a bahoriy yel rayhonlarga Masihdek "toza jon" ato qilgani, gul yuzi ochilib, qumri-yu bulbullarning unga vola-yu shaydo bolganlari, lola soqiysi qolidan ishrat ahliga qadah tutilgani kabi tasvirlar orqali bahor kotarinki zavq, hayojonli shavq bilan vasf qilinadi. Bu gozalliklarni madh etgan shoir uni ganimat bilib, qadrlashga chorlaydi: Gulshan ichra bazm etib jomi tarab nosh aylali Kim, ganimatdur necha kun, ey qadi ra'no, bahor.
Shuningdek, "Baland aylab quyoshga poya navroz", "Bahor ayyomi bolmish oylakim bogi Eram sahro" gazallarida ham bu korkam faslning beqiyos nazokatlari kuylanadi. "Ilohi, har kuning navroz bolsin" gazalida bu she'r yaratilgandan buyon barchaning diliga jo bolgan ohorli yangi yil tilaklari izhor etilgan:
Ilohi, har kuning navroz bolsun, 
Hamisha tole'ing feruz bolsun.

Bolub ayyomi navrozing muborak, Zamiring inbisotanduz bolsun.
"Ta'viz ul-oshiqin"dagi ishqiy gazallar nafaqat Ogahiy ijodining, balki bu- tun ozbek mumtoz adabiyotining sara namunalari hisoblanadi. "Yuzung ochkim, quyosh sadqang bolub boshingdin aylansun", "Mushkin qoshining hayati ul chashmi jallod ustina", "Ey shox, kozi qoshinga olam gado, man ham gado" gazallari Ogahiyning yuksak baduy mahoratini, chinakam sanatkor shoir ekanligini tasdiqlaydi. Ayniqsa, "Ustuna" radifli gazali ozining jozibasi, baduy kashfiyotlarga boyligi bilan ajralib turadi: Mushkin qoshini hay'ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun nas keltirur, "nun" eltibon "sod" ustuna.
Arab alifbosida "nun" qoshga, "sod" kozga oxshashligidan foydalanib, shoir yor gozalligining oziga xos tasvirini yaratadi. "Nun"ni "sod"ning ustiga qoyilsa (ya'ni avval "nun", keyin unga qoshib "sod" yozilsa), "nas", ya'ni "hukm" sozi hosil boladi. Bu hukm (nas)ga kora oshiq qatl etilishi kerak. Chunki "nun"ga oxshash mushk rangli qora qosh bilan "sod"ga oxshash koz ozlarining yor yuzidagi korinishi (hayati) bilan bu hukmni chiqarganlar. Ogahiygacha koz-u qoshni mazkur harflarga tashbeh qilish, chashm (koz)ni jallod deyish ananaviy tasvir edi. Lekin harflardan soz yasab va uni mazmunga, tasvirga tadbiq etish  bu yangilik edi. Shoirning kop gazallarida mana shunday yuksak baduyatga yogrilgan baytlar uchraydi. E'tiborli jihati shundaki, asosan ishqiy mavzudagi bunday gazallar bagriga falsafiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy mazmun ham ustalik bilan singdirib yuboriladi. Bazan gazallarda yor timsoli orqali, xususan lirik qahramonning unga murojaatida shohga xos xususiyatlar aks etadi. Masalan: Ey shah, karam aylar chogi teng tut yamon-u yaxshini, Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina yoki "Aylansun" radifli gazalidagi
Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahliga bergil, 
Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun,
kabi baytlarda buni kuzatish mumkin. Shuningdek, shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari devondagi muxammas, musaddas, ruboiy, tarji'band va qasidalarida ham u yoki bu darajada oz aksini topgan. Xususan, "Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas" tarji'bandi tasavvufiy mazmunga yogrilgan ijtimoiy- falsafiy ruhdagi asardir. Tarji'bandda dunyo omonat binoga, boyi, vafosi yoq gulshanga, jafokor tuban ayyoraga oxshatiladi va insonni unga kongil berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi.
"Qasidai nasihat" esa Ogahiyning siyosat va davlatga munosabati, hukmdor fazilatlari va burch-vazifalari borasidagi mulohazalari bayon etilgan pandnomadir. Odatda qasidalarda biron-bir voqea yoki shaxs uluglanadi, har tomonlama vasf qilinib, benuqson, ideal qiyofada tasvirlanadi. Ogahiyning qasidasi esa odatdagi maqtovlar tizmasidan iborat bolib qolmadi. U mazkur asarni yozishda oz oldiga aniq maqsad qoygan edi. Shunga kora adib qasida vositasida kopni korgan donishmand, umr mazmunini anglagan faylasuf sifatida yosh xonga nasihatlar qiladi, davlatni boshqarish sanatidan saboq beradi. "Qasidai nasihat" adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning yorqin namunasi bolib qoldi.
Ogahiyning kichik she'riy janrlar: ruboiy, tuyuq, ta'rix, fard kabi shakllarda ham benazir ekanligiga guvoh bolamiz. Ayniqsa, musoviyattarafayn (ikki tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she'ri adabiyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan deyish mumkin. She'rni ikki xil  odatdagi yon tarafga hamda yuqoridan pastga tomon oqisangiz, bir xil matn hosil bolaveradi. Bu she'r bilan tanishing.
U1 shoxki	ochildi	xat-u	ruxsori
Ochildi	rayohinda	yuzi	gulnori
Xat-u	yuzi	besabr u qarori	man man
Ruxsori	gulnori	man man	zori

Ogahiy salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi mumtoz adabiyotimiz yorqin siymolari ananalarini davom ettirdi, rivojlantirdi, yangi baduy kashfiyotlar bilan boyitdi. I ning ijodi shoirlarimizning bir necha avlodi uchun mahorat maktabi bolib xizmat qildi.

Savol va topshiriqla
Ogahiyning yetuk inson va iste'dodli adib bolib yetishuvida u voyaga yetgan muhitning ahamiyati togrisida mulohaza yuriting.
Shoirning devoni nima uchun "Ta'viz ul-oshiqin"  "Oshiqlar tumori" deb atalishini izohlang.
Ogahiyning adabiyotimiz tarixida tutgan ornini qanday baholaysiz?
LIRIKA
GAZALLAR
Ilohi, har kuning navroz bolsun, 
Hamisha tole'ing feruz bolsun.
Bolub ayyomi navrozing muborak, 
Zamiring inbisot anduz1 bolsun.
Qilib partav fikanlik2 ayni adling 
Quyoshoso jahon afruz  bolsun.
Sango doyim bolub davlat qushi rom, 
Shikor andoz-u  dastomuz  bolsun.
Aduu vahshilarini sayd etarga 
Oq-u tiging uqob-u6 yuz bolsun.
Kishikim, istasa sarkashlik etmak, 
Boshi yolingda oning tuz7 bolsun.
...Korub lutfingni, har tun Ogahiyning 
Nasibi ishrati navroz bolsun.
Savol va topshiriqlar
1.	Shoir "Ilohi, har kuning navroz bolsun",-der ekan, kundalik hayoting faqat bayramlardan iborat bolsin degan tilakdan boshqa narsani ham kozda tutganmi?
2.	"Qilib partavfikanlik ayni adling Quyoshoso jahon afruz bolsun" misralarini tahlil qiling. Bayt mazmunidan ushbu sozlar kimga qarata aytilayotganini bilishga urining.
3.	"Sango doyim bolub davlat qushi rom, Shikor andoz-u dastomuz bolsun" baytidagi tanosub sanatini sharhlang.
4.	Hukmdorning dushmanlari hamda unga itoat etmovchilarga bildirilgan tilaklarni oqing va izohlang.
5.	"Tarabgohing aro xayyoti gardun, Kaniz-u zoli xiVatdoz bolsun" baytidagi tashbehlarni toping va ularning mazmunni ifodalashdagi ornini baholang.
***
Balancl aylab quyoshga poya  navroz, 
Kotardi yer yuzidin soya navroz.
Kelib fayz-u nishot-u2 aysh birla, 
Muhayyo qildi elga voya3 navroz.
Tarab tiflin4 tugurdi dahr zoli5, 
Ango boldi magarkim doya navroz.
Qilibdur mahliqolarning yuzini 
Latofat mushafiga oya navroz.
Kiyib ahli gino6 yuz rang xil'at, 
Tolo boshdin ayoq peroya7 navroz.
Hama oynab olib qolga yumurta8, 
Mening ilgimda yoqtur xoya9 navroz.
Diramdur10 moyasi ishrat ulusga , 
Vale men bolmisham bemoya navroz.
Janobi shahga keldim bu jihatdin, 
Kozim yoshiga toya-toya navroz.
Ki shoyad ozgalardek Ogahiyni 
Tarabnok12 ayladi begoya navroz.
Savol va topshiriqlar 
1.	Navrozning quyoshni yuksaltirib, soyalarni kotarishini qanday tushundingiz?
2.	"Tarab tiflin tugurdi dahr zoli, Ango boldi magarkim doya navroz" satrlarni sharhlang, shoirning tasvir mahoratiga baho bering.
3.	Mahliqolar yuzi  oyat, latofat  mushaf (Quron). Ushbu favqulodda tashbehga munosabat bildiring. Unda Ogahiyga xos qaysi jihat namoyon bolmoqda?
4.	Shoirning badavlat kishilar (ahli gino) tasvirini berishdan maqsadi nima edi? Keyingi misralar mazmunidan kelib chiqib, fikr bildiring. 
5.	Shoirning oz nochor ahvolini bayon etishdan muddaosi nima edi?
6.	"Janobi shahga keldim bu jihatdin, Kozim yoshiga toya-toya navroz" baytidagi mubolaga sanatining ahamiyatini izohlang.
* * *
Qotigroq kelmadi hargiz jahonga ushbu qishdin qish, 
Ki aql-u hisga yaksar  moni' oldi borcha ishdin qish.
Agarchi asradim ojiz tanim qat-qat libos ichra, 
Sovuq yel birla lekin qoltiratdi kob qamishdin qish.
Burudat2 shiddati ostida qaddim xam qilib yodek, 
Zaif-u notavon-u nozik yetti ham kirishdin qish.
Chiqorga har nechakim korguzub kob sa'i tish qisdim, 
Ushotib sangi shiddatdin ayirdi borcha tishdin qish.
Qabob kulbam aro qoymay chiqorga sarsar afvoji3, 
Mani mahrum qildi el bila borish-kelishdin qish.
Manga mushkildurur topmoq ilojinkim, gino ahli, 
Iloj aylar sovuqqa qoqim-u sinjob kishdin4 qish.
Yetishdi, Ogahiy, qish mavsumi, vah, emdi naylarsan, 
Ki, qottigdur qari-yu ojiz elga borcha ishdin qish.
Savol va topshiriqlar
1.	"Qotigroq kelmadi hargiz jahonga ushbu qishdin qish" misrasida ham qofiya, ham radif bolib kelayotgan "qish" soziga qanday baduy vazifa yuklangan ligini tushuntiring.
2.	Ikkinchi baytda qishdagi nochor odamning holati berilgan tasvirni izohlang.
3.	"Chiqorga har nechakim korguzub kob sa'i tish qisdim, Ushotib sangi shiddatdin ayirdi borcha tishdin qish" baytida shoir qish shiddatini berishda qaysi baduy tasvir vositasidan foydalangan?
4.	Ushbu she'rni yozishdan Ogahiy qanday maqsadni kozlagan deb oylaysiz? 
5.	Qofiya va radif bolib kelgan sozlarning tovush tuzilishidagi yaqinlik gazalda qanday baduy ifodaviy ahamiyat kasb etgan?
* * *
Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustina, 
Qatlim uchun "nas" kelturur "nun" eltibon "sod" ustina.
Qilgil tamosho qomati zebosi birla orazin,
Gar kormasang gid bolgonin payvand shamshod ustina.
Noz-u adou gamzasi qasdim qilurlar dam-badam, 
Vah, muncha ofatmu bolur bir odamizod ustina.
Man xastaga jon asramoq emdi erur dushvorkim, 
Qotil kozi bedod etar har lahza bedod ustina.
U1 gul yuzi shavqi bila shaydo kongul shoni-u sahar, Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina.
Boshimga yoqqan gam toshin mingdin biricha bolmagay, Gardun  agar ming Besutun2 yogdursa Farhod ustina.
Ey shah, karam aylar chogi teng tut yamon-u yaxshini 
Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina.
Xoki taning barbod olur oxir jahonda necha yil 
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod3 ustina.
Ne jur'at ila Ogahiy ochgay ogiz soz dergakim, 
Yuz xayli gam qilmish hujum ul zor-u noshod ustina.
Savol va topshiriqlar 
1.	Gazal matlasida qollangan kitobat (harfiy) sanatni sharhlang.
2.	"Qilgil tamosho qomati zebosi birla orazin, Gar kormasang gul bolgonin payvand shamshod ustina" satrlaridagi Ogahiyning baduy kashfiyotini izohlang.
3.	"Noz-u adou gamzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah, muncha ofatmu bolur bir odamizod ustina" baytida oshiqqa nimalar qasd qilayotganini tushuntiring. Shoir nima uchun ularni "muncha ofat" deb ta'riflaydi?
4.	"Ul gul yuzi shavqi bila shaydo kongul shom-u sahar Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina" baytida qollangan tashbeh, tanosub sanatlarini hamda ularning fikr ifodasidagi ahamiyatini sharhlang.
5.	Quyi sinfda organganingiz talmeh sanatini yodga oling. Ushbu gazalning qaysi baytida bu sanat qollanganini aniqlang hamda uning mazmunni berishda tutgan orniga baho bering.
6.	Gazaldagi ijtimoiy, falsafiy mazmundagi baytlarni topib, ularni tahlil qiling. 
7.	Gazalni yod oling.
* * *
Yuzing ochkim, quyosh sadqang bolub, boshingdin aylansun, 
Yangi oy yuz tavozu' korguzub, qoshingdin aylansun.
Agarchi la'1-u yoqut el zamiriga  mufarrihdur2, 
Hayotafzo3 iki la'li guharposhingdin4 aylansun.
Tan-u jonim hadaf5 aylab, oq-u tosh otsang, ey chobuk6, 
Biri oqingdin evrulsun, biri toshingdin aylansun.
Raqibing gar erur xasmim7, ani yoldosh etub kelsang, 
Sanga jon sadqa bolsun, jism yoldoshingdin aylansun.
Chu on sakkizga yetti yoshing, ol burqa'8 jamolingdin 
Ki, on sakkiz ming olam on sakkiz yoshingdin aylansun.
Boqib koz uchidin pinhon' fosh etding tagofillar9, 
Yo'q-u borim hamul10 pinhon ila foshingdin aylansun.
Necha qallosh esam ham, agniyo  ollida bosh egnion, 
Ganiylar himmat ichra ushbu qalloshingdin aylansun.
Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahliga bergil, 
Riyo-vu kizb ahli12 noning-u oshingdin aylansun.
U1 oy kongliga qildi, Ogahiy, oh-u yoshing ta'sir, 
Bori jon-u jahonim oh ila yoshingdin aylansun.

Savol va topshiriqlar
1.	Yor yuziga quyoshning sadqa bolishi, qoshiga yangi oyning tavozu korsa tishidagi hayotiy hamda baduy mantiqni asoslang.
2.	"Tati-u jonim hadaf aylab, oq-u tosh otsang, ey chobuk, Biri oqingdin evrul- sun, biri toshingdin aylansun" baytida yorning oqidan evrulgan nima edi yu, toshidan aylangan biri nima?
3.	Uchinchi baytda oshiqning yorga sadoqati qay tarzda namoyon bolayotganligiga diqqat qiling.
4.	Qaysi baytda ma'shuqaning olamlarga tatigulik gozalligi mubolagali yosinda tasvirlangan?
5. "Boqib koz uchidinpinhon'fosh etding tagofillar, Yoq-u borim hamulpinhon ila foshingdin aylansun" baytidagi tazod sanatini va bu sanatga yuklangan baduy ifodaviy salmoqni sharhlang.

Nazariy ma'lumot
TASHXIS
Mumtoz she'riyatimizda keng qollangan baduy tasvir vositalardan biri tashxisdir. "Tashxis" arabcha soz bolib, "shaxs" ozagidan hosil bolgan (ta  old qoshimcha). ozbek tiliga tarjima qilsak, "shaxslantirish" degan ma'noni anglatadi. Demakki, tashxis faqat insongagina xos bolgan jismoniy va ruhiy holatlarni tabiat manzaralari, jonzotlar, borliqdagi narsa-buyumlar hamda hayotdagi tushunchalarga kochirish sanatidir. Tashxis orqali shoir tasvirlanayotgan manzara yoki tushunchani oquvchi tasavvurida qayta jonlantirib, she'rdagi timsollar jozibasini oshiradi, ularning hissiy tasirini kuchaytiradi.
Ogahiy sheriyatini tahlillash davomida Siz shoirning tashxis sanatidan unumli foydalanib, oziga xos timsol va tasvirlar yaratganligiga guvoh boldingiz. Quyidagi baytda tabiatdagi ozgarishlarni insonlar hayotidagi voqeliklar orqali tasvirlaydi: Tarab tiflin Jugurdi dahr zoli, Ango boldi magarkim doya navroz.
Ma'nosi: dunyo kampiri shodlik chaqalogini tugarkan, navroz unga doyalik qildi. Biz yashayotgan dunyo juda qadim bolganligi uchun kampirga oxshatilyapti. Koklamning kelishi barchaga shodlik, quvonch keltiradi. Ana shu shodlik chaqalogini navroz doyaligida dunyo kampiri tugmoqda. Shu baytning ozida uchta tashxis bor: shodlik (tushuncha) tugilmoqda; dahr (borliq) zoli tugmoqda; navroz (tabiat) doyalik qilmoqda: Noz-u ado-u gamzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah muncha ofatmu bolur bir odamizod ustina!?. Ma'nosi: Mashuqaning nozi, adosi (sozlari) va gamzasi navbatma-navbat menga qasd qiladilarki, bir odamning ustiga shunchalar ham ofat boladimi?
Baytdan korinadiki, insonning ozidagi holat, xislat va fazilatlar ham tashxis uchun asos bolishi mumkin ekan.

ZOKIRJON XOLMUHAMMAD OGLI FURQAT
(1859 - 1909)
Zokirjon Xolmuhammad ogli Furqat ozining lirik she'riyati bilan adabi- yotimiz xazinasini boyitgan, marifatchilik adabiyotining dargalaridan biri bolgan hamda ozbek publitsistikasiga tamal toshlarini qoygan zabardast ijodkordir. Shoir 1859- yilda Qoqonda savdogar oilasida tugilgan. Otasi Mulla Xolmuhammad she'riyatga oshno, baduy ijodga moyil kishi edi. Bolajak shoir dastlabki ta'limni mahallasidagi maktabda oladi. Bir yilga yetmay "Ilallixak" va "Chor kitob"ni oqib tugatadi. Sakkiz yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostonini yod oladi, sal otib, Navoiy mutolaasiga tutinadi. Kichik yoshidan qalam tutib, sheV mashq qila boshlaydi. Keyinchalik ozining eslashicha, husnixat ta'limini bolaligidanoq puxta egallagan Zokirjon quyidagi baytni toqqiz yoshida yozgan ekan: "Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim".
Favqulodda iste'dod egasi, tabiatan tirishqoq va izlanuvchan Zokirjon on tort yoshida madrasa talabasi boladi. Ruslar istilosi tufayli Qoqon xonligi tugatilib, madrasalar yopiladi. oqishi nihoyasiga yetmay qolgan bolajak shoir 1879- yikla Yangi Margilon (hozirgi Fargona)ga dokondor togasi huzuriga boradi. Uning qolida bir muddat ishlab, song ozining mustaqil dokonini ochadi. Shu bilan birga shaxsiy muallimdan dars olib, bilimini takomilga yetkazadi va tez orada ozi ham boshqalarga dars bera boshlaydi. Husnixat sohibi bolganligi uChun mirzalik, xattotlik ham qiladi. Lekin eng sevimli mashguloti baduy ijod edi. Mutaxassislar fikricha, Yangi Margilonda ekanligidayoq yozgan sheVlarida u "Furqat" taxallusini qoygan.
1880- yilda otasining qistovi bilan Qoqonga qaytadi va butun iste'dodi, bor kuchini ijodga yonaltiradi. SheVlari adabiyot ixlosmandlari orasida shuhrat qozonadi. Muqimiydek zabardast shoir uning gazallariga muxammas boglagani Furqatning ijocl ahli orasida ham e'tirof topganligidan darak beradi. Furqat shu davrda "Hammomi xayol" nomli risola yozadi, "Chor darvesh", "Nuh manzar" asarlarini fors tilidan ozbek tiliga ogiradi. She'rlarini toplab, devon tuzadi. Furqat kabi ijodining dastlabki davrida  2122 yoshida devon tartib bergan shoir ozbek adabiyotida juda kam uchraydi.
Furqat 18901891- yillarda Toshkentda yashaydi. Bu yerda u Toshkent erlar gimnaziyasi direktori, "Turkiston viloyatining gazeti" muharriri Nikolay Ostroumov bilan tanishadi. Bu tanishuvdan song Furqat shu gazetaga tarjimon bolib ishga kiradi va shundan uning jurnalistlik, publitsistlik faoliyati ham boshlanadi.
1891- yilning sentabrida Furqat Samarqandga yol oladi. Xat orqali tanishgan dosti savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzurida boladi. Iyul oyida Buxoroga borib, Kogondan poyezdga otirib, Marv, Ashxabod, Boku, Botum orqali Istambulga keladi. Bu yerda bir muddat yashagan shoir butun vujudi bilan ijodga berilgandi. 1892- yilda Iskandariya, Misr, Shom, Makka va Madina boylab sayohatda bolgan Furqat sentabr oyida Hindistonning Bombay shahrida edi. 1893- yilning bahorida Kashmir, Tibet va Xotan orqali Yorkentga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.
Furqat Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bolib ishlaydi. Ilmi nujum, tabobat bilan shugullanadi. Ra'no ismli ayolga uylanib, farzandlar koradi. U to 1906- yilgacha Turkiston bilan, "Turkiston viloyatining gazeti" bilan aloqani uzmaydi. Furqat 1909- yilning kuzida vatandan yiroqda vafot etadi.
Furqatning merosiga nazar tashlasak, adibning serqirra ijod sohibi ekanligiga amin bolamiz. Uning ijodi quyidagi asarlarni oz ichiga oladi: 1) lirikasi; 2) publitsistikasi, nasriy asari; 3) tarjimalari; 4) ilmiy asarlari.
Furqat tarjimon sifatida Sharq adabiyotining mashhur namunalari bolmish "Hammomi xayol", "Chor darvesh", "Nuh manzar" asarlarini tarjima qilgan. Animo ular bizgacha yetib kelmagan.
Adibning turli yillarda "Turkiston viloyati gazeti"ga yozgan qator xabarlari, maqolalari uning publitsistikasini tashkil etadi. 1891- yili "Turkiston viloyatining gazeti"da bosilgan "Xoqandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. ozi yozgoni" deb nomlagan tarjimayi holi uni bizga jurnalist va nosir sifatida tanitadi. Adabiyotshunoslikda bu esdaliklar shartli ravishda "Furqatnoma", bazan "Sarguzashtnoma" nomlari bilan yuritiladi. Mazkur asar shoir hayot yoli, dunyoqarashini aniqlash borasida katta ahamiyatga ega.
Furqat ijodiy merosida tort ilmiy asar uchraydi. Ularning uchtasi etnografik xarakterda bolib, "Toy tavsifi", "Gap ta'rifida", "Aza tavsifi" deb ataladi. Tortinchisi "Ilmi ashorning qoidai avzoni" (She'r ilmining olchov qoidalari) atalib, adabiyot havaskorlari uchun qollanma sifatida tuzilgan, unda aruz vaznining qoidalari bayon etilgan.
Furqatning mana shunday keng kolamli ijodi bolishiga qaramay, xalq uni asosan lirik shoir sifatida e'tirof etadi. Lirikasi gazal, masnaviy, muxammas, musaddas, mustazod kabi janrlardan iborat. She'rlarining salmoqli qismi gazallar bolib, ularning soni 200 atrofida. Shoirning yuksak baduy mahorati, she'riyatining nafosati ham aynan gazallarida namoyon boladi. Ayniqsa, oshiqona kechinmalar bayonida, mashuqa jamoli tasvirida yangi, oziga xos tashbehlarni, ifoda vositalarini qollaydi. Tilining oynoqiligi, uslubning ravonligi, ifodaning xalqonaligi shoir gazallarini xalqqa yaqin va suyumli bolishini ta'minladi.

Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik,
Galatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik.
Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor?
Fasohatda, sabohatda, hama togrida san nozik.
Oshiqqa chamanzorda sarv daraxti bilan yosuman gulini nozik va korkam deyishlari galati tuyuladi, chunki yorning qomati sarvdan, koylagi (pirahani) guldan nozik, ya'ni gozaldir. Mashuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng gozal inson bolmish misrlik Yusuf (a.s.)dan ustun qoyadi. Bunga uning asosi bor: mahbubasi fasohatda, sabohatda (xushroylikda), bir-bir sanashning hojati yoqki, har togrida nozik  gozaldir!
Kalomingdin halovat topmogi jonlarni ondinkim,
Dahon nozik, zabon nozik ki lab nozik, suxan nozik.

Baytdagi yor gozalligi belgilarining sanogi mazmunni borttiradi, ifodaga musiqiylik bagishlaydi. Bunday mubolagaviy tasvir ostida shoirning har tomonlama mukammal  ham jismonan, ham manan gozal insonni targib etish maqsadi yotadi. Shuning uchun ham Fuzuliy gazaliga nazira sifatida yaratilgan "Surmadin kozlar qaro" gazali yoki "Muncha zolim bolmish ul xunrez qaro kozlaring" kabi koplab gazallarida yor gozalligi, oshiqning unga sadoqati, cheksiz muhabbati avj pardalarda zavq bilan kuylanadi. "Bir qamar siymoni kordim baldai Kashmirda" gazalida esa ishqiy kechinmalar, oshiqona savol- javoblar shoir hayoti bilan bogliq qismat chizgilariga ulashib ketadi: Aydi: "Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?" Man dedim: "Gurbatda Furqat bor ekan taqdirda".
Furqat lirikasida gurbat va hasrat ohanglari salmoqli orin egallaydi. Bu uning hayot yoli bilan bevosita bogliq. 1892- yilda vatandan chiqib ketgan shoir umrining oxirigacha yurtga qayta olmadi. Shuning uchun vatan ishtiyoqi va gurbat iztiroblari turli mavzudagi she'rlarda dardli va tasirchan ifoda etilgan. Shoirning "Figonkim, ul buti siymin zaqandan ayrilib qoldim", "Hasrato, kel- kel beri, ul shoxi jonondin gapur" radifli gazallarining maqtasida yuqorida eslatilgan "Bir qamar siymoni" gazalida bolgani kabi taqdirning unga bergan sinovi  yurt judoligi bayon qilinadi:

Oz diyoridin adashgan, Furqatiy devonaman, 
Chugzi har vayronadurmen, baytul ehzondin gapur.
Shoirning Istambulda yozgan "Saboga xitob" she'rida vatanni qomsash, dostlar soginchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etiladi. U Istambuldagi "nasimi fayzi rab" bolgan Milliy bogda sayr qilar ekan, undagi xurram "mardum" (odamlar) chehrasini korib, olis Toshkentdagi yor-u dostlarini esga oladi:

Alar chun aylagach sayr-u safolar, 
Esimga tushti yor-u oshnolar...
Ayo bodi sabo, Olloh uchun tur, 
Ozingni Toshkand shahriga yetkur.
Furqatning gurbat ruhidagi she'rlari sinchiklab organilsa, undagi ayriliq va judolikning ma'nosi ancha kengligiga amin bolamiz. "Manam shorida bul- bul" muxammasida birinchi bandidan shoir ozini bostonidan adashgan shorida bulbulga oxshatadi. Keyingi bandlarda "Nihoni kuydirib hajr oti post-u ustuxon aylar", "Boshimda hushim yoq", "Yetim qozi kabi nolonligim", "Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida" kabi misralar orqali holini sharh etgach, maqta'da bu bayonlarni umumlashtirib, taxallusiga ham izoh berib otadi.
Zamon gavgosidan adashish  bu dunyodan qol yuvish, tariqat yoliga kirish, ozini Ollohga bagishlash demakdir. Bu yolga kirganlar biladiki, inson bu dunyoda ozining haqiqiy vatani  ilohiy dargohdan uzoqda, haqiqiy Yor  Ollohdan ayriliqda. Demak, hayotning ozi furqat, ya'ni ayriliqdir. Vatanga, Yorga yetishish uchun esa riyozat chekish, poklanish zarur. Buning yoli, aytilganidek, zamon oshubidan yiroq bolishdir. Oldin korilgan gazallarda furqat, gurbat tushunchasi yurtdan judolik mazmunida qollangan bolsa, shoir bu she'rida ozining taxallusini tasavvufiy ma'noda izohlamoqda. Keyingi tadqiqotlarda Furqat umrining ma'lum bir pallasida tasavvuf yoliga moyillik bildirib, otkinchi dunyo gavgolaridan kongilni forig tutib yashashga intilgani togrisida fikrlar aytilmoqda. LTning "bormasmiz" radifli gazalida sofiyona kayfiyat, qalandarona baland himmat ruhining yetakchiligi shu holat bilan izohlanadi.
Furqat lirikasida ma'rifatni targib etuvchi she'rlar ham talaygina. Adib 1890- yilning martida Toshkentda ekan, N. Ostroumov uni Yangi shahar qismiga tomoshaga olib boradi. Furqatni juda kopchilik rus amaldorlari, ruslar xizmatidagi ozbeklar, hatto general-gubernator bilan tanishtiradi. Shu yurishlar natijasida shoirning "Gimnaziya", "Ilm xosiyati", "Akt majlisi xususida", "Nagma bazmi xususida", "Vistavka xususida", "Suvorov" kabi she'rlari yoziladi va "Turkiston viloyatining gazeti"da chop etiladi. Bu she'rlarning barchasi masnaviy yolida yozilgan bolib, ularda maorifni isloh qilish, ilmga da'vat, fan va madaniyat yangiliklarini targib etish goyalari olga surilgan.

Savol va topshiriqlar
1. Furqatning umr yolidagi qaysi jihatlar ijodida aks etganligini sozlang.
2. Shoirning ma'rifatchilik yonalishidagi asarlari vujudga kelishi omillarini ayting.
3. Furqat she'riyatidagi gurbat tushunchasi qanday ma'nolarni anglatishi togrisida fikrlaringizni bildiring.
SHE'RLAR GAZALLAR
Fasli navbahor oldi ketibon zimistonlar, 
Dostlar, ganimatdur, sayr eting gulistonlar.
Subhidam tushib shabnam, boldi sabzalar xurram, 
Gul uza tomib kam-kam, yogdi abri naysonlar .
Nastaron2 yuvib yuzni, yosuman3 tuzib ozni, 
Nargis ochibon kozni intizori yoronlar.
Bir sahar edim uygoq: ot tutoshti olamga, 
Toglar chekib larza, titradi biyobonlar4.
Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, 
Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afgonlar.
Bulbul oqugoch yiglab subhidam xazon faslin, 
Guncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar5.
Kechtil