olima kulmak dagi hayf.
Sen ar2 dardimdin olsang ranjfarsoy, 
Manga ul ranj-u gamdin voy-u yuz voy!
Meni roziligingdin qilma navmid, 
Manga dozax otini solma jovid..."
 Savol va topshiriqlar 
1.	Farhodning ajalga, falakka, dunyo (dahr)ga murojaati berilgan baytlarga diqqat qarating, ularni tahlil qiling.
2.	Qaysi misralarda vatanga bolgan mehr, soginch oz ifodasini topgan?
3.	Olim oldidagi ogilning bodi sabo orqali otasi bilan vidolashuvi Sizda qanday taassurot qoldirdi?
4.	Farhod farzandidan ayrilgan onasining holatini qanday tasavvur qiladi?
5.	"Metu roziligingdin qilma navmid, Manga dozax otini solma jovid" murojaati kimga qaratilgan? Bu otinchning ma'nosini tushuntiring. 
6.	Farhod oziga yetgan qazoga kondimi? Taqdiridan rozi boldimi?
Nazariy malumot
KOMIL INSON
Tasavvuf  musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta'limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom dinining ichki va tashqi gozalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma'naviy jihatdan poklash, ya'ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma'naviyatli, barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash goyat muhim. Poklanishning yoli esa bitta, u nafsni yengishdir.
Nafs deganda yemoq, ichmoq, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibru-havo, dunyoparastlik, zulm, ogrilik, tanballik, gurur, tama, korolmaslik, baxillik, mansabparastlik, shahvat, kongli torlik, gazab, umuman, inson ruhini, qalbini bulgaydigan, uni Ollohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yigindisi tushuniladi.
Quroni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bilan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. Shuningdek, paygambar Muhammad alayhissalomning hadislarida ham bu borada korsatmalar talaygina. Misol tariqasida Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: "Yo Ali, valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar kop-kop ibodat qilganlaridan emas, oz nafslarini yengganliklaridan bunday ulug darajaga erishganlar".
Nafs insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga tobe inson ma'naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum. Shuning uchun Navoiy "Nafs itin qilsang zabun olamda yoq sendek shujo" deb yozsa, "Qisasi Rabguziy"da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta'kidlanadi. "Farhod va Shirin" dostonidagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Axraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas, balki Farhodning ichki olamidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Korinadiki, nafsni yengish quroli  bu ISHQ ekan.
Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tuygulargina emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, sabr, qanoat, gayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinsozlik, shafqat, umuman inson qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yigindisi tushuniladi. Ishqning orni kongilda boladi. Kongil ishq tufayli poklanadi. Kongil poklansa, ishq yana-da otli, nurli boladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga kora kongilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan organiladi. Farhodning ustozlaridan kasb organishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi.
Boniy  kongilga ishq binosini qurgan va qurishni orgatgan piri komil. Moniy  Olloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran  kongildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek uluglardan ishq sirlarini, poklanish ilmini ozlashtirgan insongina hayotlik davrida oz botinida dev, ajdaho, arslondek bolgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan oz nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir soz bilan aytganda, u insoniy ozligini yoqotmay, poklanish yolida davom etadi.
Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu manoda Farhod ozbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazidir.

"LAYLI VA MAJNUN" DOSTONI
Dunyodagi sevgi qissalarining eng dardtisi bolmish "Layti va Majnun " "Xamsa "ning uchinchi dostonidir. Unda oldingi dostonda bolgani kabi zaminiy (majoziy) muhabbatning ilohiy (haqiqiy) ishqqa eshtigi ozining gozal baduy ifodasini topgan. Navoiy bu asarida, ayniqsa, ruhiyat tasviriga alohida e'tibor qaratadi. U mazkur doston bilan ozbek adabiyotida bu mavzuni boshlab ber- di: "Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu afasonani hikoyat". Adib asar mazmunini chuqurligini ta'kidlab, afsona faqat tibos ekanligiga diqqat qaratadi. Men xastaki, bu raqamni chektim, Tahriri uchun qalamni chek- tim. Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi afsona.
Qays va Layli bir-birlariga ilohiy ishq bilan boglanganlar. Lekin Laytining otasi bu ishqqa qarshi. Astida ular orasida katta tafovut yoq. Laytining otasi Hay qabilasining boshligi bolsa, Qays bani Omar qabilasi hukmbardorining ogli. Nasabda, mavqe hamda boytikda birining boshqasidan kam, ortiqtigi yoq. Gap shundaki, ishq tufayti Qaysning ju- nuni shu qadar ortganki, ishqdan mahrum omi el uni "Majnun" (telba) deb ataydi. Ota oz qizini shu malomatga qolgan yigitga berishdan or qiladi. Johillar oshiq-ma'shuqlarni malomat domiga otadilar, davron boshlariga mislsiz musibatlarni soladi, qismat ularni ayovsiz imtihondan otkazadi. Faqat olimgina ularga shafqat qildi. Xuddi Farhod va Shirin taqdirida bolgani kabi olim ular uchun fojea emas, balki azobti hijrondan qutqarguvchi xaloskor, pirovard maqsadlari bolmish Yaratganning vasliga noil qiluvchi vosita edi. Doston songida ularning ana shu baxtga erishgantiklari tasvirlanadi.
Qadrli oquvchi! Quyida dostondan olingan parcha e'tiboringizga havola qilinmoqda. Unda Qays va Laytining bogdagi ilk uchrashuvlari tasvirlangan. Bu uchrashuv ularning botinida pinhon bolgan ishq chogini yolqinlatib, ulkan olovga aylantirib yuboradi. Siz ana shu ishq yolqinlanishi jarayonini kuzating, oshiqtik holatini tafakkur qiling, Navoiyning mahoratidan bahramand boting.
...Ashobga  mayli lolav-u bog, 
U1 ikki2 ichinda loladek dog.
Ashobga guncha sori ohang, 
Bu ikki nechukki guncha diltang.
Ishq ichra necha yetib maloli, 
Mahvash qilur erdi zabt holi.
Bedilga1 bu hifz2 mushkil erdi, 
Kim, hush ila aqli zoyil3 erdi.
E1 har neki sorsa, fahm qilmay, 
Fahm etsa, javob derni bilmay.
Ishqin necha aylamay debon fosh, 
Andin ajab amrlar urib bosh.
Gah sozidin oqib ashk nogoh, 
Gohi chekib ixtiyorsiz oh.
...Boqay desa, dogi quwati yoq, 
Boqmay desa, dogi toqati yoq.
Koz uchi bila boqib chu gohi, 
Jondin chekib andoq otlug ohi.
Kim, bog yuzin xazone aylab, 
Kok bargini za'farone aylab.
Mahvash qilibon nazora nogah, 
Bolmoqqa aning otidin ogah.
...Bog erdi vasi'-vu4 xalq  soyir5, 
Ashjor6 gulusi elga sotir7.
Atfol  bolub oyunga mash'uf  , 
Sarvi gul olub alarga ma'luf  .
Sayr ichra yetishti mohi dilxoh , 
Bir gid chamani ichiga nogoh.
Gulbun  bila rust tort yoni, 
Kirsa kishi kimsa topmay oni.
Kirgach anga ul shugufta  gulzor, 
Kordi tikan ichra bulbuli zor.
Kirmish edi anda Qays gamnok, 
Gul yanglig etib yaqosin chok.
Oz holiga zor yiglar erdi, 
Besabr-u qaror yiglar erdi.
Ogzida taronayi firoqe 
Kim, yor yetishti ittifoqe.
Chun bulbulining guli shugufta, 
Topti bori xalqdin nuhufta2.
Har necha yoq erdi sozga tobi, 
Konglida kop erdi iztirobi.
Yoq erdi guziri3 necha sozdin, 
Borguncha olub deguncha ozdin.
Bunyod etti hijob4 birla, 
Bal xijlati5 behisob birla:
"K-ey turfa yigit, ne holating bor? 
Ne nav' gani-u malolating bor?
Kim, shodliging yoq ozgalardek, 
Obodliging yoq ozgalardek?
Ashobga mayli bogi gulzor,
Ham tan sanga resh-u6 ham kongul zor.
Bu damki esib nasimi navroz, 
Gul atrini qildi majlisafroz.
Bu faslda azmi gidshan etgay, 
Boston haramini maskan etgay.
Bor oning uchunki, shod bolgay, 
Har bandiga bir kushod bolgay.
Sen nola qilib, gamin nedin sen, 
Ashking oqizib, hazin nedin sen?
Ishrat chogi mehnating ne ya'ni, Shorobayi hasrating ne ya'ni?
Bu gam sanga qaydin oldi hodis, 
Kim boldi bu shiddatingga bois?"
Boyisni chu sordi ul dilafroz, 
Bedil chekibon bir ohi jonsoz1.
Shirin sozidin bolub edi lol, 
Qon yosh ila yuzga yozdi ahvol.
Yoq, yoqki, zaboni hol birla, 
Sharh ayladi bu maqol birla:
"K-ey jonima hayrat oti solgan, Konglumni burun nazarda olgan2.
Awalki jamolidin sochib barq3, 
Ot ichra vujudum aylagan garq.
Zulf ochmoq ila olib qarorim, 
Qilgan qaro roz rozgorim.
Awalki fasona zohir etgan, 
Konglumning ishini oxir etgan.
Qilganni yoshurmoging ne erdi? 
Mendin yana sormoging ne erdi?
Sendin yetibon bu shiddat oxir, 
Kimga toqayin bu tuhmat oxir?!
Konglumniki olmishang nihoni, 
Sendin ola olmogum xud oni.
Jonimniki ortading bas erdi, 
Tonmoq bu sifat kerakmas erdi.
Ot uzra ne erdi quynioging yog? 
Kuyganga ne erdi qoynioging dog?"
Tufroq uza boldi ul sifat past 
Kim, yerdagilarga boldi hamdast.
Qoyniga olib nigor boshin, 
Sochib kozidin yuziga yoshin.
Behushga aylab iztirobe, 
Hardam yuziga urub gulobe.
Olturganiga ozi yebon gam, 
Yiglab tutar erdi boyla motam.
Istab ani bir-iki dilorom, 
U1 voqea ichra qoydilar gom .
Gar zulf ila mushkbez2 edilar, 
Ikkisi anga kaniz edilar.
Kozlariga dahr olub qarongu, 
Qorqub dedilar: "Ne hol erur bu?"
Mahvash ishidin chu parda qopti3, Ikkisining ollida yer opti.
U1 ish neki voqe' oldi bexost, 
Bir-bir dedi ul ikisiga rost.
Dahr etti chu sirin oshkora, 
Yiglab tiladi gamiga chora.
Bor erdi birisi dardparvard, 
Filhol sanamga boldi hamdard.
Dedi: "Yema gamki, bok emastur 
Kim, ishq otidin halok emastur.
Sen qopgil-u, bizga topshur oni, 
Azm ayla qabilaga ravoni.
To bolmasun el bu ishdin ogoh, 
Biz fikr etali nechukM dilxoh".
Mahvash ul ikov degandek etti, Konglin qoyub anda evga  ketti...
Savol va topshiriqlar
1.	"Ashobga mayli lolavu bog, Ul ikki ichinda loladek rfog"baytida sevishganlar va ularning suhbatdoshlari holatidagi tafovutning sababini tushuntiring.
2.	"Bedilga bu hifz mushkil erdi, Kim, hush ila aqli zoil erdi"\a undan keyingi baytlarda Majnun ruhiyatida yuz bergan ozgarishlar sababini sharhlang.
3.	Oshiq ruhidagi ozgarish uning jismoniy holatiga ta'sir etgan orinlarni toping. Siz bunday holni qanday izohlaysiz?
4.	Laylining Majnun holatiga munosabati tasvirlangan misralarni belgilang. Uning ozida ham ozgarish yuz berayotganmidi?
5.	Sevishganlar yolgiz uchrashib, sozlashgan joyni ta'riflab bering. 
6.	Qizning yigitga murojaatini qayta ifodali oqing, mazmunini sozlab bering. Layli nutqiga xos nazokatni ifodalashdagi Navoiy mahoratini kuzating. 
7.	"Avvalki jamolidin sochib barq, O 't ichra vujudum aylagan garq " misralaridagi istioraviy ifodani tahlil qiling.
8.	Qaysning javobidagi mazmun va ohangni ilgashga urining va izohlang. 
9.	Qaysning behush bolishi hamda Laylining unga munosabati tasvirini tahlil qiling.
10.	Laylining oz kanizlari oldida yer opishi sababini qanday izohlaysiz?

"SAB'AI SAYYOR" DOSTONI
Ishqiy  sarguzasht qissa bo 'Imish "Sab 'ai sayyor "yetti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritadi. U qulon (gor) oviga haddan tashqari ruju qoyganligi uchun Sharq adabiyotida Bahrom gor nomi bilan mashhurdir. Jahongashta Moniydan Diloromning daragini eshitadi, u chizgan rasmdan korib, qizga oshiqi beqaror boladi. Xitoyning bir yillik xirojini tolab, gozalni saroyga keltiradi va aysh-ishratga beriladi. Bir kuni ovda kishi aqlini lol qoldiradigan darajada merganlik mahorati va san 'atini korsatadi. 0'z ishidan xushlangan shoh yori Diloromdan maqtov, olqish kutadi. U esa xotirjam holda: "Bu mahorat mashqning natijasi",  deydi. Kutganidan zid munosabatni korgan Bahrom mastlik va gazab ichida uni olimga  uzun sochlariga oyoq-qolini boglab, biyobonga tashlab kelishni buyuradi. Ertasi kuni gazab va mastligi tarqab, yorini izlaydi. Uni topolmagach, iztirobga, tushkunlikka tushadi, uzJatga beriladi. Hakimlar maslahatiga kora yetti rangda yetti qasr quriladi. Shoh haftaning har bir kunini qasrlarning birida otkazadi. Har tun bir iqlimdan kelgan musofirdan hikoyalar tinglaydi: shanba kuni qora qasrda Farrux va saxiy Axiy hikoyasini, yakshanba kuni Zayd Zahhob sarguzashtini sariq qasrda, uchinchi hikoya bolmish Sa'd jasoratini dushanba kuni yashil qasrda, shoh Jona va saxiy Mas'ud hikoyasini seshanba kuni gulgun qasrda, moviy qasrda aytilgan beshinchi Mehr va Suhayl qissasini chorshanba kuni tinglaydi. Nihoyat, juma kuni oq qasrda Xorazmdan kelgan musofirdan yettinchi hikoyani tinglaydi va Diloromning daragini eshitadi. Ular qayta topishadilar. Bahrom Dilorom va saroy ahlini olib ovga chiqadi. Ovda juda kop qush va jonivorlar qoni tokiladi. Natijada, bir vaqtlar qurigan botqoq kozi qayta ochiladi va hammalarini yer yutadi. Navoiy Bahrom obraziga juda katta ma'no-mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sigmasligini korsatgan. Bahrom oshiq bolgach, mamlakatni unutdi. Shohga xos maqtov, xushomadni istaganida esa ishq koziga korinmay qoldi. Navoiy asar voqealarini, hatto hikoyalarini oz vatani bolmish Xuroson, Movarounnahr hayoti bilan boglashga harakat qilgan. Shahrisabz, Xorazm haqida maxsus hikoyalar kiritgan. Shuningdek, bu mashhur qissaga turkona ruh berdi. Bahrom munosabati bilan oz zamonasi masalalarini qozgagan. Quyida dostondan kichik bir parcha berilmoqda.

Shahgakim, bolmish erdi oshiq-u mast, Burajab  iki ish berib edi dast2.
Shah chu ul lahv3 ila bolub mash'uf, 
Ishidin topmas erdi hech vuquf4.
Mulk5 ishi zabtu rabtsiz6 boldi, Saltanat amri zabtsiz boldi.
Qilmadi shah chu dodxohni7 yod, 
E1 ilik sundi8 qilgali bedod.
Mulk chun shoh adlidin qoldi, 
Qildi har kim nekim qila oldi.
Ham qaroqchi uzotti har sori qol 
Band boldi alar qolidin yol.
Chekti gavgo baland bodaparast, 
Boldi mu 'zin  bila imom uni past.
Qurtdek bori birla toldi yobon, 
Dema qoy, balki tu'ma2 boldi shubon.
Bir necha mahrame tilab xilvat, 
Qildilar arz shahga bu holat.
Ki, xaloyiqda qiyl-u qol3 nedur, 
Mulk birla ulusqa hol nedur.
Shah chu bildi, taammul etti base, 
Ishga chora taxayyul4 etti base.
Lek oshiq ishiga ne chora, 
Ishq etar ul elni bechora.
Ne ul oysiz5 anga qaror erdi, 
Ne iliginda ixtiyor erdi.
Bildikim, mulk ishi xarob olmish, 
Mulk eli holi iztirob olmish.
Ishqdin garchi xasta hol erdi, 
Lek konglida bu xayol erdi.
Ki, ne nav' ishga aylagay tadbir 
Ki, bu tavriga6 aylagay tagyir7.
Mulkdin yoq guzir8 anga hosil, 
Yordin xud guzir erur mushkil.
Lek kongli chu behuzur erdi, 
Anda har lahza bu xutur9 erdi
Ki: "Agar bolsa shohlig boqi, 
Topilur buyla10 mahvash  soqi12.
Buki vaslini topmisham payvast, 
Shahlig olmasa bermas erdi dast?"
Mulk eli bolmasa, ne ul1 bordur, 
Ne tiriklik uyiga yol bordur.
Lek to bolgusidur ul mavjud, 
Ne aning gayridur2 erur nobud.
Ikkisini kim desa qiloyin jam', 
Shusha muzdin  degay yasoymen sham'.
Kongli chun mulk ila xizona tilab, 
Ishq etgali bahona tilab.
Ishq ila shohlig muvofiq emas, 
Ishq lofida shoh sodiq emas.
Ishq uchun bedili kerak foni , 
Ortagan shavq shu'lasi oni.
Jon berib yori muddaosi uchun, 
Balki yuz jon aning rizosi uchun.
Yaqf etib  dilbariga jon mulkin, 
Sadqa aylab iki jahon mulkin.
Shohkim mulk ocharni qilsa nasaq , 
Yuz tuman qon tokar bari nohaq.
Oshiq olganki, kechmagay jondin, 
Ishq behad yiroq durur ondin.
Shoh, alqissa, bu taxayyul ila, 
Aysh aylar edi taammul  ila.
Ishi doyim shikor8 birla edi, 
Chopmogi oz qarori birla edi.
Ichibon yor ilgidin mayi nob , 
Saltanat fikridin vale xunob.
Bir kun ov ichra shoh edi sarxush, 
Yonida erdi ul buti mahvash2.
Kordi ra'no gazoli chobukxez3, 
Sur'ati kok gazoli yanglig tez.
Shah oq otmoqqa oyla qodir edi, 
Sayd urmoqqa oyla mohir edi.
Kim, ne nav' olsa elga ragbat-u tav'4, 
Olturur erdi saydni ul nav'.
Qay tukin saydning nishona qilib, 
Oqi ul yerni oshyona qilib.
Dedi gulruxqa: "K-ey pari tal'at5! 
Bu gazoleki, korguzur sur'at,
Ne yeriga desang, xadang urayin, 
U1 sifatkim buyursang, olturayin".
Shoxning tab'ida chu diqqat edi, 
Ramz ila nuktayi daqiq6 dedi.
Ki: "Burun sol iki qoliga shikol7, oylakim turgay oz yerida gazol.
Songra otmoqqa yaxshi kozla ani, 
Ham yiroqtin turub boguzla ani".
Shah chu bildi sanam tamannosin8, 
Topti filhol aning muammosin.
Demadi nozanin hadisin yoq, 
Chekti ul sadoqdin9 inichka oq.
Saycl sori chekib darang1 bila, 
Tikti ikki qolin xadang bila.
Kim, ul oq otmadi yarosidin, 
Teri birla songak2 arosidin.
Chunki boldi gazol qollari band, 
Yoyiga kaybur3 ayladi payvand.
Urdi ul nav' bogziga oni 
Ki, kesildi-yu oqti ham qoni.
Ne xayoleki aylab erdi moh , 
Borisini bajo keturdi shoh.
Qildi bir ishki kimsa bermas yod, 
Kimsa yoqkim, sipehri kohna nihod .
Shah chu korguzdi ishda bu oyin, 
Tama' etti nigoridin tahsin.
Anga chun husndin bor erdi gino , 
Keldi husn iqtizosi  istigno .
Shah duosiga chekmadi tilini, 
Opmadi shohi komron  alini10.
Dedi: "Har kim bir ishni varzish11 etar, 
Ish kamolini kor, ne yerga yetar!"
Demadi shohniki: "Ettingxob", 
Ishni idmonga12 ayladi mansub.
Shox bu nukta aylagach taqrir13
Shah mizojiga topti yol tagyir14.
Qoshining yosi uzra soldi girih14 
Kim, pari chehradin eshitmadi zih15.
Shox kordiki shah itob etti1, 
Dedi isloh etay, xarob etti.
Dedikim: "Shahga ne itobdurur 
Kim, bu sozkim dedim  savobdurur.
Menki, bir nagmasoz qilsam chang, 
Ruh chiqmoq sari qilur ohang.
Yoq edi bu muloyamat2 birla. 
Muncha yetti mudovamat3 birla.
Shohkim, bir kiyikka urdi xadang, 
Desam idmonni, ishga keldi batang4".
Shahki ismoi  bu maqol etti, Gazabi oti ishti'ol  etti.
Ikki qattiq hadis eshitti ajab, 
Ixtiyorin ilikdin oldi gazab.
Shohkim qahri olsa mustavli , 
U1 diyor ichra bolmamoq avli .
Saltanat gayrati chu zor etti, 
Lutfu ehson kozini kor etti.
Istadi qatl aylamak oni, 
Kesmak ozod sarvi ra'noni.
Dedi ba'zi: "Bu nav' dilkash emas, 
Zuafo  qatli tig ila xush emas".
Dedikim, necha xorij andesha, 
Qatl alarga hunar nekim pesha.
Mahddin oyni chiqordilar10. 
Bir biyobonga elta bordilar.
Har giyohi aning nechukkim oq, 
Davrida necha kunchilik suv yoq.
Jonivor umrini qilurga taboh, 
Butmay anda bagayri zahr giyoh.
Ikki gisusidin  kamand aylab, 
Tashladilar gulula2 band aylab.
Gisusikim, ulusqa erdi kamand, 
Oqibat boldi oz halokiga band.
Yonibon surdilar vatan sori, 
Keldilar shohi javrfan sori.
Shahld, bu dahshat ayladi ul dam, 
Bexud erdi uiay-u gazabdin ham.
U1 kun oqshomga tegru3 ichti may, Gazabi ortar erdi paydar-pay4.
Subh5 roh6 istab etti mayli sabuh, 
Yonidin goyib erdi rohati ruh7,
Sordikim: "Mohvash qayon ketmish?" Bexabarkim, ne shohkor etmish.
Dedilar qilganin necha mahram, 
Tivra boldi anga yorug olam.
Quyi solib boshini fikr etti, 
Qilgani borcha kongliga yetti.
Bildikim, qahr sarsari8 esmish, 
Oz qoli birla oz boshin kesmish.
Dedi: "Ushbu zamon ozum borayin, 
U1 biyobonni bir-bir oxtarayin.
Qayda bolsa, topav nigorimni, 
Qilayin sadqa joni zorimni.
Tirik olsa, bolay fidosi aning, 
Beribon jon, topay rizosi aning...
Savol va topshiriqlar

1.	Bahromning tinglagan hikoyalarini sanab bering. Ilgari ularning qaysi birlari bilan tanishgansiz?
2.	"Mulk ishi zabtu rabtsiz boldi, Saltanat amri zabtsiz boldi" baytini izohlang. Nima uchun mamlakatda shunday holat vujudga kelganini tushuntiring.
3.	"Ishq ila shohliq muvofiq emas, Ishq lofida shoh sodiq emas" hukmi nima munosabat bilan aytilganligini tahlil qiling.
4.	Ovda Dilorom Bahromdan ohuni qay tarzda otib berishni soradi? Bahrom ning bu vazifani qanday ado etganligi tasvirlangan orinlarni topib tahlil qiling. 
5.	Diloromning Bahrom merganligiga munosabatini qanday baholaysiz: bepisandlikmi, mahoratning qadriga yetmaslik yoki oylamay gapirishlik? 
6.	Shohning gazabiga javoban Diloromning mulohazalariga munosabat bildi ring. U togri ish tutdimi?
7.	"Bildikim, qahr sarsari esmish, oz qoli birla oz boshin kesmish" baytida gap nima haqida ketyapti? Undagi oxshatishning ma'nosini tushuntiring. 
8.	Gazab va mastlikda qilib qoygan xatosidan chuqur qayguga tushgan Bahromning ruhiy holati tasvirlangan baytlarni tahlil qiling.


"SADDIISKANDARIY" DOSTONI
"Xamsa "ning yakunlovchi dostoni dunyoning mashhur siymolaridan biri jahongir Iskandarga bagishlangan. Barcha xamsanavislar dunyoning katta qis- mini zabt etgan Aleksandr Makedonskiyni uning prototipi sifatida olishib, jahon- girning sharqqa yurishi bilan bogliq rivoyat, qfsonalarga suyangan holda o'z dostonlarini yaratganlar. Lekin baduy adabiyotdagi Iskandar tarixiy Aleksandr emas. Tarixfanidan olgan bilimlaringiz orqali Sizga malumki, tarixiy Iskandar dunyoni zctbt etish maqsadida kop joylarda shafqatsiz urushlar olib borgan, qir- gin, vayronaliklarga sabab bolgan. Baduy adabiyotda esa u butunlay boshqa  adolatparvar, donishmand, buyuk insonparvar shaxs.
Sharq rivoyat va afsonalarida bu obraz Iskandar Zulqarnayn deb ham ataladi. "Zulqarnayn"sozining ikki ma'nosi bor: birinchi ma'nosi shoxli (boshida muguzi bor) bolsa, ikkinchi ma'nosi  kun chiqish va kun botish hukmdori degani.
"Saddi Iskandariy" dostoni Navoiy "Xamsa"sidagi hajm jihatdan eng katta asardir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Shoir dostonga qol urar ekan, Iskandar tarixini yozishni maqsad qilgan emas, balki Iskandar bilan bogliq voqealar mohiyatini o'z oquvchisiga ochib berishni niyat qiladi. Asarning nomlanishi ham undagi bir lavha bilan bogliq. Kop mamlakatlarni olib, u yerlarda tinchlik, osoyishtalik, adolat ornatgan Iskandar, ozyolida odamlarga musibat yetkazayotgan vahshiylarni mahv qilib, qoshini bilan Qirvon olkasiga keladi. olka nihoyatda xarob bolib, aholi odamxor ya juj-ma jujlardan aziyat chekar ekan. U yerdagi odamlarning iltimosiga kora Iskandar Qof togida yashovchi bu vahshiylarning yolini tosib devor qurdiradi. Devorfors tilida "sad" deyiladi. Shuning uchun bu devorni Saddi Iskandariy  Iskandar devori deb ataydilar. Ramziy ma'noda esa u ezgulik va yovuzlik ortasidagi devordir. Uni bino qilishda turli mamlakat xalqlari, jumladan, movarounnahrliklar, rumliklar, forslar, xitoylar, hindular, ruslar, faranglar va boshqalar qatnashadilar. Xalqlar dostligi va ittifoqligi insoniyatning ashaddiy dushmani timsoli bolgan ya juj- ma jujlarni mahv etadi. Iskandar ozining odilona va oqilona siyosati bilan xalqlar dostligini mustahkamlaydi. Dostondan olinib, e'tiboringizga havola qilinayotgan parchada Iskandar oqil siyosatchi, odil shoh hamda tanti inson sifatida tasvirlangan.
Iskandar bila ul gadolig ixtiyor etgan podsho, balki, filhaqiqat, podsholikka yetgan gado hikoyatikim, Iskandar ani mazallat chohidin1 chiqarib saltanat koxiga  olturtmoq istadi va ul toj tarkin qilib, boshidin tark toji xayolin chiqarmadi.
Eshittimki, Iskandari nomdor, 
Chu boldi jahon ahliga komgor ,
Ne kishvarki, boldi musaxxar  anga, 
Mute oldi doroyi kishvar  anga.
Hamul shahni kishvarga shoh ayladi, Hamul elga kishvarpanoh ayladi.
Shah-u mulkdin kongli tingach tamom, 
Yana mulk azmiga qildi xirom.
Magar fath bolganda Magribzamin6, Shahi zohir aylab edi qatl-u kin.
Chu razm oti bolmish edi bartaraf, 
Shah olmish edi razm ichinda talaf 7.
Skandar chu fahm etti xasmin  qatil2, 
Anga mulki ichra tilatti adil.
Dedikim: "Bu kishvar salotinidin, 
Xabarliq jahonbonliq oyinidin.
Qolibmu ekin bir aningdek kishi 
Ki, qilsam ruju' anga bu mulk ishi.
Ani elga shoh aylasam mustaqil
Ki, mulk ozgaga bolmasa muntaqil3".
Dedilar xaloyiq duo aylabon, 
Hadisiga4 jonlar fido aylabon.
Ki: "Ofoq aro sarfaroz5 olgasen, 
Hamisha raiyatnavoz6 olgasen.
Bu yanglig kishikim qilursen sorog 
Ki, andin raiyatqa yetgay farog.
Yale xalq ichidin firor aylamish7, 
Ajab nav' ish ixtiyor aylamish:
Tiriklar arosiga qilmas ubur8, 
Matofi9 emas, gayri  eski qubur10.
Hamono tiriklarda kormay vafo, 
Qubur ahliga aylamish iktifo.
Boshi toj tarkin qilib ixtiyor, 
Bolub tarki toji bila baxtiyor.
Kishi birla yoq mutlaqo ulfati, 
Bolub xalq gavgosidin kulfati.
Soz ichra bu taqrib  tartib etar 
Ki, elni fano sori targib etar!"
Skandar eshitgach, dedikim: "Yurung, 
Ani, qayda bolsa, topib kelturung!"
Ravon hukm ila har taraf surdilar, 
Topib, shah bazmiga yetkurdilar.
Yalang erdi boshi, ayogi  yalang, 
Vaqo chokidin koksi dogi yalang.
Jahon shugli gardiga silkib etak, 
Tutub ikki ilgiga ikki songak.
Skandar anga ehtirom ayladi, 
Oz ollinda oliy maqom ayladi.
Dedi: "Bu songaklardin afsona ayt, 
Ne sorsam, javobin aning yona ayt!"
Dedi: "Gorlardin qilurda guzar, 
Necha bu songaklarga soldim nazar.
Zamirimga lekin nihon qoldi bu 
Ki, shahning qayudur, gadoning qayu?
Chu olganda birdur bu ikki mato, 
Tiriklikda nevchun qilurlar nizo?"
Kelib bu kalomi Skandarga xush, 
Dedi: "K-ey zabonovari  borkash2.
Seni toptim asru biyik nuktalik, 
Agar bor esa himmating ham biyik.
Seni kishvaringda qilay arjumand3, 
Berib shohlig, poyang4 aylay baland".
Dedi: "Hinunat olmish manga hamnishast5, 
Sen ist