va dunyo- qarashigagina tayanadi. Shuning uchun ham memuar asarda yo hikoyachining ozi yo bolmasa, uning nuqtai nazari old orinda boladi. Bu holni "Boburnoma" misolida yaqqol korish mumkin.
"Boburnoma" avtobiografik ocherklarni eslatuvchi voqeiy hikoyalardan ibo- rat. Ularda muallif Movarounnahr, Xuroson, Afgoniston, Hindiston kabi mam- lakatlarda ozi qatnashgan, korgan yoki eshitgan voqealarni hikoya qiladi. Asarda tarixiy davr va Bobur hayoti sahifalari haqqoniy ifoda etilgan. Yozuvchining tas- virlash mahorati yuksakligi sabab u yoki bu shaxs haqidagi ma'lumotlar keltiril- ganda, ularning tabiatiga xos xususiyatlarni ham korsatishga erishadi. Bobur asarining qiziqarli bolishiga diqqat qaratadi. Shuning uchun hatto jugrofiy ma'lumotni ham kishi e'tiborini tortadigan yosinda berishga intiladi. Buni Andijonga toqqiz ariq suvning kirishi va bittasining ham chiqib ketmasligi haq- idagi tasvirlarda korish mumkin.
Bobur Samarqandning tabiatini tasvirlar ekan, uning obodligiga ulkan his- sa qoshgan Amir Temur va Ulugbek Mirzo singari hukmdorlar shaxsiyatiga xos yaratuvchilik qirralariga urgu beradi. Muallif sodda va tushunarli yozadi. Oradan shuncha vaqt otganiga qaramay, astoydil qiziqqan kishi uning bitgan- larini ortiqcha qiyinchiliksiz tushunadi.

BOBORAHIM MASHRAB
(1653  1711)
Hayot yoli afsonalarga qorishib ketgan, surati-yu siyrati rivoyatlarda bayon etilgan, xalq orasida halollik* togrilik, Haqqa oshiqlikning timsoli bolib gavdalangan Mashrabdek shaxsi va ijodi mashhur zotni topish qiyin. Farhod va Qays seviklilari Shirin-u Layliga intilgani kabi Mashrab ham Yaratganning vasliga beqaror intilgan oshiqi analhaqdir. Kishi uning shaxsini bilgani sayin va ijodini organish mobaynida ozining ham tozarib borayotganini tuyadi, buyuk Tangriga yaqinlikni his qiladi. Shuning uchun ham uni oqimoq, uqmoq kerak.
Oldinlari Mashrab 1640- yoki 1647- yillarda tugilgan deb hisoblanar va bu ma'lumotlar qator ilmiy manbalarda korsatilgan ham edi. Bogistoniyning "Tazkirai qalandaron1" asarini sinchiklab organish natijasida aniqlangan keyingi ma'lumotlarga kora, Boborahim Valibobo ogli Mashrab 1653- yilda Namanganda kosib oilasida tugilgan. Yodingizdami, Navoiy "Xamsa'|$ qahramonlari Farhod va Qays tugilmaslaridan ishq dardiga mubtalo bolgan edilar. Xuddi shu holat Boborahimda ham yuz beradi.
Shoirning hayot yoli yoritilgan "Qissai Mashrab" asarida yozilislucha, u bolaligidan majnuntabiat, sofiysurat, odamovi va xomush qiyofada yuradi. LTning gayritabuy odatlari, gap-sozlari, yurgan yolida aytadigan bayt-u gazallari ota- onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. Onasi ne orzu-havaslar bilan unga yan- gi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiz-bechoralarga kiyimlarini yechib berar, ozi yalangoch yurardi (xuddi "Bolib el anduhidin kongli gamnok, Yaqo chokni korib, koksin qilib chok" qilgan Farhoddek). Ota-onasi iztirob bilan bu- ning sababuu soraganlarida, u "Yaratganning huzuridan qanday kelgan bolsam, shunday yuraveramah" qabilida javob beradi. ospirinligida qayerda goriston bolsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini korib: "Ey odamzod, oxir olib boshingga tushadurgon ish bu",  deb yiglab yurardi (Farhod va Qaysning gamginliklarini eslang). ogillaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan ota-ona xavotir va tashvishga tushadilar.
Mashrabni shu hududda katta ulamo, Haq yoliga boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor Oxundga uchrashtiradilar. Mashrab undan zor ixlos bilan ta'lim oladi, tarbiya koradi. Xuddi bir muallim ozidagi bilimlarni berib bolgach, shogirdini ozidan ilmliroq boshqa ustozga yollaganidek, ma'lum darajada ilohiy sirlardan Mashrabni voqif etgan mullo Bozor oxund uni Koshgarga  Ofoq xoja huzuriga borishi kerakligini aytadi. Islom dunyosining uluglaridan biri bolmish bu zot yangi muridi qalbidagi ilohiy muhabbat nurlarini ilgab, unga Mashrab (ma'nosi  ishq sharobini ichgan) nomini beradi. Mashrab Ofoq xoja huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda, riyozatda boldi va Haqqa yaqin avliyo zot bolib yetishdi. Farhodga Boniy, Moniy va Qoran orgatganlaridek, Bozor oxund va Ofoq xoja ta'limidan Mashrab toshdan metin nafs togini yanchishni, kongilda ishq binosini qurishni va bu binoga Olloh ishqini naqshlashni organdi. "Xamsa" dostonlaridan Tangri oshiqlarining taqdiri qanday yakun topishi Sizga ma'lum. Mashrab, ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711- yilda Balx hokimi Mahmud Qatagon amri bilan Qunduz shahrida qatl etilgan.
Mashrab oz asarlarini jamlab, devon tuzgan emas. She'rlari "Devoni Mashrab" qissalarida, turli bayoz va toplamlar tarkibida tarqoq holda bizgacha yetib kelgan. 19581980- yillar oraligida uning she'rlari toplam holida bir necha marta nashr qilingan. Mashrabning nisbatan mukammal toplami adabiyot jonkuyari Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990- yilda "Mehribonim, qaydasan" nomi bilan nashrga tayyorlanib, chop etildi. Toplam shoirning gazal, mustazod, murabba', muxammas, musaddas, musabba' janrlarida yozgan she'rlaridan iborat. Shuningdek, mutaxassislargagina yaxshi tanish bolgan "Mabdai nur", "Kimyo" kabi baduy-falsafiy, diniy-axloqiy asarlar ham Mashrab qalamiga mansub deb qaraladi.
Ma'lumki, aksar mumtoz adiblar ijodining magzida odamni, olamni, butun borliqni islomiy idrok etish markaziy orin tutadi. Lekin bu shunchaki islomga da'vat, uning yol-yoriqlarini orgatish, nasihat emas, balki dunyo hodisotlari, voqeliklari ortida yashiringan Yaratganning xohish-irodasi, hikmatini, jamolini, qudratini bilishga, anglashga, korishga yonalgan ilmdir. Bu ilmni tasavvuf deydilar. Oldingi darslarda sizga tasavvuf ta'limoti haqida oz bolsa-da tushuncha berildi. Asarlarida tasavvuf goyalarini aks ettirgan adiblar mutasavvif ataladi. Mashrab ham tasavvuf adabiyotining mashhur vakilidir. Barcha sofiy shoirlar kabi u ham nafsni yengish orqali kongilni yuksaltirish, ruhni poklash, otkinchi dunyo havaslaridan ustun bolishga urinadi, insonga uning moddiy mavqeidan emas, ma'naviy fazilatlaridan kelib chiqib yondashadi.
Sofiy shoirlarni ilohiy ishq kuychilari deyishadi. Lekin ishqni kuylashda har bir shoirning oz yoli, ovozi, ozgachaligi bor. Ahmad Yassaviy ishqi ilohiyni rasmiy shariat doirasidan uzoqlashmagan holda sharh etadi. Navoiy ishqni mushohada qiladi, har qanday yonish-kuyishlarda ham oychanlik, bosiqlik unga xos. Mashrab esa konglidagi ishq olovi qanday bolsa, uni shundayligicha she'rga kochiradi. Ollohga bolgan muhabbatini ochiq izhor etadi. Shuning uchun uning she'rlarini oqigan kitobxon oshiq shoir konglidagi jununni, betoqatlikni aniq his qilib turadi va bandaning Xudoga bolgan haqiqiy ishqi qanday bolishini anglaganday boladi. Goyo u bizga ishqi ilohiydan dars berayotganday. Lekin uning ishqi odamdan, olamdan begona va ayri emas.
Shunday bolishi tabuy ham. Chunki Yaratganni sevgan uning ijodi bolmish yaratiqlarini ham sevadi-da. Shu bois Mashrab "yuzi qizil-oq, ostidagi tayloqi oynoqlab turgan", "asli qalmoq, zoti qirgiz, lola paypoqli" sahroyi botakoz qizlarni madh etadi, ular chiroyida olam nafosati hamda ilohiy jamol jilvasini tuyadi. Shuningdek, uning vatan, onai zorini qomsab yozgan sherlari ham xokisor samimiyati-yu bolalarcha sodda tugyoni bilan ajralib turadi. Ularni oqib goyat tasirlanasiz: dilbar va garib ishq kuychisining Namangandan kelgan dost-u yoronlarini korgandagi quvonchi, keksa onasining bagriga otilib zor-zor yiglashlari qalbingizda titroq uygotadi.
Mashrabning shaxs va shoir sifatidagi oziga xosligi shunda korinadiki, uning Ollohga bolgan ishqi ham xuddi mana shunday samimiy va ehtirosli. U Xudoni ozidan uzoq, mavhum deb bilmaydi. Uni mehribon onasi, "jola kiygan" mahbubasini sevganday sevadi, konglidagi dardlarini, sirlarini unga sozlaydi, u bilan qoshilib-qorishib ketadi. Xuddi Mansur Halloj, Ibrohim Adham, Nasimiy kabi Olloh bilan vahdat, ya'ni birlik hosil qiladi. Tasavvufda bunday hol, ta'limot vahdat ul-vujud deyiladi. Mashrab sherlarini oqishda, tushunishda bu holni, ta'limotni nazardan soqit qilib bolmaydi: Arshning kungurasin ustiga qoydum ayoqim, Lomakondin joy olibman, bu makonni na qilay?
Lomakon  makondan tashqari degani. Lomakonlik faqat Xudoga xos. Undan boshqa barcha narsalar ma'lum bir makonda qaror topadi. Ilohiy Arsh kungurasiga oyoq qoydim, lomakondan joy oldim deyish shariat nuqtayi nazaridan shirk va kufr. Lekin shoir bu gapni tuproqdan bolgan jism harakati va holati sifatida sharh qilmayapti. Bu  shoir ruhining ishqdagi holati. U Yaratganga shunchalik muhabbat qoyganki, undan boshqa hech narsani mushohada qilmaydi. Bu muhabbat va mushohada natijasida u makonni, ya'ni olamni, hatto ozini unutadi, u bilan birlikni hosil qiladi. Ishqning ilohiy qudrati bilan makonni, ozlikni unutgan kishi lomakonga daxldordir. Bunday odamning oyogi ilohiy Arshda turibdimi, yerda turibdimi  farqi yoq. Tasavvuf ta'limotini, undagi vahdat ul-vujud holatini tushungandagina shoirning: Onqadar nurga tolibman osmonga sigmadim, Toqi arsh-u kursi-yu lavh-u jinonga sigmadim, yoki Ofoqni bir lahza kezdim, na ajabdur, Mino togidin akkasifat hakkalab ottum kabi baytlari manosini togri anglash mumkin boladi.
Har qanday sofiy biror tariqatga amal qiladi. Tariqat arabcha soz bolib, yol ma'nosini anglatadi. Bizning hududlarda qadimdan qodiriylik, yassaviylik, kubroviylik, naqshbandiylik tariqatlari mashhur. Bu tariqatlar bir-birini inkor etmaydi, chunki maqsadlari bir  Bir-u bor zot vasliga vosil bolish. Shuning uchun ular ozaro ulug hurmat, ehtirom munosabatida boladilar. Bir-biridan Ollohga yaqinlashish, yetishish, uning rizoligi va muhabbatini qozonish yollari hamda usullari bilan farqlanadilar. Mashrab naqshbandiylik shaxobchasi bolmish qalandarlik maslagini tutgan va uni ijodida targib etadi:
Murodingga yetay desang, qalandar bol, qalandar bol, 
Sitam ahlin yutay desang, qalandar bol, qalandar bol.
Bu maslakning shiori esa  Havas bozorini dur aylagil zinhor boshingdin, Qolungni ikki dunyodin uzib, dilni qalandar tutdir.
Boshingdan dunyo, nafs havaslarini chiqar, ikki dunyodan ham ozingga manfaat izlamay, dilingni qalandar tut, deb korsatma beradi Mashrab. Dilni qalandar tutish esa doimo haqiqiy Yor zikri bilan mashgul bolish va U buyurgan ezgu amallarni oz hayotining mazmuniga aylantirishdir. Qalandarlarning hayot tarzlari ham oziga xos. Ular har qanday dunyoviy iskanjadan ozod bolish uchun muqim uy-joy, makon tutmaganlar. Shoir ta'biri bilan aytganda, "koh ba koh, sahro ba sahro kezmoq" bilan, ya'ni qishloq, shaharlarni, dasht-u sahrolarni ke- zib, odamlarni iymonga, ezgulikka da'vat qilganlar, ishqi ilohiyni sharh etganlar:
Riyozatsiz bolay desang, tanim ozod yuray desang, 
Jahonni sayr etay desang, qalandar bol, qalandar bol.
Mashrab ham oz umri davomida yurtlar kezib, Haqni va haqiqatni tanish, pok e'tiqod, haqiqiy muhabbat targiboti bilan mashgul boldi. Endilikda bu ishni uylar, qishloqlar, shaharlar, yurtlar kezib, uning ijodi davom ettirmoqda.

Savol va topshiriqlar
1.	Xalqimizda qanday hollarga tugilajak farzandga "Mashrab" ismi berilishini bilasizmi? Eshitmagan bolsangiz, kattalardan bilib oling. 
2.	Mashrabning tasavvuf ta'limotiga, qalandarlik maslagiga munosabati haqida gapiring.
MASHRAB SHE'RIYATIDAN
GAZALLAR
Ishq vodisidin bir kecha men hay-haylab ottum, Monandi nayiston  guliga ot qalab ottum.
Ofoqni2 bir lahzada kezdim na ajabdur, 
Mino togidin akka sifat hakkalab ottum.
Ottim fashu dastorini3 devonalig aylab, 
Parvona sifat jonimi otqa qalab ottum.
Bildimki, vafosi yoq ekan ushbu jahonni, 
Mardona bolub, balki, etak siltalab ottum.
Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi, 
"Borgil nariga!"  deb ketiga shattalab ottum.
Bildimki, oni dushmani makkorai ayyor, 
"Lo!4"  tirnogi birla yuzini tirmalab ottum.
Mardoni Xudo dediki: "Dunyo mayi achchig", 
Achchigligini bilmak uchun bir yalab ottum.
Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni, 
Tanho qilichi birla urub, qiymalab ottum.
Xomush pichogin har dam oning bogziga qoydum, 
Chog nayzasi birla kozini nayzalab ottum.
Devonai Mashrab, bu sozung dardga davodur, 
Oshiq elining kongliga bir ot qalab ottum.

Savol va topshiriqlar
1.	Shoirning olamni bir lahzada kezganligi sababini izohlang.
2.	Oshiqning sallani uloqtirishi dahriylikning korinishimi yoki sofiylikning? Fikringizni isbotlang.
3.	Shoirning dunyoga dushmanlarcha qarashi sababini gazal matniga tayanib, izohlang.

Qildi menga bir jilvaye nogoh boqa qoldim, 
Ul jilvasiga din ila dunyo sota qoldim.
Ma'shuq dediki: "Bovar  emas menga bu ishqing", 
Gayrat tigi birla yuragimni ocha qoldim.
Arz2 ustidan ul Arshgacha shahbozini3 korgach, 
Tan shahrida ul jon qushidek tolpina qoldim.
Gam togida Farhod sifat emganur erdim4, 
Boshimga balo teshasi tegdi, yota qoldim.
Mashrab, yolida turfa parishon yurur erdim, 
Ul moh chiqibon burqa' kotardi, boqa qoldim.
 Savol va topshiriqlar 
1.	Gazalning matla'sida tasvirlangan jilvagar shaxsi haqida mulohazangizni ayting.
2.	Oshiqning "Gayrat tigi birla yuragimni ocha qol" ishiga sabab bolgan holatni anglating.
3.	Gazaldagi mashuqni kim deb oylaysiz? Fikringizni asoslang.

Agar oshiqligim aytsam, kuyub jon-u jahon ortar, 
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi5 ul xonumon ortar.

Kishiga ishq otidin zarraye yetsa, bolur giryon, 
Bolub besabr-u betoqat, yurak-bagri chunon ortar.

Nechuk toqat qilay, dostlar, bu dard ila bolub hayron, 
Gamim boshqa, alam boshqa, yuragimni figon ortar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda, 
"Nigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon ortar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, 
Tilim lol-u kozum giryon, songaklarni nihon ortar.

Na qattig kun ekan, dilbar, visolingdin judo bolmoq, 
Mening ohim otiga bul zamin-u osmon ortar.

Yurakda dard-u gam qat-qatki, menda qolmadi toqat, 
Agar bir zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon ortar.

Bu dard ila xarob oldum, kelib holimni sormassan, 
Unum chiqsa yurakdin, bu tan-u jon, ustixon ortar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshiga solma, 
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon ortar.

Savol va topshiriqlar
1.	Nima uchun oshiqlik bayoni jonni kuydirib, jahonni ortaydi?
2.	Ishq otidan yetgan bir zarra odamni qay holga tushirishiga diqqat qiling. Sababini izohlang.
3.	"Nechuk toqat qilay, dostlar, bu dard ila bolub hayron, Gamim boshqa, alam boshqa, yuragimni figon ortar" baytini tahlil qiling. Oshiqni ortayotgan tuygularni sanang.
4.	Yorning nomi zikr etilganda zabonni ortaydigan shavqni qanday anglaysiz?
5.	"Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, Tilim lol-u kozum gir- yon, songaklarni nihon ortar" baytidagi sharhi hol usulini izohlang. Bu bayt gazalning ikkinchi va uchinchi baytlari bilan qaysi jihatdan uygun? 
6.	Gazalning qaysi baytlarida saj' ichki qofiya qollanganini aniqlang va ularning she'r baduyatida tutgan ornini izohlang.
7.	Gazalning oxirgi ikki baytini tahlil qiling. Ularda ifodalangan mazmunni sharhlang.


Murodingga yetay desang, qalandar1 bol, qalandar bol, 
Sitam ahlin yutay desang, qalandar bol, qalandar bol.

Ogizdin dur sochay desang, sharobi ishq ichay desang, Yomonlardin qochay desang, qalandar bol, qalandar bol.

Fasod ahlin2 quvay desang, (ketiga) bir uray desang, 
Bu dargohdin suray desang, qalandar bol, qalandar bol,

Riyozatsiz  bolay desang, tanim ozod yuray desang 
Jahonni sayr etay desang, qalandar bol, qalandar bol,

Razolat2 kuyduray desang, zalolat3 olduray desang, 
Hamasin supuray desang, qalandar bol, qalandar bol.

Bu taqvodin4 kechay desang, xonaqohdin5 qochay desang, 
Haqiqatni ochay desang, qalandar bol, qalandar bol.

Guharrezlik6 qilay desang, hammani kulduray desang, 
Chu Mashrabdek bolay desang, qalandar bol, qalandar bol.

Savol va topshiriqlar
1.	Shoir birinchi satrda qaysi murodga yetish togrisida sozlayapti? Shoir tutgan maslak nuqtai nazaridan kelib chiqib javob bering.
2.	Qalandarlarning ogizdan dur sochishi deganda nimani tushundingiz?
3.	Fasod ahlini tushuntiring. Ular qanday kishilar?
4.	"Sazolatni kuyduray desang, zalolat olduray desang, Hamasin supuray desang, qalandar bol, qalandar bol" satrlarini tahlil qiling. Sizningcha, bu gungi kun razolati va zalolati nimalarda korinadi? Mamlakatda va dunyoda yuz berayotgan voqealardan kelib chiqib, javob bering.
5.	Tasavvuf ahlining guharrezligini qanday tushunasiz? Hammani kuldirish oz ma'nosida qollanganmi?
6.	Gazalning qofiya va radifini aniqlang. Ularning she'r mazmunini anglatishdagi ahamiyati haqida fikr yuriting.

Sanamning ishqida tinmay yurub owora Mashrabman, 
Kozi yoshlig, qadi xamlig, dili sadpora Mashrabman.

Kongulda zarracha dunyoni mehri bolmagay menda, 
Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman.

Olib ketsam, lahad ichra songakdin ketmagay dardim, 
Jahonda topmadim choraki, men  bechora Mashrabman.

Boshimga ming balo kelsa, tilarman vasling, ey zohid,
"Tilim kessang, toyorim yoq, degan, diydora" Mashrabman...
Savol va topshiriqlar 
1.	Sanamning ishqida ovvora Mashrabning nima uchun "Kozi yoshlig, qadi xamlig, dili sadpora" ekanligini izohlang.
2.	Ikkinchi misradagi "bezora" sozi nimaga nisbatan ishlatilgan va nima uchun?
3.	olganda ham lahadda oshiq suyak(songak)laridan ketmaydigan dard nima ekan? Niama uchun unga bu dunyoda chora topilmadi?
4.	Shoir Mashrabning yana qanday she'r va gazallarini bilasiz?
Nazariy malumotlar
TASAVVUF VA TASAVVUF ATAMALARI
Tasavvuf ta'limotining maqsadi komil insonni tarbiyalash ekanligini Siz yaxshi bilasiz. Bu ta'limot boyicha inson komillikning shariat, tariqat, haqiqat deb ataladigan bosqichlardan otishi kerak. Shariat barcha musulmonlar uchun xos va majburiy bolib, u islomiy hukmlar, yoriqlar majmuidir. Shariatni qabul qilmagan kishi musulmon bolmaydi, binobarin, komillik yoliga birinchi qadamni ham qoymagan hisoblanadi. Shariatni haq deb bilgan odam ozi xohlab poklanish, komillik yoli bolmish tariqatga kirishi mumkin. (Tariqat sozining "yol" degan manoni anglatishi eslatildi.) Tariqatga kirgan odamni sofiy, solik, murid, darvesh deb ataydilar. Sofiy tariqatda pir (murshid)ga qol beradi (qol berish  bu poklanish uchun ahd) va unga (pirga) inon-ixtiyorini topshiradi, uning korsatmalariga sozsiz boysunib, poklanish amallarini bajaradi.
Tasavvufdagi holat, poklanish vositalari, tushunchalarini ifodalash uchun maxsus istiloh (atama)lar qollanadi. Yuqorida kelgan tariqat, pir, sofiy kabi sozlar ham tasavvufiy istilohlardir. Tasavvuf adabiyotini, xususan, she'riyatini tushunish uchun istilohlar ma'nosini bilish zarur boladi. Yoqsa, asarlar tushunilmaydi yoki yanglish, hatto kozda tutilganiga zid, teskari ma'no uqilishi mumkin.
Tasavvuf adabiyotida ishq markaziy tushunchadir. (Ishqqa oldin berilgan ta'rifni eslang.) Boshqa tushunchalar, obrazlar, vositalarning hammasi undan kelib chiqadi yoki unga boglanadi. Ishq ikki turli boladi: majoziy ishq  Olloh tomonidan yaratilgan barcha narsaga: insonga va butun borliqqa nisbatan muhabbat, mehr, ardoq anglashlik tuygusi; haqiqiy ishq  boshqa hech narsaga qiyos qilinmaydigan Yaratganni tuyish, anglash va U bilan birlik tuygusi. Ishq qoydgan mashuq tasavvuf adabiyotidagi Yor (mahbub(a), ma'shuq(a), jonon, dost, rafiq) obrazidir. Majoziy ishqdagi yor inson bolib, paygambar Muhammad alayhissalom yoki tariqat peshvosi piri komil nazarda tutiladi. Shuningdek, ota- ona, farzand, ayniqsa, gozal ayol yoki korkam yigit ham yor obrazi orqali beriladi.
Haqiqiy ishq nuqtayi nazaridan esa u Ollohdir. Ishq kopincha may, sharob istilohlari orqali ifodalanadi. May (ishq) quyiladigan kosa, jom, qadah kabi idishlar kongil (sofiy qalbi) ramzlaridir. Konglida (idishda) ishqi (mayi) tola oshiq (mast, xumori)lar toplanadigan joy esa pir (murshid) dargohi boladi. Bu yerda ular muridlarini tarbiyalaydi, nafs qutqularidan xalos bolish yollarini korsatish hamda ilohiy haqiqatlardan ogoh qilish bilan sofiylar qalbida ilohiy ishq uchqunlarini yolqinlatadilar. Bunday pirlar dargohi tasavvufda mayxona (butxona, xarobot) istilohlari bilan yuritiladi. Ishq may ekan, ishqi borlar toplanadigan joyning mayxona atalishi tabuy. Mayxonada odatda may tarqatuvchi, mayni quyib ulashuvchi shaxs boladi. Tasavvuf mayxonasi (dargohi)da ma'rifat ulashuvchi, ishq sirlarini talqin etuvchi piri komilga soqiy istilohi qollangan.
Ishq ahli (oshiq) deganda asosan sofiylar tushunilsa, vasl ahli deganda komillikka yetishgan, avliyolik siyratini kasb etgan zotlar nazarda tutiladi. Lab
(haqiqiy yoki majoziy) yorning kalomi, korsatmalari, purma'no sozlari; bosa
oshiqning (haqiqiy yoki majoziy) yor visolidan bahramandligidir.
Nasroniy diniga mansub kishi ma'nosini bildiruvchi tarso istilohi tasavvufda ozini Olloh ishqiga yetishmoqqa baxshida etgan inson manosida qollanadi. Xaloyiq (xalq, mardum, el) esa haqiqiy ishqdan bexabar kimsalar yoki dunyoga kongil bergan nafs bandalari. Dunyo esa sofiylar nazdida nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik.
Ta'kidlash joizki, tasavvufiy ruhda yozilmagan mumtoz asarlarda ushbu sozlar yuqoridagidek istilohiy mazmunda emas, oz lugaviy ma'nolarida tushuni- lishi kerak.
MUHAMMAD RIZO OGAHIY
(18091874)
Shoir, tarjimon, tarixnavis hamda davlat va jamoat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy xalqimiz tarixida oziga xos orniga ega bolgan serqirra iste'dod sohibidir. U ijodining kolami, she'riyatining korkamligi va baduy salmogi bilan ajralib tu- ruvchi sermahsul va serqirra shoir hisoblanadi. Ayni paytda xalqimiz otmishini haqqoniy aks ettirgan bir necha nodir asarlari bilan tarix ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qoshgan olim sifatida e'tirof etilach. Shuningdek, uning juda koplab tarixiy va baduy asarlarni fors tilidan ona tilimizga ogirib, ularni xalqimizning ma naviy merosiga aylantirishdagi xizmatlari tahsinga loyiqdir.
Ogahiy 1809- yili 17- dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogida Erniyozbek mirob oilasida tavallud topdi. Shu yerda boshlangich ma'lumotni oladi. Yoshligida otasi vafot eub, adabiyotimlzning yana bir yorqin siymosi bolmish amakisi Munisning tarbiyasida boldi. U maktab, keyinchalik madrasa tahsili davomida arab va fors tillarini, tarix ilmini puxta organdi. 1829- yilda Minus vafot etgach, hukmdor Olloqulixon uning orniga Ogahiyni mirob (suv ishlari boshqaruvchisi) etib tayinlaydi. Suv tanqis bolgan Xorazmda miroblik nihoyatda mas'uliyatli vazifa bolib, uni ishonchli va halol odam lioshqarishi lozim edi.
Shu davrdan Ogahiyning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati boshlanadi. U davlat ishlari bilan birga baduy ijod hamda ilmiy faoliyatini toxtatmadi. Saroy tarixchisi vazifasini ham olib borayotgan Ogahiy 1839- yilda Munis boshlab qoygan "Firdavs ul-iqbol" (Iqbol bogi) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825- yilgacha bolgan tarixini yozib tugatdi. 1844- yilda "Riyoz ud-davla" (Saodat boglari) kitobini tamomladi.
1845- yildan Ogahiy hayotidagi ogir va musibatli davr boshlanadi. Shu yili miroblik ishlari bilan safarda yurganda, tasodif fufayli oyogi qattiq shikastlanadi va hali yigit yoshidayoq toshakka boglanib qoladi. Shu dard azobini tortayotgan shoir umr yoldoshidan ham ajraladi. 1857- yilda miroblikdan iste'fo berishga majbur boladi. Lekin bu musibatlar oldida u chekinmadi. Kuchli iroda, hayotni sevishi Ogahiyni ijodga, izlanishga undadi. 1846- yilda "Zubdat ul-tavorix" ("Tarixlar qaymogi"), 18471855- yillarda esa "Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sultonlik voqealarining yigindisi") tarixiy asarlarini yozdi. Tarjimalar bilan shugullanib, Kaykovusning "Qobusnoma", Nizomiy Ganjaviyning "Haft paykar", Sa'diy Sheroziyning "Guliston", Badriddin Hiloliyning "Shoh va gado", Abdurahmon Jomiyning "Yusuf va Zulayxo" va boshqa qator asarlarni ozbekchalashtirdi. XIX asrning 60- yillarida "Gulshani davlat" va "Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi") tarixiy asarlarini yozdi. Ogahiy 1874- yili vafot etdi.
Ogahiyning asosiy sheriy merosi ona tilida yozilgan bolib, "Ta'viz ul- oshiqin" devonida toplangan. "Ta'viz ul-oshiqin"  "Oshiqlar tumori" degani. Devon marifatparvar shoh va shoir Feruz  Muhammad Rahimxon Soniy (ik- kinchi)ning taklifi va talabi bilan tuzilgan. Bu devon XIX asr ozbek sheriyatining benazir namunasidir. "Ta'viz ul-oshiqin"da shoirning 20 dan ortiq janrdagi sal kam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan. Ularning 1300 misradan ortigi fors tilida bitilgan bolib, bu Ogahiyning zullisonaynlik ananasini munosib davom ettirganligining yorqin dalilidir. Ogahiy devonidan turli: ijtimoiy-siyosiy, axloqiy- didaktik, tabiat tasviri va boshqa mavzudagi she'rlar joy olgan. Lekin ularning aksariyati ishqiy mavzudadir.
Shoir ijodida tabiat tasviriga bagishlangan bir qator gazallar bor. Qish va bahor tasviri chizilgan bu she'rlarda Ogahiyning peyzaj ustasi, otkir nigoh egasi ekanligi namoyon boladi. Fasl tarovati, gozalligini berishda shoir tashbih, tashhis (jonlantirish), sifatlash kabi baduy tasvir vositalarini qollaydi. "oyla yetkurdi jahonga ziynat-u oro bahor" gazalida oqiymiz: Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahroga tarovat ozgacha paydo bahor.
Suvni "obi hayvon"  tiriklik suviga oxshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk deb sifatlash adabiyotda yangilik edi. Tashxis (jonlantirish) sanatini mohirona qollagan shoir toglardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan gozalga oxshatadi. Bahor ana shu suzuk suvi bilan sahroga ozgacha tarovat bagishlagan. Keyingi misralard