avoiy elga manfaat yetkazish masalalariga bagishlaydi. Insonning hayoti jamiyatda, odamlar orasida kechadi. Haqiqiy inson yurt tashvishi bilan, el gami bilan yashaydi: Odamiy ersang, demagil odami, Oniki yoq xalq gamidan gami.
Navoiy har bir tushunchaga mukammal taMfberar ekan, fikrni gozal va nafis baduyat libosiga orab, oquvchiga taqdim qiladi. Uni oqir ekansiz, ifoda gozalligi Sizni maftun qiladi, sozlar jilosidan adibga tahsinlar oqiysiz- Quyida soz taMfiga bagishlangan bobdan parcha e'tiboringizga havola qilinayotir. Uni oqing, tahlil qiling, Navoiyning baduyat olamidan zavqlaning.
SOZ TA'RIFIDA
Soz guhariga erur oncha sharaf 
Kim, bola olmas anga gavhar sadaf.
Torf sadaf gavharining durji  ul, 
Yetti falak axtarining2 burji ul.
Bogchai dahrki3 yuz toza gul, 
Topti qayonkim nazar etti kongul.
...Chun bu nasim esti azal togidin4, 
Muncha gid ochildi jahon bogidin.
Qaysi nasim ulki erur gulfishon5, 
Bargi gul-u nastaran6 andin nishon.
Bu iki yafrogni qachon zufunun7 
Bir-biriga qoysa bolur "kof-u nun8".
Dahr muqayyad9 bila ozodasi, 
Borcha erur "kof" ila "nun" zodasi10.
Zodasidin zoda  bolub beadad, 
Zodaga ham volid12 olib ham valad13.
Vasf ne nav bolgay anga el sozi, 
Har ne soz aytilsa erur chun ozi.
Jon olub ul, ruh aning qolibi, 
Kim tanida ruh aning tolibi.
Borcha kongul durji aro javhar  ul, 
Borcha ogiz huqqasida2 gavhar ul.
Gar xud erur xanjari polod til, 
Suftidogi3 injulari sozni bil.
Til bu chamanning varaqi lolasi4, 
Soz duraridin5 bolubon jolasi6.
Sozdin olukning tanida ruhi pok, 
Ruh dogi tan aro sozdin halok.
...Tengriki insonni qilib ganji roz7, 
Soz bila hayvondin anga imtiyoz.
...Donai dur sozini afsona bil, 
Sozni jahon bahrida durdona bil.
Munchaki sharh etti qalam sozga hol 
Nasridadur, nazmida bor ozga hol.
Soz aro yalgon kibi yoq nopisand, 
Aylar aning nazmini dono pisand.
ornida tishlar duri manzum erur, 
Chun sochilur qiymati ma'lum erur.
Vard-u8 shajar9 shohid10 erur bog aro, 
Lek otun silkidadur  tog aro.
Munda parishonligi noxush qilib, 
Anda murattabligi12 dilkash qilib.
Nazm anga gidshanda ochilmogligi, 
Nasr qaro yerga sochilmogligi.
Bolmasa e'joz13 maqomida nazm, 
Bolmas edi tengri kalomida nazm.
Nazmda ham asl anga ma'ni durur, 
Bolsun aning surati har ne durur.
Nazmki ma'ni anga margub  emas, 
Ahli maoniy2 qoshida xob emas.
Nazmki ham surat erur xush anga, 
Zimnida3 ma'ni dogi 4dilkash5 anga.
Yorab, ani xalq dilafrozi6 et, 
Xasta Navoiyga dogi rozi et.
Savol va topshiriqlar
1.	"Hayrat ul-abror" dostoni va uning boshqa dostonlardan farqli tomonlari haqida ma'lumot bering. 
2.	Dostonda qaysi masalalar yoritilgan?
3.	Navoiy iymonning inson hayotida tutgan ornini qanday belgilaydi?
4.	"Soz ta'rifida" bobidan keltirilgan parchaning birinchi bayti mazmuniga e'tibor qiling. Shoir niyatini ilgab olishga intiling.
5.	Oqituvchi bilan birgalikda "Borcha erur "kof" ila "nun" zodasi" misrasi zamiridagi chuqur hayotiy ma'noni topishga urinib koring. 
6.	Parchadagi: "Zodasidin zoda bolib beadad, Zodaga ham volid bolib ham valad" satrlari zamiridagi ma'noni anglashga urining. Olloh, olam va odam munosabatlari murakkabligi aks etgan ushbu bayt magzini chaqing.
7.	"Jon olub ul, ruh aning qolibi, Kim tanida ruh  aning tolibi" misralarida ifodalangan soz, jon va ruh munosabatlarining ozaro bogliqligi haqidagi fikrni anglab olishga urinib koring.
8.	"Sozdin olukning tanida ruhipok, Ruh dogi tan aro sozdin halok" misralari ma'nosini izohlang. Sozdagi olikka jon bagishlash va tirik ruhni oldirish qudratini izohlang.
9.	"Munchaki sharh etdi qalam sozga hol, Nasridadur, nazmiga bor ozga hol" satrlarida she'riy va nasriy soz ortasidagi farqning ifoda etilganligini anglashga harakat qiling.
10.	"Soz aro yalgon kibi yoq nopisand, Aylar aning nazmini dono pisand" baytida ijodda baduy toqima va mubolaganing orniga berilgan bahoni anglating. 
11.	Parchadan she'riy ijodda shaklning beqiyos orni haqidagi fikrlarni toping, ularning obrazlilik darajasini aniqlang va izohlang.
12.	Ornida tishlar duri manzum erur, Chun sochilur qiymati ma'lum erur" misralarida baduy ijodda shaklning orniga qanday baho berilganligini sharhlang.
"FARHOD VA SHIRIN" DOSTONI
"Xamsa"ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni "shavq dostoni " deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va uluglanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgu- lik sari yetaklaydi, unga ozligini tanitadi, bir soz bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yogrilgan va oxir borib Yaratganning oziga ulashib ketadigan ishqdir. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-oylari ham ifoda etilgan.
0'ziga xoslikka intilgan adib ozigacha bolgan an'analarga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha "Xusrav va Shirin" shaklida mashhur edi. Ularda markaziy obraz shoh Xusrav edi. Lekin u  komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs. Shuning uc- hun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi bosh obraz darajasiga ham loyiq kormaydi. U Farhodni bosh obraz qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila ozgartirdi. Mazkur ozgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik va dostonga "Farhod va Shirin" nomi berilishiga asos boldi.
Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning songsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Xoqonning birdan- bir orzusi ogillik bolish edi. Maqsadiga yetish uchun kop nazrlar qildi, talay pullar sochdi, ogilsizlarning konglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyatlari zoye ketmadi. Olloh iltijolarini ijobat qilib, unga ogil ato etdi.
... Shabistonida  tugdi2 bir yangi oy3, 
Yangi oy yoqki, mehri olamoroy4.
Ochildi bogida bir otashin vard5, 
Demaykim vard, balkim shu'layi dard.
...Yuzinda ishq asrori6 yozilgan, 
Ichinda dard ta'vizi7 qozilgan.
... Kozida ashk  selidin asarlar, 
Damida  oh dudidin xaharlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo , 
Jamolida vafo tugrosi  paydo.
Falak deb: "Dard elining shohi" oni, 
Malak  deb: "Dard oti ogohi" oni.
...Yafo haylida gavgo shodligdin, 
Biri birga muborakbodligdin.
Tangri taolo tugilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste'dod, tugma qobiliyat ato etgan edi. Buning natijasi olaroq, talimning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur'oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalik va ospirinlikdagi fazilatlarini shunday ta'rif etadi:
Agar bir qatla kordi har sabaqni, Yana ochmoq yoq erdi ul varaqni.
Ne soznikim, oqub kongliga yozib, Dema kongliki, jon lavhiga6 qozib.
oqub otmak, uqub otmak shiori, Qolib yodida safha-safha bori.
Korub chun ishq-u oshiqlik maqolin, Topib oshufta mahzun kongli holin.
Aning sharhini takror aylabon kop, oqurda nolayi zor aylabon kop.
Bolub oshiq gami sharhida gamnok7, Yaqo chokin oqub, aylab yaqo chok.
Kim etsa darddin oz-oz rivoyat, Qilib ul dard anga kop-kop siroyat8.
Kishi konglin bilib, afgor yiglab, Ne kozda ashk korgach, zor yiglab.
...Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqini1 kasb etmagan ilm.
Bolub on yoshda umrining mururi Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zori.
Ulum  avroqi  chun bir-bir yopildi, Dilovarliq silohi  mayli qildi.
... Hamul ilmi balandovoza birla, Bu yanglig zori beandoza  birla.
ozin abjad  oqur eldin tutib kam, Dema donishki , zori dast9 ila ham,
Bolub shahlar eshigining gadoyi, Va lekin ul gadolar xokipoyi.
Anga teng podsholig yo gadolig, Gadoliqqa teng etmay podsholig.
Demonkim kongli pok-u, ham kozi pok, Tili pok-u, sozi pok-u, ozi pok.
Munungdak tiynati pokiga loyiq. Duosin aytibon poki xaloyiq.
Aning sori sovug yel essa nogoh, Chekib Chin mulkining xalqi sovug oh.
Qilib el xonumon oning fidosi. Ne xonumonki, jon oning fidosi.
Ato yuzlanmasun deb dard-u ranje, Etib har kun boshiga sadqa ganje.
Vale bir zarra dard olgach padidor10, Bolub ul ganjlar birla xaridor.
Asiri clard ichi-yu toshi oning Ki, to on tort boldi yoshi oning.

Savol va topshiriqlar
1.	Navoiy nima uchun "Farhod va Shirin"ni "shavq dostoni" deb ataydi? Unda uluglangan ishq qanday mohiyatga ega edi?
2.	Navoiyning mazkur asari qaysi jihatlari bilan xamsachilikdagi yangilik hisoblanar ekan?
3.	"Shabistonida tugdi bir yangi oy, Yangi oy yoqqi, megri olamoroy" baytini izohlang. Undagi "shabiston", "yangi oy", "mehri olamoroy" soz va iboralarning istioraviy ma'nosini tushuntiring.
4.	"Yuzinda ishq asrori yozilgan, Ichinda dard ta'vizi qozilgan" baytida Farhodga xos bolgan qaysi jihatlar ifoda etilgan?
5.	"Muhabbat nuri ollinda huvaydo, Jamolida vafo tugrosi paydo" misralarini sharhlang. Ularda chaqaloq siymosida qanday fazilatlar namoyon bolayotganligini aniqlang.
6.	Farhodning tahsil  oqishga bolgan ishtiyoqi qaysi baytlarda ifoda etilgan?
7.	"Bolub oshiq gami sharhida gamnok, Yaqo chokin oqub, aylab yaqo chok" misrasini sharh qiling.
8.	Keltirilgan parchadan Farhodning ma'naviy sifatlari bayon etilgan orinlarni topib, izohlang.
9.	"Demonkim kongli pok-u, ham kozi pok, Tili pok-u, sozi pok-u, ozi pok" baytidan kelib chiqib, bosh qahramonga xos fazilatlarni sanang.
10.	Qaysi orinlarda xalqning Farhodga munosabati aks etgan?
* * *
Farhod yigit yoshiga yetdi. Lekin tugma ishq ta'sirida doimo gamgin, alam va dardlar bilan komilgan edi. Buning sababini ozi ham tushuntirib berolmas edi. Otasi uning gamlarini aritmoq uchun turli tomoshalar, bazmlar, ziyofatlar uyushtirdi. Foydasi bolmadi. Shunda xoqon Farhodning konglini olish uchun yilning tort fasliga moslab tort oliy qasr qurdirish fikriga keldi.
Farhodning atobegi, ya'ni tarbiyachi-ustozi Mulkoro bu ishga ma'mur etib tayinlandi. Xitoyning mashhur me'mori Boniy, naqqoshi Moniy hamda tosh yonuvchi Qoran qurilishga jalb etildilar. Farhod qurilish bolayotgan yerga kelib ustalarning ishlarini kordi. 0'z hunarlarini mislsiz san'at darajasiga yetkizgan, toshni ham saryogdek kesayotgan uch ustod ishidan hayratga tushdi. Ushunchaki kuzatuvchi bolib qolmasdan ularning hunarlarini organishga kirishdi. Oxiri bu kasblarni ustozlari darajasida ozlashtirdi, hatto ozib ham ketdi.
...Biravkim zor yiglar, yiglab ul zor,
Topib kongli el ozoridin ozor.
Chiqorib sozlig soz  boshidin dud,
Sovug oh aylab, ohin otasholud2.
Bolub el anduhidin kongli gamnok.
Yaqo chokin korib, koksin qilib chok.
Biravkim ishqdin qilsa rivoyat,
Sorub har dam mukarrar3 ul hikoyat.
Tafahhus aylab4 andin kop nishone,
Nishonin konglida asrab nihoniy.
Visol ichra zamirin5 shod topib,
Alamdin xotirin ozod topib.
Yetishgach hajr sharhi zor yiglab,
Iki koz aylabon xunbor6 yiglab.
Farhod mamlakat xazinasidagi sirli sandiqni korib qoladi va otasi- ni majburlab sandiqni ochtiradi. Uning ichidan bir vaqtlar Iskandari Rumiy tort yuz olimga yasattirgan sirli kozgu chiqdi. Oynaning orqasidagi tilsimda yoziUshicha, kozgu tilsimini ochmoqchi bolgan odarn xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi kerak. Ungacha uch manzil bolib, birinchisida ajdahoni, ikkinchisida Ahraman devni, uchinchi manzilda ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak. Tortinchi manzil ~ osha togdagi gor ichidan donishmand Suqrot topiladi. Farhod bu tosiqlarni mardona yengib, Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini qolga kiritadi. Suqrot uning, otasi va atobegi Mulkoroning taqdiri haqida bashoratlar beradi, ularga nasihatlar qiladi va jon taslim etadi.
Yunonistondan qaytishgach, Farhod sandiqdagi oynaga qaraydi va unda qandaydir bir yurt, tog kesish bilan mashgul odamlar, ozining ham ariq qaziyotganini hamda Shirinni koradi. Qizni koradi-yu, hushdan ketadi.
Sevgilisini izlab yolga chiqqan Farhod uning Arman yurtidan ekanligini safarda topgan dosti Shopurdan eshitadi. U yerga borishgach, metindek toshlardan iborat togni kesish mashaqqatiga mahkum odamlarni korishadi.
Ular togni kesib, uning narigi yogidan suv olib otishlari kerak edi. Afsuski, uch yil zcihmat cheksalar-da, ishda siljish bolmagan. Bu qurilishni malika Mehinbonu jiyani Shirinning istagiga kora bajartirayotgan edi. Navoiy ishlayotganlar tilidan Shirinning vasfi va toshkesarlar mashshaqatlarini quyidagicha bayon etadi:
 Harimi iffat ichra shoh ul ermish, 
Sipehri ismat1 uzra moh ul ermish.
Yuzi gul, kirpigi derlar tikandur, 
Ne bor andoqqi hargiz bor ekandur.
Mehinbonu kop aylab ehtiromin, 
Yasabdur jon uyi ichra maqomin.
...Yuzi birla qilur bazmini gulshan, 
Aning birla korar olamni ravshan.
Bu togekim aning vasfidadur tul , 
Ki, bordurbiz ani qozmoqqa mashgul.
Kelubdur bir boshi sharqi shamoyil , 
Yana bir boshi garbi sori moyil.
Oqar sharqisida bir chashma holi , 
Suyi ul nav'kim hayvon5 ziloli.
Debon "Ayn ul-hayot"6 ul chashmani xayl, 
Ki, olgan ichsa aylar jon sari mayl.
Gahi ul hur bu sori qoyar gom, 
Pari sarchashmada tutqondek orom.
Parilar birla aylab azmi ishrat, 
Tuzarlar anda gohi bazmi ishrat.
Erur garbida ul mahvash makoni 
Ki, holo Armaniya derlar oni.
Yeridur nazhat ichra jannatoso, 
Aning yonida togi charxfarso7.
Erur bu nav' ul mahvash xayoli, 
Ki, ul manzilda solgay qasri oliy.
Muhayyo borcha rang-u boyi oning, 
Yale ustida yoqtur suyi oning.
Muhandislar nechukkim charxi sayyor, 
Yugurtub chashma suyi sori tayyor.
Topibkim bir arig qozilsa diljo, 
Yetar ul hur qasri oliga su(v).
Vale ul chashma to bu qasri ofat, 
Topibdur on yigoch  chogliq masofat.
Bu jadvalkim, chekibdurlar aroda, 
Ariq qozmoq qilibdurlar iroda...
Bu xoro2 tesha birla bolmas afgor, 
Nechukkim tesha, metin aylamas kor.
Erur uch yilki jon tortib hamesha, 
Usholmay qolmadi metinu tesha.
Mashaqqatdin yigitni el qari der, 
Ki, qozilmish iki-uch yuz qari yer.
Bu yanglig birla umri Nuh topsak, 
Badanda koprak ondin ruh topsak.
Chu mehnatning had-u poyoni yoqdur, 
Tuganmaklik bu ish imkoni yoqdur...
Shunda Farhod ularga shunday deydi.
...Dedi: Bu necha mazlumi sitamkash, 
Falak bedodidin bolgan alamkash.
Ki, vayronliglarida yuz xalaldur, 
Agar qilsam madad voqe' mahaldur.
Hunarni asrabon netkumdir oxir, 
Olib tufroqqamu ketgumdir oxir...
Bu yerda Farhod malika Mehinbonu mehrini, Shirinning muhabbatini qozonadi. Oshiq va ma'shuqaning ilk uchrashuvlari va suhbati shunday tasvirlanadi:
...Ki: "Ey nodir yigit ofoq ichinda, 
Yagona charxi nili toq ichinda!
Ayon holingda kop, kop bul'ajabliq. 
Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq .
Ne sen oxshab jahonda bir kishiga, 
Ne qilgan ishing oxshar el ishiga.
Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen, 
Bagoyat konglimizni shod etibsen.
Bolur erduk husuli ichra ojiz, 
Hunar ermas qolung korguzdi mojiz.
Agar yuz qarn2 uzroyin bololi, 
Netib bir kunchilik uzring qololi.
Ishing uzrida yuz bizdek otangay, 
Ne bizdin, Tengridin olingga yongay"...
Shirinning bu sozlarini eshitgan Farhod hayajon bilan shunday dedi:
...Dedi: "Jonparvar anfosingdin3 oldum, 
Uningdin, umr ranjidin qutuldum.
Ne anglaykim, qayu mahro4 ekansen, 
Ichim qon aylagan senmu ekansen?!
Meni gurbat aro bechora etkan, 
Diyor-u mulkdin ovora etkan,
Chiqib jonim unungdin bolgach ogoh, 
Yuzungni kormay oldum oh, yuz oh!"
Aningdek oh tofonin chiqordi, 
Ki, mahvashning niqobi yelga bordi.
Korungach ul jamoli olamoro, 
Aning matlubi boldi oshkoro.
Hamul erdiki, maftun bolmish erdi, 
Korib kozguda majnun bolmish erdi.
Birovkim aks korgach hushi ketsa, 
Ozin korgach, netong, jon tarkin etsa.
Birovkim bolsa mayning zikridin mast, 
Netong, ichkanda bolsa yer uza past.
Chu Farhod ul pari erkanni bildi, 
Chekib otluq figon andoq yiqildi.

Savol va topshiriqlar
1.	Farhoddagi gamginlikning sababini qanday izohlaysiz?
2.	Ustalar ishidan hayratlanishida, ularning kasblariga kongil berib organishida Farhodning qanday ma'naviy fazilatlari namoyon bolmoqda?
3.	Bosh qahramonning elparvarligi, oddiy xalqqa mushfiqligi qaysi satrlarda oz ifodasini topgan?
4.	Shirinning gozalligi vasf etilgan orinlarni qayta oqing. Shoir uni qanday tasvirlaganini oz sozlaringiz bilan bayon eting.
5.	Togda qazish ishlarining mashaqqatligi bayon etilgan satrlarni sharhlang. 
6.	"Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tufroqqamu ketgumdir oxir" bayti orqali inson ozi egallagan hunarga qanday munosabatda bolishi lozimligi togrisida fikr yuriting.
7.	Shirinning Farhodga murojaatini oqing. Qizga ta'rif bering.
Ajam hukmdori Xusrav Mehinbonuga Shirinni soratib sovchi yuboradi. Mehinbonu Xusravning istagini Shiringa aytganda, u shunday dedi:
Ki: "Ey na^ayning  orni qiblagohim! 
Harimi nazhating2 gamdin panohim!
Necha yetgay senga mendin malolat, 
Necha kelgay manga ondin xijolat.
Boshimga tigi gam sursang ne bolgay? 
Bu soz deguncha oltursang ne bolgay!?
Meni hindudek otashgahga boshla, 
Uzorim xolidek ot ichra tashla.
Ki, jismim bolsa ul ot ichra nobud, 
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.
Malolimdin bari olam qutilsin, 
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Manga Farhod ishqi tuhmati  bas, 
Ki, chehra kormayin ul zor-u bekas.
Yiqilmoqdur shiori oh tortib, 
Konguldin nolayi jonkoh tortib,
Qulogi mustami' bolmay2 sozumga, 
Kozi oylar otib tushmay yuzumga.
Tog ichra sel yanglig oqizib yosh, 
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.
Xayolim birla konglin qone' aylab, 
Firoqim ichra umrin zoye' aylab.
Qolib men ham yiroq ul notavondin, 
Nechukkim mendin- ul, men dogi-ondin.
Manga ne yor-u ne oshiq havasdur, 
Agar men odam olsam, ushbu basdur!
Agar Bonu iloje bilsa, qilsun, ozimni Oltururmen yoqsa, bilsun!"
Niyatiga yetolmagan Xusrav Arman yurtiga lashkar tortdi. Lekin Farhodning bir o'zi uning lashkariga bas kelib, dushmanni shahar qal'asiga yaqinlashtirmadi. Uzoqdan Xusravga tanbeh ham berdi:
Bu bolgay dard-u ishq oyini, vah-vah! 
Vafo-u mehr sharti, ollah-ollah!
Kishi ishqida zor olmoq bu bolgay! Gamidan beqaror olmoq bu bolgay!
Raqibini kuch bilan yengolmagan shoh uni hiyla bilan qoIga tushiradi. Uo'z qarorgohida Farhod bilan bahs qiladi:
Dedi:	"Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!"1
Dedi:	"Majnun vatandin qayda ogah?"
Dedi:	"Nedur sanga olamda pesha?"2
Dedi:	"Ishq ichra majnunluq hamesha".
Dedi:	"Bu ishdin olmas kasb rozi!"3
Dedi:	"Kasb olsa basdur ishq sozi".
Dedikim:	"Ishq otidin de fasona!"
Dedi:	"Kuymay kishi topmas nishona".
Dedikim:	"Kuymagingni ayla ma'lum!"
Dedi:	"Andin erur joh ahli4 mahrum"
Dedi:	"Qay chogdin oldung ishq aro mast?"
Dedi:	"Ruh ermas erdi tanga payvast"5.
Dedi:	"Bu ishqdin inkor qilgil!"6
Dedi:	"Bu sozdin istigfor qilgil"7
Dedi:	"Oshiqqa ne ish kop qilur zor?"
Dedi:	"Furqat8 kuni ishqi baloshor"9
Dedi:	"Ishq ahlining nedur hayoti?"
Dedi:	"Yasl ichra jonon iltifoti".
Dedikim:	"Dilbaringning de sifotin!"
Dedi:	"Til gayratidin tutmon otin!".10
Dedikim:	"Ishqiga konglung orundur?"
Dedi:	"Konglumda jondek yoshurundur!"
Dedi:	"Vasliga borsen orzumand?"
Dedi:	"Bormen xayoli birla xursand".
Dedi:	"Noshi labidin11 topqay el bahr?"
Dedi:	"Ul noshdin el qismidur zahr"12
Dedi: 	"Joningni olsa la'111 yodi?" 
Dedikim:	"Ushbudir jonim murodi".
Dedi:	"Koksungni gar chok etsa bebok?"2 
Dedi:	"Konglum tutay ham ayla deb chok!'
Dedi:	"Konglung fido qilsa jafosi?" 
Dedi:	"Jonimni ham aylay fidosi".
Dedikim:	"Ishqdin yoq juz ziyon bud".3 
Dedi:	"Bu keldi savdo ahliga4 sud".5
Dedi:	"Bu ishq tarki yaxshiroqdur!" 
Dedi:	"Bu sheva6 oshiqdin yiroqdur!"
Dedi:	"01 ganj-u, qoy mehrin nihoniy!" 
Dedi: 	"Tufroqqa berman kimyoni!"
Dedi:	"Joningga hijron kinakashdur".7 
Dedi:	"Chun bor vasl ummidi xushdur".
Dedikim:	"Shahga bolma shirkatandesh"!8 
Dedi: 	"Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!"
Dedi:	"Joningga bu ishdin alam bor". 
Dedi:	"Ishq ichra jondin kimga gam bor?!"
Dedi:	"Kishvar9 beray, kech bu havasdin". 
Dedi:	"Bechora, kech bu multamasdin!"10
Dedi:	"Ishq ichra qatling hukm etgum!" 
Dedi:	"Ishqida maqsudumga yetgum!"
Dedi:	"Bu ishda yoq sendin yiroq qatl". 
Dedi:	"Bu sozlaringdin yaxshiroq qatl".
Savol va topshiriqlar
1.	Sovchilar munosabati bilan Shirinning Mehinbonuga bergan rad javobini qayta oqing. Undagi ayollarga xos nazokat va qat'iyatga diqqat qiling.
2.	Qizning qaysi sozlarida ayriliqdagi Farhodning ruhiy holati bayon etilgan? Uning yor kechinmalarini bunchalik teran his etishi sababi nimada deb oylaysiz?
3.	"Menga ne yor-u ne oshiq havasdir, Agar men odam olsam, ushbu basdir" baytida ifoda etilgan yuksak manaviy dunyosini izohlang.
4.	Farhodning Xusravga bergan tanbehiga qoshilasizmi? Uning sozlariga munosabat bildiring.
5.	Farhod va Xusrav dialogidagi har bir aytishuvni ortoqlaringiz bilan tahlil qiling. "Majnun", "majnunliq" sozini qanday izohlaysiz? Ularning sinonimini keltiring.
6.	"Dedi: Vasliga borsen orzumand? Dedi: Bormen xayoli birla xursand" dialogi orqali ifodalangan ishqda tama' va begarazlik, ishqibozlik va oshiqlik zid diyatini sharhlang.
7.	Farhodning javoblarini eshitgan Xusravning "Bu ishq tarki yaxshiroqdir",  degan xulosaga kelganligi sababini tushuntiring. Xusrav va Farhod dialogini yod oling.
Farhoddan ishqda tuban, kuchda ojiz Xusrav uni yuzma-yuz olishuvda yengolmagach, makr-hiyla bilan golib chiqmoqchi boladi. Bir hiylagar kampirni yollab, Farhodning oldiga yuboradi. Kampir: "Mehinbonu jiyanini Xusravga berishga rozi boIdi. Shirin buni eshitib, ozini oldirdi. 'Farhodf Farhod! deya jon berdi",-degan yolgon xabarni yetkazadi. Bu xabar Farhodning bagriga goyo otkir pichoq urdi. Figon tortib yiqildi. Shundan keyin Farhod umri tugab borayotganini bilib, yurtini, ota-onasi-yu yaqinlarini yod etdi:
Tugangan fahm etib umri baqosin, 
Sovug oh urdi yod aylab atosin.
Anosi ham kozi oldiga keldi, 
Kozidin ikki qonlig rud  ochildi.
Dedi:  "Ne hol erur, hayhot-hayhot, 
Netar jonimni olsang, ey ajal, bot?!
olardin burna2 yuz olmak nedur bu?! 
Boshim yuz tig ila bolmak nedur bu?!
Kuyuk tanga yolin3 urmoq ne erdi?! 
Momug4 uzra choqin urmoq ne erdi?!
Bular fikri ichimdin urmayin bosh, 
Boshim tufroq aro kirgay edi, kosh.
Buzugluq, ey falak, korguzdung oxir! 
Buzulgan xotirimni buzdung oxir!
Bu ne insof edi, ey soqiyi dahr, 
Olar chogda qadah tutmoq tola zahr?!
Oluk boshiga tig urmoq ne ya'ni, 
Bir-oq bas, bedarig, urmoq ne ya'ni?!
Chu bu shorobaga yetti nihoyat, 
Dedi achchig-achchig yiglab bagoyat.
Ki: "Ey bodi sabo, Tengri uchun qop, 
Yetib Chin-u Xito mulkiga yer op!
Deman, xoqon qoshida bu oguldin 
Ki, gurbat ichra olgan xasta quldin.
Quyundek sadqa qil awal ozungni, 
Chu bolding sadqa, mundoq de sozungni
Kim, ul ovorayi bexonumoning, 
Bagir xunobidin bir qatra qoning.
Itib, olamda hirmon2 birla oldi, 
Yuzungni kormay armon birla oldi.
Ne qonlar yuqti bagridin yoshiga, 
Ne ishlar tushdi gardundin boshiga.
Bolub afsun-u makr-u hiylatangez, 
Anga ne zulmlarkim qildi Parvez.
Agar tuzluk birla topsa hisobin, 
Berur erdi ming andoqning javobin.
Va lekin egrilikni aylab oyin,
Yasab yuz nav' yolgon, oylakim chin.
Birovkim xilqatin qildi qazo rost, 
Qilur bovar , necha soz bolsa norost.
Manga, ne deyki, ul kofir ne qildi, 
Qazodin erdi qildi, har ne qildi.
Budur komimki, Bahromi dilovar 
Ki, bor erdi manga ul yor-u yovar2,
Cheriklar jam' aylab bemadoro3, 
Bu yon qilsa azimat oshkoro.
Qilichi toygarib Xusravni jondin, 
Tilasa begunah qonimni ondin!
Eshitgach shoh bu otlug fasona, 
Agar boshidin ursa ot zabona,
Yamon ahvolima aylab yaqo chok, 
Ozin tufroglarga ursa bebok.
Qoshub yiglasa bu ovorasini, 
Qayu ovora, bagri porasini.
"Botam!"  deb goh bozlab, goh 
Okursa, Jafo toshin sinuq koksiga ursa.
Meni gar umrdin charx etti navmid, 
Jahon mulkida bolsun shoh jovid.
Yiqilsa hujra  bolsun qasr obod, 
Qurusa sabza  bolsun sarv ozod.
Anomga bu xabardin tushsa oshub, Gamimdin xora uzra bolsa sarkob4.
Jahonga ot solib gavgosi har yon, Yetardek bolsa vovaylosi har yon.
Bu vahshiyga xitob etsa: "Qozum"  deb, 
Bu bekasni sogunsa: "Yolguzum"  deb.
Aningdek bolsa shor-u iztirobi 
Ki, bolsa bartaraf burqa'1 hijobi2
Qilibon yod gamparvardasidin, 
Yugursa  chiqsa toqquz pardasidin.
Debon:  Ey rishtayi jonimga payvand! 
Uzorin aylasa parkand-parkand.
Sochidin bolsa yulmoq birla mahjur3 
Ki, Chinda bolsa mushk ornida kofur.
Damimdin dud olib ketgaysen oxir, 
Xaloyiqqa hijob etgaysen oxir!
Degaysen:  Ey yuzung ruhum gizosi , 
Izing gardi kozumning totiyosi!
Manga bas erdi bu dardi gamandud 
Ki, to Tengri vujudim qildi mayjud.
Bukim sen behad erding orzumand 
Ki, bolgay munising bir turfa farzand.
Gamimdin bolmading bir lahza dilxush, 
Hamisha bor eding zoru mushawash .
Gar atfol  etsa mayli sabzavu bog, 
Kichikdin erdi qismim dard ila dog.
Mening dardimga qolib jismi zoring, 
Mening dogimdin ortanmak shioring.
Tilab yoqut laxti xora7 topting, 
Tilab xurshid, otash pora8 topting.
Ulug bolgon soyi bechora boldum, 
Diyor-u mulkdin ovora boldum.
Manga ovoralig to charx berdi, 
Firoqimdin ishing ortanmak erdi.
Bas ermas erdi umre kuymaking bas, 
Kuyub- kuyub, kul oldung oylakim xas.
Bu xusron  baski, chun gam rudi tuzdum, 
Sirishkim selidin ka'bamni buzdum.
Bukim men  men, manga olmak dagi hayf, 
Ulus ahv