rida musiqiylik odatdagi sherlarniki kabi sezilarli emas. Anuno unda ijod- korning chigal kayfiyati bor. Xoroz qichqirigi tongning belgisi. Xoroz qichqirsa, shafaqrang qishloq namoyon boladi. Qishloqning shafaqrangligi ham bejiz emas. Ehtimol, qishloq endigina kotarilayotgan quyosh nuriga komilganligi uchun ham shunday tariflanadi.
Shoir sheriyatning odatiy tartibini inkor qiladigan uslubga murojaat et- gan. Uni oddiy mantiqning qoliplari bilan izohlab bolmaydi. Ushbu she'r faqat shu ijodkorgagina taalluqli bolgan baduy mantiq qonuniga muvofiq yaratilgan. Odatda, chinakam baduy hodisa oziga xos olam va u ozining qoidalarigagina muvofiq keladi. Shu bois asl baduy hodisa bir bor yaraladi, unda takror yoq. Qonuniyat esa takrorni taqozo qiladi. Yuqoridagi parchada shoirning alohida ruhi, ozigagina xos nuqtai nazari sezilib turadi. Ayni vaqtda she'r oquvchini jalb etadi, uning e'tiborini tortadi, oyga toldiradi. Uning tafakkuriga-da nimadir yangilik yetkazadi, kongliga-da qandaydir yengillik bagishlaydi. Dunyoni shu tarzda korgan, olam ranglarini shu taxlit tuygan shoirga e'tiroz qilib, tayyor qo- liplarni tiqishtirib bolmaydi. Bahrom Rozimuhanunad boshqa bir sherida bejiz yozmagan:
men qanday yashashim lozim qanday bolsam sizga yoqaman qaysi usulda yozsam she'rlarimni oqiysiz aruzdami barmoqdami sarbastdami yo
Mazkur misralarni darak, soroq yoki undov ohangida oqish she'rxonga havola etilgan. Ularning ohangini belgilash izni ham oquvchining ozida. ozbek oquvchisi shoirni, she'riy sozni boricha qabul etishga odatlanib bormoqdaki, bu hol milliy she'rxonlik saviyasi sezilarli yuksalayotganidan dalolatdir.
Poyeziyaning oz asl manbasiga qaytganligi, kongil rozlarini, ruhiy tovla- nishlarni nozik ishoralar, nazokatli obrazli ifodalar orqali tasvirlashga otilganligi istiqlol davri ozbek she'riyatiga xos asosiy xususiyatlardan boldi deyish mumkin. Bu davr milliy she'riyatida onunaviylikdan, hanunaboplikdan qochishga urinish kuchaydi. Sheriyat hanuna uchun, onuna uchun emas, balki, avvalo, muallifning ozi uchun, qolaversa, ijodkorga tuygudosh shaxslar uchun yaratiladigan boldi. Shu bois, sherxonlarning poetik sozni, obrazli ifodani anglash darajasi ortdi. Chunki baland she'riyat yuksak didli she'rxonni talab qiladi va uni shakllanti- radi. Mustaqillik davrida ozbek poyeziyasi oquvchi darajasiga tushish bosqichini inkor etib, sherxonni oz darajasiga kotarish pallasiga kirdi. Shu tariqa azaldan she'rparast bolgan millatning baduy zavqi ingichkalashib, soz jozibasini anglash qudrati sezilarli darajada oshib bormoqda.
ozbek she'rxonlarida birorta tinish belgisi ishlatilmagan tizmadan ham, murakkab mavhum obrazlilikka tola she'riyatdan ham, tasavvufiy ilhom samarasi olaroq dunyoga kelgan munojotlardan ham, poetik mim deyish mumkin bolgan ramziy ifodalardan ham, meditativ nazm (hissiyot jilvalari aks etgan she'riyat) namunalaridan ham tasirlanish, ularni baholay olish konikmasi shakllanib bor- moqdaki, bundan bir qadar qanoat tuyish mumkin.
Nasr bugungi adabiy jarayonning salmoqli va ogirkarvon turidir. Hozirgi ada- biy jarayonda Shukur Xolmirzaev, otkir Hoshimov, Omon Muxtor, Muhanunad Ali, Tohir Malik, Togay Murod, Murod Muhanunad Dost, Asad Dilmurod, Xayriddin Sultonov, Xurshid Dostmuhanunad, Nazar Eshonqul, Normurod Norqobilov, Ulugbek Abdulvahob, Luqmon Borixon, Zulfiya Qurolboy qizi singari ijodkorlar oziga xos yosinda qalam tebratib, milliy nasr taraqqiyotini ta'minladilar.
Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yosinlarini qollash, baduy ifo- daning tutilmagan, yangi tamoyillaridan foydalanish ozbek nasrining bu bos- qichi uchun yetakchi xususiyatlardir. Omon Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan "Ming bir qiyofa", "Kozgu oldidagi odam", "Tepalikdagi xaroba", "Ffu", "Ayollar saltanati va mamlakati", "Maydon" romanlari, Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilgor tajribalari asosida sof milliy obrazlar yarata olgan "Qora kitob" qissasi, "Shamolni tutib bolmaydi", "Tobut sha- har", "Quyun" hikoyalari, Xurshid Dostmuhammadning "Bozor", Luqmon Borixonning "Jaziramadagi odamlar", Salomat Yafoning "Tilsim saltanati" ro- manlari insonga yondashuvning yangichaligi, tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favquloddaligiga kora milliy adabiyotimiz uchun yangi baduy hodisalar boldi.
N. Eshonqul  milliy istiqlol davri ozbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning "Shamolni tutib bolmaydi" hikoyasi ifodaning qabariqligi, tas- vir markaziga olingan shaxs tabiatining mutlaqo kutilmagan va yangiligidan tashqari, ohangning ozgachaligi bilan ham kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadar bu taxlit kop qatlamli, zalvorli, hikoya maromining ozi bilan baduy kayfiyat hosil qila biladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yoq edi hi- sob. N. Eshonqul nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang ozbek millatiga xos bolgan jihatlarni aks ettirish imkoniyati jihatidan tengsizdir. "Qishloqdoshlari bahor kelishi bilan eski yaylovlarga kochib chiqishar va yer shudgorlar, har kim oz tashvishiga berilib ketardi. Qishloqda qolgan Bayna momo esa bu paytda yolgizlik dashtini shudgorlar, u yerga har yili Zamon otboqar hukumat odamlari bilan kelib, eri va oglini otib tashlagan oqshomni ekar va song yolgiz ozi hosilini ham yigib olardi. Bayna momo har kecha koz yoshlari bilan tolgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan oglining ilma-teshik bolgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar qamchisi yotgan qonli halqob bilan tolgan ayvonga suzib borar, ertalablari hol bolib ket- gan yostigini xuddi qadim ajdodlarning unut bolgan yaloviday... baland tolga osib oftobda quritardi".
Ifodadagi zalvor, serqatlam estetik bosim, ruhiy holat manzaralari tas- virining ayni shu tarzda zanjirsimon va boloxonador qilib berilishining ozi hikoyada oziga xos ohang paydo qilgan. Bu ohang momoning yolgizligi va baxtsizligi miqyoslarini tuyish va tushinish imkonini bergan.
Ulugbek Abdulvahobning "Yolgizlik" qissasi, qator hikoyalari qahramon- lar ruhiy olamini tadqiq etish kolami va yosinlari jihatidan adabiyotimiz uchun tamomila yangilik boldi. Ularda bayon, ifoda etish, korsatish, tasvirlash singari baduy usullar bir narsaga  tadqiqqa oz ornini boshatib bergan deyish mumkin. Yozuvchi uchun qahramonlarining hatti-harakatlarini korsatish emas, balki sezimlaridagi, oylaridagi tovlanishlarni aks ettirish muhim. Arastu zamonlari- dan buyon adabiyotning mohiyati hayotdagi xaosni baduyatning kosmosiga aylan- tirishdan iborat deb tushunib kelingan. Voqelikdagi "tartibsizlik"lar muayyan muntazamlik kasb etishi, tartibga tushirilishi bilan baduy asar yuzaga keladi deb qaralgan.
"Yolgizlik" qissasida esa aynan shu tartibsizlikning ozi, bolganda ham, voqelikdagi emas, inson xayolotidagi, kechinmalaridagi tartibsizlik tasvir ob'yektiga aylangan. Qissada muallif qahramon oyu xayollarini uning xarakteri- ni ochish vositasiga aylantirmaydi. Bilaks, oy-xayollarning tartibsiz va noizchil oqimini berishning ozi uning baduy maqsadiga aylanadi. Ma'lumki, inson xayo- lotida izchillik, muntazamlik bolmaydi. Kop hollarda, odam xayolni emas, xayol odamni yetaklaydi. Shu tariqa milliy adabiyotimizda, sirtdan qaraganda, baduy maqsadga boysunmaganday taassurot qoldiruvchi, aslida esa, oychil inson tafak- kuri va hissiyoti manzaralarini namoyon etuvchi asar dunyoga kelgan.
Risoladagi har qanday odam singari qissa qahramonining oylarida ham tizgin yoq, muallif bu xayollarni saralamaydi. oydan oyga, xayoldan xayolga kochish jarayoni tasvirining ozi qahramon tabiatiga xos xususiyatlarni saralan- gan baduy muntazamlikdan kora yorqinroq namoyon etadi. Odamning ichi bilan sirti, tili bilan dili bir bolgan holatlari nihoyatda kam. U faqat oylaridagina ozi bola oladi. Odam tizginsiz oy oqimlari bilan yolgiz qolgandagina oziga qay- tadi. Shunday holatni aks ettiruvchi usuldagina odamni bir qadar tolaroq ilgash mumkin boladi. Ulugbek Abdulvahobning asarlari milliy nasrning personajlar psixologiyasini chuqur taftish etishga qaratilgan dastlabki namunalaridir.
Shukur Xolmirzayev "Olaboji", "Dinozavr" romanlari, "Bulut tosgan oy", "Ozodlik", "Navroz, navroz" hikoyalarida, Normurod Norqobilov "Oqboyin", "Qoyalar ham yiglaydi", "Tog odami" qissalari, "Oriyat", "Quvonchli kun" hikoyalarida, Shoyim Botayev "Shorodan qolgan odamlar" qissasi, "Darvesh" hikoyasida, Togay Murod "Otamdan qolgan dalalar" romanida nasrning ananaviy tasvir yosinidan mahorat bilan foydalana bildilar. Bu asarlarda mil- lat vakillarining goyat oziga xos hamda jonli baduy timsollari yaratildi. Ularda ananaviy tasvir yonalishi oziga xos baduy izlanishlar hamda dunyo adabiyotidagi eng songgi ifoda usullarini dadil qollash bilan uygunlashib ketgan. Mustaqillik davri ozbek nasrida inson shaxsini xilma-xil rakurslarda aks ettirish, uning xat- ti-harakatlari va oy-xayollari ruhiy asosini tadqiq etishga alohida e'tibor qaratil- moqda. Natijada, nasrda tasvirlanayotgan qahramonlarning geografiyasi kengayib bormoqda. Zamonaviy nasrda millatdoshlarimizni pasportiga qarab emas, balki fikr tarzi, axloqiy qanoatlariga qarab payqab olish mumkin.
Milliy adabiyotimiz aholisi qisqagina vaqt orasida Bayna 11101110, Ulton, Gulsara, Tavakkal, Husan polvon, Ernazar polvon, Zuhra, osar, Koklam sin- gari yirik, oziga xos, boshqa adabiy qahramonlar orasida yoqolib ketmaydigan qabariq obrazlar hisobiga boyidi.
Milliy tafakkurda yalpi yangilanish boshlangandan beri kopchilik tomoni- dan anglab yetilgan va tan olingan haqiqatlardan biri shu boldiki, odamning eng kichigi, eng korimsizi, eng zabuni, eng noshudi ham odamdir, Yaratganning xalifasidir va shu bois mukarramdir. Binobarin, baduy adabiyot kichik odamning katta va chigal ichki dunyosidagi behudud poyonsizlikni, turfalikni tadqiq etishi lozim. Bir qator asarlarda sirtdan qaraganda, kozga tashlanib turadigan jihati yoq, hanuna qatori, anuno botinida ulkan iztiroblar, ruhiy portanalar mavjud bolgan "kichik" odamlarning ichki dunyosi ham mahorat bilan aks ettirilgan.
Nosirlarimizda ma'naviy dunyosi quruqshagan, risoladagi odamlarday fikr- lash va ozgalarni tuyish saodatidan mahrum bolgan ma'naviyatsiz kimsalarni tasvirlash mahorati shakllanayotganligi ham quvonarli holdir. Sh. Botayevning "Shorodan qolgan odamlar", qissasi, A. Yoldoshevning "Soqir" hikoyasida ayni shu xildagi qahramonlar tasvir etilgan.
Bu asarlarda manaviyatdan mahrum, shaxsligi sindirilgan, shu bois ozligi yitgan kishilarning garoyib qismati aks ettirilgan. Ular hamisha ham ojiz, no- tavon, noshud emaslar. Bazan juda ishchan, olgir, uddaburron bolishlari ham mumkin. Lekin bunday kimsalarning umumiy jihati olami kabir  ichki olam- ning omonatligi, quruqshaganligidadir. Yevropaning Peter Biksel, Maks Frish, Karl Maksi singari adiblari ham bugungi kunda "kichik" odamlarning katta hissiyotlarini aks ettirishlari bilan mashhur bolganlar.
ozbek nasri qahramonlar tasvirida sxematizmdan qutulib bormoqda. Baduy asarda odamga ijobiy-salbiy yoki tipik-notipik singari qoliplar orqali emas, balki mavjudligining ozi bilan adadsiz siru sinoatlarga tola tirik inson tarzida yon- dashish qaror topib borayotganligi bu davr nasrining umid tugdiradigan jihatlari- dandir. Bu fazilatlar barcha ijodkorlar uchun ham yoppasiga xos deb bolmaydi, albatta. Lekin odamga yondashishda jonlikdan, qolipdan voz kechilganligining oziyoq nasrimiz taraqqiyotida soglom tamoyillar qaror topayotganligidan bel- gidir.
ozbek milliy tafakkuri, estetik qarashlari tizimida sodir bolgan yangila- nishlar bugungi dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy tasir korsatdi. Usmon Azimning "Bir qadam yol", Erkin Samandarning "Arabmuhanunad Bahodirxon", Ilhom Hasanning "Bir kam dunyo", Abdulla Azamning "Dugohi Husayniy", "Jek London hikoyasidan song", O. Yoqubovning "Bir koshona sirlari" kabi asarlari hozirgi ozbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan boldi.
"Bir qadam yol" dramasida inson kongli mayllariga e'tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari jihatlar keksa kishining murakkab taqdiri misoli- da aks ettirilgan. Samarqandni korish, uni ziyorat etishni bir umr orzu qilib yashagan, anuno vaqtida oz qolining kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovora farzandlarining e'tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni kormay otib ketgan qariya va uning atrofidagilar ruhiyati asarda katta mahorat bilan korsatilgan.
Dramaturgiyada shakliy izlanishlar qilish, ijodiy tajribalar otkazish yonalishidagi izlanishlar toxtagan emas. U. Azim va A. A'zam qalamiga mansub dramalar sahna asarlari yaratishdagi dadil tajribalarning mahsu- lidir. Dramaturglar hayotiy holatlar son-sanoqsiz bolishi mumkinligi va undagi ozgarishlar ana shu vaziyatda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatida ham jid- diy evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama- vaziyat singari ifoda shakllarni oylab topganlarki, bu hol asarlarning bir qadar muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlagan.
E. Samandarning "Arabmuhanunad Bahodirxon" tragediyasida esa, insoni- yat paydo bolgandan beri hal bolmay kelayotgan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar ortasidagi toqnashuv bobolarimiz taqdirlari misolida tasirli tasvilab berilgan. Harbiy qudrati bolishiga qaramay, ozining yovuz farzandlariga qarshi qoshin tortishni istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi yuksak sifatlar va oz ota- larining kozlariga mil tortish darajasida yirtqich bolgan Habash va Elbars tim- sollaridagi tubanliklar asarda juda tasirli yosinda korsatib berilgan.
Ayni vaqtda milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq baduy yutuqlar qolga kiritilishi ogir kechayotgan soha bolib qolayotganligini ta'kidlash kerak. Dramaturgiya bozor iqtisodi talablariga eng kop berilgan adabiy tur boldi. Bu hol sahna asarlarining sifatiga salbiy tasir korsatmay qolmadi, albatta. Aytish kerakki, miqdor jihatidan dramachilik taraqqiyotiga e'tiroz bildirih bolmaydi. Keyingi yillarda dunyoga kelgan dramalar uchdan biri turli yubileylar munosa- bati bilan yozilganligi aniqlandi. Komediya degan nomga davogar sahna asarlari- ning esa deyarli barchasi teatrlarning buyurtmasi bilan yaratilgan.
Albatta, ijtimoiy buyurtma yoli bilan ham yetuk baduy asarlar dunyoga kelishi mumkin. Bunga milliy va jahon adabiyoti tajribasidan istagancha misol- lar topsa boladi. Anuno butun boshli milliy dramaturgiyani faqat buyurtma yoli bilan taraqqiy ettirishga urinishni baduyat nuqtai nazaridan soglom hol deb bolmaydi.
Komediyalarning saviyasi kishida haqli e'tiroz va jiddiy xavotir uygotadi. Negaki, ozbek komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bolgan. Hamza, Qahhor, Sh. Boshbekovlarning teran ma'noli kulgi asar- larini eslashning ozi daVomizning nechogliq haq ekanligini korsatadi. Bugungi komediyalarning baduyati na ijrochilarga, na tomoshabinlarga va na oquvchilarga biror estetik ozuqa bera oladigan darajada nochordir. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish bir turiga kocha sozlari, hissiyoti, tiyiqsiz chuchmallik, pardasizlik ota surlik bilan kirib kelmoqda.
Mualliflar toqnashuvlar tarangligi haqida emas, sozlarning pardasizligi haqida koproq bosh qotirishmoqda. Bu xildagi bitiklar toxtovsiz sahnalashtirilayotganligi, boz ustiga, koplab tomoshabinlarga ega bolayotganligi esa jiddiy estetik xavfdir. Chunki millatning baduy didi shakllanishiga togri yonalish bermay turib, uning manaviyatini yuksaltirish, komil shaxsni tarbiyalash haqida gapirish behudadir.
Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar drama- tizmidagi taranglik hali-hanuz pyesalarga kochganicha, sahna realligiga aylan- ganicha yoq. Ehtimol, milliy tafakkurdagi toxtamlarning, estetik qarashlardagi qanoatlarning qat'iylashmaganligi, hozirgi voqelikning ijodkorlardan yetarlicha uzoqlashmaganligi, shu hayot tufayli yuzaga kelgan hissiyotlar junbushining tiniq- maganligi, ijtimoiy toqinishlar ruhiyatlarda bergan aks-sadoni sahnabop shaklda moddiylashtirish qiyinligi bunday holning roy berishiga sababdir. Holbuki, har qanday keskin ijtimoiy ozgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik turdagi asar- lar yaratilishi uchun mol-kol material bera oladi.
Ma'lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish baduy ijodning un- chalar muhim bolmagan oddiy talabiga aylandi. Milliy dramaturgiyamiz esa hanuzgacha zarur gapni keskinroq yosinda aytishni fazilat sanab kelmoqda.
Har bir alohida odamda bolgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham oz moljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari boladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davr ozbek adabiyoti uchun inson manaviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi koz ilgamas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday haland marradirki, milliy adabiyotimiz uni egallash sari ogishmay bo- rayotir.
Xullas, mustaqillik davri adabiyoti soglom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlash- ning eng tasirchan usullarini kashf etishga jiddiy e'tibor berilyapti.
7 f Savol va topshiriqlar
m m
1.	Hozirgi adabiy jarayonga xos xususiyatlarni korsating.
2.	Bugungi ozbek sheYiyatining yetakchi xususiyatlariga toxtaling.
3.	Bugungi ozbek romanchiligining asosiy belgilarini ayting.
4.	Zamonaviy ozbek qissachiligidagi yetakchi yonalishlarni sharhlang.
5.	Zamonaviy ozbek hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillarini korsating. Bugungi ozbek dramaturgiyasining xususiyatlarini sharhlang.

MUNDARIJA
