxonaning yonidan ichkariga kira- miz. Ichkari havlining yolagi ham narigisidek usti va bagri yopiq  qorongu, yolakning nihoyatiga borib ongga yurilsa axlatxonaga, chapka yurilsa, birinchi martaba kirganimizdek ulug bir havliga chiqarmiz. Havlining tort tarafi turlik ehtiyoj binolari bilan va tordagi binoning ikki biqini katta uylar bilan oralgan bolib, shu ikki uyning orasiga olturgan koshinkor va naqshin chorxari ay- von bu havlining birinchi martaba kozga chalinadirgan ortiqliqlaridandir. Shu chorxari ayvonning orta bir yerida, ustiga atlas korpalar yopilgan tanchaning torida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar postin kiyib bir kishi olturadir. Bu kishi...  Mirzakarim qutidor. Tanchaning ikki biqinida ikki xotin: bulardan bittasi ichidan atlas koynak, ustidan xon atlas guppi kiygan, boshiga oq dakanani xom tashlagan, ottuz besh yoshlar chamaliq gozal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimliq, eriga itoat, togriliq ma'nolari tomib turgan bu xotin qutidorning rafiqasi  Oftob oyim, ikkinchisi yetmishlardan otkan bir kampir, Oftob oyimning onasi  Oysha bibi. ochoq boshida qopolgina, qirq besh yosh- lar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning chorisi  Toybeka.
Biz bular bilan tanishishni shu yerda qoldirib, ayvonning chap tarafidagi daricha orqaliq uyga kiramiz, ham uyning toriga solingan atlas korpa, par yos- tiq quchogida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uygoq yotqan bir qizni koramiz. Uning zulfi par yostiqning turlik tomoniga tartibsiz suratda tozgib, quyuq jinggila kiprik ostidagi timqora kozlari bir nuqtaga tikilgan-da, nimadir bir narsani korgan kabi... qop-qora kamon, otib ketkan nafis, qiyig qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan chochigan kabi... tolgan oydek guborsiz oq yuzi bir oz qizilliqga aylangan-da, kimdandir uyalgan kabi... Shu vaqt korpani qayirib ushlagan oq nozik qollari bilan latif burnining ong to- monida, tabiatning nihoyatda usta qoli bilan qondirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib olturdi. Sariq rupoh atlas koynakning ustidan uning ortacha kokragi biroz kotarilib turmoqda edi. Turib olturgach boshini bir silkitdi-da, ijirganib qoydi. Silkinish orqasida uning yuzini tozgigan soch to- lalari orab olib jonsoz  bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida koringan malak qutidorning qizi  Kumushbibi edi.
Kumushbibi bir necha kundan beri sovuq havo tegdirib, bosh ogrigi va koz tinishka oxshash ogriqlardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi "tinch uxla- sin, ortiq urinmasin" deb bu kun namozga ham uygotdirmagan edi...
* * *
Qish kunlari bir tutam, "ha deguncha" kech boladir. Bu kun ham "ha deguncha"ga ham qolmay kech bolgan, mehmonlarning kelishkaniga yarim soatlab vaqt otkan edi. Qutidor mehmonlarni ixlos va samimiyat bilan kutar, ziyofat quyuq-suyuqlari bilan tola-tokis davom etar edi. Toybeka ichkari bi- lan tashqariga  yugurib dasturxon yangilar, choy tashir edi. Xizmat tugala yozgandan keyin Toybeka ozining sovub qolgan oshini yemak uchun Oftob oyimlar yoniga olturdi.
Sozdan soz chiqib Oftob oyim Toybekadan soradi:
	Mehmonlar qanaqa kishilar ekan, tanidingmi?
	Nax siz yosh mehmonni kormabsiz, dunyoga kelmabsiz,  dedi Toybeka ong-u ters osh chaynab,  bir chiroylik, bir aqllik, tagin ozi hammadan yuqor- ida olturadir; hali yigirmaga ham bormagandir, moylabi ham endigina chiqa boshlagan... Nax bizga kuyav boladirgan yigit ekan,  dedi va Kumushka qarab kulib qoydi. Bu sozdan Oftob oyim ham kulimsirab qiziga qaradi:
	Ana Kumush, sen eshitdingmi, opangning sozini. Toybeka senga er topqan, sen bolsang boshim ogriydir, deb yotasan.
Kumushbibining sezilar-sezilmas kulimsirashidan yoqutdek irinlari ostidagi sadafdek oq tishlari korinib ketdi ersada, biroq uning bu holi tezlik bilan tundliqqa alishindi.
	Qolgan xizmatlaringizning bittasi endi menga er topish edi.
Toybeka Kumushning tundlanishini elamadi:
	Ey... singum, hali sen bilmaysan,  dedi,  u yigitni bir korgin-da, hu, deb ketabergin... sen tugil, shu yoshim bilan menim ham unga tekkim keldi,  dedi va xaxolab yubordi.
Kumushbibi chirt etib yuzini Toybekadan ogirdi.
	Tezroq tegib qoling.
	Koshki edi tegalsam,  dedi Toybeka,  men uning bir tukiga ham ar- zimayman. Animo sen bolsang uning bilan tengiashar eding. "Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan" xa-xa-xa!..
Toybekaning shuningdek hangamalari boshqa vaqtlarda Kumushni yaxshi- gina kuldirsa ham hozir unga yotishib kelmadi shekillik, achchiglangan koyi yotish uchun uyiga kirib ketdi. Oftob oyim "bachcha-machchadir" deb oylagan
edi. Shuning uchun bu togrida soz ochmadi.
***
Qutidor mehmonlarni jonatib yotish uchun yeshinar ekan, Oftob oyim soradi:
	Chiroylik yigit, aqllik yigit, deb maxtiy-maxtiy Toybekaning ichagi uzil- di, u kim edi?
	Mehmonimiz osha edi,  dedi qutidor,  toshkandlik Yusufbek hoji otlig yaqin oshnamning ogli.
	Toybekaning maxtaganicha bormi, ozi?
	Bor,  dedi qutidor va gitalandi ,  xudo kishiga ogil bersa shunda- yini bersin-da.
Oftob oyim kula-kula Toybekaning Otabek togrisida sozlagan gaplarini va Kumush bilan bolgan mojarosini sozlab chiqdi. Qutidor ham kulgidan ozini toxtatolmas ekan:
	Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog bolsa,  dedi.
OTA-ONA ORZUSI
ozbek oyim ellik besh yoshlar chamaliq, chala-dumbul tabiatlik bir xotin bolsa ham, animo eriga otkirligi bilan mashhur edi. Uning otkirligi yolgiz eriga- gina emas, Toshkand xotinlariga ham onr edi. ozga xotinlar uning soyasiga sa- lom berib, toylarida, azalarida, qisqasi, tiq etgan yiginlaridagi uylarining torini ozbek oyimga atagan edilar.
ozbek oyim uncha-muncha toy-u azalarga: "Kavshim kochada qolgan emas",  deb bormas edi. Shuning uchun xotinlar oz toylarini ozbek oyim ishtiroki bilan otkazib olsalar, ozlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sa- nab, "maning toyimni bek oyim oz qollari bilan otkazdilar",  degan jum- lani majlislarda iftixor ornida sozlab yurar edilar. ozbek oyimning obrosi yolgiz shular bilangina cheklanib qolmas, uni orda xonimlari ham ehtirom qilib ozlarining "onaxonlari" deb bilar edilar. Shunga kora qaysi bir vaqtlarda orda yasovullari Yusufbek hojining eshigiga arava kondalang qilib, "orda begi oyim buyurdilar" deb ozbek oyimning yasanib chiqishini kutar edilar. Bu tomon bi- lan qaysi bir majlislarda ozbek oyim xotinlarning eslarini ham chiqarib yuborar edi: "Kecha orda bekoyimdan menga arava kelgan ekan, fe'lim aynab turgan edi bormay aravani bosh qaytardim... Bo xudo, orda bekachi bolsa oziga, dedim",  der edi. Ikkinchl vaqtda: "otkan kun ordaga borgan edim; xo- nimlar yotib qolasiz deb qoymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim",  deb soz orasiga qistirib ketar edi. Bu sozlarni eshitkuchi xotinlar ozlarining qandog bir xotinning suhbatiga noil bolganlarini oylab, ozbek oyimning ehtiromini tagin ham kuchaytirar edilar.
U1 oz uyida olturganida ham ustidagi atlas koynak bilan adras mursakni, oq shohi dakana bilan kahrabo tasbihni qoymay, qish kunlari tanchada par yostiqqa suyalib, yoz kunlari ayvonning toriga yoslanib Hasanalining xotini bolgan Oybodoqqa, chori qiz Hanifaga xamirni achitmaslikni, palovni qirmoch oldirmasliqni tanbihlabkina olturar edi.
Otabekning Margilondan uylanib qoyishi otasi uchun uncha rizosizlik 11111- jib  bolmasa ham, animo uning ogul toyisidan boshlab, Toshkand qizlarini ost-ust qilib, "Buning qizi yaxshi bolsa ham, uy-joylari yaramas ekan, buning uy-joylari tuzik bolsa ham, qizi korksiz ekan; buning qizi-da uy joylari-da tuzik, biroq zoti pas ekan" deb qiz, quda, uy, joy, nasl va nasab tekshirib yurguchi ozbek oyimning Otabekni uylandirib, buning orqasidan koraturgan orzu-havas, toy-u tomoshalarini shartta kesib qoygan bu uylanishka nima deyishi va qanday qarashi albatta ma'lum edi.
Bu xabarni Hasanalidan eshitkan kunlari ul bul ishka chidab turolmadi: "Endi menga mundog ogil kerak emas... Oq sutimni oqqa, kok sutimni kokka sogdim... Endi Toshkandga kelmasin ul ozboshimcha betiyiq!" deb baqirib- chaqirib, yiglab-sixtab, dard-u hasratni boshiga kiyib oldi. Oradan on besh kun otar-otmas Margilondan Otabek keldi. Uch oylab kormagan oglini quchogiga olib korishmak orniga undan yuzini ogurib, san kimsan, keldingmi, deb soramadi va salomiga alik ham olmadi. Goyo uxlamoqchi bolgan tovuqdek hurpayib oldi. Otabek onasining araziga allaqachon tushungan, ham shu holni Margilondayoq kutkan edi. Bir-ikki qayta uzr aytib korgandan song ozbek oyimning epaqaga kelishiga ishonmay qoldi va shuning uchun ul ham goyo bil- magan, tushunmagan kishidek yuriy berdi.
Turgan gap, Otabekning Margilonga uzoq bormay turishi mumkin emas edi. ortadan ikki hafta otar-otmas otasiga allaqanday bahona korsatib, Margilon jonaydir. ozbek oyim oglining "olganning ustiga chiqib tepish" qabilida bolgan bu harakatidan tutuni kokka chiqib, borliq qahr-u gazabini eri ustiga tokadir: "Siz qarib esingizni yeb qolibsiz, oglingizni margilonliqqa topshirib qoyib, yana el ichida boshingizni kotarib yurmakchi bolasizmi?" deydir.
Yusufbek hojining qiziq bir tabiati bor: xotin bilangina emas, umuman uy ichisi bilan har qanday masala ustida bolsa-bolsin uzoq sozlashib olturmaydir. Otabekmi, onasimi, Hasanalimi, ishqilib uy ichidan birartasining sozlari va yo kengashlari bolsa, kelib hojining yuziga qaramasdan sozlab beradilar; maqsad aytib bitkandan song sekingina kotarilib uning yuziga qaraydirlar. Hoji bir necha vaqt sozlaguchini oz ogziga tikiltirib olturgandan song, agar maqul tushsa "xob" deydir, gapka tushunmagan bolsa "xosh" deydir, nomaqul bolsa "du- rust emas" deydir va juda ham oziga nomaqul gap bolsa bir iljayib qoyish bilan kifoyalanib, mundan boshqa soz aytmaydir va aytsa ham uch-tort kali- madan nariga oshmaydir. Uy ichi uning bu fe'liga juda yaxshi tushunganliklari- dan kopincha bir ogiz javob olish bilan kifoyalanadirlar. Animo Otabek bilan birar togrida sozlashmakchi bolsa, uni aksar mehmonxonaga chaqirib yoki chaqirtirib oladir. ozbek oyim yuqoridagi ozining itob  va xitobiga eridan bir iljayib qoyish javobini olib dami ichiga tushadir va chor-nochor ottuz kunlab bir zamonni ozicha margilonliqni qargash bilan kechiradir. Otabek Toshkandga qaytib kelib, "endi araz bitkandir" degan oyda onasiga salom beradir. Araz bi- tish qayerda, ozbek oyimning ogl