ardek ermas, vale asru past.
Ki, tark aylabon faqr sarmoyasin6, 
Pisand etgamen shohlig poyasin?
Emas rub'i maskunga7 ragbat manga, 
Tilar tort sarmoya himmat manga:
Biri andin oldi hayoti abad, 
Ki, yoqtur aning intihosiga had.
Yana bir: yigitlikki, topmay xalal, 
Qariliq bila bolmagay ul badal.
Yana bir: ginoyi muabbaddurur1 
Ki, olinda iflosga raddurur.
Yana: shodligkun yoq oning gami, 
Adam2 bolg ay ul surning3 motami".
Skandarni hayrat zabun aylabon, 
Dedi bosh uyotdin nigun  aylabon.
Ki: Bu dayr aro topsang ogohliq, 
Senga faqr berdi, manga shohliq.
Agarchi meni ayladi arjumand, 
Sanga berdi himmatni mendin baland".
Gadoyeki, bolgay biyik himmati, 
Anga past erur shohlig rifati ...
Savol va topshiriqlar 
1.	Otmishdagi va baduy adabiyotdagi Iskandarni solishtirib, tarixiy va baduy haqiqat togrisida fikr yuriting.
2.	Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonidan kozlagan maqsadi va Iskandar obrazi vositasidagi orzusi nimalardan iborat edi?
3.	Magribzaminda xalq taxtga loyiq deb bilgan kishining ajib tabiati, fe'li bayon etilgan satrlarni toping va sharhlang.
4.	"Boshi toj tarkin qilib ixtiyor, Bolib toj tarki bila baxtiynr" luiylini izohlang. Bu misralar tavsiflanayotgan kishining xarakteri va dunyoqarashidagi qaysi qirralarni namoyon qiladi?
5.	Tarkidunyo qilgan darvesh shohning oldiga ozi bilan olib kelgan songaklarni qanday izohladi?
6.	Iskandarning darveshga qilgan taklifi va darveshning javobi berilgan baytlarni toping va tahlil qiling. Darveshning shohga qoygan tort shartini izohlang.
7.	Darvesh sozlarini eshitgan shohning unga javoban aytganlarini tahlil qiling. U darveshni qaysi jihatdan ozidan ustun bildi? Nima uchun? 
8.	"Gadoyeki, bolgay biyik himmati, Anga past erur shohlik rifati" baytini matn mazmunidan kelib chiqib sharhlang.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR 
(1483  1530)
Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda u adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanadi.
Hayot yoli. Bobur 1483- yili Fargona viloyatining poytaxti Andijonda tugilgan. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga tortinchi avlod  evara edi. Onasi Qutlug Nigorxonimning otasi Yunusxon esa on ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ivorinadiki, Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashhur shaxslaridan biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti ospirinlikdan to umrining oxirigacha jang-u jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va maglubiyat, ijod-u bunyodkorlik ichida kechdi.
1494- yilda Umarshayx Mirzoga qarshi uning oz akasi  Samarqand hokimi Sulton Ahmad Mirzo hamda qaynogasi Toshkent hokimi Mahmudxon ozaro til biriktirgan holda qoshin tortib, Fargonaga yurish qiladilar. Nihoyatda qaltis vaziyat vujudga keladi. Buning ustiga kutilmagan falokat yuz beradi: Andijonning garb tomonidagi jar yoqasida bino bolgan Axsi qorgonida turgan Umarshayx Mirzo kabutarxonasi bilan jarga qulab, halok boladi. Umarshayxdan uch ogil va besh qiz qolgandi. ogillarining kattasi  12 yoshga qadam qoygan Bobur taomil boyicha taxtga otiradi. oratepa, Xojand va Margilonni qolga olib Quvaga kirgan Sulton Ahmad qoshini shaharni kesib otuvchi Qorasuv koprigida toshqinga uchrab, tuya va otlari botqoq suvga chokib, kopi nobud boladi. Ustiga-ustak olat tarqaladi. Qoshin vahimaga tushadi. Sulton Ahmad sulh tuzib ortga qaytadi va yolda vafot ftladi. Sulton Mahmud ham Axsini bir muddat qamal qilib ololmay, ketishga majbur boladi. Sharoitdan foydalanib qolmoqchi bolgan Ivoshgar va Xotan hokimi Abobakr Doglatning liam ozgand yaqinidagi harakatlariga chek qoyiladi. "Boburnoma"ning aynan shu voqealarga ishora qilib "Tengri taoloning inoyati..." sozlari bilan boshlanishi bejiz emasdi. Bobur 1497- yili 15 yoshida sohibqiron Amir Temur poytaxt qilgan Samarqand shahrini egallaydi. Lekin moddiy tanqislik, qaltis siyosiy vaziyat tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga majbur boladi. Andijonda xiyonat yuz bergandi. Bobur ishongan beklar taxtga ukasi Jahongir mirzoni otqizmoqchi boladilar. Ikki yil sargardonlikdan song katta mashaqqatlar bilan Andijon qaytarib olinadi. 1500- yilda Bobur Samarqandni jangsiz osonlik bilan qolga kiritadi. Lekin Shayboniyxon yaqinlashib kelayotganligi uchun kuch toplash maqsadida Shahrisabzga jonaydi. Shunda Shayboniyxon Sulton Ali mirzoning onasi Zuhrabegimni unga uylanish va'dasi bilan aldab, shaharni egallaydi.
1501- yili Bobur 240 nafar navkari bilan yetti mingga yaqin qoshini bolgan tajribali shoh Shayboniydan Samarqandni tortib olishga muvaffaq boladi. Kop otmay Shayboniyxon shaharni qamal qildi va u uzoq davom etdi. Bir tomondan shahar ichidagi ochlik, ikkinchi tomondan qarindoshlari bolmish boshqa temuriylardan madad kelmagani yosh hukmdorni ogir bolsa-da bir qarorga kelishga undadi. U yana Samarqandni tashlab ketishga, nafaqat Samarqandni, jondan aziz Yatanini ham butunlay tark etishga majbur boldi. Ikki yilga yaqin sarson-sargardonlikdan song 1503- yilda Kobulga yol oladi. Kobul va Gaznani jangsiz egallaydi va ozini shoh deb e'lon qiladi. 1507- yildan Hindistonni zabt etish harakatiga tushgan Bobur 1526- yili oz maqsadiga yetadi. Shu yilning 21- aprelida Panipat jangida Boburning 12 minglik qoshini hind sultoni Ibrohim Lodiyning 100 ming kishilik askari bilan toqnashadi. Ajdodlaridan meros jang sirlari, yillar davomida toplagan tajribasi hamda taqdirning bergan achchiq saboqlari qol keldi. Bobur hind yerida Veyropada keyinchalik "Buyuk mogul imperiyasi" deb atalgan ulkan saltanatga asos soldi. Bobur va boburiylarning hukmdorligi Hindiston tarixida juda katta ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Bobur Hindistondagi din-mazhab janjallarini oldini olishga, mamlakatda osoyishtalik qaror toptirishga urindi. Adolatli qonunlar chiqardi, gayridinlik soligi (juz'ya)ni bekor qildi, olgan erning tirik xotinini murda bilan birga yo- qishni taqiqladi. Mamlakatda obodonchilik ishlarini yolga qoydi. Kanallar qazdirdi, binolar qurdirdi. Atrofiga olim-u fozillarni topladi. Shuningdek, hind yerida hali hech bolmagan boglar bino qildi. Movarounnahrning shirin-sharbat mevalarini ekdirdi. Lekin jang-u jadallar, saltanat tashvishlari, ayniqsa, Vatan soginchi nozik qalb egasi bolgan shoirning sogligiga salbiy tasir qildi.
Begona bir yurtni zabt etish hech qachon oson kechmagan. 1526- yilning 21- dekabrida Bobur dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif tufayligina omon qoladi. Biroq bu ahvol yigirma besh-yigirma olti kun davom etadi xolos. Bobur 1530- yilning 26- dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga kochiriladi.
Ijodiy merosi. Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, goyat iste'dodli farzandi edi. U ota notinch, sargardonlikda kechgan umrini zor salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham tola edi. U yigirma yoshida yangi bir yozuv  "Xatti Boburiy"ni kashf qildi. Umr boyi ajoyib sherlar yozdi, devon tartib qildi. Musiqa bilan shugullanib, "Chorgoh" maqomiga "savt"lar bitdi. 1521- yilda she'riy yolda soliq ishlarini tartibga soluvchi "Mubayyin al-zakot" ("Zakot bayoni") asarini yozdi. 15231525- yillarda aruz vazni haqida "Muxtasar" nomli risola bitdi. Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli asarlari hozirgacha topilgan emas. U tarjima bilan shugullanib, Xoja Ahrorning "Yolidiya" asarini she'riy yol bilan ozbekchaga ogiradi.
Uning "Boburnoma" asari nafaqat ozbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining nodir namunasi sanaladi. Bu memuar (esdalik) asarida Bobur on ikki yoshida taxtga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha boshidan otkazganlarini, korgan- kechirganlari, guvohi bolgan voqealarni siyosatchi, davlat arbobi, olim, sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil etadi. Shuning uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba bola oladi. "Boburnoma"ning ozbek nasri taraqqiyotidagi orni beqiyosdir.
Bobur she'riyati. Bobur ozbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she'rlarini toplab, 1519- yilda Kobulda, 1528 1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki toplam osha joylar nomi bilan "Kobul devoni", "Hind devoni" deb ataladi. Kobul devoni topilgan emas. Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan she'rlarining soni tort yuzdan ortiq. Shundan 119 tasi gazal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit'a, muammo kabi janrlar ham joy olgan.
Bobur devonining katta qismi gazallardan iborat. Gazallarining ma'lum gu- ruhi hasbi hol xususiyatiga ega bolib, shoir hayotining muayyan lavhasi bilan boglanadi. Mana, uning "topmadim" radifli gazalini olaylik. Bu sherning yozilish tarixi "Boburnoma"da ham keltirilgan. 15001501- yillarda Bobur Samarqandni ikki bor olib, yana boy beradi. Bir muddat sarsonliklardan song biror viloyat berar degan umidda Toshkentga xon dodasi Yunusxon huzuriga boradi. Bobosi oratepani unga berishini aytadi, animo bu gaplar va'daligicha qolib ketadi. Sargardonlik, xiyonatlar, yaqinlaridan judo bolish, qarindoshlar hamiyatsizligi, Shayboniyxonning tinimsiz taqibi shoirning konglini choktiradi. Buning ustiga Boburning ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal bilan toqnashgan Yunusxon u bilan murosaga keladi va buni nishonlab ov hamda ziyofat uyushtiradilar. Bu hol Boburni qattiq qiynaydi. Konglidagi iztiroblarni: Jonimdan ozga yori vafodor topmadim, Konglimdan ozga mahrami asror topmadim matlasi bilan boshlanuvchi gazalda ifoda etadi. "Yod etmas emish kishini mehnatta kishi" misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi ham shu kunlarda ruhiy ezilishlar natijasi olaroq yozilgandi. Bazan bunday biografik chizgilar oshiqona kayfiyatdagi satrlar bilan almashinib keladi va nafis baduyat libosida korsatiladi. Quyidagi gazalga diqqat qilaylik:
Qaro zulfung firoqida parishon rozgorim bor,
Yuzungning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor.
Labing bagrimni qon qildi, kozumdin qon ravon qildi, 
Nechun holim yamon qildi, men andin bir sororim bor.
Avval gazalning baduyatiga e'tibor qarataylik. Tanosub1 sanatidan foydalangan shoir mashuqa gozalligi va oshiqning ruhiy kechinmalarini mohirlik bitan chizadi. Qaro , zutf , parishon , ko z , yamon so zlarini o zaro qora rang, "yuz", "lab", "qon" sozlarini qizil rang bilan bogliq tushuncha birlashtirib, tasvir va ifodada oziga xoslikni yuzaga keltirgan. Shuningdek, asosiy qofiya (rozgorim  qarorim  sororim) bilan birgalikda saj'  ichki qofiya (firoqida  ishtiyoqida; qon  ravon  yamon) hamda radif (qildi; bor)ning qollanishi gazalga mayin musiqiylik baxsh etgan. Oshiqning hayoti (rozgori) mashuqa zulfi firoqida parishon, yor yuzining ishtiyoqi, lab tamannosi uning sabr-qarorini intihosiga yetkazadi. Sof oshiqona kechinmalar bayoni bilan boshlangan ushbu satrlar keyingi baytlarda hasbi hollik yosiniga ota boshlaydi.
Jahondin menga gam bolsa, ulusdin gar alam bolsa, 
Ne gam yuz muncha ham bolsa, seningdek gamgusorim bor.
"Jahondin menga gam bolsa..." Bolalikdanoq hokimiyatning ogir yuki gar- daniga ortilgan, hayotining kop qismi urushlar qa'riga kechgan, dost-u yori necha bor sotgan, alamlardan diydasida koz yoshlari qotgan Boburning hasrati bu.
"Ldusdin gar alam bolsa..." Saltanat ishtiyoqida ne yurtlarni kezgan, dushman navkarni tig bilan kesgan, umr boyi janglarda qonlar kechgan va bu bilan ne-ne odamlar  ulus qaygusiga sabab bolgan Boburning iqrori bu.
Hasrat va iqrorlardan song u yorga qarata: "Bu gam va alamlardan yuz barobar bolsa ham, mening gamim yoq, chunki sen borsan" deya uning gamgusorligini istaydi. Bu kabi she'rlarni shoir devonidan koplab topish mum- kin. "Mening konglumki gulning gunchasidek tah-batah qondur", "Agarchi sen- sizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur" gazallarida, "Beqaydman-u xarobi siym ermasmen", "Tole yoqi jonimga balolig boldi" kabi ruboiylarida, "Bir kecha xotirim mushavvash edi" masnaviysida Boburning ziddiyatga tola hayoti yuksak baduy ifoda etilgan.
Bobur sheriyatini oqib bir narsaga amin bolasiz: u hayotni sevadi, umr- ning har daqiqasini ganimat biladi. Shuning uchun har qanday ogir kunlarda ham yashashga intildi, izlanishdan toxtamadi, ijodda davom etdi. Shoirning hayotsevarligi, ayniqsa, "Yoz fasli, yor vasli, dostlarning suhbati", "Sendek menga bir yori vafodor topilmas" kabi gazallarida yaqqol aks etgan. Bobur ijodida mana shunday hayotga qaynoq mehr aks etgan joshqin gazallar ham, afsus-nadomat tola she'rlar ham bor. Ularni umumiy bir jihat birlashtirib turadi: she'rlarining hammasi benihoya samimiy tuygular bilan yogrilgan.

Savol va topshiriqlar 
1.	Bobur hayoti togrisida yaratilgan baduy, ilmiy, hujjatli asarlar, filmlardan qaysilarini bilasiz?
2.	Adibning sarson sargardon hayoti va u yaratgan asarlar kolamiga diqqat qi ling. Boburning ijodiy salohiyati va iste'dodiga baho bering.
3.	Sinfda tort guruhga bolining. Birinchi guruh Boburning shoirligi, ikk inchi guruh olimligi, uchinchi guruh shohligi, tortinchi guruh sarkardaligi borasidagi ma'lumotlarni umumlashtirib, ozlashtiring.
LIRIK ASARLARI GAZALLAR
Mening konglumki, gulning gunchasidek tah-batah qondur, 
Agar yuz ming bahor olsa, ochilmogi ne imkondur.
Agar ul qoshi yosiz bog gashtini orzu qilsam, 
Kozimga oqdurur sarv-u kongulga guncha paykondur1.
Bahor-u bog sayrin ne qilaykim, dilsitonimning 
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur2.
Visoli lazzatidin zavq topmogliq erur dushvor , 
Firoqi shiddatinda yoqsa jon bermaklik osondur.
Boshidin evrulur  armoni birla oldum, ey Bobur, 
Mening na'shimni5 bori ul pari koyidin6 aylondur7.

Savol va topshiriqlar
1.	Birinchi baytda qollangan she'riy sanatlarning ahamiyatini tushuntiring. Lirik qahramon konglining tah batah qon bolganligini qanday izohlaysiz?
2.	Ma'shuqasiz bog gasht (sayr)ini orzu qilgan oshiq koziga sarvning oqdek sanchilishi, kongliga gunchaning paykondek botishi sababini izohlang.
3.	"Bahor-u bog sayriti ne qilaykim, dilsitonimning Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur" misralaridagi yor tasvirini sharhlang.
4.	"Visoli lazzatidin zavq topmogliq erur dushvor, Firoqi shiddatinda yoqsa jon bermaklik osondur" baytidagi tazodning fikr va ruhiy holat ifodasidagi ahamiyatini tushuntiring.
5.	Maqta'ni tahlil qiling. "Boshidan evrulur" iborasi bugungi kunda ham qollaniladimi?
6.	Qaysi baytlarni shoirning taqdiri bilan bogliq holda tushunish mumkin?

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur, 
Sening birla chiqishmoqlik dagi bisyor mushkuldur.
Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba, 
Senga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.
Ne osig1 nola-u faryod xob olud2 baxtimdin, 
Bu unlar3 birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.
Manga osondurur bolsa, agar yuz ming tuman4 dushman, 
Vale bolmak jahonda, ey kongul, beyor mushkuldur.
Visolinkim tilarsen nozini xush tortqil, Bobur 
Ki, olam bogida topmoq gidi bexor5 mushkuldur.

Savol va topshiriqlar
1.	Birinchi baytdagi oshiq mashuqa munosabatlariga taalluqli "mushkul" holatlarni aniqlang.
2.	Nima uchun oshiqqa oz holini izhor qilish mushkul bolmoqda?
3.	"Ne osig nola-u faryod xob olud baxtimdin, Bu unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur" baytini tahlil qiling. Shoir nima uchun oz baxtini uyquda deb biladi?

"BOBURNOMA" ANDIJON TASVIRI
...Fargona viloyati beshinchi iqlimdindur . Maniuraning2 kanorasida3 voqe bolubtur4. Sharqi Koshgar, garbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi5 toglar... Muxtasar6 viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog voqe bolubtur. Garbi tarafikim, Samarqand va Xojand bolgay, tog yoqtur. Ushbu jonibtin7 ozga hech jonibtin qish yogiy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xojand suyiga mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla otub, garb sori oqar.
Yetti pora qasabasi8 bor: beshi Sayxun suyining janub tarafida, ikki(si) shimol jonibida. Janubiy tarafidagi qasabalar(dan) biri Andijondurkim, vasatta9 voqe' bolubtur, Fargona viloyatining poytaxtidur. Oshligi vofir10, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bolur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijonning noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bolmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qorgonidin song mundin ulugroq qorgon yoqtur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bolubtur. Toqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin ham chiqmas. Qalaning girdogirdi  tosh yoki sangreza- lik12 shohroh13 tushubtur. Qalaning girdogirdi tamom mahallotdur14. Bu mahalla bila qalaga fosila15 ushbu xandaq yoqosidagi shohrohtur. Ovi qushi dogi kop bolur, qirgovuli behad semiz bolur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirgovulni uskunasini tort kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi yoqtur. Elining lafzi qalam bila rosttur16. Ani uchunkim amir Alisher Navoiyning musannafoti17 bovujudkim18, Hirida19 nash'u namo20 topibtur, bu til biladur.
Elining orasida husn xayli21 bordur. Yusuf Xojakim musiqiyda mashhurdur, Andijoniydur. Havosining ufunati22 bor. Kuzlar el bezgak kop bolur.
SAMARQAND TASVIRI
Rub'i maskunda23 Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi iqlim- dindur. Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yogiy qahr va galaba ila munga dast topmogon uchun24 "baldayi mahfuza25 " derlar.
Samarqand amirul mominin Usmon zamonida musulmon bolgondur. Sahobadin Qusam Ibn Abbos anda borgondir. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. Holo Mazori Shohga2 mashhurdir. Samarqandni Iskandar bino qilgondur. Mogul va turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun Temurbekdek ulug podshoh Samarqandni poytaxt qilgon emastur. Qorgonini fasilning ustidin, buyurdumkim, qadam urdilar, on ming olti yuz qadam chiqti.
Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri'3 ...eldur. Hazrati risolat4 zamonidin beri ul miqdor ainimai islomkim5, Movarounnahrdin paydo bolubtur, hech viloyattin ma'lum ermaskim, muncha paydo bolmish bolgay. Shayx Abumansurkim, ainimai kalomdindur6, Samarqandning Motrid7 otliq mahalla- sidindur. Ainimai ka- lom ikki firqadur: birni motridiya derlar, birni ashariya derlar. Motridiya shayx Abumansurga mansubdur. Yana sohibi "Sahihi Buxoriy" Xoja Ismoil Xartang ham Movarohaunnahrdindur. Yana sohibi "Hidoya"kim8, imom Abu Hanifa mazhabida "Hidoya"dan motabarroq kitobi fiqh kam bolgoy, Fargonaning Marginon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarohaunnahrdur.
Ma'muraning kanorasida voqe bolubtur. Sharqi Fargona va Koshgar, garbi Buxoro va Xorazm, shimoli Toshkand va Shohruxiyakim, Shosh va Banokat bitirlar, janubi Balx va Tirmiz. Kohak suyi shimolidin oqar, Samarqanddin ikki kuruh9 bolgay. Bu suv bila Samarqand orasida bir pushta10 tushubtur. Kohak derlar. Bu rud  muning tubidin oqar uchun Kohak suyi derlar. Bu suvdin bir ulug rud ayiribturlar, balki daryochadur. Dargam suyi derlar. Samarqandning janubidin oqar, Samarqanddin bir shar'iy12 bolgoy. Samarqandning bogot va mahalloti va yana necha tumonoti13 bu suv bila ma'murdir.
Buxoro va Qorakolgachakim, ottuz-qiriq yigoch yolga yovuqlashur Kohak suyi bila ma'mur va mazrodur14. Mundoq ulug daryo aslo ziroattin va imorat- tin ortmas, balki yozlar uch-tort oy Buxoroga suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xob bolur. Vale ikki meva Samarqanddin mashhurdur: sebi15 Samarqand va sohibiyi16 Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori agarchi Kobul qoricha tushmas. Yozlar yaxshi havosi bor, agarchi Kobulcha yoqtur.
Temurbekning va Ulugbek mirzoning imoroti va bogoti Samarqand ma- hallotida koptur. Samarqand arkida Temurbek bir ulug koshk solibtur, tort oshyonliq , Koksaroyga mavsum va mashhur2 va bisyor oliy imorattur. Yana Ohanin darvozasiga yovuq qalaning ichida bir masjidi jum'a solibtur, sangin3 aksar Hindistondin eltgan sangtaroshlar anda ish qilibturlar.
Masjidning peshtoqi kitobasida4 bu oyatni "Va iz yarfau Ibrohimu al-qavoida... (ila oxirihi)5" andoq ulug xat bila bitibturlarkim, bir kuruh yovuq yerdin oqusa bolur. Bu ham bisyor oliy imorattur. Samarqandning sharqida ikki bog solib- tur, birikim, yiroqroqtur, Bogi Boldudur, yovuqrogi Bogi Dilkushodur. Anda Feruza darvozasigacha xiyobon qilib, ikki tarafida terak yigochlari ekturubtur. Dilkushodagi koshkta Temurbekning Hindiston urushini tasvir qilibturlar.
Yana pushtai Kohakning domanasida6 Konigilning Qorasuyining ustidakim, bu suvni Obirahmat derlar, bir bog solibtur, Naqshijahonga mavsum. Men korgan mahalda bu bog buzulub erdi, oti besh qolmaydur edi7. Yana Samarqandning janubida Bogi Chanordur, qalaga yovuqtur. Yana Samarqandning quyi yonida Bogi Shamol va Bogi Bihishttur. Temurbekning nabirasi, Jahongir mirzoning ogli Muhammad Sulton mirzo Samarqandning toshqorgonidaChaqarda bir qorgon solibtur. Temurbekning qabri va avlodidin har kimki Samarqandta pod- shohliq qilibtur, alarning qabri ul madrasadadur.
Ulugbek mirzoning imoratlaridin Samarqand qalasining ichida madrasa va xonaqohdur. Xonaqohning gumbazi bisyor ulug gumbazdur, olamda oncha ulug gumbaz yoq deb nishon berurlar. Yana ushbu madrasa va xonaqohga yovuq bir yaxshi hammom solibtur, Mirzo hammomiga mashhurdur. Har nav' toshlardin farshlar8 qilibtur. Xuroson va Samarqandta oncha hammom ma'lum emaskim, bolgay. Yana bu madrasaning janubida bir masjid solibtur, Masjidi Muqatta'9 der- lar. Bu jihattin Muqatta' derlarkim, qit'a-qit'a10 yigochlarni tarosh qilib, islimiy va xitoyi naqshlar solibturlar, tamom devorlari va saqfi  ushbu yosunluqtur. Bu masjidning qiblasi bilan madrasa qiblasining orasida bisyor tafavuttur. ...Yana bir oliy imorati pushtayi Kohak domanasida rasaddurkim, zij12 bitmakning olatidur. Uch oshyonlikdur. Ulugbek mirzo bu rasad bila ...Ziji Koragoniy"ni bitibturkim, olamda holo bu zich mustanialdur13. ozga zij bila kam amal qilurlar...
Yana pushtai Kohakning domanasida garb sori boge solibtur Bogi Maydonga mansub. Bu bogning ortasida bir oliy imorat qilibtur Chilsutun derlar. Du oshyona, sutunlari tamom toshdin. Bu imoratning tort burchi- da tort manordek burjlar1 qoporibturlarkim2, yuqoriga chiqar yollar bu tort burjdindur. ozga tamom yerlarda toshdin sutunlardur. Bazini morpech xiyora3 qilibturlar. Yuqorigi oshyonining tort tarafi ayvondur, sutunlari toshdin. ortasi chordara  uydur. Imorat kursisini tamom toshdin farsh qilibturlar. Bu imorattin pushtai Kohak sari domanada yana bir bogcha solibtur, anda bir ulug ayvon imorat qilibtur. Ayvonning ichida bir ulug tosh taxt qoyubtur, toli  taxmi- nan on tort -on besh qari  bolgoy, arzi  yetti-sekkiz qari, umqi  bir qari. Mundoq ulug toshni xeyli yiroq yerdin kelturubturlar. ortasida darz bolubtur. Derlarkim, ushbu yerda keltirgandin song bu darz bolgondur. Ushbu bogchada yana bir chordara solibtur, izorasi  tamom chiniy  Chiniyxona derlar. Xitoydin kishi yiborib keltirubtur.
Samarqand qalasining ichida yana bir qadimiy imorattur, masjidi Laqlaqa derlar. I I gunbazning ortasida yerga tepsalar, tamom gunbazdin laq-laq un11 kelur, garib amredur12, hech kim muning sirrini bilmas.
Samarqand shahri ajab orosta shahredur, bu shaharda bir xususiyate bor- kim, ozga kam shaharda andoq bolgay. Har hirfagarning13 bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut14 emastur, tavr rasmedur15. Xub nonvoliqlari va oshpazliklari bordur. Olamda yaxshi qogoz Samarqanddin chiqar. Juvozi kogozlar16 suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar. Samarqandning yana bir matoi qirmizi maxmaldurkim17, atrof va javonib- qa eltarlar.
Girdogirdida yaxshi olanglari bor. Bir mashhur olang Konigil olangidur. Samarqand shahridin sharq tarafidadur, bir nima shimolga moyil, bir shar'iy bolgoy. Qorasuvkim, Obirahmat ham derlar, Konigilning ortasidin oqar, yetti- sekkiz tegirmon suyi bolgoy. Bu suvning atrofi tamom obgirdur18. Ba'zi derlar- kim, bu olangning asli oti Koni obgir ekandur, vale tarixlarda Konigil bitirlar, xeyli yaxshi olangdur.
 
Savol va topshiriqlar
1.	Asarda Fargona viloyati tabiati qanday tasvirlanganini izohlang.
2.	Andijonga xos xususiyatlar qanday aks ettirilganini ayting.
3.	Boburning Samarqandga munosabati qandayligini matnga tayanib ayting.

Nazariy ma'lumot
MEMUAR ASAR
"Memuar" fransuzcha "esdalik" ma'nosini anglatadi. Muallifning ozi qat- nashgan yoki kozi bilan korgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar me- muar asar hisoblanadi. Oybekning "Bolalik", A. Qahhorning "otmishdan er- taklar" asarlari memuarning namunalaridir.
Memuar asarlar bayon qilish shakli, zamoniy izchilligi jihatidan kundaliklar- ga oxshab ketsa, materialning tabiati, tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyli- gi, baduy toqimaning yoqligiga kora ilmiy asarlarga yaqin turadi. Dunyo ada- biyoti tajribasida memuarlarning bir necha turi bor. ozbek adabiyotida esa, bu xil asarlarning tarixiy memuarlar va baduy memuarlar singari ikki turi koproq uchraydi. Ayni vaqtda, tarixiy memuarlarda baduylik, baduy memuarlarda esa tarixiylik xususiyatlari uchraydiki, bu ularning saviyasini kotaradi.
Memuar asarlarga xos asosiy qirra shundaki, unda muallif ishtirokchi yoxud tonig (guvoh) sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va adabiyotshunos olimdan farq qilib, real voqelikning ozi bevosita qatnashgan yoinki korgan qisminigina aks ettiradi. Bunda muallif oz kuzatish 